Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH AMALIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR'

OLIY TA’LIMDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH AMALIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
793
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bilimni baholash o‘lchov birligi / baholash jadvali va mezoni / hemis reyting baholash tizimi / kredit-baholash tizimi / ”5”baholik baholash tizimi / o‘quv yuklama. / knowledge assessment block / assessment table and criteria / hemis rating system / credit assessment system / "5" assessment system / workload.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mustafayev, Ulash Utayevich

Maqolada insoniyat ongi va tafakkuri mevasi bo‘lgan o‘lchov birliklari keltiriladi. Bilimni aniqlash uchun ham o‘lchov birligi bormi degan keys-stadiy qo‘yiladi va shu savollarga javoblar talabalar bilimini baholash jadvali va mezoni orqali nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Talabalar bilimini baholash jarayonidagi ob’ektiv va sub’ektiv xatolar atroflicha o‘rganilgan. Muammoni yechish uchun o‘quv jarayoni eng muhim indikatori bo‘lgan baholash va talaba mustaqil ishi o‘quv me’yoriy hujjatlarini dastlab huquqiy jihatdan tartibga keltirish lozimligi aytiladi. O‘quv adabiyotlari, professor-o‘qituvchi metodikasi va tizimli ishlash uchun o‘quv jarayoni menedjerlari ma’suliyati va tamoyiliga oid talablar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICE OF STUDENT KNOWLEDGE ASSESSMENT IN HIGHER EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS

The article presents units of measurement, which are the fruit of human consciousness and thinking. A case is also conducted to determine the presence of a unit of measurement, and the answers to these questions are theoretically analyzed through a table and criteria for assessing students' knowledge, objective and subjective errors are described in the process of assessing students' knowledge. in details. To solve the problem, it is said that the assessment and independent work of the student, which is the most important indicator of the educational process, should first of all be legally regulated by educational regulations. The requirements for responsibility and the principles of leaders of the educational process for educational literature, teaching methods and systematic work are described.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH AMALIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

OLIY TA'LIMDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH AMALIYOTI:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Maqolada insoniyat ongi va tafakkuri mevasi bo 'lgan o 'Ichov birliklari keltiriladi. Bilimni aniqlash uchun ham o'lchov birligi bormi degan keys-stadiy qo 'yiladi va shu savollarga javoblar talabalar bilimini baholash jadvali va mezoni orqali nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Talabalar bilimini baholash jarayonidagi ob 'ektiv va sub 'ektiv xatolar atroflicha o 'rganilgan. Muammoni yechish uchun o 'quv jarayoni eng muhim indikatori bo'lgan baholash va talaba mustaqil ishi o'quv me'yoriy hujjatlarini dastlab huquqiy jihatdan tartibga keltirish lozimligi aytiladi. O 'quv adabiyotlari, professor-o 'qituvchi metodikasi va tizimli ishlash uchun o 'quv jarayoni menedjerlari ma 'suliyati va tamoyiliga oid talablar bayon etilgan.

Kalit so'zlar:bilimni baholash o'lchov birligi, baholash jadvali va mezoni, hemis reyting baholash tizimi, kredit-baholash tizimi, "5"baholik baholash tizimi, o 'quv yuklama.

The article presents units of measurement, which are the fruit of human consciousness and thinking. A case is also conducted to determine the presence of a unit of measurement, and the answers to these questions are theoretically analyzed through a table and criteria for assessing students' knowledge, objective and subjective errors are described in the process of assessing students' knowledge. in details. To solve the problem, it is said that the assessment and independent work of the student, which is the most important indicator of the educational process, should first of all be legally regulated by educational regulations. The requirements for responsibility and the principles of leaders of the educational process for educational literature, teaching methods and systematic work are described.

Keywords: knowledge assessment block, assessment table and criteria, hemis rating system, credit assessment system, "5" assessment system, workload.

В статье представлены единицы измерения, являющиеся плодом человеческого сознания и мышления. Также проводится кейс для определения

Mustafayev Ulash Utayevich

Termiz davlat universiteti, falsafa fanlari nomzodi [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

наличия единицы измерения, а ответы на эти вопросы теоретически анализируются через таблицу и критерии оценки знаний учащихся, описываются объективные и субъективные ошибки в процессе оценки знаний учащихся. в деталях. Для решения проблемы сказано, что оценивание и самостоятельная работа обучающегося, являющаяся важнейшим показателем образовательного процесса, должны быть в первую очередь законодательно регламентированы образовательными нормативными документами. Описаны требования к ответственности и принципы руководителей образовательного процесса к учебной литературе, методам обучения и систематической работе.

