Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “INFORMATIKA” FANINI INNOVATSION PLATFORMALAR YORDAMIDA O’QITISH'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “INFORMATIKA” FANINI INNOVATSION PLATFORMALAR YORDAMIDA O’QITISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
57
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Virtual laboratoriyalar / simulyatsiyalar / motivatsiya / tanqidiy fikrlash / onlayn platformalar / raqamlashtirish / Udemy / edX / Хan akademiyasi / interaktiv / qiziqarli kontent / integratsiya / raqamli savodxonlik / LMS / multimedia / bulut xizmati / Виртуальная лаборатория / симуляции / мотивация / критическое мышление / онлайн-платформы / цифровизация / Udemy / edX / Академия Хана / интерактивность / интересный контент / интеграция / цифровая грамотность / LMS / мультимедиа / облачный сервис

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.M. Xodjiyeva

ushbu maqolada umumta’lim maktablari informatika fanini o’qitishning metodikasini takomillashtirish, informatika fanidan o’quv jarayoni samaradorligini oshirishda, o’quvchilar faolligini rag’batlantirish, hamda asosiy ko’nikmalarni shakllantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining roli o’rganib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING THE SCIENCE OF "INFORMATION" IN HIGH SCHOOLS WITH THE HELP OF INNOVATIVE PLATFORMS

в данной статье изучается роль современных образовательных технологий в совершенствовании методики преподавания информатики в общеобразовательных школах, повышении эффективности учебного процесса по информатике, стимулировании активности учащихся, формировании основных навыков.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “INFORMATIKA” FANINI INNOVATSION PLATFORMALAR YORDAMIDA O’QITISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.M. Xodjiyeva1H

1Namangan davlat universiteti, Namangan, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada umumta'lim maktablari informatika fanini o'qitishning metodikasini takomillashtirish, informatika fanidan o'quv jarayoni samaradorligini oshirishda, o'quvchilar faolligini rag'batlantirish, hamda asosiy ko'nikmalarni shakllantirishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarining roli o'rganib chiqilgan.

MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi innovatsion ta'lim platformasining asosiy ishlash tamoyillari, uning funksionalligi va afzalliklari tahlil qilishdan iborat. Platformani o'quv jarayoniga integratsiyalash, interfaol o'quv materiallarini yaratish va undan foydalangan holda o'qitish samaradorligini baholash usullari alohida e'tibor qaratilgan. Aniq tajriba va tadqiqotlar misolida ta'lim jarayoniga innovatsion ta'lim platformasini joriy etish tarafdori bo'lgan dalillar keltirilib, ta'lim muassasalarining o'qituvchilariga tavsiyalar berilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot o'rta maktab o'qituvchilari va texnologiya mutaxassislari bilan sifatli intervyular, o'quvchilarning miqdoriy so'rovlari va innovatsion platformalarni muvaffaqiyatli birlashtirgan maktablarning amaliy tadqiqotlarini tahlil qilish kabi aralash usullardan foydalanadi. Tadqiqot shuningdek, ta'lim texnologiyalari va axborot fanlari ta'limiga oid mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: informatika fanini o'qitishni dolzarbligi va muammolari yoritilgan adabiyotlar tahlil qilingan. Onlayn raqamli platformalarni ahamiyati, hozirgi zamon ta'limidagi o'rni, ularni turlari yoritilgan. An'anaviy o'qitishga masofaviy platformalarni integratsiya qilishni foydali jihatlari juda ko'p bo'lib, o'quvchilarni motivatsiya qilishda yordam beradi. O'quvchilar raqamli resurslardan istalgan vaqtda va joyda foydalana oladilar.

XULOSA: hozirgi zamon o'quvchisi axborot texnologiyalarini juda tez o'zlashtirib bormoqda. Onlayn platformalar ularga keng imkoniyatlarni taqdim qiladi. Ular o'z vaqtlari va imkoniyatlarini rejalashtirishni o'rganadilar, hamda qilmoqda, endilikda o'quvchilar dunyoning eng ilg'or o'quv markazlari o'qituvchilaridan dars olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Vaqtdan to'g'ri tasarruf qiladilar va o'zlarini mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kalit so'zlar: Virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, motivatsiya, tanqidiy fikrlash, onlayn platformalar, raqamlashtirish, Udemy, edX, Xan akademiyasi, interaktiv, qiziqarli kontent, integratsiya, raqamli savodxonlik, LMS, multimedia, bulut xizmati

ПРЕПОДАВАНИЕ НАУКИ «ИНФОРМАТИКА» В ВУЗАХ С ПОМОЩЬЮ ИННОВАЦИОННЫХ ПЛАТФОРМ_

© М.М.Ходжиева1^

Жаманганский государственный университет, Наманган, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье изучается роль современных образовательных технологий в совершенствовании методики преподавания информатики в общеобразовательных школах, повышении эффективности учебного процесса по информатике, стимулировании активности учащихся, формировании основных навыков.

