é
Ws,
UNIVERSITET XODIMLARINING ILMIY FAOLIYATINI AVTOMATLASHTIRISH SISTEMASINI MILLIY REYTING TIZIMI BILAN BOYITISH
Xudayqulova Mohira Rustamovna
O'zbekiston Milliy universiteti amaliy matematika va intelluktual texnologiaylari fakulteti amaliy matematika yo'nalishi 2-kurs magistratura talabasi Email: [email protected] https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10499616
ARTICLE INFO ABSTRACT
"Milliy reyting" tizimini xodimlar faoliyatini boshqarish platformasiga kiritish orqali, oliy ta'lim muassalarining bir qator tahliliy natijalarida avtomatlashtirish imkoniyati taqdim etiladi va bu orqali tahlillardagi bir qancha kompleks jarayonlarida inson tomonidan qilinadigan xatoliklar keskin kamayadi va shu bilan birgalikda tahlillarni ixtiyoriy vaqtda vizual ko'rish katta qulaylikni taqdim etadi.
indikatorlari.
Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga asosan oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish, ta'lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama ko'maklashish maqsadida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan so'nggi yillar mobaynida oliy ta'lim muassasalarining "Milliy reytingi" e'lon qilib borilmoqda. Ammo, afsuski bu tizim hali hanuzgacha avtomatlashgani yo'q. Bunda shu paytgacha milliy reyting tizimini (xususan, oliy ta'lim muassalarining reyting tizimi ham shu jumladan) ovoz berish yo'li orqali shakllantirib kelinmoqda.
Mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan agentliklar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish belgilangan. O'tgan davr mobaynida Ta'lim inspeksiyasi tomonidan rivojlangan davlatlar tajribalari chuqur o'rganildi. Xalqaro ekspertlar guruhi jalb qilinib, amaldagi milliy reyting tizimi qayta tahlil qilindi. QS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education World University Rankings) kabi nufuzli reyting agentliklarining mutaxassislari milliy reyting tizimimiz bilan tanishib chiqdilar va tegishli tavsiyalarini berdilar. Bugungi kunda reyting tuzish metodikasini yanada takomillashtirish bo'yicha hamkorlik ishlari davom etmoqda. Qator tahlillar va izlanishlar
Received: 05th January 2024 Accepted: 12th January 2024 Online: 13th January 2024
KEY WORDS Quacquarelli Symonds World University Rankings, Academic Ranking of World Universities, Milliy reyting tizimi, xalqaro reyting, sxema, tizim metodologiyasi, tahlil
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
natijasida, O'zbekiston universitetlarining milliy reyting metodologiyasi "THE" xalqaro reyting agentligi tomonidan tan olindi.
Asosiy qism: Mazkur metodologiyani ishlab chiqishda inspeksiya jamoasi tomonidan jahonning eng nufuzli reyting agentliklari tajribalari har tomonlama chuqur tahlil qilingan edi. Shuningdek, joriy etilgan reyting metodologiyasi bo'yicha Elsevier nashriyot uyining regional direktori Aliya Ospanovaning O'zbekistonda OTMlarining ilmiy tadqiqot yo'nalishdagi ko'rsatkichlarini oshirishi bo'yicha bir qancha uchrashuvlar, QS xalqaro reyting agentligining Rossiya va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Zoya Zaitseva ishtirokidagi seminarlar tashkil etilganligi shular jumlasidan.
Yangilangan metodikaga oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari haqida ish beruvchilar bahosi, talabalarning mutaxassislik fanlarini bilish darajasi, professor-o'qituvchilar yaratgan ilmiy maqolalarning "Web of Science" hamda "Scopus" kabi xalqaro bazalardagi ulushi, xalqaro indekslar ma'lumotlari asosida ilmiy nashrlarga iqtiboslar soni, oliy ta'lim muassasasi ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijadorligi, ta'lim muassasasidagi ijtimoiy-ma'naviy muhit kabi yangi indikatorlar kiritildi.
Umuman olganda, hozirgi kunda bu "Milliy reyting" tizimi ishlab kelmoqda, ammo hali hanuzgacha tizim avtomatlashmagan. Har yili reyting tizimini aniqlashda umumiy tahlillar, so'rovnomalar va bir qator shu kabi ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, o'tgan yillar davomida tizimni shakllantirishda bir necha bosqichlarga bo'lgan holda tahlil qilindi.Buni quyidagi jadvalda batafsilroq tanishib o'tishimiz mumkin.
