Научная статья на тему 'UYUSHGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISH USULLARI VA UNING O‘ZIGA XOS LIKLARI'

UYUSHGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISH USULLARI VA UNING O‘ZIGA XOS LIKLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uyushgan Jinoyatchilik Jazo Javobgarlik Jinoiy uyushma Jinoiy tashkilot Kriminologiya Guruh Ishtirokchilik Belgilar

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Esanov Anvar Shuxratovich

Ushbu maqolada uyushgan jinoyatlarn aniqlash, ularni tergov qilishdagi o‘ziga xosliklari yoritilgan. Shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning 2 xil darajasi hamda tergov jarayonini tashkil etishning kriminalistika asoslari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UYUSHGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISH USULLARI VA UNING O‘ZIGA XOS LIKLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES á

UYUSHGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISH USULLARI VA UNING OZIGA XOSLIKLARI

Esanov Anvar Shuxratovich, Buxoro viloyati prokurorining katta yordamchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13341506

ARTICLE INFO Received: 10th August 2024 Accepted:17th August 2024 Published:19th August 2024 KEYWORDS Uyushgan, jinoyatchilik, jazo, j'avobgarlik, jinoiy uyushma, jinoiy tashkilot, kriminologiya, guruh, ishtirokchilik, belgilar.

ABSTRACT

Ushbu maqolada uyushgan jinoyatlarni aniqlash, ularni tergov qilishdagi o'ziga xosliklar yoritilgan. Shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning 2 xil darajasi hamda tergov jarayonini tashkil etishning kriminalistik asoslari tahlil qilingan.

Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ijtimoiy-huquqiy, qolaversa, siyosiy nuqtai nazardan ko'rib chiqilishi va baho berilishi uning turli ijtimoiy-tabiiy fanlarning tadqiqot obyektiga kirib borayotganligining o'ziyoq bu muammoning naqadar dolzarbligini ko'rsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslikning yana bir jihati ularning amaliy jihatdan oldini olish chora-tadbirlarini samarali qo'llashdan ham iboratdir.

Bu borada, barcha davlatlarda bo'lganidek, mamlakatimiz huquq-tartibot va huquqni muhofaza qiiish organlarining amaliy faoliyat ko'rsatishlari katta ahamiyatga ega. Ammo amaliy faoliyat ko'rsatilishi uchun, birinchi navbatda, uyushgan jinoyatchilikning o'ziga xos jihatfarini ilmiy bilish zarur.

Zotan, «amaliyotning ko'zi — nazariya» degan falsafiy qarash bu o'rinda tadqiqotlarning ilk qadam ekanligini e'tiborga olish zarur. Shu jumladan, uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi amaliy faoliyat kriminologiya fanining yetuk ilmiy tavsiyalariga tayanmog'i lozim. Uyushgan jinoyatchilikning jahon miqyosidagi uyushganlik xususiyatidan kelib chiqqan holda, yana bir bor ta'kidlash joizki, ushbu ijtimoiy illat insoniyat taraqqiyotiga katta xavf tug'dirishini hayot tajribasi yaqqol ko'rsatmoqda. Ya'ni, uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, qolaversa, madaniy munosabatlar yo'nalishlarining har birida, shu bilan birga, ushbu yo'nalishlarda sodir etiladigan jinoyatlarning bir-biri bilan o'zaroaloqadorligini ham ko'rsatadi.

Shu bois, mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davlat boshqaruv organlari tizimida maxsus organlar hamda xizmat sohalari tuzishga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlari tizimida uyushgan jinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashda faoliyat ko'rsatuvchi bo'imva bo'linmalar tashkil etilgan. Bu organlarga nafaqat jamoat tartibini ta'minlashda, balki jamiyat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilish borasida ham zarur vakolatlar berilgan.

Volume 1, Issue 12,August 2024

15

Eng muhimi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilish va, aytib o'tilganidek, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslikni ta'minlash davlat siyosatida alohida o'rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish joizki, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish va ayniqsa, ularning oldini olish, bartaraf etish hamda yo'l qo'ymaslik uchun ushbu illatni bilishda kriminologiya fanida ishlab chiqilgan zarur ilmiy tavsiyalarni bilish maqsadga muvofiqdir.

Uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishi va sodir etilishidagi o'ziga xos muammolar yuzasidan turli soha olimlari hamda mutaxassislarining fikrlari har xil bo'lsa-da, maqsadi yagona, ya'ni ushbu ijtimoiy unsurga atroflicha va aniq ta'rif berishdan iboratdir. Shu bois, qariyb ellik yildan beri kriminologiya, sotsiologiya fanlarining mutaxassislari, qonun ijodkorlari, sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi, huquq-tartibotni amalga oshiruvchi organlarning xodimlari uyushgan jinoyatchilik muammolariga alohida e'tibor qaratmoqda. Uyushgan jinoiy guruh shaxsiy tarkibning barqarorligi bilan ajralib turadi, hatto maxsus xulq-atvor normalari ishlab chiqiladi, yetakchi va yetakchilik uchun kurashayotgan guruh a'zosi «oppozitsioner» bo'lishi mumkin. Bunday guruhda rollarning aniq taqsimlanganligi, metin intizom va harakatlarning pinhoniyligi kuzatiladi. Guruhning barcha faoliyati jinoiy tajovuz qilishga qaratilgan bo'lib, ularning jiddiyligi borgan sari oshaveradi. Guruh jinoyat sodir etishning murakkabroq usullarini amalga oshirishga, bir necha joyda bir vaqtning o'zida harakat qilishga qodir. Bunday guruh a'zolari odatda jinoiy tajribaga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining tezkor guruhlari bilan muloqot qilish tajribasiga ega, shuningdek, tergov va tezkor ish usullari bilan tanishdirlar.

Jinoiy tashkilotlar - bu aynan jinoiy guruhlarning yuqori turi bo'lib, ularda intizom va harakat koordinatsiyasi yanada ko'proq. Ishtirokchilarning tashkiliy aloqalarini shakllantirishga, jinoyatni amalga oshirish va yashirish usullarini ishlab chiqish va ko'nikma hosil qilishga, pinhoniylikni saqlash maqsadida a'zolar o'rtasidagi bevosita muloqot o'rniga informatsion aloqalar o'rnatish uyushtiriladi. Jinoiy tashkilotlar uchun murakkab struktura, maxsus muhofaza va panalash bloklarining mavjudligi xosdir. Ularga hatto muassasa yoki korxona ma'muriyati xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organ xodimlari kiritiladi. Uyushgan jinoyatchilik deganda tanish-bilish va poraga asoslangan aloqalar yordamida o'zining xavfsizlik tizimini ta'minlovchi va jinoyat bilan kasb (biznes) sifatida shug'ullanuvchi jinoyatchilar hamjamiyatining nisbatan keng ko'lamga yoyilishi tushuniladi. Amaliyotda uyushgan jinoyatchilikning uch darajasi uchraydi. Birinchisi iqtisodiyot sohasida mulkni o'maruvchi, tovlamachilik, ta'magirlik, bosqinchilik va o'g'rilik bilan shug'ullanuvchi jinoiy guruhlarni o'z ichiga oladi; ikkinchi daraja xo'jalik yoki ma'muriyat organlari bilan tanish-bilish va poraga asoslangan aloqalarga ega bo'ladi; uchinchi daraja o'ziga xos bo'lib, mafiya ko'rinishiga egadir. Gap bu yerda bir qator jinoiy guruhlarni funksional-iyerarxik boshqaruv tizimiga, yagona jinoiy tashkilotga birlashishi haqida borayapti. Farbiy adabiyotda bu narsa uyushgan jinoyatchilikning tarmoq strukturasi deb nomlangan. Odatda, bunday tashkilotni kengashga o'xshash narsa hosil qilgan bir necha kishi boshqaradi. Bu kabi strukturaviy uyushmalar mintaqalararo aloqalarga ega bo'lib, ham professional jinoyatchilarni, ham «oq yoqalik»larni (davlat apparati va ma'muriyat xodimlari) birlashtiradi, o'z pul jamg'armalari va xavfsizlik tizimlarini tuzishadi. Professional jinoyatning ikki turi mavjud: korrupsiya bilan va usiz.

«Uyushgan guruhlar (bandalar), hamjamiyatlar - uyushgan jinoyatchilikning birinchi yacheykasi» deb hisoblanadi. Uyushgan jinoyatchilikning alohida turlarida konsentratsiyalash va ularni monopoliyalashtirish, pinhoniy va haqqoniy xo'jalik faoliyati va ichkilikbozlik, giyohvand moddalar iste'mol qilish, fohishabozlik va boshqa tarzdagi jinoiy biznes sohalarida maydonni qo'lga kiritishga qaratilgan guruhlarning o'zaro harakatdagi (bevosita va bilvosita) tizimidir. Uyushgan jinoyatchilik deb ta'riflanadigan jinoiy faoliyat mintaqaviy yoki hatto mamlakat darajasiga ega bo'ladi yoki xalq xo'jaliginingbiror-bir tarmog'ini egallaydi.