ЦЕЛЬ: целью данной статьи является анализ основных принципов инновационной образовательной платформы, ее функциональности и преимуществ. Особое внимание уделено методам интеграции платформы в образовательный процесс, созданию интерактивных учебных материалов и оценке эффективности обучения с ее использованием. На примере конкретного опыта и исследований представлены доказательства в пользу внедрения инновационной образовательной платформы в учебный процесс, даны рекомендации преподавателям образовательных учреждений.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в этом исследовании используется смешанный подход, включающий качественные интервью с учителями старших классов и технологическими экспертами, количественные опросы учащихся и анализ тематических исследований школ, которые успешно интегрировали инновационные платформы. В исследовании также рассматривается существующая литература по образовательным технологиям и образованию в области информатики.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: проанализирована литература по актуальности и проблемам преподавания информатики. Освещена важность онлайн-цифровых платформ, их место в современном образовании, их виды. Интеграция платформ дистанционного обучения в традиционное обучение имеет множество преимуществ и может помочь мотивировать студентов. Студенты могут использовать цифровые ресурсы в любое время и в любом месте.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: современный школьник очень быстро осваивает информационные технологии. Онлайн-платформы предоставляют им широкий

Iqtibos uchun: Xodjiyeva M.M. Umumta'lim maktablarida "Informatika" fanini innovatsion platformalar yordamida o'qitish. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.199-210.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

спектр возможностей. Они учатся планировать свое время и возможности, и теперь у студентов будет возможность учиться у преподавателей самых центров повышения квалификации в мире. Они правильно распределяют свое время и развивают навыки самостоятельной работы.

Ключевые слова: Виртуальная лаборатория, симуляции, мотивация, критическое мышление, онлайн-платформы, цифровизация, Udemy, edX, Академия Хана, интерактивность, интересный контент, интеграция, цифровая грамотность, LMS, мультимедиа, облачный сервис.

Для цитирования: Ходжиева М.М. Преподавание науки «Информатика» в вузах с помощью инновационных платформ // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 199-210.

TEACHING THE SCIENCE OF "INFORMATION" IN HIGH SCHOOLS WITH THE HELP OF INNOVATIVE PLATFORMS_

© Muyassar M. Xodjiyeva1®

1Namangan State University, Namangan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article studies the role of modern educational technologies in improving the methodology of teaching computer science in secondary schools, increasing the efficiency of the educational process in computer science, stimulating student activity, and developing basic skills.

AIM: The purpose of this article is to analyze the basic principles of an innovative educational platform, its functionality and advantages. Particular attention is paid to methods for integrating the platform into the educational process, creating interactive educational materials and assessing the effectiveness of learning using it. Based on the example of specific experience and research, evidence in favor of introducing an innovative educational platform into the educational process is presented, and recommendations are given to teachers of educational institutions.

MATERIALS AND METHODS: This research employs a mixed-methods approach, including qualitative interviews with high school teachers and technology experts, quantitative surveys of students, and analysis of case studies from schools that have successfully integrated innovative platforms. The study also reviews existing literature on educational technology and information science education.

DISCUSSION AND RESULTS: the literature on the relevance and problems of teaching computer science was analyzed. The importance of online digital platforms, their place in modern education, and their types are highlighted. Integrating distance learning platforms into traditional learning has many benefits and can help motivate students. Students can use digital resources anytime, anywhere.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSION: modern schoolchildren master information technology very quickly. Online platforms provide them with a wide range of opportunities. They learn to manage their time and opportunities, and now students will have the opportunity to learn from teachers from the most advanced centers in the world. They manage their time correctly and develop independent work skills.

Keywords: Virtual laboratory, simulations, motivation, critical thinking, online platforms, digitalization, Udemy, edX, Khan Academy, interactivity, interesting content, integration, digital literacy, LMS, multimedia, cloud service.

oid bilimlar zamonaviy jamiyatda tobora muhim darajaga ko'tarilib bormoqda. Umumta'lim maktablarida informatika fanini o'qitish usullarini takomillashtirish, o'quvchilarni raqamli kelajakka tayyorlash uchun juda muhim omil hisoblanadi. Bu jarayonda turli interfaol o'qitish usullari, innovatsion ta'lim platformalari muhim rol o'ynashi mumkin.

