Научная статья на тему 'UYUSHGAN JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

UYUSHGAN JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
26
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uyushgan jinoyatchilik / jinoyatchilik metodologiyasi / implementatsiya qilish / jinoiy spetsifika / kriminal piramida / mikrosotsial omillar / jinoyatchilik ixtisoslashuvi / profilaktik chora-tadbirlar / uyushgan jinoiy guruh / kriminalistik tekshiruv / tezkor-qidiruv profiliktikasi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Adilov Mirsamad Agzamovich, Ahmadjanov Sayyorbek Sadriddin O‘g‘li

Ushbu maqolada uyushgan jinoyatchilik tushunchasi,uning o‘ziga xos xususiyatlari, sabablari va sharoitlari, hozirgi kundagi ko‘rinishlari borasidagi fikrlar, statistikalar keltirilgan. Shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar, uyushgan jinoyatchilikning oldini olishning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek tezkor xodimlar tomonidan uyushgan jinoiy faoliyatning faol vakillari va ularga qarshi kurash, kriminal uyushgan jinoiy guruhlarning vujudga kelishining ayrim o‘ziga xos jihatlari, ichki ishlar organlari tezkor xodimlari va tergov organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, tergov organi va tezkor bo‘linmalarining uyushgan jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan guruhlar va tuzilmalarni jinoiy faoliyatini fosh etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UYUSHGAN JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

UYUSHGAN JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Adilov Mirsamad Agzamovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o'qituvchisi. Ahmadjanov Sayyorbek Sadriddin o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti https://doi.org/l0.5281/zenodo.11296936

ARTICLE INFO

Received: 18th April 2024 Accepted: 20th May 2024 Published: 24th May 2024 KEYWORDS uyushgan jinnyatchilik, jinoyntchilik metodologiyasi, implementntsiyn qilish, jinoiy syetsifika, kriminal piraanido,

mikrosotsial omillar,

jinnyatchillk ixtisoslasУuvi, profiiaktik chora-

tadbirlar, uyushgan jmoiy guruh, kriminnHstik

tekshiruv tezkor-qidiruv profiliktikasi.

ABSTRACT

Ushbu maqolada uyushgan jinoyatchilik tushunchasi,uning o'ziga xos xususiyatitri, saaablari va shiroitlari, hozirgi kundagi ko'rinishlari boraaiddgi fkrlar, sgtísttkalar keltmlgan. Shuuingdek, uyushgan jinoyatchillkking oldini olish va barfáraf qqllsh bbyUcha zarur tavsiyalar, uyushgan joyatchUmning oldini olishhing o'ziga xos jihatlari, shuningdek tezkkr xoHmlar tomonidan uyushgan jinoiy faollyatning faol vaHarí va ulggga qarshi karrsh, kríminal u^s.hgan jinniy guruHrning vvjudga kelisarnrgg ayrim o 'ziga xos jihattnri, ichká i,shlar organ la ri tezkor xodimlari vv tergoo organ lar i rOtasidagi o'zaro aamkorlrk, tergav organ i vv tezkor bo'lmmalaommg ^shan jinoiy faollaat bUm shug'unlanayotgan guruhlar vv tuzilmalarni jinoiy faoliyatini fosh etish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Dunyo rivojlanib borishi natijasida iqtisodiy ijtimoiy, moliya, bank-kredit, tibbiyot va yuridik sohalari da bir qancha o'sishga erishilganligi barobarida Bugungi kunda uyushgan jinoyatchilikning jahon miqyosidagi uyushganlik xususiyatidan kelib chiqqan holda, yana bir bor ta'kidlash joizki, ushbu ijtimoiy illat insoniyat taraqqiyotiga to'sqinlik qilayotgani tufayli unga qarshi kurashni zamonning o'zi taqozo etmoqda. Shu bois, mamlakatimizda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning faol mexanizmlarini yaratish borasida chuqur o'ylangan strategik chora-tadbirlar amalga tatbiq qilingan.Jumladan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro huquqiy asoslari yaratilgan va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligiga binoan, jinoiy uyushmalar yoxud uning bo'linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek ularning mavjud bo'lishi va ishlab turishini ta'minlashga qaratilgan faoliyat jinoiy faoliyat deb e'tirof etilgan. Ushbu norma jinoiy spetsifikasiga ko'ra, uyushgan qurolli guruh tuzish va unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish hamda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan o'ta og'ir jinoyatlar toifasiga kiritilgan. Mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davlat boshqaruv organlari tizimida maxsus organlar hamda xizmat sohalari tuzishga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlari tizimida uyushgan jinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashda faoliyat ko'rsatuvchi bo'lim va bo'linmalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek,