Ключевые слова: блок оценки знаний, таблица и критерии оценки, рейтинговая система оценки hemis, кредитно-оценочная система, система оценивания "5 ", учебная нагрузка.

KIRISH ( INTRODUCTION)

Tempus loyihasi ishtirokchilari Termiz davlat universiteti faoliyatini o'rganib va tahlil qilib "O'qituvchilarining o'z talabalari-yosh avlod to'g'risida to'lqinlanib so'zlashlari loyihaning barcha qatnashchilarini yanada ilhomlantiгadi. Mana shu avlod izlanuvchan, haгakatchan, yangi fikrlarga ochiq bo'lgan yoshlaгdan iborat bo'lib, ulaг fan va axborot texnologiyalar shiddat bilan taraqqiy etgan davгimizda sifatli oliy ma'lumotga ega bo'lish qanchalik muhim ekanligini to'liq his etadilar"1 deb ta'kidlagan edi. Dunyoda insoniyat maydonni gektar, uzunlikni metr, og'irlikni tonna, suyuqlikni litr va olimlar reytingini xirsh indeksi kabi o'lchov birliklari bilan aniqlashi hech kimga sir emas. Agar o'lchov birligida xato bo'lsa yoki olimning xirsh indeksi past bo'lsa fuqaro darrov e'tirozini bildiradi. Bilimlarni baholas h uchun esa besh ballik yoki 100 ballik tizim mavjud. Bilimni besh yoki 100 ballik tizimda baholayotganda bilimga qo'yilayotgan ball yoki baho aniq o'lchov birligi bo'lsa u holda tinglovchining bilimiga qo'yilgan ball yoki baholar to'g'ri o'lchab qo'yilayaptimi? To'g'ri o'lchab qo'yilgan bo'lsa nega rivojlangan g'arb davlatlari bilan zamonaviy ilmda raqobatga bardosh berishimiz qiyin bo'lmoqda.Aksincha, ulardagi talabalar bilimini baholash jadvali va mezonini, metodikasini qayta-qayta o'rganish va joriy etishga murojaat qilmoqdamiz.Sharqda,jumladan musulmon davlatlarida ham talabalarning bilimini baholash tarixiga oid metodik adabiyotlar bormi? Bor bo'lsa nega ularga murojaat qilmayapmiz.Chunki,renessanslar tarixi

1 Узбекистан Респyбликaси Олий Ba урта Maxcyc тaълим вaзирлиги "Олий тaълим мyaссaсaлaри профессор-укитувчилари y4yH муста^ил тaълимнинг aсосий тaмойиллaрини жорий килишга доир тaвсиялaр" Темпyс лойи^аси, Узбекистон олий тaълим тизимидa мустацил тaълимни ривожлантириш. 1-2 сахифа.2006 йил