Hozirgi kunda informatika fani zamonaviy ta'limning muhim bir qismiga aylanib bormoqda. Buning natijasida o'qitishning an'anaviy usullari orqali hozirgi kun o'quvchilarini ehtiyojlarini to'liq qondira olmaypti, chunki bugungi kun yosh avlodi turli gadjetlar va qurilmalar bilan teng ulg'ayib bormoqda. Ularni oddiy narsalar bila lol qoldirish bir oz qiyinroq. Innovatsion o'quv platformalari esa o'z navbatida yangiliklarni tez o'rganish va o'quvchilarning faolligini oshirish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi.

Yosh avlod vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan bo'lib, endilikda ularni faqatgina to'g'ri yo'naltirish va raqamli resurslardan oqilona foydalanishga o'rgatish zarur. Turli xildagi raqamli platformalar, masofaviy ta'lim resurslari bunga yorqin misoli bo'la oladi. Informatika fanini turli ta'limiy platformalar yordamida o'qitish ko'proq samara beradi. Chunki bolalar an'anaviy o'qitish usullaridan ko'ra interfaol o'qitish usullariga rag'bat ko'rsatmoqdalar. Turli xil gadjetlargagi o'yinlar, musobaqalar ularni diqqatini ko'proq tortadi. Shuning uchun kichik sinflardagi maktab o'quvchilarini turli platformalar yordamida o'qitish ancha samara beradi. Uy vazifalarini bajarish ham birmuncha qiziqarli va osonroq bo'ladi. O'quvchilar turli xil smartfonlarda faqatgina oyin oynashlari yoki turli mavzudagi vido roliklarni tomosha qilishlari o'rniga kerakli mavzuni o'zlashtirishlari, video darslarni ko'rishlari, topshiriqlarni qiziqarli usulda bajarishlari mumkin.

Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlariga nazar soladigan bo'lsak, hozirgi kunga qadar yangidan yangi qurilmalarni hayotimizga kirib kelishi, turli xil gadjetlar, smartfonlar, virtual borliq uskunalari, Internet ko'lamini yoyilishi, Wi-Fi qamrov va yana boshqa ko'pgina raqamli texnologiyalar hozirgi maktab o'quvchilarining bilim egallashlari usullarini tubdan o'. Bugungi kunimizga kelib o'quvchilar uchun o'qituvchilar

For citation: Muyassar M. Xodjiyeva. (2024) Teaching the science of "information" in high schools with the help of innovative platforms. // Inter education & global study, (5(1)), pp. 199-210. (In Uzbek).

Informatika va axborot texnologiyalari, kompyuter savodxonligi, raqamlashtirishga

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

asosiy ma'lumot I manbai, bilim beruvchi hisoblanmay qo'ydi. Bunga ko'proq kommunikatsiyalarning xilma xilligi, tabiati, ularning intensivligi, ijtimoiy o'zaro ta'sirlari, umuman olganda bilimlarni uzatish usullari sabab bo'ldi. Mana shunday vaziyatda o'qitishni yangicha usullari haqida, to'g'rirog'i o'quvchiga ma'lumotni qiziqarli va to'g'ri yetkazishni turli metodlari va usullari atroflicha o'rganila boshlandi va ular ustida juda ko'plab izlanishlar olib borildi.

Xususan, respublikamizda ko'zga ko'ringan olimlaridan Sh.R.Sanarova, F.O.Xodjiyeva, O.P.Aslonova, T.R.Azlarov, X.Yo.Najmiddinova, A.A.Abduqodirov kabilar informatika fanini dolzarbligi, o'q'itishdagi yangiliklar, hamda ta'limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning turli xil usullari, metodlari va muammolarini o'rganganlar. Bundan tashqari, informatika fanini o'qitish metodikasi, bunda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishni sifatli tashkil etish, ta'lim platformalardan foydalanishni samaradaorligi haqida Polat Y.S., Buxarkina M.Yu [1], Sofronova N.V., Belchusov A.A. [2], Jebrailzade S.J.[3], Kulikova N.Yu., Danilchuk Y.V., Sergeev A.N.[4] kabi bir qator tadqiqotchilar va olimlar shug'ullanganlar. Ular o'z tadqiqotlarida informatika fanini qanchalar dolzarbligi, uni o'qitish usullari, masofaviy onlayn platformalar yordamida ta'lim berishni samarasi, masofadan o'qitishning hozirgi zamon ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyatini takidlaganlar. Umuman olganda onlayn ta'lim samaradorligi sohasidagi tadqiqotlarga, shuningdek, onlayn platformalar orqali informatika va informatikaga oid fanlarini o'qitishning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan ilmiy nashrlarda juda ko'plab maqolalarni uchtatish mumkin. Ko'plab tadqiqotchilar informatika fanini o'qitishda platformalarni roli, foydalanishni qulayliklari, o'quvchilarni jalb qilishdagi muammolarga yechim topish maqsadida turli izlanishlar olib borganlar.