borganlarga nafaqat jamoat tartibini ta'minlashda, balki uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilish borasida ham zarur vakolatlar berilgan. Ular o'zaro hamkorlikda jinoyatchilikning o'ziga xos va latentligi yuqori bo'lgan sinfi bo'lmish uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va uning profilaktikasini amalga oshirishdek murakkab vazifani bajaradi uyushgan jinoyatchilikning o'ziga xos xususiyatlaridan biri - bu ularning jinoiy uyushmalar asosida tashkil topganligi, o'ziga xos xufiyona tarzda faoliyat ko'rsatishi, muqim ravishda mavjud bo'lishi va tezda bir jinoiy faoliyatdan boshqa bir jinoiy faoliyatga moslasha olishidir. E'tiborga olish lozimki,uyushgan jinoyatchilikka kirishning turli xil usullari hamda uyushgan jinoyatchilik bilan shug'ullanadigan guruhlarning har xil turlari mavjud[1]. Jinoyatchining tashkilotga qo'shilish usulidan qat'i nazar, uyushgan jinoyatchilik ixtisoslashuvni yoki maxsus mahoratni talab qiladi.

Uyushgan jinoyatchilik - bu jinoyatchilar tomonidan noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanadigan, asosan, foyda olish maqsadida boshqariladigan yuqori darajada markazlashtirilgan korxonalarning transmilliy, milliy yoki mahalliy guruhlari toifasidir. Jinoiy tashkilot yoki jinoiy to'dani jinoyatchilarning hamjamiyati deb atash mumkin. Yevropalik sotsiologlar mafiyani ekstra-huquqiy himoya va kvazada huquqni himoya qilishni ta'minlashga ixtisoslashgan uyushgan jinoyatchilik guruhining bir turi sifatida. Ma'lum bir tashkilotlar, shu jumladan davlat xizmatchilari, politsiya kuchlari va korporatsiyalar, o'z faoliyatini olib borish uchun ba'zan uyushgan jinoyatchilik usullaridan foydalanishlari mumkin, ammo ularning vakolatlari rasmiy ijtimoiy institutlar maqomidan kelib chiqadi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 29-moddasining 4-bandida "Uyushgan guruh ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi" deb ta'rif berilgan.

Uyushgan guruh birga bajaruvchilik ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bunda jinoiy faoliyat bilan birgalikda shug'ullanish uchun uyushgan shaxslarning barchasi oldindan til biriktirib, guruhning jinoyatni sodir qilishida bevosita ishtirok etadi. Ayni paytda bunday guruhlar

qatnashadigan shaxslar muayyan lavozimlar taqsimlanishi amalga

uchun shunday uyushganlik mansubki, unda guruhda vazifalarga ega, shuningdek, ular o'rtasida martaba va oshgan bo'ladi. Ikkala ko'rinishda ham pog'onali tuzilma bo'lishi va u subordinatsiya hamda muvofiqlashtirishga asoslangan bo'ysunish kuzatiladi. Biroq, odatda, bunday guruhlarda uyushganlik darajasi, ularning keng tarqalgan bo'lishiga qaramay, jinoiy uyushma bilan qiyoslaganda uncha yuqori bo'lmaydi va shu nuqtayi nazardan ular uyushgan jinoyatchilikning quyi "yacheykasi "desakbo'ladi[2].

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish har bir davrda davlatning dolzarb masalasi sifatida qaralgan.Bunga misol qilib ilk davrlarda vujudga kelgan dastlabki uyushgan guruhlar faoliyati bilan ham baho bersak bo'ladi. Masalan:Uyushgan jinoyatchilikning kelib chiqish tarixiga oid quyidagi ayrim manbalarga to'xtalib o'tsak. Jumladan, Yevropada uyushgan jinoyatchilikka qadimda uyushgan jinoiy guruhlarga asoslangan piratlar - dengiz qaroqchilari kirgan.

