INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
URUG'MEVALI MAHSULOTLARNI SAQLANUVCHANLIGIGA MEVA TARKIBIDAGI KALSIY ELEMENTINING TA'SIRINI ELEKTRON MIKROSKOPIK-
DIAGNOSTIKA QILISHNING AHAMIYATI Xalimboyev Abbos Azimjon o'g'li
Tayanch-doktorant Karimjonov Jabroil Komiljonovich
Talaba, Namangan muhandislik-texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7195656
Annotatsiya. Ushbu maqolada Namangan viloyatining turli tuproq va iqlim sharoitlarida yetishtirilgan urug'mevali mahsulotlarning saqlanuvchanlik qobiliyatiga kalsiy elementining ta 'siri yoritilgan. Meva tarkibida kalsiy yetishmovchiligining ta 'siri natijasida kelib chiqadigan zararlanishlarni oldindan elektron mikroskopik diagnostika qilishni ahamiyati va dolzarbligi to 'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: kalsiy, kul, elektron mikroskop, sulfat kislota, saqlanuvchanlik, tuproq, diagnostika
ЗНАЧЕНИЕ ЭЛЕКТРОННО-МИКРОСКОПИЧЕСКОЙ ДИАГНОСТИКИ ВЛИЯНИЯ КАЛЬЦИЯ НА СРОК ХРАНЕНИЯ СЕМЕЧКОВЫХ ПЛОДОВ
Аннотация. В данной статье описано влияние элемента кальция на запасаемость семечковых плодов, выращенных в различных почвенных условиях Наманганской области. Представлены сведения о важности и актуальности предварительной электронно-микроскопической диагностики повреждений, вызванных влиянием дефицита кальция в плодах.
Ключевые слова: кальций, зола, электронный микроскоп, серная кислота, хранение, почва, диагностика.
THE IMPORTANCE OF ELECTRON MICROSCOPIC DIAGNOSTICS OF THE EFFECT OF THE CALCIUM ON THE SHELF LIFE OF POME FRUITS
Abstract. This article describes the effect of calcium element on the storage capacity of pome fruits grown in different soil conditions of Namangan region. Information on the importance and relevance of preliminary electron microscopic diagnosis of damage caused by the effect of calcium deficiency in the fruit is presented.
Key words: calcium, ash, electron microscope, sulfuric acid, storage, soil, diagnostics
Respublikamizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi salohiyatni yanada oshirish davr talabi hisoblanadi. So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qishloq xo'jaligiga oid qaror va farmonlar ushbu sohada bajarilayotgan islohotlarga tayanch bo'lib xizmat qiladi. Xususan, 2019-yilning 29-iyulidagi "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi PQ-4406[1] sonli qaror yuqorida keltirilgan fikrlarning misoli bo'la oladi. Bundan tashqari15.12.2021-yilda qabul qilingan PQ-52 sonli "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi[2], hamda 11.12.2019-yildagi PQ-4549 sonli [3]"Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar tog'risida"gi O'zbekiston
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Respublikasi Prezidenti qarorlarida ushbu sohada bajarilishi kerak bo'gan bir qator vazifalar ko'rsatib o'tilgan.[1,2,3]
Qabul qilingan qarorlarda meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko'rsatish va sotish jarayonlarini o'zaro integratsiya qilish tamoyillari ustuvor vazifa qilib belgilangan. Bundan tashqari 2019-yil 5-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan meva-sabzavotchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Ushbu yig'ilishda yetishtirilgan mahsulotlarning 30% i saqlash davomida nobud bo'layotgani aytib o'tildi.
Ushbu qaror va farmonlarga muvofiq Namangan muhandislik-texnologiya institutida urug'mevali mahsulotlarni saqlanuvchanligiga meva tarkibidagi kalsiy elementining ta'sirini elektron mikroskopik-diagnostika qilishning ahamiyati bo'yicha bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqot olib boorish uchun Namangan viloyatining yuqori va quyi mintaqalaridagi tuproq sharoitiga ko'ra past, o'rtacha va yuqori banitetga ega bo'lgan tuproq sharoitlaridagi makroelementlar miqdorlari, ularning kechki olma va nok mevalari tarkibidagi mavjud makroelementlar, ularning turli sharoitlarda saqlashdagi fiziologik o'zgarish holatlari o'rganildi.