615

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

musulmon davlatlari, xususan islom dini tarixi bilan uzviy bog'liqdir.O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng ilm-ma'rifat sohasiga alohida e'tibor berdi.Ayniqsa 2017-2021 yillarda yangi O'zbekiston uchinchi renessans poydevorini yaratishga kirishgan davrda bu soha yana ham dolzarb ahamiyatga ega bo'ldi.Yangi O'zbekistonda oliy ta'limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o'quv jarayoni sifatini yaxshilash uchun huquqiy asoslarning barchasi davlat tomonidan yaratib berilmoqda.Ta'lim sifatiga ma'sul va talaba bilimini to'g'ri o'lchab baholaydigan professor-o'qituvchilar moddiy manfaatdorligi ham yaxshilandi. Lekin, bugun oliy ta'limda talabalar bilimini baholash va ularning bilimiga qo'yilayotgan ball yoki baholar paradoksli holatda. Ba'zi katta avlod vakillari hamon "5" baholi tizimni ma'qul ko'rishi hech kimga sir emas. Yangi avlod esa bilimni 100 balli tizim bilan baholashni yaxshi biladi. Oliy ta'limda ta'lim sifatini yaxshilashning bosh mezoni talabaning bilimiga qo'yilayotgan ball yoki bahoning to'g'ri qo'yilishiga bog'liqdir. Bu jarayon juda ham murakkabdir.Chunki, unga ta'sir qiladigan ob'ektiv va sub'ektiv omillar juda ko'p. Bu professor-o'qituvchining dunyoqarashi, ko'nikma, malaka va komponentligi bilan bog'liq jarayondir. Professor-o'qituvchi uchun talabaning bilimini to'g'ri baholash eng qiyin ishdir.Tasavvur qilib ko'ring-a bilimi "3" ga teng talabani "5" bilan baholadingiz.Uni kim biladi va kim nazorat qiladi? Buni vijdondan boshqa hech narsa nazorat qila olmaydi. Shuning uchun ham bilimi "3" ga teng talabaga "5" qo'ygan va bilimi "5" ga teng talabaga "3" qo'ygan professor-o'qituvchi kasbiga emas, millatiga xiyonat qilgan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD ( LITERATURE REVIEW)

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayoniga oid huquqiy asoslar "Ta'lim to'g'risida" 2 O'zbekiston Respublikasining qonunida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"3 gi 824-sonli qarorida, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 4gi 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018 sonli buyrug'ida, o'quv jarayonini nazorati uchun uslubiy ta'minotlar B.Sh.Usmonov va R.A.Habibullaev "Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish" o'quv qo'llanmasida, R.Habibullaev va V.Topildiev "Kredit-modul

2 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr ^OHyHH Tai^HM Tyrpncnga. 2020 hhïï 23 ceHTa6pb,yPK;-637-coH

3 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH BMHHHr rçapopn "OTM Tai^HM ^apaëHHHH TamKH^ этнm 6nnaH 6of^hk; th3hmhh TaKOMH^amrapum Hopa-Tag6Hp^apH Tyrpncnga " 2020 hhïï 31-geKa6pb 824-coh.

4 o^hh Ba ypTa Maxcyc Tai^HM Ba3Hp^HrHHHHr "o^hh Tai^HM Myaccaca^apnga T&ra6a^ap 6h^hmhhh Ha3opaT ^ranm Ba 6axo^am th3hmh TyrpncngarH hh30mhh Tacgn^am xa^nga" rn 2018 hhïï 9 aBrycTgarn 19-2018 cohïïh 6ynpyrH

616

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tizimi va o'quv jarayonini tashkil etish" o'quv-uslubiy majmuasida, L. V.Peregudov va M.X.Saidov "Oliy ta'lim menejmenti va iqtisodiyoti" o'quv qo'llanmasida, S.S.G'ulomov, H.R.Raimov, M.H.Saidov, B.H.Hodiev "Ta'lim-tarbiya sifati va qirralari" yo'llanmalarga javoblarida va AQSh oliy ta'lim tizimiga kirish manbalarida tahlil etilgan.Talabalar bilimini baholash jarayonini to'g'ri tashkil etish uchun professor-o'qituvchidan mantiq ilmining analogiya, argumentlash, isbot va raddiya usullarini chuqurroq o'rganishni taqoza qiladi.