Oliy ta'lim muassalari reytingini aniqlash sxemasi jadvali
3-bosqich
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasl. sohalar bo'yicha jalb qiliriadigari mutaxassls-ekspertlar
Reytingni aniqlashga oid ma'lumotlarning ishonchliiigini ta'miriiash maqsadida ular tahlil _ haryilil-aprelga qadar qiiinadi (o'rganib chiqiiadi).
4-bo sq ich
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
O'rganilgan ma'lumotlar tanishib chiqish va tasdiqlash uchun oliy ta'lim muassasalariga _ haryili 10-aprelga qadar yuboriladi
5-bosqich
Oliy ta'lim muassasalari rektorlari,
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limlarl
Reytingni aniqlashga oid ma'lumotlar tasdiqlangan holda Davlat inspeksiyasiga taqdim _ haryili 1-mayga qadar etiladi.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
Ko'rib turganimizdek, oliy ta'lim muassalarida reyting tizimini shakllantirish va aniqlash bir qancha bir biriga uzviy bog'liq va kompleks jarayonlari o'z ichiga oladi. Agar biz tizimni yaxlit sistemaga birlashtirib, doimiy ravishda tizimni o'zi undagi ma'lumotlarga nisbatan bu tahlillarni amalga oshiradigan platforma shakliga keltira olsak, hozirgi vaqt ta'lim sistemasida ancha katta va murakkab texnik vazifalardan birini bajargan bo'lamiz. Bu orqali ixtoyoriy vaqtda ixtiyoriy foydalanuvchi ixtiyoriy tartibdagi reytingni ko'rishi va vizual kuzatishi mumkin bo'ladi. Ayni shu masalani yechish uchun ilmiy ishimni bir bobini alohida "Milliy reyting" tizimini avtomatlashtirishga qaratdim. Bu ham o'z navbatida tahlil, mavjud reyting ma'lumotlarini o'rganish va asosida kerakli ma'lumotlar ombori uchun struktura ishlab chiqish va uni texnik jarayonlarini o'z ichiga oladi. Qolaversa, "Milliy reyting" tizimini o'zi bir nechta sohalar va yo'nalishlar bo'yicha reytingni o'zi ichiga oladi, Masalan, universitetlar ichki o'rni (bunda professor o'qituvchilarning soni, ularning tezis, monografiya, maqolalar soni, qaysi xalqaro taniqli jurnalda indekslangani, chop etilgani kabi bir qator xususiyatlari inobatga olingan holda) tahlil etiladi. Bundan tashqari bu o'lchovlarni fakultetlar va undagi kafedralar kesimida, universitetning bitirgan talabalarning ishga joylashuvi kesimida tahlillar ham amalga oshirilishi ko'zda tutilgan
Xulosa: "Milliy reyting tizimini" xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish platformasiga qo'shish orqali biz bu tizimni qayta ishlashga, tahrirlash va istalgan vaqtda ma'lumotlarni sinxron tarzda yuritish va vizual tarzda ko'rish imkoniga ega bo'lamiz. Bu esa o'z navbatida tizimni yuksalishi va kelasi faoliyatida juda ham katta rol o'ynaydi va navbatdagi yutuq tomonlarni oshiradi, eng muhimi foydalanuvchi uchun maksimal oson nuqtaga yetib keladi.
é
Ws,
References:
1. lex.uz axborot portali. "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiningOliy Ta'lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida qarori" (05.04.2022-yil)
2. "The process of automating the rating of Russian universities" (https://ceur-ws.org/Vol-2407 Oxana N. Romashkova, Ludmila A. Ponomareva, Igor P. Vasilyuk) Rossiyadagi universitetlar reyting tizimining avtomatlashtirilishi haqidagi maqola
3. "The Automatic University: A review of datafication and automation in higher education" maqolasi (https://www.researchgate.net/publication/343655554 The Automatic University A revie w of datafication and automation in higher education Ben Williamson, Edinburgh University)
4. "Implementing a mobile app for academic activity management at a university: A case study" by J. Smith in the Journal of Information Technology in Education.
5. "The impact of a mobile application system on university employee productivity" by T.S. Lee in the Journal of Higher Education Management.
6. "QS Stars Ratings" maqolasi(https://www.topuniversities.com/qs-stars Top universities)
7. "World University Rankings 2023: methodology" maqolasi (https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/world-university-rankings-2023-methodology "Time Higher Education" xalqaro nashri)
8. oliygoh.uz, tsull.uz, daryo.uz internet web saytlari