Dastlab, dengiz bosqinchiligi shaklidagi qaroqchilik, dengiz savdosi bilan bir vaqtda paydo bo'lgan. Navigatsiya asoslarini o'zlashtirgan barcha qirg'oq qabilalari dengiz bosqinchiligi bilan shug'ullangan. Keyinchalik, sivilizatsiya paydo bo'lishi bilan qaroqchilar va savdogarlar o'rtasidagi masofa, chegara uzoq vaqt davomida shartli bo'lib qolgan. Natijada, dengizchilar talon-toroj qilish va qo'lga olish uchun xavfli bo'lmagan joylarda savdo qilishgan. Qadimgi dunyoning eng mohir navigatorlaridan biri bo'lmish Finikiyaliklar barcha sohalarda o'z mahorat va salohiyati bilan boshqalardan ajralib turgan.

Keyinchalik, mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi savdo-huquqiy aloqalarning rivojlanishi bilan qaroqchilik eng og'ir jinoyatlardan biri sifatida e'tirof etilib, bu hodisaga qarshi birgalikda kurashishga bo'lgan dastlabki urinishlar boshlandi.

VIII-XI asrlarda kontinental Yevropaning butun qirg'oqlari, Shimoliy Afrika va Buyuk Britaniyaning hozirgi joylashgan orolini Vikinglar - zamonaviy Shvetsiya, Daniya va Norvegiya hududlaridan kelgan muhojirlarni qo'rquvda ushlab turishgan, ular ham kemalarda, ham shahar qirg'og'ida qaroqchilik qilib, talonchilik hujumlarini amalga oshirganlar. yevropada ularni normalar, ruslar esa vikinglar deb atashgan[3].

Zamonaviy Yevropada esa ko'pgina uyushgan jinoiy guruhlar o'z mamlakatlaridagi milliy ozodlik harakatlaridan keyin paydo bo'lgan. Masalan; 1282-yilda fransuzlarga (Angevinlarga) qarshi bo'lgan Sitsiliya Vesperlaridagi xalq qo'zg'oloni davrida Mafiya (ital. Morte Alla Francia, Italia Anela) "Fransiyaga o'lim, erkin nafas ol, Italiya" shiori bilan mashhur bo'lgan. Mafiya, Sitsiliyadagi anarxiya va davlat hokimiyat tuzilmalarining zaifligi davrida, Burbonlar sulolasi davrida va Burbonlardan keyingi davrda, Sitishli-ya jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi tuzilma sifatida shakllangan (shu bilan birga, Neapolda xuddi shunday jinoiy tuzilma - "Kamorra" tashkil topgan). Biroq, mafiya paydo bo'lishining ijtimoiy-siyosiy shartlari bundan ancha ilgari paydo bo'lgan.

Kamorra (Neapolitan uyushgan jinoiy tuzilmasi) XVIII-asrda paydo bo'lgan. Kamorra dastavval jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tayotgan mahkumlar va muassasa ma'muriyati bilan mahkumlarning huquqlarini himoya qilish va munosabatlarni yumshatish maqsadida tashkil topgan edi. XIX asr so'ngida esa AQSHda faoliyat yuritib, keyinchalik italyan-amerika mafiyasining asosiy oqimiga aylangan.