MUHOKAMA (DISCUSSION)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda talabalarga baho olishga emas, aksincha ilm olishga harakat qilingizlar degan fikr ko'p takrorlanayapti. Lekin bu fikr o'sha aytilgan auditoriyada qolib ketmoqda. Chunki,talabani ilm olishga motivatsiya qiladigan tamoyil bu uning bilimiga qo'yilayotgan indikator ball yoki baho bilan o'lchanadi. Agar talabaga kredit-modul tizimi negizida reyting baholash, kredit baholash yoki "5" baholik baholash tizimlari bo'ladimi jarayon to'g'ri in'ikos ettirilsa talaba -yoshlarning ilmga rag'bati aksioma singari haqiqatga aylanib ma'rifatga intilish kundalik turmush tarziga aylanib boraveradi Bugun oliy ta'lim muassasalariga "HEMIS" axborot tizimi kirib keldi.Talabaning bilimini bu tizim orqali baholash o'quv jarayonining faol ishtirokchisi bo'lgan professor-o'qituvchiga va talabaga juda katta ma'suliyat yuklaydi. Chunki tizim soxta harakatni qabul qilmaydi va hammadan tizimli ishlashni talab qiladi.Tizimli ishlash boshqaruvda o'tirgan menejerlarning faoliyatiga bog'liq bo'lib qolmoqda.Chunki, boshqaruvda o'tirgan menejerlar talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning qaysi birini tanlash va joriy etishga uncha ham e'tibor bermayapti. Bu esa hukumat va vazirlik qabul qilgan huquqiy normalarning hayotga joriy etilishini kechiktirmoqda.Talabalar bilimini baholash jarayoniga sust e'tibor berishning bir nechta omillari bor. Birinchi omil, bu sovet davrida talabalar bilimi "5" baholi yoki "zachet", "nezachteno" kabi usul baholanib kelingan edi. Katta avlod hamon shu tizimni ma'qul bilishadi. Oddiy va sodda hamda hammaga aksiomaday tushunarli deb aytishadi.Ikkinchi omil, bu OTMlarda talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini joriy etishga yuzaki yondoshuvdir.Chunki bu davrda uzoq yillar reyting tizimiga kiritilgan o'zgarishlar va joriy etishga bag'ishlangan o'quv seminarlari professor-o'qituvchilarning ko'nikma, malaka va komponentligini oshirishga yordam qilmadi.Auditoriyalarda ma'ruza, seminar va tajriba darslari o'tilsada har bir bosqichda talabaning bilimiga qo'yilayotgan baho yoki ball nazorat turlarida tavakkal rasmiylashtirib kelindi. Ko'pincha bu murakkab jarayonni professor-o'qituvchilar guruh sardorlari hukmiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