Masofaviy ta'lim texnologiyalari - bu asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'qituvchi va talaba o'rtasidagi bilvosita yoki yarim vositachilik orqali amalga oshiriladigan texnologiyalar. Deyarli barcha qo'llaniladigan masofaviy ta'lim texnologiyalari turli xil variantlar va kombinatsiyalarga ega: keys texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.[5]

Masofaviy ta'lim an'anaviy ta'lim bilan bir xil maqsad va vazifalarga muvofiq qurilgan, ammo materialni taqdim etish shakli o'zgaradi. O'qituvchilar va o'quvchilarning o'zaro munosabatlari shakli ham turlicha bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda masofaviy ta'limning asosiy maqsadlari axborotni mustaqil izlash, uni yangi texnologiyalar yordamida qayta ishlash, o'zlashtirish, o'zgartirish va amaliyotda foydalanishga o'rgatishdan iborat. Vaqtdan oqilona foydalanishni, sinfdoshlar, o'qituvchilar, ota-onalar va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o'rgatadi.[6]

Innovatsion ta'lim platformalari yordamida fan bo'yicha joylangan resurslarni istalgan vaqtda ko'rish, topshiriqlarni o'z kun tartibiga ko'ra bajarish, kerakli resurslarni yuklab olish va o'zlashtirish mumkin. Innovatsion ta'lim platformasi quyidagilarni ta'minlashi kerak:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

-Darslar oiquvchilarning individual ehtiyojlari va o'rganish uslubiga moslashtirilgan bolishini

-Nazariy tushunchalarni to'ldiradigan Virtual muhitlar, ya'ni Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar orqali amaliy o'rganishni

- O'quvchilar o'zlashtirilishi baholab borilishi, xato va kamchiliklar o'z vaqtida ko'rsatilishini

- O'quvchilar va o'qituvchilar hamkorlik qilishi, bilim almashishi va kerakli vaqtda yordam olish imkoniyatlarini

Ta'lim platformasi o'qituvchilarga o'quvchilarni baholash va afzalliklari asosida shaxsiylashtirilgan o'quv dasturini yaratishga imkon beradi. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar o'quvchilarga mavhum tushunchalarni yaxshiroq o'zlashtirish uchun kerak bo'lgan amaliy tajribani beradi. Baholash va fikr-mulohazalarni bildirish vositalari o'qituvchilarga o'quvchilarning yutuqlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etadi, bu esa ularga real vaqt rejimida o'qitishni sozlash imkonini beradi. O'quvchilar va o'qituvchilar jamoasi hamkorlikni, qo'llab-quvvatlashni va o'rganishga ijobiy munosabatni rivojlantiradi.

Informatika fanini o'qitishda interaktiv onlayn ta'lim platformasidan foydalanish natijasida quyidagilarni taqdim qilishi mumkin:

Interaktiv va moslashgan kontent o'quvchilarning darsga qiziqishi va motivatsiyasini oshiradi, natijada bilim olishni qiziqarliroq qiladi. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar o'quvchilarga notanish mavhum g'oyalarni tasavvur qilish va qo'llashga yordam beradi. Fikr-mulohazalarni baholash vositalari o'quvchilarni o'z faoliyatini tahlil qilishga va yaxshilash uchun yo'nalishlarni izlashga undaydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Talabalar raqamli asrda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim raqamli ko'nikmalarga egalik qilishlari mumkin. Mukofotlar, nishonlar va o'yin elementlari o'quvchilarning motivatsiyasini oshirishi va ularni o'quv jarayonida faol ishtirok etishga undashi mumkin.