AQSHda uyushgan jinoyatchilik yirik shaharlardagi siyosiy jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq mahalliy hodisa sifatida vujudga kelgan. Alkogol ichimliklarni taqiqlash qonuni davri boshlanishidan oldin u faqat kichik shaharchalarda paydo bo'lgan va o'zining salbiy ta'sirini butun mamlakatga kengaytirgan. 1920-yildan boshlab, jinoiy tashkilotlar o'sib, noqonuniy alkogolga bo'lgan talabni qondirish uchun o'z jinoiy faoliyatini o'zgartira boshlagan. Natijada, alkogol ichimliklarini taqiqlash to'g'risidagi qonun bilan uyushgan jinoyatchilikni "milliylashtirdi" va Qo'shma Shtatlar bo'ylab etnik jihatdan kichik guruhlarni o'z jinoyat turlari bo'yicha aloqalarni kengaytirish va o'rnatishga yo'naltirdi. Uyushgan jinoyatchilik to'g'risidagi dastlabki ilmiy tushunchani 1931-yilda AQSH davlati ilmiy tadqiqotchilaridan biri Uolter Lipman tadqiq etdi. U oddiy "ko'cha" yoki «umumjinoiy» talonchilik xususiyatiga ega bo'lgan jinoyatchilikdan farq qiluvchi uyushgan jinoyatchilikni "ma'lum xizmat va mol" taqdim etish bilan bog'liq, degan xulosaga keldi.Bir so'z bilan aytganda, o'ta rivojlangan uyushgan jinoiy tuzilmalar o'z mamlakatlarida hukumatga qarshi boshqaruv organlarini tuzib olishgan va ular o'zlariga boshqa davlatlarda ham tayanch nuqtalarini tashkil qilishga harakat qilishganligini ko'rish mumkin[4].

Osiyo davlatlaridagi uyushgan jinoyatchilikning eng yuqori cho'qqisi Xitoy davlati uyushgan jinoyatchiligining asoschisi - triada - budparast "Baylyan'szyao" ("Oq lotos ittifoqi") sektasi bo'lib, u XII-asrning boshlarida paydo bo'lgan va uning kelib chiqishi tarixida qadimgi tashkilotlardan biri Vasr boshlarida tashkil etilgan "Lyanipe" yoki "Lotos jamiyati"ga asoslangan. Baylyan'szyao sektasi a'zolari mamlakatning turli viloyatlarida hukumatga qarshi qo'zg'olonlarni uyushtiradilar.

Hozirda Xitoy "Triada"si asosan Gonkong va Tayvan shaharlarida o'z faoliyatini olib bormoqda. Umuman olganda, ushbu guruhga tegishli 50 ga yaqin turli xil tashkilotlar mavjud bo'lib, ularning soni, turli hisob-kitoblarga ko'ra, 160 dan 300 ming kishigacha yetgan. Qattiq iyerarxik tuzilishga qaramay, jinoiy faoliyatini bevosita amalga oshiradigan triadalar aloqalari tashqi sharoitlarga moslashish, tuzilishini o'zgartirishga qodir bo'lgan moslashuvchan tarmoq tizimining bir qismi sifatida qaraladi. Triadalar tovlamachilik, giyohvand moddalar savdosi, fohishalik, qimor o'yinlari bilan shug'ullanadilar va AQSHga geroin moddasini yetkazib beruvchi asosiy jinoiy tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Yaponiyalik "Yakudza" ("borekudan", "boriokudan"). Qadim zamonlardan beri yapon feodallari dushmanga qarshi ochiq kurash olib boradigan samuraylar yoki ko'zga ko'rinmas va beozor ijrochilar qiyofasini saqlab, ayyorlik bilan harakat qiladigan yakudza xizmatlariga

murojaat qilishgan. Asosan, yakudzalarning tuzilishi, an'analari va qonunlari Edo davrida (1603-1868) rivojlangan va zamonaviy borekudanlarning ajdodlari XVII asrda tekiya va bakuto guruhlaridan paydo bo'lgan[5].

Kolumbiya narkokartellari esa, asosan giyohvand moddalar biznesi bilan shug'ullanadilar, ular jahon bozoriga kokainning asosiy yetkazib beruvchilari hisoblanadi (80% gacha). Eng mashhur kartel Medellin va Kali shaharlarida mavjud bo'lgan. Medellin karteli Pablo Eskobar va Ochao oilalari tomonidan, Kali karteli esa Santakruz va Rodriges Orixuella oilalari tomonidan tashkil etilgan. Kartellarning boshqaruv darajasi qat'iy iyerarxik sxema bo'yicha qurilgan, quyi darajada esa alohida yacheykalar mavjud bo'lib, ularning har biri ma'lum turdagi jinoiy faoliyat bilan shug'ullangan va kartelning boshqa operatsiyalaridan xabardor bo'lmaydi. 1990-yillarning oxirida Kolumbiya politsiyasi va boshqa mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlarining mazkur karellarga qarshi olib borgan qonuniy sa'yi-xaraqatlari natijasida, kartellar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar hajmining sezilarli darajada qisqarishiga olib kelgan, ammo bu bo'sh joylar kichikroq jinoiy guruhlar tomonidan tez orada to'ldirilgan.

