Научная статья на тему 'QURITILGАN MEVАLАR VА SHIFOBАHSH GIYOHLАR АSOSIDА EKSTRАKTLАR VА АLKOGOLSIZ ICHIMLIKLАRNI FIZIK-KIMYOVIY TAHLIL QILISH'

QURITILGАN MEVАLАR VА SHIFOBАHSH GIYOHLАR АSOSIDА EKSTRАKTLАR VА АLKOGOLSIZ ICHIMLIKLАRNI FIZIK-KIMYOVIY TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

94
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qizil do’lаnа / yаntoq / olmа / behi ekstrаkt / sharbat

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Nadira Kamiljanovna Sabirova, Gulnoza Ulug’bek Qizi Abdullayeva, Zumrad Maqsudbek Qizi Sharipova

Mevа vа shifobаhsh giyohlаrning ozuqаviy qiymаti ulаr tаrkibidаgi vitаmin va minerаl moddаlаr inson oziqlаnishidа muhim rol o'ynаydi. Oziq-ovqаt tаrkibida vitaminlarning yetishmasligi аtrof-muhitning sаlbiy omillаri tа'sirida orgаnizmning himoyа kuchlаrining pаsаyishiga, jismoniy vа аqliy ko'rsаtkichlаrning pаsаyishigа olib kelаdi. Shifobаhsh giyohlаrdаn muntаzаm rаvishdа foydаlаnish bilаn orgаnizmni ko'plаb kаsаlliklаrgа qаrshi immunitetni rivojlаntirаdi. Biologik fаol moddаlаrning mevаlаrdа vа giyohlаrdа to'plаnishi iqlim omillаrigа bog'liq. Аmmo mevа vа shifobаhsh giyohlаrning sаqlаsh muddаti judа qisqа, bu esа аholini yil dаvomidа ushbu mаhsulotlаr bilаn tа'minlаsh uchun qаytа ishlаsh usullаrini izlаsh zаrurligini belgilаydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QURITILGАN MEVАLАR VА SHIFOBАHSH GIYOHLАR АSOSIDА EKSTRАKTLАR VА АLKOGOLSIZ ICHIMLIKLАRNI FIZIK-KIMYOVIY TAHLIL QILISH»

QURITILGAN MEVALAR VA SHIFOBAHSH GIYOHLAR ASOSIDA EKSTRAKTLAR VA ALKOGOLSIZ ICHIMLIKLARNI FIZIK-KIMYOVIY

TAHLIL QILISH

Nadira Kamiljanovna Sabirova

Urganch davlat universiteti, Oziq-ovqat texnologiyasi kafedra assistenti

[email protected]

Gulnoza Ulug'bek qizi Abdullayeva

Urganch davlat universiteti, Oziq-ovqat texnologiyasi kafedra assistenti,

[email protected]

Zumrad Maqsudbek qizi Sharipova

Urganch davlat universiteti, Oziq-ovqat texnologiyasi kafedra assistenti

shamuratovsx@gmail .com

Meva va shifobahsh giyohlarning ozuqaviy qiymati ular tarkibidagi vitamin va mineral moddalar inson oziqlanishida muhim rol o'ynaydi. Oziq-ovqat tarkibida vitaminlarning yetishmasligi atrof-muhitning salbiy omillari ta'sirida organizmning himoya kuchlarining pasayishiga, jismoniy va aqliy ko'rsatkichlarning pasayishiga olib keladi. Shifobahsh giyohlardan muntazam ravishda foydalanish bilan organizmni ko'plab kasalliklarga qarshi immunitetni rivojlantiradi. Biologik faol moddalarning mevalarda va giyohlarda to'planishi iqlim omillariga bog'liq. Аmmo meva va shifobahsh giyohlarning saqlash muddati juda qisqa, bu esa aholini yil davomida ushbu mahsulotlar bilan ta'minlash uchun qayta ishlash usullarini izlash zarurligini belgilaydi.

Kalit so'z : Qizil do'lana, yantoq, olma, behi ekstrakt, sharbat

Аlkogolsiz ichimliklar ozuqaviy moddalarning tarkibiy qismlarini suvli eritmalari bo'lib, asosan chanqovni qondirish va tananing suv-tuz balansini saqlash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga, ichimliklar ma'lum bir ozuqaviy qiymatga ega va ba'zi hollarda retseptga maxsus qo'shimchalar kiritilishi sababli terapevtik va profilaktik yoki tetiklashtiruvchi funktsiyalarni

ANNOTATSIYA

KIRISH

bajaradilar. Аlkogolsiz ichimliklar bir qator qimmatbaho suvda

April, 2022

eriydigan vitaminlar, mineral va biologik faol moddalarni oziq ovqat turiga kiritish uchun yaxshi asos bo'ladi. Respublikamizda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish yuqori darajada rivojlanmoqda, o'sish sur'ati yiliga 10% gacha [1].

