Научная статья на тему 'USMON NOSIR ASARLARIDA QO’LLANGAN BADIIY SAN’ATLAR XUSUSIDA'

USMON NOSIR ASARLARIDA QO’LLANGAN BADIIY SAN’ATLAR XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
351
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
’’Norbo’ta’’ / Naxshon’’ / “Yurak” / ”Nasimga deganim” / ’’Bodom gullagan kechasi”. / "Norbota" / "Nakhshan" / "Heart" / "I told Nasim" / "Almond blossoming night".

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turg’Unova Mahliyo Nuriddin Qizi

Ushbu maqolada Namanganda tug’ilib xalq nafasini kuylagan ijodkor asarlarida qo’llangan badiiy san’atlar tahlili ,yozuvchi mahoratiga bo’lgan tashbehlar, ”Norbota’’, “Naxshon” dostonlariga fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE ARTS USED IN THE WORKS OF USMAN NASIR

This article analyzes the art used in the works of the artist, who was born in Namangan and sang the breath of the people, allusions to the skills of the writer, comments on the epics ";Norbota", "Nakhshon".

Текст научной работы на тему «USMON NOSIR ASARLARIDA QO’LLANGAN BADIIY SAN’ATLAR XUSUSIDA»

ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 2

USMON NOSIR ASARLARIDA QO'LLANGAN BADIIY SAN'ATLAR XUSUSIDA

Turg'unova Mahliyo Nuriddin qizi

Namangan Davlat universiteti 1-kurs magstranti Kosonsoy tuman 12-sonli maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6547017

Annotasiya.Ushbu maqolada Namanganda tug'ilib xalq nafasini kuylagan ijodkor asarlarida qo'llangan badiiy san'atlar tahlili ,yozuvchi mahoratiga bo'lgan tashbehlar, "Norbota'', "Naxshon" dostonlarigafikrlaryoritilgan.

Kalit so'zlar: ''Norbo'ta'' ,Naxshon'', "Yurak", "Nasimga deganim",''Bodom gullagan kechasi".

ОБ ИСКУССТВЕ, ИСПОЛЬЗУЕМОМ В ПРОИЗВОДСТВЕ УСМАНА

НАСИРА

Аннотация. В данной статье анализируется искусство, использованное в творчестве художника, родившегося в Намангане и воспевшего дыхание народа, аллюзии на мастерство писателя, комментарии к эпосам «Норбота», «Нахшон».

Ключевые слова: «Норбота», «Нахшан», «Сердце», «Я сказал Насиму», «Ночь цветущего миндаля».

ON THE ARTS USED IN THE WORKS OF USMAN NASIR

Annotation. This article analyzes the art used in the works of the artist, who was born in Namangan and sang the breath of the people, allusions to the skills of the writer, comments on the epics "Norbota", "Nakhshon".

Keywords: "Norbota", "Nakhshan", "Heart", "I toldNasim", "Almond blossoming night".

She'riyatning tabarruk ,muqaddas dargohida anvoyi bir chamanzor ,sira xazon bo'lmaydigan mo'jaz bog' yaratib ketgan Usmon Nosir ulug' va abadiy she'riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir.U hali qahqahaga aylanmay lablarimizda manguga qotib qolgan tabbasumdir.Uning she'rlari ko'z kabi tirik ,jonli ,tutqich bermas hayot poralaridir.

Bog'larga namozgar salqini tushdi Gullar ham bargini qayirdi asta Oftob ham suv ichar tog'lardan pastda Loladek qip-qizil o't-shafaq o'chdi.

Bu kabi satrlar ijodkorning umuman she'riy qiyofasini, poetik ohangini belgilaydi . O'zining yuksak matonati va xalqparvarligi ,betakror istedodi bilan "Xalq dushmani" tamg'asi bosilib qamoqqa olinganda ham ,zamon zayli bilan tegirmon umoniga tashlanganda ham ,u hech qachon o'zining jo'shqin harakatidan to'xtamagan .O'zining el-yurt oldida mutlaqo aybsiz ekanligiga qat'iy ishongan.Jasoratli ,otashqalb Usmon Nosir 1940-yil 2-avgustda kimsan o'sha Stalin nomiga ariza yozadi.Qamoqda o'tirgan vaqtida ham "She'riy roman",3ta sahna asari,ko'plab she'rlar yozganini xabar qiladi "Men hali yoshman,g'ayratga to'laman! Men halqimning farovonligi uchun ijod qilishim kerak,men aybsizman"-deya "Saltanat sultoniga" ariza bitgan dovyurak shoir edi.Unga nisbatan oqlov e'lon qilinganda afsuski shoir bu dunyoda o'chmas umr zarvaraqlarini to'ldirib bo'lgandi.

2022-yil 10-fevral kuni O'zbekiston Prezidenti tomonidan "Otashin shoir,tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to'g'risida qaror qabul

ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 2

qilindi".Bu esa Namangan adabiy muhitidan chiqan o'ktam shoirga chuqur hurmat va ehtrom ifodasi edi.

Filologiya fanlari kandidanti ,dotsent O'tkir Rashid tabiri bilan aytganda "Shoir hali yashayapdi .U sevgan bog'ida ,sevgan elinining dilida yashayapdi".

Usmon Nosir she'rlarining mavzui ,mazmuni, xarekteri va tabiatiga qarab adabiyotshunos Ibrohim G'ofurov Usmon Nosirni "Yo'lchi" deb ataydi."U har bir she'rida bizga yo'lchi siymosida gavdalanadi.U o'zini yo'lchi deb atashni yaxshi ko'radi",-deydi.Bu tabir to'g'ri shoir xuddi sayohatchi ,yo'lchi kabi yurib ,yo'llarda ko'rgan odamlarni ,hodisalarni va tabiiat go'zaligini suratini she'r orqali oladi.

Ijodkor lirikadan tashqari "Norbo'ta " ,"Naxshon" dostonlari "Atlas","So'ngi kun","Zafar" "Dushman" dramalar mualifi hisoblanadi .

Ko'z tutdim ,ko'zlarim nigoron bo'ldi O,dilbar,siymbarim,yuzlari qirmiz Kiprigi ko'ksiga soya slogan qiz Ko'z tutdim,yuragim to'la qon bo'ldi

"Naxshon"dostonidagi bu parchada shoirning maashuqani intizor nigohi bilan kutgan ekanligini ,u naqadar go'zal ,xatto kipriklari uzunligidan ko'ksiga soya solishini aytadi.Shu o'rinda shoir Muhammad Yusufning "Kipriklari uzun kokillaridan ..."misralari beixtiyor yodimizga tushadi.

Xulosa qilib aytganda chindan ham, uning nomi o'lmas va o'chmasdir. Uning nomidagi mahalla, ko'cha, maktab, madaniy-ma'rifiy o'choqlar shundan dalolatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Usmon Nosir bitiklari, Toshkent-2010 yil,

2. III-kurs Adabiyot, Akademik litsey uchinchi bosqich o'quvchilari uchun, "Bayoz" Toshkent-2016-yil,

3. Usmon Nosir She'rlar, Toshkent-2000-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.