Umumta'lim maktablarida informatika fanini o'qitishga innovatsion ta'lim platformasini integratsiyalash o'qitish samaradorligini sezilarli miqdorda oshirishi mumkin. Shaxsiylashtirilgan ta'lim, amaliy o'rganish, ma'lumotlarga asoslangan baholash va innovatsion texnologiyalar bilan birgalikda jamoatchilik yordami talabalarga raqamli davrda muvaffaqiyatga erishishda zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va muhim vakolatlarni o'zlashtirishga yordam beradi. Qisqacha qilib aytganda innovatsion ta'lim platformalari kompyuter fanini o'qitish usulini o'zgartirishi mumkin bo'lgan moslashtirilgan ta'lim, interfaol resurslar va hamkorlik vositalarini taqdim etadi. Platformalar talabalarga mavzularni muhokama qilish, resurslarni almashish va tengdoshlaridan fikr-mulohaza olish imkonini berish orqali o'rtasida hamkorlikni osonlashtiradi.

Innovatsion ta'lim platformalari an'anaviy informatika o'quv dasturlariga turli usullar bilan joriy qilinishi mumkin:

1) Guruhlarga bo'linib ishlash, buning natijasida o'quvchilar o'zaro bo'linib kichik guruhlarda loyihalar, topshiriqlar va tadqiqotlar ustida guruhli tarzda ishlaydilar, fikr almashadilar va samarli natija ko'rsatadilar.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2) Rolli o'yinlar, founda o'quvchilar o'zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish uchun informatika faniga oid senariylarda har xil rollarni ijro etishlari va muammoni oydinlatib berishlari mumkin.

3) Simulyatsiyalar va virtual borliq yordamida esa, o'quvchilar o'rganayotgan fanlariga oid tushunchalarni va yangi mavzuga doir bilimlarni o'rganish uchun dasturiy ta'minot yoki simulyatsiyalardan foydalanishlari mumkin.

4) O'yinlar vositasida, o'quvchilar qiziqarli va interfaol o'quv o'yin dasturlari yordamida mavzuni o'zlashtiradilar.

5) Tadqiqot yordamida, o'quvchilar tadqiqot o'tkazish, loyihalar yaratish va o'z natijalarini taqdim etish orqali o'z bilimlariga egalik qiladilar.

Onlayn platformalardan foydalangan holda ta'lim berish, bugungi kunda tobora keng tarqalgan metodlardan bo'lib bormoqda. Onlayn platformalardan foydalanish o'quvchilarga interfaol materiallar, topshiriqlar, fikr-mulohazalar va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etish orqali o'quv tajribasini sezilarli darajada boyitishi mumkin.

Onlayn platformalar yordamida informatika fanini o'qitish bo'yicha tadqiqotlar olib borish ishonchli natijalarga erishish uchun qat'iy metodologiyani talab qiladi. Onlayn platformalardan foydalangan holda informatika fanini o'qitish bir qancha ijobiy tomonlarga ega. Onlayn ta'lim platformalari o'quvchilarga istalgan vaqtda va dunyoning istalgan joyidan o'quv materiallariga ko'rish va o'zlashtirish imkonini beradi va o'rganishning moslashuvchanligini yengillashtiradi. Informatika fanida esa, turli topshiriq va vazifalarni bitta muhitda bajarish imkoniyatini beradi. Bir necha oynalar yordamida bir vaqtda topshiriqni ko'rib o'rganish va bajarish imkoniyatiga ega bo'linadi.

Ko'pgina onlayn platformalar o'quvchilar uchun o'quv jarayonini yanada qiziqarli qiladigan interfaol o'quv materiallari, o'yinlar, topshiriqlar va testlarni taklif etadi. Smartfonlardagi oyinlar o'rnini bosuvchi platformalar o'zini o'yin muhiti bilan ham fanni o'rgatadi, ham o'quvchini o'ziga jalb qiladi. Natijada o'quvchi vaqtini samarador sarflaydi. Bundan tashqari har bir talabaning ehtiyojlariga mos ravishda shaxsiylashtirilgan o'quv rejalari va materiallari yaratilishi mumkin. O'qish jarayonida video darslar, audio materiallar, interfaol namoyishlar kabi turli multimedia resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa materialni yanada samarali o'rganishga yordam beradi. Ko'pgina platformalar o'quvchilar taraqqiyotini kuzatish imkoniyatini beradi, bu o'qituvchilar va o'quvchilarning ota -onalariga o'quvchi o'zlashtirishini baholash va o'quv tajribasini moslashtirish imkoniyatini beradi. Ta'lim platformalari yordamida o'qitish zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi, bu esa o'quvchilarning motivatsiyasini oshirishga va raqamli davrga tayyorlanishga yordam beradi. Ko'pincha talabalarga butun dunyo bo'ylab sinfdoshlari va o'qituvchilari bilan bog'lanish va hamkorlik qilish uchun imkoniyatlar yaratadi, fikrlar almashinuvni osonlashtiradi va madaniyatlararo aloqani rivojlantiradi.

