UMUMTA'LIM MAKTABLARI 8-SINF ONA TILI DARSLARIDA HARAKAT TARZI SHAKLLARINING O'QITILISHI
Ortiqova Gulchexra Xamzayevna
BuxDU mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya: Ma'lumki, har bir tilda faqatgina shu tilga xos bo'lgan ayrim xususiyatlar mavjud bo'ladi. O'zbek tiliga xos shunday hodisalardan biri harakat tarzi shakllaridir. Biroq ayni paytda amalda bo'lgan o'rta umumta'lim maktablari darsliklarida harakat tarzi shakllari mavzusiga faqatgina 6,7-sinflarda to'xtalib o'tiladi. Vaholangki, ushbu mavzuni keyingi yuqori sinf darsliklariga ham kiritib, tilimizda barcha uslublarda keng foydalaniladigan ko'makchi fe'llarning ma'no imkoniyatlarini tilning yosh egalariga to'laroq tanitish lozim. Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida 8-sinfda harakat tarzi shakllarini o'qitishga doir ayrim mulohaza va takliflar yuritiladi.
Kalit so'zlar: ona tili ta'lim maqsadi, kognitiv-pragmatik, qo'shma fe'l, ravishdoshli birikma, harakat tarzi shakllari, so'z qo'shilmasi.
TEACHING OF THE FORMS OF MOTION IN 8TH GRADE NATIVE LANGUAGE CLASSES IN SECONDARY SCHOOLS
Abstract: It is known that each language has certain features that are unique to that language. One of such phenomena unique to the Uzbek language is the forms of action. However, in the current textbooks of secondary schools, the topic of forms of action is addressed only in grades 6 and 7. However, it is necessary to include this topic in the textbooks of the next higher grades and fully introduce the meaning possibilities of auxiliary verbs, which are widely used in all styles in our language, to young speakers of the language. This article presents some considerations and suggestions for teaching forms of action in grade 8 in secondary schools.
Keywords: native language educational goal, cognitive-pragmatic, compound verb, adverbial conjunction, forms of action, word addition.
ОБУЧЕНИЕ ФОРМАМ ДВИЖЕНИЯ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА В 8
КЛАССЕ СРЕДНЕЙ ШКОЛЫ
Аннотация: Известно, что каждый язык имеет определенные особенности, присущие только этому языку. Одним из таких явлений, присущих только узбекскому языку, являются формы действия. Однако в нынешних учебниках средних школ тема форм действия рассматривается только в 6 и 7 классах.
213
Однако необходимо включить эту тему в учебники следующих, более старших классов и в полной мере познакомить юных носителей языка со смысловыми возможностями вспомогательных глаголов, которые широко используются во всех стилях нашего языка. В данной статье представлены некоторые соображения и предложения по обучению формам действия в 8 классе средних школ.
Ключевые слова: образовательная цель родного языка, познавательно-прагматическая, сложный глагол, реляционный союз, формы действия, союз.
Bugungi kunda ona tili ta'limiga kognitiv-pragmatik yondashuv asosida yondashilar ekan, uning maqsadi ham "tahsil oluvchiga tilshunoslik asoslarini muntazam o'rgatib borish, tom ma'noda, jamiyat uchun tilshunoslikning qonun-qoidalarini biladigan shaxsni tayyorlash" dan "tahsil oluvchiga tilning beqiyos imkoniyatlaridan foydalanish, ya'ni tilning kommunikativ-amaliy qiymatini yuksak darajada namoyon eta olish ko'nikmalarini singdirish"ga tomon o'zgardi. Shuningdek, biz hozirga qadar amal qilganimiz retroskopik ta'limda o'quv materiali, asosan, darslikda berilsa, endigi kognitiv ta'limda esa o'quv materiali darslikdan tashqarida bo'ladi va darslik faqat namuna va yo'llanma - o'zlashtirish algoritmini beradi, xolos. Shunday bo'lsa-da, ta'kidlash joizki, har bir tilda faqatgina shu tilga xos bo'lgan ba'zi til hodisalari mavjud bo'ladiki, ularni ona tili darslarida o'quvchilarga to'la va aniq yetkazish, tanitish ijodiy tafakkur sohibi sifatida shakllantirilayotgan kelajak avlodni milliy ruhda, qolaversa, ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
O'zbek tilshunosligida shunday hodisalardan biri bu - harakat tarzi shakllari hisoblanadi. Hozirda o'rta umumta'lim maktablari uchun amalda bo'lgan 6-sinf "Ona tili" darsligida harakat tarzi shakllari hamda ularning ma'no imkoniyatlarini o'rganish borasida keraklicha ma'lumot hamda topshiriqlar berilgan. 7-sinfda esa faqatgina "Kelajak kasblari" mavzusida 2 ta, "O'quv yili oxirida takrorlash" mavzusida 1 ta topshiriqda ushbu mavzuga to'xtalib o'tiladi, xolos. Afsuski, 8, 9, 10, 11-sinf ona tili darsliklarida ushbu mavzu borasida birorta ham topshiriq yoki qo'shimcha ma'lumotni uchratmaymiz. Vaholangki, harakat tarzi shakllari o'zbek tili nutqining o'ziga xos ifoda usuli ekan, o'quvchilar kelajakda qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'i nazar shu til egasi sifatida ushbu hodisa haqida to'laroq ma'lumotga ega bo'lishlari hamda og'zaki va yozma nutqimizda ko'makchi fe'llarning o'rni, ularning ma'no doirasi hamda imkoniyatlari haqida kengroq tasavvurga ega bo'lishlari lozim.
