Научная статья на тему 'USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM KATEGORIYASI SIFATIDA'

USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM KATEGORIYASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uslub / ijodkor labaratoriyasi / metod / asar tili / badiiy obraz / mahorat / portret / badiiy nutq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qodirov Abdulazizbek

Adabiyot tarixini bilmagamn holda ijodkor uslubini aniqlab bo‘lmaydi. Uslub tushunchasi bag‘riga adibning leksik vositalaridan istifoda etishidan tortib harakter yaratish usullarigacha, adabiyot tarixidagi dunyoqarash birligidan tortib har bir muallifgagina xos boʻlgan o‘ziga xos ifoda qirralariga qadar qamrab oladi. Ushbu maqolada adabiyotshunoslikning muhim kategoriyalaridan biri – ijodkor uslubi haqida mulohaza yuritiladi. Uslub, uning yuzaga chiqish omillari, uslubning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan muallifning shaxsiy fikrlari bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM KATEGORIYASI SIFATIDA»

USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM KATEGORIYASI

SIFATIDA

СТИЛЬ КАК ВАЖНАЯ КАТЕГОРИЯ ЛИТЕРАТУРЫ STYLE AS AN IMPORTANT CATEGORY OF LITERATURE

Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon o'g'Ii

Qo'qon universiteti Andijon filiali Pedagogika, psixologiya va filologiya kafedrasi assistenti

Annotatsiya: Adabiyot tarixini bilmagamn holda ijodkor uslubini aniqlab bo'lmaydi. Uslub tushunchasi bag'riga adibning leksik vositalaridan istifoda etishidan tortib harakter yaratish usullarigacha, adabiyot tarixidagi dunyoqarash birligidan tortib har bir muallifgagina xos bo'lgan o'ziga xos ifoda qirralariga qadar qamrab oladi. Ushbu maqolada adabiyotshunoslikning muhim kategoriyalaridan bin - ijodkor uslubi haqida mulohaza yuritiladi. Uslub, uning yuzaga chiqish omillari, uslubning o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan muallifning shaxsiy fikrlari bildiriladi.

Kalit so'zlar: uslub, ijodkor labaratoriyasi, metod, asar tili, badiiy obraz, mahorat, portret, badiiy nutq.

Abstract: If I knew the history of literature, I would understand the style of "Creator" in the hall. Support for stylistic participation from the lexical property of the writer to the character creation procedure, from the worldview unity in the history of literature to the unique expression of each author.This article discusses one of the important categories of literary studies - the creative style. The personal opinions of the author are expressed regarding the style, the factors of its appearance, the specific features of the style.

Key words: style, artist's laboratory, method, language of the work, artistic image, skill, portrait, artistic discourse.

Аннотация: He зная истории литературы, невозможно определить стиль художника. Понятие стиля охватывает от использования писателем лексических средств до способов создания персонажей, от единства

мировоззрения в истории литературы до неповторимых, присущих каждому автору аспектов выразительности. В данной статье рассматривается одна из важных категорий литературоведения - творческий стиль. Высказано личное мнение автора относительно стиля, факторов его появления, особенностей стиля.

Ключевые слова: стиль, лаборатория художника, метод, язык произведения, художественный образ, мастерство, портрет, художественный дискурс.

Uslub tushunchasi turli ma'nolarda - eng keng va eng tor: adabiyot taraqqiyotining u yoki bu paytiga xos muhim jihatlar (muayyan davr uslubi), turli xil badiiy metodlar yo'nalishlar (klassitsizm, sentimentalizim, romantizm va h.k), ma'lum bir yozuvchi ijodining o'ziga xosligi (Tolstoy, Gorkiy, Chexov uslubi) nihoyat alohida asarning o'ziga xos jihatlari bilan bog'liq qo'llaniladi. Fransuz olimi J.Leklerk de Byuffon iborasiga ko'ra "Uslub - bu shaxs"[l:18]. O'zbek tilining izohli lug'atida yozuvchining biror bir asar yoki adabiyot janrining til vositalaridan foydalanishidagi o'ziga xos yo'li, usuli. Ijodkorning o'ziga xos tili, harakter yaratish va badiiy quwati, Har bir chinakam ijodkor o'z uslubiga ega bo'ladi[2:281]. Uslub ijodkorning o'zligini, mustaqilligini belgilaydi. Uslubning shakllanish jarayoni juda murakkabdir. O'zbek adabiyotida ana shunday o'ziga xos betakror uslubi, o'quvchining qiyofa va harakteri, tili, xatti-harakatlarini chuqur o'rganib, jonli ifodalashi bilan ajralib turuvchi ijodkorlardan biri Abduqayum Yo'ldoshdir.