Bu omillar informatika fanini onlayn platformalar orqali o'qitish o'quvchilar uchun samarali va ilhomlantiruvchi bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, "bugungi kunda informatika o'qituvchisi maktab o'quvchilarining dasturlashni o'rganish jarayoniga kognitiv qiziqishini shakllantirish uchun birinchi navbatda keng ko'lamli dasturiy ta'minot muhiti tufayli noyob imkoniyatga ega. Masalan, informatika darslarida, dasturlashni o'rganayotganda, o'qituvchilar "ish stoli" ilovalarini ishlab chiqishga qaratilgan vizual dasturlash muhitlaridan (Scratch, Kodu, Alice va boshqalar) faol foydalanadilar, bu, albatta, maktab o'quvchilarida katta qiziqish uyg'otadi. Buni talabalarning kompyuterdan tashqari mobil qurilmalardan ham ko'proq foydalanayotgani bilan izohlash mumkin".[7]

O'qitishda yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi o'qitish metodlari va o'quv jarayonini amalga oshirish usullariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Hozirgi rivojlangan raqamli ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'lim jarayonining ajralmas qismidir.[8]

O'quvchilar uchun o'qituvchilar asosiy ma'lumot manbai, bilim beruvchi hisoblanmay qo'ydi. Bunga ko'proq kommunikatsiyalarning xilma xilligi, tabiati, ularning intensivligi, ijtimoiy o'zaro ta'sirlari, umuman olganda bilimlarni uzatish usullari sabab bo'ldi. Axborotni va zarur ma'lumotni istalgan ko'rinishda olish qulaylashdi, biroq, ta'lim sifati bu omillar bilan yaxshi tarafga o'zgarmadi, chunki maktab o'quvchilarida bu imkoniyat bilan barobar boshqa muammo paydo bo'di. Aslida bu muammoni smartfonlarga bog'liqlik yoki qaramlik deb atasa ham bo'ladi. O'quvchilar hamma narsani osongina Internet orqali topa olishlariga bo'lgan ishonch, ularda kerakli bilimlarni o'qib, eslab qolish kerakligini unuttirdi, hamda tanqidiy fikrlash tafakkur qilishga e'tiborsiz bo'lib qoldilar. Mana shunday vaziyatda o'quvchilarga yangi texnologiyalardan va internet tarmog'idan foydalanishga ta'qiq qo'yish, cheklash mantiqsizlik hisoblanadi. Ularni internetda foydalanish madaniyati rivojlantirish va to'g'ri tarafga yo'naltirish lozim.

Aynan informatika fani nuqtayi nazaridan masofaviy ta'lim tizimining faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, masofaviy ta'lim texnologiyalari o'quv jarayoni samaradorligini oshirishning yangi istiqbollarini ochadi, bu esa, asosan, o'quvchilarning o'quv materiallari bilan bevosita o'ziga mos keladigan rejim va hajmda ishlash imkoniyatiga ega ekanligiga asoslanadi.[9]

Keling avvalo an'anaviy usulda o'qitish usullarini ko'rib chiqaylik:

1. Ma'ruzalar orqali mavzuni tushuntirish, bunda o'qituvchi butun sinfga kerakli ma'lumot va bilimlarni og'zaki taqdim etadi.

2. Sinf muhokamalari, o'qituvchi o'quvchilar o'zaro savol va javoblar bilan fikr almashinadilar, munozaralar qiladilar.

3. Uyga vazifa berishni klassik usuli, o'qituvchi materialni mustahkamlash uchun o'quvchilar uyda bajaradigan topshiriqlarni beradi.

4. O'quvchini bilim darajasini nazorat qilishga yo'naltirilgan sinovlar va imtihonlarda o'qituvchi test va imtihonlar orqali talabalarning o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalariga baho beradilar.

5. Amaliy mashg'ulotlar yordamida esa, o'quvchilar tajriba va malaka oshirish uchun amaliy topshiriq va mashqlarni bajaradilar.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Endi esa, onlayn platformalardan foydalangan holda informatika fanini o'qitish samaradorligini ko'rib chiqaylik:

1. Onlayn platformalarda darslarni takroran ko'rish imkoniyati mavjudligi, kerakli bo'limlarni yozib olish va tahlil qilish imkoniyati mavjud

2. Mashg'ulotlar mavzuni mustahkamlovchi nazariy va yordamchi ma'lumotlar bilan to'ldirilganligi, interfaol darslar, vizualizatsiya va boshqalar kabi interaktiv o'rganish usullarini mavjudligi.

