Научная статья на тему 'YANGROQ LIRIKA'

YANGROQ LIRIKA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

293
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Quyosh bilan suhbat” / ”Safarbar satrlar” / ”Traktorobod” / “Yurak” / “Mehrim” / “Norbo’ta” / “Naxshon” / “Atlas” / ”Zafar” / “ So’nggi kun” / “Dushman” / “Quyosh bilan suhbat” / ”Safarbar satrlar” / ”Traktorobod” / “Yurak” / “Mehrim” / “Norbo’ta” / “Naxshon” / “Atlas” / ”Zafar” / “ So’nggi kun” / “Dushman”

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matkarimova Feruzabonu Alijon Qizi

Maqolada Barhayot shoir Usmon Nosir lirikasi haqida batafsil so`z yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article deals in detail with the lyrics of the living poet Osman Nasir

Текст научной работы на тему «YANGROQ LIRIKA»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-22-26

YANGROQ LIRIKA

Matkarimova Feruzabonu Alijon qizi

Osh davalat universiteti milliy 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Barhayot shoir Usmon Nosir lirikasi haqida batafsil so'z yuritilgan

Kalit so'zlar: "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Traktorobod", "Yurak", "Mehrim", "Norbo'ta", "Naxshon", "Atlas", "Zafar", " So'nggi kun", "Dushman"

ABSTRACT

The article deals in detail with the lyrics of the living poet Osman Nasir

Keywords: "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Traktorobod", "Yurak", "Mehrim", "Norbo'ta", "Naxshon", "Atlas", "Zafar", " So'nggi kun", "Dushman"

KIRISH

Usmon Nosir... qisqa umri davomida mazmunli yashab, o'zidan katta bir bog' qoldirib ketgan shoir. O'tchinchi yillardayoq shoir mashhurlikka erishgan edi. Endi uni "tabiatan shoir", "tug'ma shoir" deb ta'rifladilar. Bu tanilish yosh shoirning shoirana tabiatidan tashqari, uning ijodga jon-dili bilan berilishi, ijod sirini bilishga urinishi, bu yo'lda o'rganishi va izlanishi samarasi edi. Usmon Nosir 18 yoshidan to 24 yoshigacha ijod qildi. Shu qisqa 6-7 yil ichida beshta she'rlar to'plami ("Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Traktorobod", "Yurak", "Mehrim") va ikki doston ("Norbo'ta", "Naxshon") hamda to'rt drama ("Atlas", "Zafar", " So'nggi kun", "Dushman" asarlariniyaratadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI VA METODOLOGIYA

Badiiy tarjima sohasida ham shoir o'ziga xos tarjimonlik madaniyatini va poetic didini namoyish qilgan edi.

"Haqiqiy kun qachon keladi?" N.A.Dobrolyubov, "Ulug' kun" V.I.Kirshonning dramasi, "Bog'chasaroy fontani", A.S.Pushkin, "Iblis" M.Y.Lermontov asarlarini mahorat bilan o'girgan.

Usmon Nosir yirik shoir edi. Bu yangroq lirika o'zbek she'riyatidagi lirik oqimga hamohang bo'ldi, bu oqimga yangi sharshara qo'shildi va bu unga yana-da

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-22-26

joziba baxsh etdi. Shoir ijodidagi bu xususiyatlar she'riyatda lirikaning yangi turini, badiiy soddalikning eng yaxshi namununasini namoyish qildi.

She'rim Yana o'zingyaxshisisan, Boqqa kirsang gullar sharmanda. Bir men emas, hayot shaxsisan, Jonim kabi yashaysan manda.

("Yana she'rimga")

Bu she'riy parchada yana bir narsa, ya'ni shoir ijodining yetakchi mazmuni-she'riyat va hayot oshig'ligi namoyon bo'ladi. Shoir ijodiy faoliyati davomida publitsistika, voqealarga publitsistik munosabat, publitsistik pafos va ritorika ko'proq ko'zga tashlanadi. Shuning uchun uning she'rlari shior va chaqiriq bo'lib yangradi. Bu xususiyat Usmon ijodining zamon talabiga hozirjavobligini ko'rsatadi. Usmon Nosir yosh ijodkorlarga murabbiylik qildi. O'rta maktabda o'qib yurgan kezlarida Qo'qondagi xavaskor shoirlari Amin Umariy, Nasrulla Davron, Ibrohim Nazir, O'tkir Rashid kabi shoirlar uning ko'magidan bahramand bo'ldi. Usmon Nosirning adabiyotda paydo bo'lshi hammani e'tiborini tortgan edi. Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan hammani o'ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga o'xshar edi. Uni o'zimizda "O'zbekning Lermontovi", Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo bo'ldi", deb yozishdi," - deydi shoir Turob To'la.

...Usmon Nosir 1944-yilda 23-martda 32-yoshida Uzoq Sharqda vafot etdi. Lekin, shoir o'zi aytganidek, uni Vatan, xalqimiz, adabiyot unutmadi!

Bargdek uzilib ketsam, Unutmas meni bog'im, Ishimni hurmat qilur, Gullardan haykal qurur, She'rlarimyangrab qolur, Ming yillardan keyin ham, Unutmas meni bog'im.

("Bog'im")

degan edi Usmon".

Yoki bir she'rida tarix zarvaraqlarini varoqlagan shoir Nil va Rimga murojaat

qiladi.

Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh, Ko'tarilar. Nil oqadir-qullar to'kkan yosh, Faryodlarga chidolmaydi yer bilan osmon,

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-22-26

Ro qayerda? Azirisa? Qiynaydi to'fon. Kimga yig'lab, kimdan madad kutsin bemor qul?

Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!

Kosasida suvyo'q, quruq xaltasi: nonyo'q.

Ko'zida ko'zyo'q, belida belyo'q, hayhot!

Fir'avn- uni chumoliday ezadi: voy-dod!...

Fir'avnning hukmi qattiq, fir'avn- xo'jayin, Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin.

Neki qilsa, o'zi bilur, o'zi hukmron, Misr bo'ylab Nil oqadur- "qullar to'kkan qon!"

Shoir shunchaki isyon etmaydi, balki, ichida "men" larini o'ldirolmagan fir'avnlardan bezor bo'lgan xalq dardini kuylaydi. O'tmish bilan xamnafas bo'lishga chorlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ishq-muhabbat jahon adabiyoti, tarviriy va qo'shiqchilik san'ati, musiqasining doimiy va hech qachon ohori to'kilmaydigan mavzusidir. Yodinggizda bo'lsa, mahhur tatar shoiri Xodi Toqtash; "Muhabbat ul o'zi eski narsa, Lekin har yurak uni yangilaydi",-degan edi. Shoirning barcha yozgan she'rlarida chin haqiqat, yetimlik, urush yillari bir burda noni topib yeyish qanchalik qiyin bo'lganini o'z asarlarida ifoda etadi. Hech qanday yolg'on ishtirok etmaydi, balki, ko'ngil bitiklarini davolovchi sehrli dunyosiga chorlaydi. Shoir butun ijodi davomida she'r ixlosmandlarining tasavvur chegaralarini buzishga xarakat qiladi, to'g'rirog'i, ularni shunga undaydi. Umuman, adabiyotga, obrazga, fikrga qarash dastlab bu haqdagi tasavvur o'zgartitishdan boshlanadi. Biz ko'nikib qolgan she'rlar bir paytlar o'z davrining tasavvuruni buzgandi. Tasavvur, so'zga, insonga, fikrga, go'zallikka bo'lgan tasavvur yangilanadi, she'rlari bir to'fon, misoli bo'ronday qalblarga orombaxsh kuyday hamohang bo'ladi.

Barcha she'rlari samimiyat, chin insoniylik, oqibat, mehr, topilmas o'xshatmalar asosida shakllanadi. Hech kimga shikoyat qilishni bilmaydi. Badiiy jarayonlar bir-birida ishtirok etmaydi. Uning she'rlarida ozodlikka intilgan bir qushni ko'rish mumkin. Faqat hammasi ro'yo bo'lib qolishini istamaydi;

Monolog Sevgi! Sening shirin tilingdan, Kim o'pmagan, kim tishlamagan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-22-26

Darding yoyday tilib ko'ksidan, Kim qalbidan qonlar to'kmagan.

Seni yaxshi bilaman go'zal, Petrarkani o'qiganim bor. Buyuk rimning Sapfosi azal, Xayolimni oshiqday tortar.

Bilamanki, Tasso bechora, Rohat ko'rmay o'tgan bir umr. Ey, makkora qiz, Leonora, Noming qora bilan yozilgur.

Balki, guldan yaralgan pari,

Tosh ko'ngilliBeatriche. -Gadosan,-deb qochmasa nari, Dante baxtli bo'lardipicha.

Balki, Hamlet oydin tunlarda, Ofeliyani erkalatardi. Balki, uzun sochini silab, Azongacha ertak aytardi.

Agar xiyonatni bilmasa, Ezmasa fojia yuragin, Yo'q! Yo'q, shoir! Gar shunday bo'lsa, Shekspirning yo'qdir keragi!

Usmon Nosir "Monolog" she'rida bu fikrni yana bir qora tasdiqlaydi. She'r link qahramoni shunga qadar hamma qulluq qilib yurgan, ta'rifiga hamd-u sano keltirayotgan sevgiga.. .qarshi bosh ko'taradi.

Uning nazdida, bu tuyg'u ne-ne insonlarni sarson-sargardon qildi. Ular orasida Petrarka va Sapfo ham, Tasso va Dante ham, Hamlet va Otello ham bor. Shoir;

Aqlidan ozganmi mugabbat? Mumkin emas, qarshi turmasdan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-22-26

der ekan, bu qudratli kuch, bu yengilmas his qarshisiga mardona chiqadi. Shu yerda shoir o'zi qarshi borayotgan hodisaning mohiyatiga aniqlik kiritadi. Zero, u umuman sevgi-muhabbatni emas, balki, insonning shunday mo'tabar, nozik tuyg'ularini xo'rlagan, sevgining qo'llariga xanjar tutgan davrni qoralaydi.

O'z zimmamga katta ish oldim, Ehtimolki, tamom qilmasdan, Umrim tugar. Ammo, bo'lmaydi, (Ko'ngil o'rniga hech tushmaydi). Senga qarshi bosh ko'tarmasdan, Asrlarni yig'latgan sevgio!!! She'riyatning Usmon Nosirning poeziyasining kuchi, jozibasi, "yuqumliligi" ham aynan mana shunday satrlarda ko'rinadi.

REFERENCES

1. Usmon Nosir bitiklari, Toshkent-2010 yil,

2. III-kurs Adabiyot, Akademik litsey uchinchi bosqich o'quvchilari uchun, "Bayoz" Toshkent-2016-yil,

3. Usmon Nosir She'rlar, Toshkent-2000-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.