havola qilib qo'yish holatlari ko'p kuzatildi. Bu esa ma'lum darajada talaba -yoshlarning o'quv jarayoniga nisbatan motivatsiyasini so'ndirdi va adolatsiz qo'yilgan baho yoki ballar jamiyatda savodsiz kadrlarning ijtimoiy qatlamini shakllantirdi. Bu ijtimoiy qatlam xalq xo'jaligining barcha sohalarida uchraydi. 2018 yildan boshlab talabalar bilimini baholashda "5"(a'lo), "4"(yaxshi), "3"(qoniqarli), "2"(qoniqarsiz) deb baholanadigan bo'ldi. Bu mezon o'quv jarayoniga qandaydir iliq ruh olib kirdi. Professor-o'qituvchilar avvalgi reyting tizimi nizomiga nisbatan bu mezonni darrov tushundilar va talabalar bilimini nazorat qilish va o'zlashtirish ko'rsatkichini baholashda birmuncha bo'lsada ijobiy natijalar bera boshladi. Uzoq yillar talabaga bilim berishdan ko'ra reyting nazorati jadvali va baholash mezonini ishlab chiqish va stixiyali baholash orqali hujjatlarni rasmiylashtirib qo'yish dolzarb vazifa bo'lib keldi.Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2020-2021 o'quv yilidan boshlab ba'zi oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit to'plash va ko'chirishning Yevropa tizimi asosida kredit-modul tizimini joriy etish boshlandi.2021-2022 o'quv yilidan boshlab esa bu tizimni to'liq joriy etishga o'tildi. Kredit-modul tizimini joriy etishdagi eng katta muammolardan biri bu biron bir oliy ta'lim muassasasida alohida bitta fan misolida talabaning o'zlashtirgan va o'zlashtirayotgan bilimini baholashning jadvali va mezoni ishlab chiqilmadi. Faqat kredit-modul tizimining afzalliklari haqida minbarlarda va tavsiya etilayotgan adabiyotlarda umumiy, mavhum va abstrakt fikrlar aytishdan nariga o'tilmayapti. Amaliyot jarayoni bilan boshqaruvdagi ma'sul shaxslarning deyarli qiziqishi sust yoki pastda, talaba va professor-o'qituvchilar orasida ishlash ko'nikmasi yo'q. Bu tizimni HEMIS axborot tizimi bilan qo'shib olib borish ham talabadan ham professor-o'qituvchidan juda ham ma'suliyat talab qiladi.Chunki, avvalgi reyting tizimi va o'quv jarayonini tashkil etish bilan bog'liq normativ huquqiy hujjatlari talablarini tizimli amalga oshirilmasligi talabalarda ham professor-o'qituvchilarda ham loqaydlik dunyoqarashni shakllantirib qo'ydi. Ya'ni, keyin rasmiylashtirsa ham bo'ladi degan dunyoqarash hozir ham saqlanib qolmoqda. Ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulot va tajriba darslari bo'ladimi yoki kurs ishi, kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi hamda davlat attestatsiya jarayonlari bo'ladimi barcha ishtirokchilar endi tizimli ishlash jarayoniga o'tishi kerak. Bu esa o'quv jarayoni jadvalidagi nazariy o'qish jarayoni hamda boshqa ishoralariga qat'iy amal qilish bilan birga har bir bosqichda talabaning bilimiga aniq va real baholash kun tartibining birinchi masalasi bo'lib qolishini talab qiladi. Yaqinda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining HEMIS_University axborot tizimi orqali reyting baholash tizimi, Kredit bholash tizimi va "5" baholik baholash tizimi bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar tarqatildi.Tizim operatorlari jarayonni sodda va hammaga tushunarli qilib axborot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tayyorlagan. Talabaning bilimini nazorat qilish va baholash mezonidan qaysi birini tanlash oliy ta'lim muassasalari Ilmiy Kengashlari ixtiyoriga qoldirilgan. Baho va ballarni konvertatsiya qilish, ya'ni kredit-modulga o'tkazish vazirlikning 2018 yil 9-avgust,19-2018-sonli buyrug'i bilan qabul qilingan,Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentyabrda 3069-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan Nizom asosida amalga oshiriladi deb tavsiya beriladi.Endi boshqaruv va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy o'quv yurtlarining o'quv jarayoniga ma'sul shaxslari kafedralar kesimda fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonini huquqiy jihatdan tartibga keltirishi kerak. Oliy ta'lim muassasasi darajasida Nizomni adliya idoralaridan ro'yxatdan o'tkazish lozim.Ro'yxatdan o'tgan Nizomdan kelib chiqib kafedralarga mustaqil baholash jadvali va mezonini ishlab chiqishga ko'rsatma berishlariga ehtiyoj sezilmoqda.Baholash uchun talabaning mustaqil ishi va uning shakllari, amalga oshirish mexanizmlari haqidagi nizomga ham ehtiyoj sezilmoqda. Amaldagi nizom 2009 yil qabul qilingan edi. Bu nizom o'z funksiyasini bajarib bo'lib, bugungi kun uchun ahamiyati yo'q. Xalqaro andozalarga asoslanib va yuqori reytingni egallab turgan oliy o'quv yurtlarining tajribasini o'rganib tezroq talab mustaqil ishi bo'yicha nizom qabul qilish va uni ham adliya idoralaridan ro'yxatdan o'tkazish lozim. Eng muhimi zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun birinchi omil o'qitilayotgan fandan darslik va o'quv qo'llanmalarning davrga mosligi, auditoriyadan tashqari mustaqil o'qish uchun berilayotgan adabiyotlarning dars mashg'ulotida olingan bilimni to'ldirishga xizmat qilishi, mustaqil ishlarning rang barangliligi va u talabani jazolash shakli bo'lmasligi kerak. Aksincha, o'qishga motivatsiyani kuchaytirishi kerak. Buning uchun ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar auditoriyalarini televizor, noubuk va boshqa o'quv yordamchi jihozlar bilan to'liq ta'minlash ham kerak bo'ladi. Buning uchun boshqaruvdagi bir-birini takrorlaydigan va ta'lim-tarbiyaga xizmat qilmaydigan shtat-birliklarini o'quv jarayoni ixtiyoriga o'tkazish kerak bo'ladi. O'quv jarayoniga salbiy ta'sir o'tkazadigan yoki xizmat qilmaydigan shtat-birliklarini iloji boricha kamaytirish davr talabi bo'lib qolmoqda. O'quv jarayoni uchun ma'sul bo'lgan menedjerlar esa talabani ham professor-o'qituvchini ham HEMIS tizimi orqali baholashni tezroq o'rgatishi hamda tizim orqali ob'ektiv baholash metodikasini shakllantirishga yordam berishi kerak bo'ladi.Talabalar kontingentining oshib borishi parallel ravishda baholarning ham ob'ektiv qo'yilishini taqoza qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