Uyushgan jinoyatchilikning ikki xil darajasi bor. Birinchisi - faoliyat doirasi chegaralangan jinoiy tashkilot. Masalan, avtomobil o'g'irlash bilan shug'ullanuvchi jinoiy uyushmalar keng tarqalgan. Bunday uyushmada rollar aniq taqsimlangan bo'lib, hujjatlarni qalbakilashtiruvchi, muhrlar tayyorlovchi, avtoehtiyot qismlardagi nomerlarni almashtiruvchi kabi mutaxassislar mavjud. Bu darajada jinoyatchilarning korrupsion aloqalari bo'lishi shart emas. Ko'p hollarda korxona yoki muassasalar ma'muriyati yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jinoiy faoliyatdagi bevosita ishtiroki kuzatiladi.

Ikkinchi daraja - jinoiy tashkilotlar tizimi ham jinoiy faoliyatning faqat bir turiga, masalan, narkobiznesga ixtisoslashgan bo'lishi mumkin, lekin odatda u turli-tuman ko'rinishga va keng korrupsiyaviy aloqalarga ega.

Yuqorida bayon etilgan tushunchalarning kriminologik tahlili isbotlov jarayoni uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, tergovning vazifasi faqatgina jinoyatning barcha ishtirokchilarini aniqlab, ularning rollari va aybini belgilab berish emas, balki jinoiy faoliyatning vaqtga, joyga doir barcha ko'rinishlarini, jinoyatni amalga oshirish va yashirish usullarini, keltirilgan moddiy zarar miqdorini va jinoyatni sodir etishga aloqador barcha holatlarni aniqlash hamdir. Ko'rinib turibdiki, isbotlashning barcha elementlari jinoyat uyushgan hamjamiyattomonidan amalga oshirilganida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xil jinoyatlarni aniqlash kriminalistik aspektda ikki bosqichdan iborat:

1) Jinoyatni guruh tomonidan sodir etilganligi faktini aniqlash;

2) Jinoyatni uyushgan jinoiy tashkilot tomonidan sodir etilganligi belgilarini aniqlash;

Bu savollarga oid ma'lumotlarni, jinoiy ish qo'zg'atilganda tergov organlariga kelgan boshlang'ich ma'lumotlardan olsa bo'ladi, lekin ular asosan tergov harakatini o'tkazish va tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida aniqlanadi.

Jinoiy ish qo'zg'atishga asos bo'luvchi boshlang'ich ma'lumot tergov organlariga bir necha kanallar orqali kelishi mumkin.

1) Jabrlanuvchilarning arizasini qabul qilgan ichki ishlar organi navbatchi qismidan, patrul xizmati xodimlari, tashkilot va korxonalar xodimlari yoki boshqalardan;

2) Ichki ishlar organlari tezkor apparatlaridan;

3) Kriminal tusga ega bo'lishi ehtimol bo'lgan jarohatli insonlar murojaat qilganda tibbiyot muassasalaridan;

4) Jinoiy ish qo'zg'atishdan avval hodisa joyini ko'zdan kechirganda va u bilan bog'liq qidiruv tadbirlarini o'tkazish davomida.

Jinoyat haqidagi ma'lumot og'zaki yoki yozma bo'lishi mumkin. Sodir etgan jinoyati haqida jinoyatchining o'zi ham arz bergan bo'lishi mumkin.

Kriminalistik aspektda bu ma'lumot, ko'p hollarda, jinoiy guruh tomonidan sodir etilganligi, guruhning hamjihatligi, vazifalarning taqsimlanishi va boshqalarni o'z ichiga qamrab oladi. Boshlang'ich ma'lumotga asoslanib guruhning tashkiliy darajasi, uning yuqoriroq darajadagi jinoiy guruhga tegishliligini aniqlash odatda qiyin.

Ma'lumki, boshlang'ich ma'lumotni tekshirish uchun tushuntirish olish, hujjatlarni talab qilish, reviziya, boshlang'ich tekshiruvlar belgilash, jinoyat ishi qo'zg'atishdan avval o'tkazilgan ekspertiza xulosalari keng tarqalgan vositalardan sanaladi.

Jinoyat ishi tezkor yo'l bilan olingan ma'lumotlar asosida qo'zg'atilganda jinoyat belgilari haqidagi ma'lumotlar shaxsiy qidiruv, tezkor kuzatuv, nazorat tekshiruvi, iqtisodiy tahlil va boshqa tezkor-qidiruv tadbirlari orqali olinishi mumkin.

Shaxsiy qidiruv tezkor xodimning jinoyatchini qidirish, topish va qolga olish harakatlaridan iborat. Qidiruv obyekti bo'lib, jinoiy til biriktirgan guruh a'zolari bo'lishi mumkin.

Tezkor kuzatuv jarayonida shaxsning aloqalari, joyi, turli xil buyumlarni tashish faktlari va jinoiy guruh mavjudligi to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beruvchi boshqa ma'lumotlar aniqlanadi.