Rossiyaning jinoiy dunyosini o'rgangan tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, XVIII-asrga kelib o'g'rilar va qaroqchilarning butun bir qishloqlari bo'lganligini ta'kidlaganlar. Jinoyat olamining hozirgi kungacha saqlanib qolgan "an'analari va qonunlari"ning paydo bo'lishi xuddi shu davrga tegish bo'lgan. XIX-asrga kelib, Rossiyaning jinoiy dunyosi yanada kuchli, yaxlit, butun, jamoat tartibi va qonunlariga qarshi turuvchi katta bir kuchga aylandi. Jinoiy faoliyatning professionallashuvi yuqori darajaga ko'tarilib, jinoyat olamining o'zi ham yuqori rivojlangan tashkilot xususiyatlariga ega bo'ldi. Biroq "rus mafiyasi"ning shakllanishiga Rossiya imperiyasida bozor va kuchli harbiy-siyosiy davlat hokimiyatining yo'qligi, jinoyat qidiruv xodimlarining professionalligi va qattiq pozitsiyasi to'sqinlik qildi[6]. Natijada, 1917 yilgi inqilob va undan keyingi voqealar Rossiya jinoyat olamidagi vaziyatni tubdan o'zgartirdi. Inqilobdan keyingi dastlabki yillarda ko'plab professional jinoyatchilar ozod qilindi va shu bilan birga sobiq jandarmeriya zobitlari va mag'lubiyatga uchragan Oq armiya ofitserlari uyushgan to'dalarga birlashdilar. 1920-yillarning oxiriga kelib, jinoyat olamida ta'sir doiralarini taqsimlashda ma'lum bir inqiroz yuzaga keldi. Turli guruhlar o'rtasidagi doimiy to'qnashuvlar o'g'rilarning "qonunlari"ni yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi. Natijada o'tmishdagi an'ana va urf-odatlar asosida yagona o'g'rilar "qonuni" vujudga keldi, unga ko'ra eng obro'li jinoyatchilar "qonundagi o'g'rilar" deb atala boshlandi. 1930-yillarning o'rtalaridan siyosiy terror bilan bir qatorda professional jinoyatchilarga nisbatan repressiv choralar kuchaytirildi. Jinoiy dunyo yana yashirin faoliyat olib borishga va ozodlikdan mahrum etish joylaridan omon qolish uchun kurashishga majbur bo'ldi. N.Xrushchovning davrida jinoiy jazoni liberallashtirish, birinchi iqtisodiy islohotlarga urinishlar jinoyat olamini o'z yo'nalishini o'zgartirishga undadi. Jinoyatchilar to'dalaridan tashkil topgan "eski" professional jinoyatchilik yangi ijtimoiy sharoitlarda rivojlangan burjua mamlakatlaridagi ana shunday hodisaga juda o'xshash sifat jihatidan butunlay boshqacha tuzilishga ega bo'ldi. Birinchidan, tashkilotning tarmoq tuzilmasi paydo bo'ldi, unda guruhlar o'rtasida sohalar va hududlar bo'linishi mumkin va hatto muqarrar edi. Ikkinchidan, umumiy jinoyatchilarni tashmachilar bilan bog'lash, har ikkalasi ham davlat apparati vakillari bilan birlashishi sodir bo'ldi. Uchinchidan, uyushgan jinoyatchilar guruhlari nafaqat iqtisod, hatto siyosatga ham kirib keldi. 80-yillarning o'rtalariga kelib jamiyatda yuqori darajada uyushgan g'ayriijtimoiy kuchlar: partiya-davlat byurokratiyasining korrupsiyalashgan qismi va mafiya tuzilmalari mavjud edi. Uyushgan jinoyatchilikning ko'lami aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan iqtisodiyotning aniq sohalarini qamrab oldi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi tub o'zgarishlar davrida, kapitalning dastlabki to'planishi, aholining daromadlari bo'yicha keskin tabaqalanishi, alohida ijtimoiy guruhlarning xatti-harakatlari, standartlari va shakllari o'zgarganda, jinoyatchilikning ko'payishi sodir bo'lishi muqarrar hodisa ekanligi yaqqon namoyon bo'ldi. O'tgan asrning 80-yillari so'ngida mahalliy