Tuproq tarkibidagi makroelementlarni o'rganish uchun tuproqshunoslik va agrokimyoda qabul qilingan uslublardan foydalanib, o'simlikning ildiz tizimlarini joylashishiga qarab 90-100 sm chuqurliklardan tuproq namunalari olindi. Namunalarda kalsiy, fosfor, kaliy,temir va magniy makroelementlar miqdorlari laboratoriya sharoitida o'rganildi. Urug'mevali mahsulotlar tarkibidagi kalsiy elementini aniqlash uchun quyidagi uslubdan foydalanildi. Kalsiyni aniqlash uchun uch takroriylikda meva shoxlaridan namunalar olinib ularni germetik usulda kuydirilib, kulidan metodikaga muvofiq 3gramm olindi. Kulga 10% li HCl eritmasidan qo'shildi.Eritma filtrlanib, 1 gramm olindi va predmet oynasiga qo'yildi. Eritma yoniga 1 tomchi H2SO4 tomizilib, asta sekin eritma bilan tutashtirildi. So'ngra predmet oynasi electron mikroskop ostiga qo'yilib, kuzatildi. Predmet oynasida kalsiy kristallari hosil bo'lishini electron mikroskop yordamida tahlil etildi. Shuningdek, fosfor,kaliy, temir va magniy elemenetlari metodikaga muvofiq aniqlandi.
Urug'mevali mahsulotlarda juda ko'p uchraydigan achchiq ta'm kasalligi (bitter pit) ni kelib chiqishining asosiy sababi meva tarkibida kalsiyning kamligi deb hisoblanadi. Meva po'sti ostida mavda qo'ng'ir-qora dog'larning paydo bo'lishi, iste'mol qilinganda achchiq ta'm berishi tufayli shunday nom olgan. Mevaning rivojlanish davrida kalsiyning yetishmasligi tufayli hujayra devorlarida nuqsonlar paydo bo'lib, dog' rivojlanishiga olib keladi.
Kalsiy yetishmasligi asosan achchiq dog' sabab bo'lishi ta'kidlansa ham, Vashington universiteti olimi Rob Blakey o'zining izlanishlari natijasiga ko'ra, olmadagi qora dog'lanish kasalligining sabablaridan biri ham kalsiy yetishmasligi tufayli ekanligini ta'kidlagan [4].
Tajriba uchun viloyatda yetihtirilgan olmaning uch xil "golden delicious", "Renat Semerenko" va "Kandil-sinap" navlari tanlab olindi. Olmaning barcha navlaridan olingan namunalar 10kg dan 3 xil variantda uchta omborxonaga joylashtirildi.
Namunalarda saqlash jarayonida sodir bo'ladigan fiziologik va kimyoviy o'zgarishlar ilmiy-laboratoriyada tahlil qilinib, tajribalar o'tkazildi.
Laboratoriya tahlillariga ko'ra, nazorat uchun olingan 55-60 ball banitetga ega bo'lgan tuproqlarda kalsiy 10.1, fosfor 16.2, kaliy 162, temir 0.6 va magniy 3.8 mg ligi, 61-69 ballga ega bo'lgan tuproqlarda kalsiy miqdori 15, tuproq baniteti 70-75 bo'lgan tuproqlarda 18.2 mg%
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
kalsiy bo'lishi aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar tajriba variantlarida nazoratga nisbatan kalsiy miqdori 5.1-8.1 mg% gacha ortiq ekanligi aniqlandi. (1-jadval)
1-jadval.