Chindan ham Abduqayum Yo'ldosh asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, yozuvchining o'ziga xos uslubi, xarakter yaratish mahorati, obrazlar sistemasini tuzishi, asar kompozitsiyasini shakllantirish borasidagi o'ziga xosliklarni ko'rishimiz mumkin. Yana shuni harn ta'kidlab o'tish joizki, har bir yozuvchi ijod namunasini yaratar ekan, albatta, o'z hayotini, o'zini chetlab o'tolmaydi. Har qanday mavzuda bo'lishidan qat'iy nazar baribir asarda yozuvchi "men"i o'zini ko'rsatadi. Abduqayum Yo'ldosh asarlarida ham adib biografoyasi bilan bog'liq voqealar, mutaxassisligi bilan bog'liq tushunchalarning uning asarlarida bo'y ko'rsatishini

ko'rishimiz mumkin. "Puankare" hikoyasida "Institutni bitirish arafasida men kutilmaganda Puankare gipotezasining shaydosiga aylandim. Gipotezani jo'nroq tilda ifodalashga urinib ko'raman. Jismlarning handasaviy xususiyatlarini o'rganuvchi topologiya degan fan bor. Puankare gipotezasi aynan shu fanning markaziy muammosi. Yana bir muhim holat: tadqiq etilayotgan jismlar oddiy emas, balki siqilganda, buralganida, cho'zilganida o'zgarmaydigan jismlardir. Biron nimani tushundingizmi? Yo'qmi? Unda yanada soddaroq usulda izoh berib otaman. Agar uch o'lchamli sirt qaysidir jihati bilan ikki o'lchamli sferaga o'xshash bo'lsa, demak uni mana shu sferaga tekislash mumkin"[6:95].

Professor Dilmurod Quronov "Adabiyotshunoslikka kirish" kitobida biografik tahlil metodi haqida gapirar ekan, "Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo'li kontekstida o'rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o'rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko'ra biografik metod asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, Abdulla Qahhorning "O'g'ri" va "Daxshat" hikoyalari o'tmishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda olinsa adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini badiiy e'tirof etishga, o'sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi fikrlarni ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik metodning qanchalik samarali bo'lishini ko'p jihatdan tadqiqotchi qo'l ostidagi biografik materialga bog'liq bo'lib qoladi"[5:238] degan so'zlarini aytadi. Endi Abduqayum Yo'ldoshning biografiyasiga yuzlanamiz. U 1962-yilda Samarqand viloyatining Qo'shrabot tumanida tavallud topgan. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. Shuning uchun ham yozuvchining deyarli barcha asarlarida matematika va fizika bilan bog'liq atamalar, tushunchalar o'z ifodasini topadi. Yuqoridagi parchada ham gipoteza, sfera, jism, handasa singan atamalarni ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyev "Sariq devni minib" asarida sovxoz direktori Akbar Nosirovni tasvirlar ekan, "Sovxoz direktori baland bo'yli, yelkalari keng, polvonnamo bir kishi ekan. Gapirganda ovozi huddi xumning

ichidan chiqqandek guldirab, jaranglab eshitiladi. Kulganda tomni ko'tarib yuborgudek qattiq kuladi, yurganda uyning pollari lapanglab ketadi"[7:40] deya ta'riflaydi. Tasvirdagi ta'sirchanlik, ifodalarning eng mayda detallarigacha e'tibor berilishi, birinchidan o'quvchi ko'z oldida manzarani eng yorqin darajada namoyish qilish imkonini bersa, ikkinchidan asarning bolalar uchun mo'ljallangani bilan izohlash mnmkin. Voqea-hodisalarni aniq va jonli, bo'rttirib tasvirlash Xudoyberdi To'xtaboyev uslubiga xos xususiyatdir.

Hamid Olimjon o'zining "Oygul bilan Baxtiyor" ertak-dostonida Baxtiyorning portretini ko'proq tavsiflash yo'li bilan ko'rsatishga harakat qiladi: Go'zal yurt Susambilda Bir podachi bor edi. Go'zal edi va chinor Qomatiga edi zor. Ko'kraklari butun bir Oftobni yashirardi. Tanlarida bir umr O't lovullab turardi[8:47].

Baxtiyorning qad-qomati kelishganligi, gavdali va barvasta yigit ekanligi to'g'ridan-to'g'ri aytilmaydi. Aksincha qiyoslash usulidan foydalaniladi. Bu ham yozuvchi uslubining o'ziga xosligidir.