Respublikamizda tetiklashtiruvchi ichimliklarning aholi jon boshiga o'rtacha har xil mintaqalarda iste'moli 12 dan 50 litrgacha. Biologik hayot jarayonida har qanday odam tanadagi tabiiy yo'qotishlarni to'ldirish uchun kuniga kamida 1,5 - 2 litr suyuqlik iste'mol qilishi kerak. Biroq, bozorning asosiy qismiini ta'm beruvchi va shakar o'rnini bosuvchi moddalarga asoslangan arzon ichimliklar tashkil etadi. Tabiiy mahsulotlardan foydalanish bir qator afzalliklarga ega, chunki bu mahsulotlarning tarkibiy qismlari tabiiy birikmalar shaklida, organizmga yaxshi singadi [2].

Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kelinayotgan alkogolsiz ichimliklari sanitariya-epidemiologiya qonun hujjati SanQM (San PiN) 0283-10,Davlat standartlari (O'z DST 991:2001, O'z DST 925:2004 singari) va texnikaviy shartlar bo'yicha kimyoviy va orgonoleptik usullar asosida sifati nazorat qilinadi va sertifikatlanadi. Ushbu hujjatlarda asosan og'ir va zaharli elementlar: qo'rg'oshin, margimush, kadmiy, simob; radionukleidlar: seziy-137, stronsiy-90 va kofeinning miqdoriy jihatdan tekshiriladi. Chunki faqat alkogolsiz ichimliklarni xaridorgir qilib ishlab chiqarish jarayonida, ularga o'nlab rang beruvchi, aromatik hid va yoqimli ta'm beruvchi turli tuman sintetik birikmalarni qo'shish kun sayin avj olib bormoqda. Shuning uchun ham, alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi sintetik qo'shilmalarni me'yoriy miqdorlari va ularni aniqlashni yangi texnologiyalarga asoslangan oson va qulay bo'lgan fizik-kimyoviy usullariga yetarlicha e'tibor berilmayotganligi, bu masalani o'rganishni dolzarbligini ko'rsatadi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Profilaktik ichimliklar ishlab chiqarishda biologik faol moddalar manbai sifatida meva va shifobaxsh giyohlar katta ahamiyatga ega, bundan tashqari giyohlarning polifenolik aralashmalari ichimliklar iste'mol qiymatini yaratishda ya'ni ta'mi, hidi va ranglar shakllanishida ishtirok etadi. Mevalar nafaqat ozuqaviy moddalarni o'z ichiga oladi, balki baliq go'shti, don mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yanada to'liq hazm qilish va o'zlashtirishga yordam beradi. Ular varikoz tomirlari qisqarishi, qon bosimi, qon hosil qilish tizimining kasalliklari, yurak, jigar kasalliklari va boshqa ko'plab kasalliklar uchun ishlatilishi tavsiya etiladi [4].

[3].

April, 2022

Shifobaxsh giyohlardan profilaktika qiluvchi ichimliklar tarkibiy qismi sifatida foydalanish maqsadga muvofiqligini o'rganish uchun shifobaxsh giyohlar va mevalarning kimyoviy tarkibini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi.

Olingan ma'lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, quruq moddalar miqdori bo'yicha qizil do'lana va behi yetakchi bo'lib, ular tarkibida quruq moddalar 20,0 % dan sal ko'proq, ikkinchi o'rinda olma 17,23 %, yantoq tarkibidagi quruq moddalar miqdori 9,13 % ni tashkil etdi.

Tajribalarni ekstrakt olishdan boshladik. 20 gr yantoq xom ashyosi 1, sm uzunlikda qirqilib yuvilib 500ml 70 foizli spirtda eritishga qo'yildi.14 soatdan keyin filtrlab rotatsion bug'latgichda 500 C haroratda 60 ob/min tezlikda 2 soat davomida haydab olindi, tayyor bo'lgan ekstrakt 60 ml qayta filtrlandi.

Mahalliy qizil do'lana xom ashyosi 250 gr olindi danaklaridan tozalanganda 225 gr hom ashyo xosil bo'ldi, ekstraktini olish uchun 225gr miqdorini 450 ml 70 foizli spirtda eritishga qo'ydim.12 soat davomida eritishga qo'yildi. Filtrlab tozalangandan so'ng Rotatsion bug'latgich apparatida 500 C haroratda 60 ob/min akt tezlikda 2 atm. bosim ostida haydab 120 ml ekstrakt olindi va filtrlandi.

Olma ekstraktini olish uchun 1kg olmadan 450 gr sok olindi va filtrlandi so'ng 500 C haroratda 60 ob/min aylanish tezligida -2 atmosfera bosimda 1 soat davomida haydalib 125 ml ekstrakt olindi. Olingan ekstrakt yana filtrlanib tiniqlashtirildi. Behi mevasini ekstrakt olish uchun 1,5 kg behidan 450 gr sok olindi filtrlangandan so'ng rotatsion bug'latish apparatida 500 C haroratda 60 ob/min aylanishda -2 atm bosimda 2 soat davomida haydab 120 ml ekstrakt olindi va filtrlab tiniqlashtirildi.

