Научная статья на тему 'UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANINI O`QITISHDA YANGI INNOVATSION METODLAR QO`LLASH ORQALI TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANINI O`QITISHDA YANGI INNOVATSION METODLAR QO`LLASH ORQALI TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodlar / bumerang / venn / debat / kimyo / reaksiya / pedagogik texnologiyalar / klaster / demonstratsiya / ilyustratsiya / ekskursiya / suxbat / aqliy hujum. / methods / boomerang / venn / debate / chemistry / reaction / pedagogical technologies / cluster / demonstration / illustration / excursion / conversation / brainstorming.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Madyarov O.R.

Bugungi kunda kimyo fanini o'qitish samaradorligini oshirish va o'quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish yangi innovatsion yondashuvlarni taqozo etmoqda. Mazkur maqolada umumta`lim maktablari kimyo darslarini tashkil etishda bir qancha taʼlim metodlaridan foydalanish orqali o`quvchilarni qiziqtirish, ta`lim samaradorligini oshirish, o`quvchilarda nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko`nikmalarni shakllantirish, mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish toʼgʼrisida fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING EDUCATIONAL EFFICIENCY BY USING NEW INNOVATIVE METHODS IN TEACHING CHEMISTRY IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS

Today, improving the effectiveness of teaching chemistry and organizing the educational process at a high level requires new innovative approaches. In this article, ideas are given on how to interest students, increase the effectiveness of education, form practical skills along with theoretical knowledge, and develop the ability to think independently by using several educational methods in the organization of chemistry classes in secondary schools.

Текст научной работы на тему «UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANINI O`QITISHDA YANGI INNOVATSION METODLAR QO`LLASH ORQALI TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

Madyarov O.R.

Andijon shahar 39-maktab 1-toifali kimyo-biologiya o'qituvchisi

UMUMTA LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANINI O QITISHDA YANGI INNOVATSION METODLAR QO LLASH ORQALI TALIM

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Annotatsiya. Bugungi kunda kimyo fanini o'qitish samaradorligini oshirish va o'quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish yangi innovatsion yondashuvlarni taqozo etmoqda. Mazkur maqolada umumtalim maktablari kimyo darslarini tashkil etishda bir qancha ta'lim metodlaridan foydalanish orqali o^quvchilarni qiziqtirish, talim samaradorligini oshirish, o^quvchilarda nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko^nikmalarni shakllantirish, mustaqilfikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish to 'g'risidafikrlar berilgan.

Kalitso^zlar: metodlar, bumerang, venn, debat, kimyo, reaksiya, pedagogik texnologiyalar, klaster, demonstratsiya, ilyustratsiya, ekskursiya, suxbat, aqliy hujum.

Madyarov O.R.

1st category chemistry and biology teacher

School 39 Uzbekistan, Andijan city

INCREASING EDUCATIONAL EFFICIENCY BY USING NEW INNOVATIVE METHODS IN TEACHING CHEMISTRY IN GENERAL

EDUCATION SCHOOLS

Abstract. Today, improving the effectiveness of teaching chemistry and organizing the educational process at a high level requires new innovative approaches. In this article, ideas are given on how to interest students, increase the effectiveness of education, form practical skills along with theoretical knowledge, and develop the ability to think independently by using several educational methods in the organization of chemistry classes in secondary schools.

Key words: methods, boomerang, venn, debate, chemistry, reaction, pedagogical technologies, cluster, demonstration, illustration, excursion, conversation, brainstorming.

Kirish: Bugungi kunda umumtalim maktablarida kimyo fanini o'qitishda innovatsion ta'lim metodlaridan foydalanish o'quvchilarni fanga qiziqishlarini ortishi bilan birgalikda fanning mazmun va mohiyatini chuqur anglab yetish, uni amaliy konikmalar bilan o'zlashtirishni yengillashtirmoqda. Kimyo darsliklarida

berilgan ma'lumotlardan tashqari mavzuga aloqador qo'shimcha manbalardan foydalanish, ba'zi mavzularni yoritishda mavzuga doir o'quv filmlari va slaydlardan foydalanish ham geografiya fanini o'qitish samaradorligini oshiradi. Chunki, o'quvchilar eshitish orqali ma'lumotlarni 20-25 foizini yodda saqlab qolsa, ko'rish orqali esa ma'lumotlarni 80-85 foiziga yaqinini yodda saqlab qolish imkoniyati ega bo'ladi. Shuningdek, umumta'lim maktablarida kimyo fanini o'qitishda ko'nikma va malakalarni shakllantirishda interfaol metodlarning ahamiyati benihoya katta.

Asosiy qism: Metod - lotincha so'z bo'lib, o'qitishning yangi yo'lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish degan ma'noni anglatadi. Pedagogik o'quv qo'llanmalarda o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o'zlashtirish usullari o'qitish metodi deb ataladi. Maktablarda shu vaqtgacha qo'llanilgan o' qitish metodlari turlicha bo'lib, eng keng tarqalgan va ko'p qo'llaniladigan turlari quyidagilar:

1) o'quv mavzusini og'zaki bayon qilish;

2) suhbat;

3) darslik va kitob bilan mustaqil ishlash

4) demonstratsiya, illyustratsiya (tasvirlash, rasmlar bilan ko'rsatish) va ekskursiya;

5) og'zaki, yozma mashq hamda grafik ishlar, maktab ma'ruzasi;

6) amaliy mashg'ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash).