3. Ta'lim olishni moslashuvchanligi, bunda o'quvchi o'z bilim darajasiga qarab qiyinchilik darajasini va individual ehtiyojlariga moslashtirilgan materiallarni olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

4. Bilimlarni baholash usullarini tahlil qilish, onlayn platformalar orqali fikr-mulohazalarni chatlar va forumlar yordamida taqdim etish, kerakli javobni olish, hamda avtomatlashtirilgan baholash tizimlari yordamida xolis va tezkor baholash imkoniyati mavjudligi

5. Sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlilini o'rgatish imkoniyati, ma'lumotlar tahlili.

Bundan tashqari platformalarni turli amaliy dasturiy ta'minotlarlar bilan integratsiyasini kuzatish mumkin, masalan, elektron jadvallar, matn protsessorlari va dasturlash vositalarini shular qatoriga kiritish mumkin. O'quvchilar o'z tushunchalarini yaxshilash uchun video, tasvir va audio kabi multimedia kontentini yaratishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. O'qituvchilar va o'quvchilar bulutli xizmatlardan ham oqilona foydalanishlari mumkin, masalan Google Classroom yordamida hamkorlik va moslashuvchanlikni rag'batlantirib, fayllar va loyihalarni saqlashlari, fikr almashishlari va va virual sinfxonalarda onlayn dars olishlari mumkin. Shaxsiy kompyuterda ishlash uchun doimo imkoniyat bo'lmasa, mobil qurilmadan foydalanish mumkin. Smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalari va axborot vositalari yordamida ta'limiy resurslariga istalgan geografik nuqtadan kirish, bog'lanish va o'zlari istagan mavzuni o'zlashtirish imkoniyatiga egalik qiladilar. Agarda yuqorida aytib o'tganimizdek, Internet va ijtimoiy mediadan tadqiqot, muloqot qilish va loyihalarda hamkorlik qilish uchun foydalanilsa yanada ko'proq ijobiy natijalarga olib keladi. Hozirgi kunda talabalar uchun bir qator virtual ta'lim muhitlari (LMS) xizmat ko'rsatib kelmoqda, ular jumlasiga:

- Moodle[10] -ko'p funksiya va integratsiyalarga ega bepul va ochiq manba LMS.

- Blackboard (Qora taxta)[11] -ish jarayonini avtomatlashtirish va tahlil qilish kabi ilg'or funksiyalarga ega pullik LMS.

- Canvas[12] -Intuitiv interfeys va o'rnatilgan hamkorlik vositalariga ega boshqa pullik LMS.

Kontent yaratish vositalariga esa, Google Classroom[13] (hamkorlik va baholash vositalariga ega bepul aralash o'quv platformasi), Microsoft Teams[14] (o'quv materiallarini yetkazib berishda ham foydalanish mumkin bo'lgan hamkorlik va aloqa vositasi), Edpuzzle[15] (savollar va testlar bilan interaktiv video darslar yaratish vositasi) kabilarni misol qilish mumkin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bundan tashqari kodlash vositalari ham mavjud bo'lib, ular qatoriga Codecademy[16] (dasturlashni amaliy o'rganishga qaratilgan onlayn o'quv platformasi), Udacity[17] (informatika va boshqa texnik fanlardan keng qamrovli darslarni taklif qiluvchi onlayn kurs platformasi), Coursera (katta ochiq onlayn kurs (MOOC)[18] platformasi, u yerda yetakchi universitetlarning informatika kurslarini topishingiz mumkin)ni kiritish mumkin.

Hozirda Informatika fanini o'qitish uchun maxsus platformalar mavjud bo'lib, ular qatoriga CoderZ[19] (virtual dasturlash muhiti yordamida kodlashni o'rganish va muammolarni hal qilish uchun platforma), Scratch[20] (bolalarga kodlash asoslarini o'rgatish uchun mo'ljallangan vizual dasturlash tili), Khan Academy[21] (informatika, kodlash va boshqa fanlardan bepul onlayn darslarni taklif qiluvchi notijorat tashkilot) kiradi.