tadqiqotchilar sobiq Itttifoqda uyushgan jinoyatchilikning mavjudligi va faoliyatini asoslab berishdi va ushbu hodisa bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni boshladilar[7]. 1989 yilda bu muammo birinchi marta ilmiy forum - "Huquqiy adabiyot" nashriyotining "davra suhbati" doirasida ochiq muhokama qilindi.

Yuqoridagi asosalarga ko'ra chet el davlatlarida har xil davrlarida va har xil tarixiy sharoitlarda Uyushgan jinoyatchilik vujudaga kelgan.Ushbu davlatlar uyushgan jinoyatchikka qarshi kurshda turli xil usullardan foydalanishgan. Har bir davlat o'z strategiyasini ishlab chiqgan Masalan: Italiya davlat politsiyasi Milanda mafiyaga qarshi o'tkazgan Maxsus reyd o'tkazdi va ushbu reydlar davomida 50 ga yaqin odamni hibsga oldi. Bu haqda Il Giorno xabar bermoqda.

Maxsus operatsiya Kalabriyaning janubiy hududi tarixiy o'lka bo'lgan kuchli mafiya tashkiloti «Ndrangheta»ga qarshi kurash doirasida o'tkazilgan. Qo'lga olinganlarning 49 nafariga narkotik moddalar savdosi, tovlamachilik, o't qo'yish, zo'ravonlik, noqonuniy qurol olib yurish va saqlash va boshqa og'ir jinoyatlar sodir etganlik aybi qo'yilgan.

2021-yil avgust oyida Italiyaning «Ndrangheta» mafiya guruhining bosh boshlig'i Domeniko Pavilyaniti ikki yil qochib yurganidan so'ng politsiya tomonidan qo'lga olingan edi. Pavilianiti 1980-1990-yillarda sodir etilgan jinoyatlar uchun qidiruvda bo'lgan. U birinchi marta 1996-yilda Ispaniyada hibsga olingan va 1999-yilda Italiyaga ekstraditsiya qilingan. U yerda mafiya rahbari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. Biroq, 2019-yilda advokatlar sud materiallarida xatolik topdilar va ish qayta ko'rib chiqish natijasida Pavilianiti qamoqdan ozod qilingan edi.

Ma'lumot uchun, 2021-yilning yanvar oyida Italiyaning Kalabriya shahridagi Lamezia Terme shahrida «Ndrangheta» mafiya a'zolari ustidan so'nggi 30 yildagi eng yirik sud jarayoni bo'lib o'tgan. Sud majlisida 355 nafar mafioz, shuningdek, ular bilan til biriktirganlikda gumon qilingan amaldorlar, tadbirkorlar va advokatlar bo'lgan. Bunday keng ko'lamli sud jarayonini Italiyada 1986-1987-yillarda bo'lib o'tgan sud jarayoni bilan solishtirish mumkin. O'shanda Sitsiliya «Cosa Nostra»ning 338 nafar a'zosiga hukm o'qilgan edi[8].