Ma'lumki, 8-sinf ona tili darsligining "Sintaksis, ohang va tinish belgilari" bo'limida "So'z birikmasi va so'zlar qo'shilmasi, qo'shma so'z" mavzusi keltirilgan. Keling, dastlab darslikdagi mavzuga doir ma'lumot hamda topshiriqlarni to'liq ko'rib chiqamiz.
214
25-topshiriq. Matnni diqqat bilan o'qib chiqing.
AMIR TEMUR VA ME'MOR
Bir kuni Amir Temur tez muddatda dunyo qoyil qoladigan madrasa qurib bitirishni niyat qilibdi. Mohir me'morni chaqirib, o'sha kuniyoq ish boshlatmoqchi bo'libdi. Me'mor bunday binoni shoshilinch qurib bo'lmasligini qancha aytsa ham, Amir Temur ko'nmabdi. Noiloj qolgan me'mor madrasaning joyini tayyorlab, poydevorini qo'ydirib, bir kechada g'oyib bo'lib qolibdi. Yer-u ko'kni qidirib topisholmabdi. Oradan ikki yil o'tgach haligi usta yana paydo bo'libdi-da, darg'azab Amirga:
- Siz istagan muddatda bu binoni qurib bitkazishim mumkin edi, ammo ming go'zal bo'lgani bilan uning umri uzoqqa bormasdi. O'ylanmay qilingan ishning oxiri voy. Siz aytgan binoni qurish uchun o'ylashga fursat kerak edi. Men ikki yil ko'rinmay ketgan davrimda shu haqda o'yladim. Qancha-qancha yurtlardagi qasri oliylarni ko'rib keldim. Ham boqiy, ham go'zal bo'lishi rejalarini tuzdim. Men bir bino yaratmoqchimanki, uning tepasida faqat osmon bo'ladi. Osmon xalaqit bermasa, uni yana ham balandroq ko'tarishim mumkin bo'lardi, - deb javob qilgan ekan.
26-topshiriq. Matndagi ajratib ko'rsatilgan birikuvlar tarkibidagi so'zlar qanday vositalar yordamida bog'langanini aniqlang.
Bilib oling
So'z birikmasi so'z qo'shilmasi (teng bog'lanish) va qo'shma so'zga
o'xshaydi. So'z birikmasi va so'z qo'shilmasi nutqda hosil qilinadi. Qo'shma
so'z nutq jarayonigacha mavjud bo'ladi. Shu boisdan u lug'atlarda aks etadi.
62-mashq. Imlo lug'atidan qo'shma so'zlarga misollar toping. Ularni ikki guruhga ajrating:
1) qo'shib yoziladigan qo'shma so'zlar;
2) ajratib yoziladigan qo'shma so'zlar.