Abduqayum Yo'ldosh "Begona shaharning namozshomlari" qissasida ham shunday manzarani kuzatishimiz mumkin: "Tog'da o'sgani uchunmi Alisher gavdadan guruhimizda birinchi o'rinda turardi. Hatto uch yil flotda xizmat qilib qaytgan starostamiz ham undan bir enlik past edi. Aniq fanlarda "gabarit o'icham" degan tushuncha bor. Jismning eng katta o'ichamlari ma'nosini beradi. Alisher ham nafaqat shunaqa o'ichamlari, balki boshqa jihatlardan ham birinchi o'ringa chiqib olish uchun dastlabki paytlari harakat qildi". [6:143]. Yuqorida Xudoyberdi To'xtaboyev va Hamid Olimjon asarlarida barvasta qahramonlar tasvirini chizish uslubiga e'tibor qaratdik. Yozuvchi Alisherni shunchaki gavdali yigit demaydi, uni "gabarit o'lcham"da ekanligini aytadi. Gabarit so'zining lug'aviy ma'nosi ga e'tibor

bersak, Gabarit (fransuzcha. gabarite) — binolar, vagonlar, kemalar, ko'priklar, mashinalar, tunellar va boshqalarning tashqi va ichki chegaraviy qiyofasi; eng katta tashqi va ichki o'lchamlari (uzunligi, eni) degan ma'noni beradi. Qahramonni shunchaki gavdasi katta, barvasta deb tasvirlagandan ko'ra handasadagi „gabarit o'lcham" da deyilganda yanada qiziqarliroq chiqadi. Bu, awalo, yozuvchining so'z qo'llash mahorati bilan belgilansa, ikkinchidan, yozuvchining mutaxassisligi bilan bog'liqdir.

Bundan tashqari, shu asarda yana bir jumlaga e'tibor qilsak, "Bu dunyoda bir hodisot boshqa hodisot uchun vosita bo'lib xizmat qilgusi. Ba'zan, ehtimolki, aksar hollarda bahona sababga, sabab oqibatga evriladi. Baayni ko'paytma amalini bajarayotganday biz bir miqdorni aytamiz, boshqa bir miqdor esa dilda bo'ladi va asta-sekin shu dildagi tushuncha shakl-shamoyil kasb eta boradi, biz uni aniqroq ko'ra boshlaymiz, shunda beixtiyor hushyorroq tortamiz, sezgilarimiz taranglashadi, illo, asi maqsad asi niyat endi yuz ko'rsata boshlaganini ilg'aymiz"[6:145]. Mazkur parchada yozuvchi kundalik hayotda ishlatadigan jumlalarimizga falsafiy fikr singdiradi. Chindanda, Pifogor jadvalidagi amalni hisoblash chog'ida qoldiqni dilda saqlaganimiz singari ba'zan aytilmagan so'zlar, aytilmagan maqsadlar bizning dilimizda "qoldiq" bo'lib qoladi. Vaqtlar o'tib esa ular, albatta, o'z shamoyilini ko'rsatmay qolmaydi. Ushbu narsalarni boshqa bir tashbeh bilan ham berish mumkin, ammo ijodkor qachonki o'zi yaxshi bilgan, kuzatgan narsasini yozsagina, asarga o'quvchi ham ishonadi, qo'ldan qo'ymay mutolaa qiladi. Bularni yaxshi anglagan adib takroran matematik tushunchalarga murojaat qilgan.

Xulosa qilib aytganda, ijodkor uslubi birdan shakllanmaydi. Adabiyotshunoslar ta'kidlaganidek awal taqliddan boshlanib, sayqallanib, xususiylashib boradi. Ijodkor uslubi uning biografiyasi, turmush-tarzi, dunyoqarashi, mansub bo'lgan ijtimoiy qatlami, ustozlari bilan bog'liqdir. Fitrat o'zining "Adabiyot qoidalari" risolasida kuchsiz yozuvchilar asarlaridan uslub yaqqol o'zini ko'rsata olmasligini asoslab beradi[4:26]. Haqiqatdan ham, taqlid bosqichidan xususiy uslub yaratish darajasiga ko'tarilish ijodkordan ulkan mahorat talab etadi. Abduqayum Yo'ldosh ijodini o'rganish chog'ida esa mana shu mahoratning yaqqol namunasi i ko'rishimiz

mumkin. Yozuvchi asarlaridagi tilning soddaligi, asar yechimi ostiga falsafiy fikrlarni yashirish hollari, asarlarida takror-takror matematik atamalar va kasb-hunarga oid leksik birliklardan foydalanish holatlari buning yaqqol misolidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Жорж Луи Леклерк де Бюффон. Франсия академиясига кириш нуткд. http://www.infoliolib.info /philos/buffon/ buffon.html

2.Узбек тилининг изохли лугати.Икки томлик.Иккинчи том. -Москва: Рус тили, 1981.-Б.281.

3.Абрамович Г.П. Введение литературоведение. -Москва: Просвещение, 1975. -Б.266-267.

4.Фитрат. Танланган асарлар. 4-жилд. - Тошкент: Маънавият, 2006. - Б. 26.

5.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Akademnashr, 2017

6. Yo'ldoshev A. Puankare. Toshkent. Akademnashr, 2017.

7. To'xtaboyev X. Sariq devni minib. Yosh gvardiyachi, 1982.

8. Hamid Olimjon. Oygul bilan Baxtiyor. G'ofur G'ulom nashriyoti, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.