Turli banitetga ega bo'lgan tuproq tarkibidagi mavjud makroelementlar, mg %
Variant 90-100 sm chuqurlikda olingan tuproq tarkibi
CaO P2O5 K2O Fe2O3 MgO
55-60 ball (st) 10.1 16.2 162 0.6 3.8
61-69 ball 15.0 24.1 175 0.8 4.1
70-75 ball 18.2 25.2 184 1.2 6.3
Nazorat (st)ga nisbatan farqi ± +5.1-8.1 +7.9-9.0 +13-22.0 +0.2-0.6 +0.3-2.5
Tuproq tarkibidagi makroelementlarni meva o'simligi va mevalarda mavjudligini aniqlash uchun turli banitetga ega bo'lgan sharoitlarda yetishtirilgan kechki olm ava nok navlaridan foydalanildi. Olingan namunalar laboratoriya sharoitida ular tarkibidagi makroelemtlar, shu jumladan kalsiy elementi metodikaga qarab aniqlandi. Bunda, past ballga (55-60 ball) ega bo'lgan tuproq sharoitlarida yetishtirilgan kechki olma navlarida o'rtacha 7.4 mg%, tajriba variantlarida, jumladan o'rtacha ballga ega bo'lgan (61-69 ball) da yetishtirilgan olmalarda 10.2 mg%, yuqori ballga ega bo'lgan (70-75) sharoitda yetishtirilgan olmalarda 14 mg% kalsiy elementi borligi aniqlandi. Bu ko'rsatkich tajriba variantlarida nazoratga nisbatan 2.8-7.4 mg% ga yuqoriligi aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar kechki nok mevalarida o'rtacha nazoratga nisbatan 3.1-6.8 mg% gacha kalsiy elementi yuqoriligi aniqlandi. (2-jadval)
2-jadval.
Turli tuproq banitetiga ega bo'lgan sharoitlarda yetishtirilgan urug'mevalilar tarkibidagi
makroelementlar miqdori, mg%
Variant Kechki olma navlari Kechki nok navlari
CaO P2O5 K2O Fe2O3 CaO P2O5 K2O Fe2O3 MgO
55-60 ball 7.4 12.1 62.0 0.3 5.3 10.4 55.0 0.3 3.8
61-69 ball 10.2 18.2 75.0 0.5 8.4 16.3 72.0 0.5 4.1
70-75 ball 14.0 23.1 85.0 0.9 12.1 21.2 76.0 0.7 6.3
Nazoratga nisbatan farqi,± +2.8- +6.1- +13.0- +0.2- +3.1- +5.9- +17.0- +0.2- +0.3-
7.4 11.0 23.0 0.6 6.8 10.8 21.0 0.4 2.5
Urug'mevalar tarkibidagi kalsiy element miqdorini mevalarni saqlashdagi sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganish uchun yuqoridagi ta'kidlangan past, o'rtacha va yuqori banitetga ega bo'lgan tuproq sharoitlarida yetishtirilgan olmaning "Renat Semerenko" va "Kandil-sinap", nokning kechki navlaridan "Jozefina Mixelnisky" va mahalliy navlardan "Chust" nokidan 100 kg dan namunalar olinib, ular tarkibidagi kalsiy elementini metodikaga muvofiq laboratoriya sharoitida aniqlandi. Bunda, "Renat Semerenko" navida past ballga (55-60) ega bo'lgan tuproq sharoitlarida kalsiy miqdori 7.3, "Kandil-sinap" navida 6.5 mg, nokning kechki navlarida o'rtacha 5.6-5.7 mg% gacha kalsiy borligi aniqlandi. O'rtacha ball (61-69) ga ega bo'lgan sharoitlarda yetishtirilgan kechki olm ava nok mevalarida o'rtacha 7.4-10.1 mg %
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
gacha; yuqori banitetga ega bo'lgan (70-75) sharoitlarida yetishtirilgan olm ava nok mevalrida esa o'rtacha 10.2-14.2 mg% kalsiy bo'lishi kuzatildi. Bu ko'rsatkichlar nazorat variantga nisbatan tajriba variantlar uchun olingan namunalar tarkibida kalsiy miqdori 1.7-6.9 mg% gacha yuqoriligi aniqlandi. (3-jadval)
3-jadval
Urug'mevalilar tarkibidagi kalsiy element miqdorini mevalarni saqlashdagi sifat
ko'rsatkichlariga ta'sirini mikroskopik tahlili