63-mashq. Kitob, bahor, o'qimoq, tashakkur bildirmoq kabi so'zlariga eng ko'p tobe so'z qo'yish bo'yicha «Kim topqir?» bahsida ishtirok eting. Namuna: qizil gul - chiroyli qizil gul - xushbo'y chiroyli qizil gul... Eslatma: sariq, pushti, qizil gul tipidagi birikuvlar inobatga olinmaydi. Savol va topshiriqlar
1. Amir Temur nega me 'morni eshitishni istamadi?
2. Nega me'mor Amir Temurdan qochib ketdi?
3. Me'morda qaytish uchun jur 'at nima sababdan paydo bo 'ldi? Uyga vazifa
64-mashq. Berilgan izohlardan madrasa, mohir, me'mor, poydevor, fursat, boqiy, oliy so'zlarining ma'nosini aniqlab, lug'at daftaringizga ko'chiring va eslab qoling: 1) bino devorlarining asos qismi; 2) vaqtning zum, damdan keyingi
215
kichik qismlaridan biri; 3) abadiylikka ega; 4) eng yuqori; 5) sharq o'tmishida oliy ma'lumot beruvchi ta'lim muassasasi; 6) imorat qurilishini loyihalash bo'yicha mutaxassis.
Ma'lumki, o'quvchilar ona tili darslarida ushbu mavzuga qadar bir-biriga shaklan o'xshash qo'shma fe'l hamda holli birikmalar haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lishgan. Shunday ekan, alohida mavzu sifatida ushbu hodisalarni qiyoslab o'rganish foydadan xoli bo'lmaydi. Ammo mavzuga so'z qo'shilmalarining ham taqqoslab o'rganilishi zarur emas. Chunki, avvalo, darslikda ushbu mavzudan oldingi "Teng va tobe bog'lanish" mavzusida quyidagicha so'z birikmasi va so'z qo'shilmasi hodisalari aniq ko'rsatib berilgan: "Bir mustaqil so'z boshqa mustaqil so'zni izohlaydigan bog'lanish tobe bog'lanish deyiladi. Bir mustaqil so'z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog'lansa, teng bog'lanish deyiladi. So'zlarning teng bog 'lanishi so 'z qo 'shilmalarini hosil qiladi: yoshlar va kelajak, otam bilan onam, oy hamda quyosh. Teng bog 'lanishda tobe va hokim so 'z bo 'lmaydi, ikkala so 'z ham teng huquqli bo'ladi". Bundan tashqari, so'z qo'shilmasi hamda so'z birikmalari 8-sinf o'quvchisi farqlashda qiynaladigan hodisalar emas. Ammo kuzatilgan dars jarayonlaridan shu narsa ma'lum bo'ldiki, o'quvchilarning so'z birikmasi (asosan holli birikmalar) hamda fe'l+fe'l shaklidagi qo'shma so'zlar bilan shaklan aynan o'xshash uchraydigan harakat tarzi shakllarini farqlashda qiyinchilikka uchrashlari aniq. Shunday ekan, yuqoridagi mavzuni "So'z birikmasi, ko'makchi fe'lli so'zlar qo'shilmasi, qo'shma so'z" deya nomlab, quyidagi tartibda tashkillashtirishni tavsiya beramiz.
25-topshiriq. Matnni diqqat bilan o'qib chiqing.
AMIR TEMUR VA ME'MOR
Bir kuni Amir Temur tez muddatda dunyo qoyil qoladigan madrasa qurib bitirishni niyat qilibdi. Mohir me'morni chaqirib, o'sha kuniyoq ish boshlatmoqchi bo'libdi. Me'mor bunday binoni shoshilinch qurib bo'lmasligini qancha aytsa ham, Amir Temur ko'nmabdi. Noiloj qolgan me'mor madrasaning joyini tayyorlab, poydevorini qo'ydirib, bir kechada g'oyib bo'lib qolibdi. Yer-u ko'kni qidirib topisholmabdi. Oradan ikki yil o'tgach haligi usta yana paydo bo'libdi-da, darg'azab Amirga:
- Siz istagan muddatda bu binoni qurib bitkazishim mumkin edi, ammo ming go'zal bo'lgani bilan uning umri uzoqqa bormasdi. O'ylanmay qilingan ishning oxiri voy. Siz aytgan binoni qurish uchun o'ylashga fursat kerak edi. Men ikki yil ko'rinmay ketgan davrimda shu haqda o'yladim. Qancha-qancha
Amir Temur qurdirgan Oqsaroy yodgorligi. Shahrisabz
yurtlardagi qasri oliylarni ko'rib keldim. Ham boqiy, ham go'zal bo'lishi rejalarini tuzdim. Men bir bino yaratmoqchimanki, uning tepasida faqat osmon bo'ladi. Osmon xalaqit bermasa, uni yana ham balandroq ko'tarishim mumkin bo'lardi, - deb javob qilgan ekan.