Onlayn ta'lim platformalarini qo'llagan holda informatika fanini o'qitishning qulayliklari va kamchiliklaridan kelib chiqib, quyidagicha xulosalar qilish mumkin:

Masofaviy platformalar o'quvchilarga informatika fanini o'zlari uchun qulay bo'lgan vaqtda va joyda o'rgana olishlariga qulay imkoniyat beradi, bu esa ta'limda moslashuvchanlik va qulaylikni ta'minlaydi. Platformalar keng ko'lamli ta'lim resurslari, interaktiv o'quv materiallari va kodlashni o'rganish uchun vositalarni taqdim etishi mumkin. Ta'lim platformalarida innovatsion texnologiya va interfaol ta'lim usullaridan foydalanish talabalarning informatika fanini o'rganishga bo'lgan motivatsiyasini oshiradi. Eng asosiysi xarajatlarni kamaytiradi, chunki sinfda jismoniy mavjudlik yoki qo'shimcha materiallarga ehtiyoj bo'lmaydi. Bundan tashqari o'quvchiga o'zini o'zi boshqarish va mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga javob beradigan onlayn platformalarda mazmun va o'qitish usullarini doimiy ravishda yangilanib turadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Informatika fanini o'qitishda onlayn platformalardan foydalanish juda ko'p afzalliklarga ega, ammo ta'lim jarayonida ulardan samarali foydalanish uchun kamchiliklarni ham hisobga olish zarur.

Hozirgi vaqtda turli xil onlayn ta'lim platformalari mavjud bo'lib, ularga bepul kirish mumkin va ularning ixtiyorida juda ko'p vositalar mavjud. O'zlarining ta'lim platformalarini yaratish uchun o'qituvchilar HTML muharrirlari, veb-saytlar yaratuvchilari, kontentni boshqarish tizimlarining katta tanloviga ega bo'lib, ular ichiga Internet xizmatlarini joylashtirishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.[22]

Shuni yodda tutish kerakki, masofaviy ta'lim talabadan o'z-o'zini tarbiyalash va tashkilotchilikni talab qiladi, ammo to'g'ri yondashuv bilan u sezilarli natijalarga olib kelishi mumkin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Полат Е.С., Бухаркина М.Ю. (2010) Современные педагогоческие и информационные технологии в системе образования. Т:.Москва, Академия, 368

2. Софронова Н.В., Белчусов А.А. (2023) Теория и методика обучения информатике: учебное пособие для вузов 2-е изд., Т:.Москва, Издательство Юрайт, 401

3. Jebrailzade S.J. (2023) Методика преподавания информатики, Т:. Ankara / Türkiye Iksad Publications, 732

4. Куликова, Н. Ю., Данильчук, Е. В., & Малова, А. И. (2022). Использование чат-ботов при обучении информатике в сетевых образовательных сообществах школьников. In Современные информационные технологии в образовании (pp. 301-304).

5. Здобнова Е. О. (2019) АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ МЕТОДИКИ ОБУЧЕНИЯ ИНФОРМАТИКЕ И МАТЕМАТИКЕ В СОВРЕМЕННОЙ ШКОЛЕ, Материалы Международной научно-практической интернет-конференции Т:.Москва, 118830

6. Андрианова О. П., Артеменко И. А. (2023) Дистанционное обучение: плюсы и минусы, Т:. Москва,Молодой ученый Международный научный журнал, (14),287-461

7. Новиков, М. Ю. (2017). Методы обучения информатике на основе мобильных технологий. Педагогическое образование в России, (11), 48-59.

8. Мещерякова, А. А. (2020). Дистанционное обучение на уроках информатики с помощью веб-сервиса Online Test Pad. Информатика в школе, 1(7), 47-56.

9. Мустафоев, А. (2022). Informatika fanini o'qitishda masofaviy ta'lim tizimidan foydalanishning qulayliklari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 191-193.

10. https://moodle.org

11. https://www.blackboard.com

12. https://www.instructure.com/canvas

13. https://classroom.google.com

14. https://www.microsoft.com/ru-ru/microsoft-teams

15. https://edpuzzle.com

16. https://www.codecademy.com

17. https://www. udacity.com

18. https://www.mooc.org

19. https://gocoderz.com

20. https://scratch.mit.edu

21. https://ru.khanacademy.org

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

22. Куликова, Н. Ю. (2020). Образовательная онлайн-платформа как фактор изучения интерактивных технологий обучения в условиях сетевого взаимодействия. Мир науки. Педагогика и психология, 8(4), 29.

23. Xodjiyeva M.M. (2023). MASOFADAN O'QITISHDA GOOGLE PLATFORMASINING IMKONIYATLARI Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 269-273.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМAЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Muyassar Xodjiyeva Maxmudjanovna, tayanch doktorant [Муяссар Ходжиева Махмуджановна, докторант], [Muyassar M. Khodjiyeva, PhD student]; manzil: Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani, Isvaxon ko'chasi, 5 [адрес: Исвахон, 5, ра-он. Туракурган, Наманганская область], [address: Isvaxon, 5, Turakurgan, Namangan region]; E-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.