AQSH ham bundan kurashlarni o'tkazgan 1963-yilda gangster Jo Valachi birinchi bo'lib omerta bandini buzadi. Ya'ni u AQSh Senati qo'mitasida ko'rsatma berib, birinchi bo'lib mafiya mavjudligini ochiq tan oladi va shu tariqa o'zining „qon qasamini" buzdi.. Sitsiliyaning o'zida pentito (italyancha: pentito, „tavba qilgan") — omertadan voz kechgan odamlar paydo bo'la boshladi. Eng mashhur „pentito" lardan biri Italiyadagi birinchi shunday ma'lumot beruvchi Tommaso Bussetta bo'lib, u prokuror Jovanni Falkonga Cosa Nostra va Sitsiliya mafiya komissiyasining tuzilishini o'rganishda katta yordam bergan (jumladan, mafiyaning yuqori shaxslari haqida ma'lumot bergan). 1973-yilda Leonardo Vitale politsiyaga taslim bo'ldi, ammo uning ko'rsatmalari shubha bilan qabul qilindi va uning o'zi ruhiy kasal deb tan olindi. O'lim tahdidi ostida omertaga rioya qilish bo'yicha eng qat'iy talablarga qaramay, gangsterlar uni bir necha bor buzgan (xususan, ular doimiy ravishda giyohvand moddalarni sotishgan va ulardan foydalanganlar). Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilishni taqiqlash Qo'shma Shtatlardagi mafiya to'dalarining barcha a'zolari tomonidan muntazam ravishda buzilgan (Italiyaning o'zida gangsterlar ko'pincha politsiya xodimlariga hujum qilishardi). Biroq, RICO qonuni qabul qilingandan so'ng, kodeksning o'zi shunchaki ishlamay qoldi. Bu AQSh federal prokurorlariga bir guruh odamlarning jinoiy faoliyati to'g'risidagi dalillardan foydalanib, uning barcha a'zolarini ayblash imkonini berdi: Qonunga ko'ra, barcha guruhlar jinoiy javobgarlikka tortila boshlandi va mafiozlar guvohlik bera boshladilar. Jinoiy faoliyatda aybdorlar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi . 2011-yil 20-yanvarga o'tar kechasi Qo'shma Shtatlarda (asosan Nyu-Yorkda) bo'lib o'tgan keng ko'lamli hibsga olishlar, tergovchilar bilan hamkorlik qilishga rozi bo'lgan hibsga olingan mafiozlarning ma'lumotlaridan keng foydalanish bilan amalga oshirildi[9].

1995-yil mart oyida Yaponiya hukumati „Jinoiy to'da a'zolarining noqonuniy faoliyatining oldini olish to'g'risidagi qonun"ni qabul qildi, bu esa

an'anaviy reketchilikni ancha qiyinlashtirdi. 2009-yildan boshlab Milliy politsiya agentligi rahbari Takaharu Ando boshchiligida yapon politsiyasi jinoiy guruhlarga qarshi kurashni boshladi. Kodo-kay guruhi boshlig'i Kiyoshi Takayama 2010-yil oxirida hibsga olingan. 2010-yil dekabr oyida politsiya Yamaguchi-gumining uchinchi raqamli rahbari Tadashi Irini qamoqqa oldi. Ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko'ra, yakuzalarga qarshi qat'iy qonun-qoidalar chiqqandan so'ng mahalliy hokimiyatlar va qurilish kompaniyalari yakuza guruhlarining o'z jamoalari faoliyatida yoki qurilish loyihalarida ishtirok etishini taqiqlashni boshlashgan va ular bilan ishlashdan bosh tortishgan. 2010 va 2011-yillarda Osaka va Tokyoda yakuzalar bilan biznes yuritish noqonuniy deb belgilangan va yakuza ta'siriga qarshi kurashish uchun qonunlar qabul qilingan.

Demak, har bir davlat uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha o'z usulini hududdagi mentalitet va uyushgan jinoiy guruhlarning davlatidagi ta'siriga qarab belgilar ekan[10]. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi quyidagilarni inobatga olishi talab etiladi:

1) uyushgan jinoiy guruhlarning iyerarxiya tizimiga ega ekanligi va yakkaboshchilik tizimiga ega ekanligi;

2) professionallikning mavjudligi;

3) seriyali tarzda jinoyat sodir etilishi;

4) davlat iqtisodiyotiga bevosita ta'sir o'tkazish va yashirin iqtisodiyotning mavjudligi;

5) aholi orasida davlat organlariga murojaat qilishi og'ir oqibatlarga olib kelishi va oilasidagi boshqa shaxslarga tahdid qilinishi natijasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga vaqtida xabar berilmasligi;

6) A'zolari o'rtasida vazifalarning o'zaro taqsimlanganligi;

7) A'zolari o'rtasida maxsus "Qonun"larning mavjud bo'lishi va bu "Qonun"larga barchasini og'ishmay amal qilishi;