Yantoq ekstrakti tarkibidagi flovanoidlar miqdorini aniqlash uchun metanolli ekstrakti tarkibidagi flovanoidlarning koncentratciyasini aniqlash uchun fotometruk usuldan foydalandik. Fotometrik usulda turli konsentratsiyali flovanoidlarning standart eritmalarini optik zichliklarini aniqlab,konsentratsiyani aniqlash uchun kalibrovkali grafik tuzildi.

NATIJALAR

Davlat standartiga muvofiq alkogolsiz ichimliklarda kislotalilik (faol va titrlanadigan) va quruq moddalar miqdori normallashtirildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan ichimliklarning biologik qiymatini aniqlash uchun ularda askorbin kislota miqdori aniqlandi [5].

April, 2022

1-jadval

Tayyor ichimliklarning kislotaligi va 0,1 N NaOH eritmasi sarfi

Ichimlik namunasi nomi 0,1 N NaOH eritmasi sarfi, ml Titrlangan kislota (ml)

Nazorat 8,2 0,1148

Namuna № 1 8,7 0,1258

Namuna № 2 5,4 0,0756

Namuna № 3 7,9 0,1138

Namuna № 4 7,5 0,1027

Ilmiy tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, nazorat namunasi va №3 ichimlik namunasi eng yuqori faol va titrlanadigan kislotalikka ega ekanligi aniqlandi, tarkibida barcha Meva sharbatlari teng nisbatda. Eng past kislotalik eng ko'p miqdordagi behi sharbatini o'z ichiga olgan №2 namunada aniqlandi. Behi mevalari mono- va disaxaridlarning yuqori miqdori va oz miqdordagi organik kislotalar bilan ajralib turadi.

Quruq moddalarning maksimal kontsentratsiyasi tarkibida ko'proq namlik miqdori bilan ajralib turadigan shakar miqdori ko'p bo'lgan nazorat namunasida aniqlandi 18,6%.

Quruq moddalarning eng ko'p miqdori 1- namunada topilgan - 9,5% (barcha turdagi sharbatlarning teng nisbati olingan) va 4 - namuna - 11,5%

2-Jadval

Tayyor icliimliklarning pH darajasi va quruq modda miqdori

Ichimlik namunasi nomi Quruq modda miqdori % pH darajasi

Nazorat 18,6 2,87

Namuna № 1 19,4 3,01

Namuna № 2 12,5 2,34

Namuna № 3 17,9 2,82

Namuna №4 14,6 2,65

MUHOKAMA

Hzirgi kunda eng dolzarb bo'layotgan jarayonlardan biri bu ishlab chiqaish jarayonida yuzaga keladigan kamchiliklarni oldini olish maqsadida ilg'or texnologiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarish jarayoni ham rivojlanib kengaygan sari undagi yuzaga keladigan kamchiliklar ham tabiiyki oshib boradi.

April, 2022

773

XULOSA

Mevalar va shifobahsh giyohlar asosida ekstraktlar alkogolsiz ichimliklar texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi. Tabiiy ta'm beruvchi - steviya bilan sharbatli ichimliklar ishlab chiqarildi va sinovdan o'tkazildi, bu ortiqcha vazn yoki qandli diabet bilan og'rigan insonlar uchun muhim mahsulot hisoblanadi. Qizil do'lana, yantoq, olma va behi ekstraktlari sharbatli ichimliklar uchun xom ashyo sifatida ishlatilgan, chunki ular Xorazm viloyati hududida o'sadigan biologik qimmatli va dorivor mahsulotlardir. Shakarni qisman steviya damlamasi bilan almashtirishning ijobiy samarasi ilmiy adabiyotlarda keltirilgan va o'tkazilgan tadqiqotlarda oz tasdiqini topdi.

REFERENCES

1. Оганесянц, Л.А. Технология безaлкогольных нaпитков./ Л.А. Огaнесянц, А.Л. Пaнaсюк- С-Пб.: Гиорд, 2012. - 344 с.

2. n0M030Ba, В.А. Производство KBaca и безaлкогольных нaпитков. - С-Пб.: Гиорд, 2006.190 - 192 с.

3. Киселевa, Т.Ф. Рaзрaботкa рецептур овощных сокосодержaщих нaпитков с использовaнием нaтурaльных зaменителей сaхaрa/ Т.Ф. Киселевa, О.Ю. Аксеновa // Нaучный журнaл «Инновaционное сырье - основa кaчественных тапитков».2015. - № 4. - С. 56 - 61

4. Ямлихaновa Р.Р.-доктор тех.таук Совершенствовaние технологии безaлкогольных нaпитков нa основе рaстительного сырья 2016 г. с- 30-35

5. Saparbayeva N.K. Quramboyev Sh.R. Sobirova N.K. Xusainova M.S. Shifobahsh maxalliy o'simliklar xom ashyosi asosida ichimliklar ishlab chiqarishning ilmiy asoslari. Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosidagi innovatsion texnologiyalar respublika ilmiy-texnik anjumani materiallar to'plami 1-jild UrDu 2021 yil 456-457 b

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.