Nazorat tekshiruvi shaxs yoki guruh uchun kutilmaganda fuqarolik bitimi yoki xo'jalik munosabatining to'g'riligini tekshirish uchun qo'qqisdan amalga oshiriladi. Nazorat tekshiruvining texnologik jarayonning bir necha bo'linmalarida bir yo'la o'tkazilishi necha shaxslarning harakatlaridagi o'zaro bog'liqlikni aniqlashga yordam beradi. Jinoiy ish qo'zg'atishdan avvalgi tezkor harakatlar jinoiy tashkilotning xususiyatlari va uning uyushgan jinoyatchilikka tegishliligi to'g'risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Tezkor ma'lumotlar bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atishning o'ziga xos xususiyatlari bor. Tezkor ma'lumotlar ko'lami tergovchi va tezkor xodimning chuqur o'ylangan va tashkillashtirilgan harakatlariga bog'liq.

2. Hodisa yuz bergan joyni ko'zdan kechirish chog'ida jinoyatni uyushgan guruh tomonidan sodir etilganligini aniqlash.

Jinoiy harakatlarni bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilganligi haqidagi versiya hodisa yuz bergan joyni ko'zdan kechirish vaqtida topilgan izlar, tajovuz predmetining xususiyatlari, jinoyatni amalga oshirish usuli va quroli haqida ma'lumotlarga asoslanib olg'a surilishi mumkin.

Jinoyatchilarning izlari. Sodir etilgan jinoyatning guruhiy tusga ega bo'lishi to'g'risida birinchi navbatda papillyar chiziqlar suratiga ko'ra turli shaxslar tomonidan qoldirilgan qo'l barmoqlari izlari guvohlik berishi mumkin.

Barmoq izlariga qarab jinoyatchilar bir nechta bo'lganliklari to'g'risidagi xulosa izlar jabrlanuvchi yoki uning atrofidagilarga tegishli emasligi aniqlangandan so'nggina chiqariladi. Xuddi shu talablar asosida oyoq (poyabzal) izlari ham baholanadi. Farqlar poyafzalning turi va razmeri, yurish usuliga qarab aniqlanadi.

Chekish izlari ham foydali ma'lumotlar berishi mumkin. Jinoyatchi bir kishi emasligini har xil markali sigaret va papiros qoldiqlari, o'chirish usulidagi farq, ularni oxirigacha chekish yoki turli kattalikdagi qoldiqlar qoldirish, papiros gilzasini o'ziga xos usulda ezg'ilash, mundshtuk ishlatish, lab pomadasi izlari orqali bilib olish mumkin. Farqlarni sigaret qoldiqlaridagi so'lakni o'rganish orqali ham aniqlansa bo'ladi. Bir xil markali sigaret yoki papiros qoldiqlari topilganda ularning tovar belgisiga e'tibor berish zarur, chunki ular har xil fabrikada tayyorlangan bo'lishi mumkin, bu esa qoldiqlar turli shaxslarga tegishli ekanligidan dalolatdir. Umuman olganda, uyushgan jinoyatlarni tergov qilish tergovchidan o'ta sinchkovlik va hushyorlikni talab etadi. So'roq materiallari va uning jarayonini tashkil etish ham yakka shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishdan ko'ra bir necha karra ko'proq mas'uliyat ham talab etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Галиакбаров Р. Квалификация преступлений по признаку их совершения организованной группой. /Росиийская Юстиция, 2000 №4. - С. 47.

2. Зенин.В., Кругликов. А. Совершение преступлений организованной группой как отягчающее ответственность обстоятельства Советская юстиции. 1981, № 19. - С. 13.

3. Каракетов. Ю.М. Ответственность за разбой по уголовному законодательству. УзССР .-Нукус. «Каракалпакистан», 1990. - С. 57.

4. Кобулов Р. Уголовно-правовые меры борьбы с хищениями юр.наук. - Т., 1997. - С. 22.

5. Кобилов К.Р., Якубов А.С. Новое в уголовном законодательстве. Т., 1995. - С.11-12.

6. Bozorov Zayniddin & Samandarova Gulnoz. (2020). Ideological movement of legends and traditions in the novel "Shaytanat" by Tohir Malik. Theoretical & Applied Science. 84. 1014-1016. 10.15863/TAS.2020.04.84.187.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à

7. Bozorova G. Concerning some pleonastic and tautological constructions //Центр научных публикаций (buxdu. uz). - 2021. - Т. 7. - №. 7.

8. Bozorova Gulmira Zayniddinovna. Distinctive features of pleonasms in political speech // International scientific-online conference: Intellectual education technological solutions and innovative digital tools. Vol. 2 No. 14 (2023): - P. 168-174.

9. Kadyrovna A. M., Zayniddinovna B. G. Description of Events Which is Near to Pleonasm //Spanish Journal of Innovation and Integrity. - 2022. - Т. 5. - С. 281-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.