Ta'lim tizimida darslik bilan ishlash metodi asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Darslik bilan ishlash ta'lim jarayonida o'qish-o'qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bersa, ikkinchi tomondan, o'quvchilarning kelajakdagi faoliyati uchun zarur bo'lgan ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o'qib-o'rganish madaniyatini tarkib topdirish bilan birga u o'quvchilarni ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega. O'quv adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o'z ichiga oladi. O'qish jarayoni o'qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlarni o'quvchilarning eshitib, o'qishlarinigina emas, balki o'quv materiallarini (ma'lumotlarni) kitob matnidan ko'rib, ongli idrok qilish faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi. Darslik bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:

a) dars jarayonida darslik va o'quv adabiyoti bilan ishlash;

b) darslik va o'quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlash;

Kitob bilan ishlashning har ikkala shakli o'quv fanlari bo'yicha d eyarli hamma sinflarda qo'llanishi mumkin. O'quvchilarni darslik va boshqa o'quv ma'lumotlari bilan birga qo'shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdek gazeta, jurnallardan foydalanishga ham o'rgatish kerak.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda guruhlarda ishlash o'quvchilarning o'qituvchiga bo'lgan hurmatini, qolaversa fanga nisbatan qiziqishlarining ortishiga olib keladi. Bu kabi metodlarning asosiy yutug'i bu barcha o'quvchilarning faolligiga erishishdir, ya'ni bu orqali bo'sh

o'zlashtiruvchi o'quvchilarning dars mashg'ulotlarida doimiy ishtirokini ta'minlash mumkin. O'qituvchi shu kabi qo'shimcha manbalardan o'rinli foydalansa, o'quvchi mavzu haqida kengroq ma'lumotga ega bo'ladi. Kimyo ta'limi sohasida, pedagogik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda keng ko'lamda qo'llash, dars mashg'ulotlarini noan'anaviy tarzda olib borish ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

O'quvchilarga kimyo faniga oid ta'lim berish, ta'lim sohasida xorij tajribalaridan foydalanish, ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnalogiyalarini tadbiq etish zamon talabidir. Hozirgi kunda nafaqat ta'lim sohasiga, balki milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga internet, elektron tijorat, elektron biznes, virtual tijorat, virtual ta'lim, masofadan o'qitish va virtual stend texnologiyalari kirib kelmoqda hamda ularning o'rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot xuddi an'anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo'lgan resursga aylanmoqda. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og'ishmay axborotlar sohasiga o'tib borish tendensiyasi tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur'ati o'sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo'lgan axborot hajmi ortib bormoqda. Bu o'sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar jarayonida namoyon bo'ladi. Kimyo fani ta'lim jarayonida ham axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning o'rni katta.

Xulosa: Oquv jarayonini yuqorida takidlab o'tilgan metodlar yordamida korgazmali tarzda tashkil etish oquvchilarda ijodiy fikrlash, fan haqida aniq tassavurga ega bo'lish konikmalarini shakllantiribgina qolmasdan, fanga qiziqishlarini oshirish, tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Oqituvchilar har bir yangi mavzuni o'tganida topshiriqlarning mazmunan o'rta ta'lim maktabida xilma-xil va qiziqarli bo'lishiga e'tibor qaratishi lozim. O'quvchilarga yangilik berish o'rta ta'lim maktabi bilan birga, ularning psixofiziologik imkoniyatlarini hisobga olish, ularning fikrlash qobiliyatlarini va ijodiy tashabbusini rivojlantira olish kerak. Xitoyliklarning bir maqolida "Bolangga baliq tutib bersang, bugun qorni to'q, baliq tutishni o'rgatsang ertaga qorni to'q. Baliq tutish bilan birga qarmoq yasashni ham o'rgatsang har doim qorni to'q", deyiladi. Darhaqiqat, o'quvchilarimizni mustaqil, erkin fikrlay oladigan, jahon ilm-fani darajasida o'z o'rniga ega bo'ladigan, raqobatbardosh kadrlar qilib tarbiyalash zimmamizdagi eng mas'uliyatli va sharafli vazifa. Yaratilayotgan imkoniyatlardan to'laqonli foydalanib o'z kasbiga vijdonan yondashadigan o'qituvchilarimizdan nafaqat ochiq darslarda yoki fan oyliklarida, balki oddiy darslarda ham nutqiy savodxonlikka e'tibor qaratishlari, shiddat bilan rivojlanayotgan zamon bilan hamnafas bo'lishlari talab etiladi. Shundagina biz ko'zlagan manzilimizga, oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz. Zero, davr o'qituvchidan ham, o'quvchidan ham izlanishni, yangiliklarni o'zlashtirishni talab etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil б-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davгida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbiriari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni.

2. J.G.Yo ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T: "O qituvchi". 2004 y

3. M.T.Mirakmalov, M.M.Avezov, E.Y.Nazaraliyeva. Tabiiy geografiyadan amaliy mashg ulotlaг. T: "Fan va texnologiya" nashriyoti. 2015 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.