Variant Saqlash uchun olingan namuna , kg Meva navlaridagi CaO miqdori, mg% Saqlash davridagi o'zgarishlar
Renat Seme renko Kandi l- sinap Joze fina Chust noki % Mikoskopik tahlil
55-60 ball 100 7.3 6.5 5.7 5.6 80-100
61-69 ball 100 10.1 8.2 8.4 7.4 50-55
70-75 ball 100 14.2 13.0 10.2 12.3
Nazorat ga nisbata n farqi, ± +2.86.9 +1.76.5 +2.7 -4.5 + 1.8-6.7 -30100
Kalsiy elementining mahsulotlarga saqlanish darajasi va sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganish uchun mikroskopik tahlillar o'tkazildi. Buning uchun turli sharoitlarda ya'ni mahalliy usul, sovutgich ombor, gazli muhitlarda saqlangan mevalardan namunalar olinib, ularning tashqi ko'rinishi va fiziologik o'zgarishlari mikroskopik usulda diagnostika qilindi. Mikroskopik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tahlilga ko'ra, olingan namunalar tarkibida kalsiy miqdori qancha ko'p bo'lsa (10.2-14.2 mg%) ularning sifat ko'rsatkichlari oldingi holatda bo'lishligi, aksincha kalsiy elementi 7.4-10.1 mg %gacha bo'lgan mahsulotlarda kasallanish darajasi (ya'ni ustki qora cherish va achchiq tam xususiyatlari) kabi salbiy holatlar 50-55% gacha bo'lishi, mahsulot tarkibidagi kalsiy elementi 5.6-7.3 mg% bo'lgan namunalarda esa ustki qorayish kasalliklari bilan kasallanishi mahsulotning saqlash davriga muvofiq 80-100% gacha bo'lishi aniqlandi.[5]
Mikroskopik tahlillar shuni ko'rsatdiki, meva tarkibida kalsiy miqdori yetarli bo'lsa olingan namunalar tarkibidagi shiralarda kristallar hosil bo'lishi kuzatildi. Kalsiy elementi yetishmagan namunalarda esa bu holat kuzatilmadi. (3-jadval)
Xulosa. Tahillar natijasi shuni ko'rsatdiki, saqlash uchun olingan olmalarning barchasida kalsiy yetishmovchiligi kuzatilgan va shu tufayli saqlash omborning kamerasidagi olmalarning deyarli hammasi qora dog'lanish bilan zararlangan.
Tajriba o'z tasdig'ini topishi uchun, laboratoriya sharoitida saqlanayotgan boshqa bir olma mahsulotidan namuna tayyorlab mikroskop ostida ko'rildi. Sog'lom olma namunasining eritmasi mikroskop ostida kuzatilganda kalsiy kristallari hosil bo'ldi.
Olib borilgan tajribalar asosida shunday xulosalar olish mumkin. -Meva tarkibidagi makroelementlardan kalsiy muhim ahamiyatga ega bo'lib, hujayra devorning muhstahkamligini ta'minlaydi
- Kalsiy yetishmasligi mevalarning saqlanuvchanlik qobiliyatini pasaytirib, saqlash davrini kamaytiradi
- Kalsiy yetishmasligi tufayli hosil bo'lgan kasalliklar tufayli meaning bozorboplik darajasi tushadi
- Meva bog'larini daraxtlar o'sish fazasiga kelganda kalsiy xlorid yoki kalsiy nitrat spreyidan foydalanib, kalsiy yetishmasligi tufayli sodir bo'ladigan kasalliklarni oldini olish mumkin.
REFERENCES
1. "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi PQ-4406. 29.07.2019. Toshkent.
2. "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-52. 15.12.2021. Toshkent.
3. "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar tog'risida"gi PQ-4549. 11.12.2019. Toshkent.
4. Blakey.R. (2016)Superfical scald management in apples. WSU.
5. Lurie, S., Watkins, C.B., 2012. Superficial scald, its etiology and control. Postharvest Biol. Technol. 65, 44-60. doi:10.1016/j.postharvbio.2011.11.001