26-topshiriq. Matndagi ajratib ko'rsatilgan birikuvlar tarkibidagi so'zlar qanday vositalar yordamida bog'langanini aniqlang.
1 - Ravishdoshli so'z birikmasi
2 - Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi
3 - Qo'shma fe'l
0 - Umumiy jihatlar
Ravishdoshli so'z birikmasi Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi Qo'shma fe'l
Qismlari alohida-alohida so'roqqa javob bo'ladi. Qismlari bitta so'roqqa javob bo'ladi. Qismlari bitta so'roqqa javob bo'ladi.
Qismlari ma'no mustaqilligiga ega bo'ladi Qismlaridan biri ma'no mustaqilligiga ega bo'ladi Qismlari ma'no mustaqilligiga ega bo'ladi
Qismlari alohida-alohida gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Qismlari bitta gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Qismlari bitta gap bo'lagi vazifasini bajaradi.
Asosdan anglashilgan harakat-holat ketma-ket sodir bo'ladi. Yetakchi fe'ldan anglashilgan harakat sodir bo'ladi, ammo ko'makchi fe'ldan anglashilgan harakat sodir bo'lmaydi Asosdan anglashilgan harakat-holat ketma-ket sodir bo'ladi.
Ikki mustaqil fe'ldan tashkil topadi. Bir mustaqil va bir ko'makchi fe'ldan tashkil topadi. Ikki mustaqil fe'ldan tashkil topadi.
qo 'rqib gapirdi, ikkilanib aytdi, mo 'ralab qaradi, hayratlanib qaradi Cho'chib tushdi, yig'lab yubordi, ketib qoldi, o 'qib chiqdi Olib bermoq, borib kelmoq, aytib ketmoq, kirib chiqmoq
Umumiy jihatlar
1. Fe'l + fe'l shaklida bo'ladi_
2. Qismlari -a(-y), -ib(-b) shakllari bilan bog'lanadi
Munosabat bildiring!
1. Amir Temur nega me'morni eshitishni istamadi?
2. Nega me'mor Amir Temurdan qochib ketdi?
3. Me'morda qaytish uchun jur'at nima sababdan paydo bo 'ldi?
Taxmina Turdaliyeva.
Dunyo tan olgan o'zbek arxitektor qizi
62-mashq. Matnda ajratib ko'rsatilgan birliklarni qo'shmafe'llar, ravishdoshli birikmalar hamda ko 'makchi fe'lli so 'z qo 'shilmalariga ajratib yozing.
63-mashq. Solmoq, kelmoq, bermoq, chiqmoq, olmoq fe'llarning har birini qatnashtirib qo'shma fe'l, ravishdoshli birikma hamda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalari yasang. Ularni qatnashtirib gaplar tuzing.
Namuna: solmoq - quloq solmoq, aytib solmoq, to 'Idirib solmoq.
1. Maftuna oyisining barcha gaplariga quloq soldi.
2. Miraziz barcha bilganlarini aytib soldi.
3. Buvim yong 'oqlardan etagimga to 'Idirib soldi
Uyga vazifa
64-mashq. Berilgan izohlardan madrasa, mohir, me'mor, poydevor, fursat, boqiy, oliy so'zlarining ma'nosini aniqlab, lug'at daftaringizga ko'chiring va eslab qoling: 1) bino devorlarining asos qismi; 2) vaqtning zum, damdan keyingi kichik qismlaridan biri; 3) abadiylikka ega; 4) eng yuqori; 5) sharq o'tmishida oliy ma'lumot beruvchi ta'lim muassasasi; 6) imorat qurilishini loyihalash bo'yicha mutaxassis.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D.N.Yuldasheva. O'zbek tilini o'qitish metodikasi. -Buxoro: Durdona, 2021. -7, 20-b.
218
2. O'rta ta'limning umumta'lim fanlari bo'yicha malaka talablari. Ona tili fani.-Toshkent, 2018.
3. Qodirov M., Ne'matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R., Mengliyev B. Ona tili. 8-sinf uchun darslik.-T.: Cho'lpon.-2019.
4. D.N.Yuldasheva, G.H.Ortiqova. Harakat tarzi shakllari - o'zbekona nutq ko'rki. So'z san'ati xalqaro jurnali. 4-jild, 2-son. - Toshkent, -2021.
5. Internet ma'lumotlari: www.ziyo.uz
www.wikipedia.org
http: //yuldasheva. buxdu.uz/index.php/