NATIJALAR (RESULTS)

Kredit-modul tizimi O'zbekiston oliy o'qv yurtlari uchun talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezoni bo'yicha yangi Nizomni ishlab chiqishni va uni Adliya idoralarida ro'yxatdan o'tkazishni talab qilmoqda.Ikkinchidan esa talabalar mustaqil ishi va uni kredit-modul tizimi talabiga mos ravishda yangidan qabul qilishga ehtiyoj sezilmoqda.Bu huquqiy hujjatni ham tartibga keltirish lozim.Uchinchidan, darslik va o'quv qo'llanmalar va boshqa metodik adabiyotlar turlari zamonaviylashtirib metodikasini qayta ko'rib chiqishga talab sezilmoqda.Darslik, xirsh indeksi va metodikasi bor professor-o'qituvchi bo'lsa, baholash jadvali va mezoni to'g'ri shakllantirlsa hamda mustaqil ish shakllaridan maqsadli foydalanilsa uchinchi renessans poydevori shakllantirilayotgan davrda raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi tabiiy holatdir. Bu tizimni amalga oshirish uchun esa kafedra mudirlari auditoriya o'quv yuklamasini ilmiy daraja va unvoniga qarab shtatdagi birliklarga nisbatan auditorya soatini 25% ga kamaytirib o'quv yuklama va shtat berilsa ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir o'tkazadi.

XULOSA (CONCLUSION)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022 yil 28 yanvardagi videoselektor yig'ilishida "najot maktabda, najot tarbiyada, najot ilmda" degan g'oyasi barcha uchun ezgu maqsadga aylanishi kerak. Chunki, maktab, tarbiya va ta'lim tizimining barcha bo'g'inlariga kadrlarni oliy ta'lim muassasalari tayyorlaydi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning "Pedagoglarning dars o'tish mahorati yetarli emas. Ular o'quvchilarga faqatgina o'zi "chala bilgan" narsalarni o'rgata oladi"5 degan fikri oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari tayyorlagan kadrlarining bilimi noto'g'ri baholanganligini anglatadi. Shuning uchun bilimni baholash va bu indikator samarali ishlash uchun yangi mexanizm kerak. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri, iqtisod fanlari doktori, professor A.Toshqulov "Kelgusi yillarda oliy ta'limning me'yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etiladi va buning natijasida: mamlakat oliy ta'lim tizimi jahon ta'lim makoniga to'liq integratsiya qilinadi; ta'lim dasturlarini xalqaro miqyosda uyg'unlashtirish imkoniyati kengayadi"6deb bejizga ta'kidlamadi.

5 Mup3HëeB ffl. Marcraö Ta^HMUHu pHBO^aHTHpum Maca^a^apn M3acugaH BugeoceœKTop nuFH^Hmgaru Maipy3acHgaH. 2022 hhïï 28 aHBapb

6 Tom^ynoB A. o^hh TarnuM TrouMugaru uc^oxoraap: 2021 hhïï Haru^arapu Ba HCTHRÖoggara pe^a^ap. Edu.uz December 28,2021 https;//telegra.ph/Hisobot-12-28. 30.12.2021

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh. Maktab ta'limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig'ilishdagi ma'ruzasidan. 2022 yil 28 yanvar

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari uchun mustaqil ta'limning asosiy tamoyillarini joriy qilishga doir tavsiyalar. Tempus loyihasi, O'zbekiston oliy ta'lim tizimida mustaqil ta'limni rivojlantirish. 1-2 sahifa. 2006 yil

3. O'zbekiston Respublikasining qonuni Ta'lim to'g'risida. 2020 yil 23 sentabr. O'RQ-637-son

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida . 2020 yil 31-dekabr 824-son

5. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018 sonli buyrug'i

6. Toshqulov A. Oliy ta'lim tizimidagi islohotlar: 2021 yil natijalari va istiqboldagi rejalar. Edu.uz December 28,2021 https;//telegra.ph/Hisobot-12-28. 30.12.2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.