8) Uyushgan jinoiy guruh a'zolari tomonidan ko'plab turdagi jinoyatlarning sodir etilishi;

9) A'zolarining o'zaro bir-biriga va "Boshliq"iga nisbatan ko'rsatuv beravermasligi;

10) Sodir etilgan ko'pgina jinoiy faoliyatni o'z bo'yniga faqat bir tan olib, huquqni muhofaza qiluvchi organing faoliyatini osonlashtirganday tutishi;

11) Har bir uyushgan guruhni "Nazorat qiluvchi hudud"larga ega bo'lishi va ushbu hududda dominant bo'lishga intilishi;

12) O'z tarkibini jismoniy jihatdan baquvvat bo'lgan sportchi va boshqa pulga muhtoj bo'lgan shaxslar bilan to'ldirishi;

13) O'z "Nazorat hududida"(kolonya yoki ochiq hududlarda) huquqni muhofaza qiliuvchi organ xodimlarini obro'sizlantirishga harakat qilishi va ularni pora evaziga og'dirib olishga harakat qilishi va hokazo boshqa harakatlarni amalga oshirishida ifodalanadi;

Kuch ishlatar davlatning majburlov kuchiga ega bo'lgan organalari uyushgan guruh va jinoiy tuzilmalarga qarshi kurashda aynan yuqorida sanab o'tilgan holatlarni inobatga olishi zarur. Shuningdek Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishini amalga oshiruvchi Ichki Ishlar Organlarining tezlor bo'linmalari uyushgan jinoiy guruh haqida dastlabki ma'lumotlarni yig'ishi,ular haqida ko'proq ma'lumotlar to'plashi va ularga "Tezkor qidiruv profilaktikasi" usullarini qo'llashi kerak,

XULOSA: Ichki Ishlar Organlarining tezlor bo'linmalari Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishida va oldini olishda o'zga xos jihatlari yuzasidan taklif; 1 "Maxsus Reydlarni" 2 yilda bir marta doimiy tarzda o'tkazib turishi.

2. Uyushgan guruhga qarshi ko'rsatma bergan fuqarolarni huquqiy himoya qilish va ularga qarshi guvohlik berishi uchun sud majlisini yopiq tarzda (uyushgan guruh a'zolarni ishtirokisiz) o'tkazish tizimini joriy etish"

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Худойбердиев, А.А., & Машарипов, А. Э. (2022). Оммавий тадбирларни утказилишида ички ишлар органлари томонидан жамоат тартибини сацлашни маъмурий хукукий жихатдан такомиллаштириш. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(10 Special Issue), 134-140.

2. Якубов, Х.Ш. (2023). Психологические особенности оперативно-розыскного мероприятия «опрос». образование наука и инноваЫонные идеи в мире, 25(2), 45-48.

3. Masharipov, T. (2022). Organizing a quick search to prevent crimes related to corruption. Science and Innovation, 1(7), 295-302.

4. Якубов Х. и Рахмонжонов Х. (2022). Диний экстремизм ва терроризм тахдиди. Общество и инновatsiи, 3 (2/С), 246-251.

5. Ашуров, О. (2024). Фирибгарлик жиноятини аницлаш ва фош этишнинг назарий тушунчалари!. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 4(1), 61-69.

6. Машарипов, Т. Э. Коррупция билан боглик жиноятларнинг олдини олиш буйича утказиладиган тезкор-цидирув тадбирларини ташкил этиш.

7. Ашуров, О.У. (2022). Интернет оркали ёшлар орасида экстремистик гоялар таркалишининг салбий оцибатлари!. Journal of innovations in scientific and educational research, 5(4), 240-247.

8. Машарипов, Т., & Ишниёзова, С. (2024). Ёшлар орасида экстремизмга карши иммунитетни шакллантириш. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 4(5), 107-113.

9. Ashurov, O. (2024). Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashishning dolzarb ahamiyati. Академические исследования в современной науке, 3(18), 27-32.

10. Ашуров, О. (2024). Ички ишлар органлари тезкор булинмалари томонидан фирибгарлик жиноятига карши курашишда тезкор-кидирув тавсифининг илмий тахлилини ахамияти. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(5), 184-191.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.