INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
UMUMSAYYORAVIY EKOLOGIK MUAMMOLARLARNING YUZAGA KELISH
SABABLARI Umarov Bekzod Baxtiyorjon o'g'li
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Dehqonchilik va o'rmon
melioratsiyasi" kafedrasi assistenti. Axmadov Qosimjon Furqat o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi
Asiydinova Mavludaoy Nurmuxamat qizi Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7278267
Annotatsiya. Ushbu maqolada yer yuzasida kun sayin ortib borayotgan va insoniyatga tahdid solayotgan umumsayyoraviy muammolar haqida ma'lumotlar berilgan.Insoniyat tabiatdan nooqilona tartibda foydalanishi mintaqaviy muammolarning kuchayib,global muammoga aylanishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolarni oldini olishda
jamiyat va tabiat o'rtasidagi zanjini buzmaslik,insonlarda ekologik ong madaniyat tushunchasini shaklantirish lozim.
Kalit so'zlar: Umumsayyoraviy muammolar, issiqxona samarasi, cho'llashish, tabiiy resurslar, ozon tuynugi, tuproq sho'rlanishi, ekologiksiyosat, relyef, tog'jinslari ПРИЧИНЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ ГЛОБАЛЬНЫХ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ
Аннотация. В данной статье представлена информация о глобальных проблемах, которые день ото дня нарастают на поверхности земли и угрожают человечеству.Неразумное использование человеком природы приводит к тому, что региональные проблемы обостряются и становятся глобальной проблемой. Для предотвращения этих проблем необходимо не разрывать связь общества и природы, формировать у людей понятие экологического сознания и культуры.
Ключевые слова: глобальные проблемы, парниковый эффект, опустынивание, природные ресурсы, озоновая дыра, засоление почв, экологическая политика, рельеф, горные породы.
REASONS FOR THE ARISE OF GLOBAL ENVIRONMENTAL PROBLEMS
Abstract. This article provides information about global problems that are increasing day by day on the surface of the earth and threatening humanity. Humanity's unreasonable use of nature is causing regional problems to intensify and become a global problem. In order to prevent these problems, it is necessary not to break the link between society and nature, to form the concept of ecological consciousness and culture in people.
Keywords: Global problems, greenhouse effect, desertification, natural resources, ozone hole, soil salinity, environmental policy, relief, rocks
KIRISH
Texnika taraqqiyotining jadal suratlarda rivojlanib borishi jamiyatga juda ko'plab qulayliklar yaratib berishi bilan birgalikda,tabiatga va uning komponentlariga juda katta salbiy ta'sirlari ortib bormoqda.Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish va o'zlashtirish natijasida ekologik muvozanat buzilib,ekologik tanglik yuzaga keldi.Ekologik tangliklar yanada avj olib, sayyoramizning ba'zi mintaqalarida ekologik halokatlarni keltirib chiqaradi.Ekologik tanglikning tinmay kuchayib borishi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Ekologik muammolar o'z vaqtida hal qilinmasa muayyan hududga ekologik halokat xavfini olib
keladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ekologik muammo bu-insonning tabiatga ta'siri bilan bog'liq holda tabiatning ham insoniyatga aks ta'siri tushuniladi.Jamiyatning tabiatga ta'siri ortib borishi va uni oldini olmasligi umumsayyoraviy (global) ekologik muammolarni keltirib chiqadi.Umumsayyoraviy (global) ekologik muammolar butun dunyo uchun ahamiyatli bo'lib unga qarshi kurashmaslik,oldini olish chora-tadbirlarini ko'rmaslik global muammolarning sonini ortishiga olib keladi.Hozirda global muammolarning umumiy soni 15 dan ortiq bo'lib,ularning ayrimlariga to'xtalamiz. Ozon qatlamining yemirilishi muammosi.
Atmosferaning ifloslanishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo'ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalar (freonlar)ning ko'p chiqarib yuborilishi natijasida yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qatlamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. «Ozon tuynugi» deb nomlangan ana shu holat, dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so'nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi.
Kanadaning Monreal shahrida 1987-yilda bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to'g'risidagi xalqaro bitimni imzolagan. Bugungi kunga kelib, bu bitimga jahondagi aksariyat mamlakatlar qo'shilgan. Mutaxassislarning fikricha, agar Monreal bitimi qat'iy ravishda bajariladigan bo'lsa, ozon qatlamining me'yordagi qalinligi 2050-yilga kelib qayta tiklanadi.
1-rasm.
Antarktidaning ustida ozon qatlami yupqalashishiningsxematik ko'rinishi.
Ozon qatlamining yemirilib borishi va yerda Issiqxona samarasi-atmosferaga har xil turdagi gazlarning chiqarilishi sayyoramizda o'rtacha haroratni ko'tarilishiga olib kelmoqda. Buning natijasida yerda namlikning kamayishi,dendroflora turlarining qisqarib borishi shuningdek,yer yuzida suv yetishmasligiga olib keladi.
Chuchuk suv tanqisligi muammosi.Insoniyatning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyojini qondiradigan asosiy manba daryolar bo'lib, ularning katta qismi aholi ancha siyrak yashaydigan sovuq va ekvatorial iqlimli hududlar bo'ylab oqadi.Quruqlikning 1/3 qismidan ko'prog'ini egallaydigan qurg'oqchil iqlimli hududlarda suv tanqisligi mavjud. Shimoliy va Janubiy Afrika, Janubiy va Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, O'zbekiston,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Turkmaniston, Qozog'iston kabi Markaziy Osiyo davlatlarida bu muammo ancha dolzarb hisoblanadi.Hozirgi paytda Fors qo'ltig'i, O'rta dengizbo'yi mamlakatlari, Qozog'iston, AQSH, Yaponiya, Karib dengizi orol mamlakatlarida dengiz suvini chuchuklashtirish ishlari kengayib bormoqda.
TADQIQOT NATIJALARI
Cho'llashish muammosi. Uning asosiy sabablari daraxt va butalarning kesilishi, chorva-mollarining tartibsiz boqilishi, suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi hisoblanadi. Cho'llashish o'nlab davlatlardagi eng unumdor yerlarni o'z domiga tortmoqda. Cho'llashish, ayniqsa, Afrika, Janubi-g'arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlariga katta xavf-xatar tug'dirmoqda. Quruqlik umumiy maydonining 40 % qismida cho'llashish belgilari kuzatilmoqda. Yerning 25 foizi cho'llashib bo'lgan.Yer yuzasining tegishli cho'llangan qismida 2 milliard kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi.1994-yilda BMT cho'llashishga qarshi kurashish to'g'risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi. 1995-yildan boshlab har yili 17-iyunda Butunjahon cho'llashish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni nishonlanadi.
O'rmonsizlanish muammosi. Insoniyat butun tarixi davomida o'rmonlarni kesib borib, ularning maydoni qisqarishiga sababchi bo'lgan. Bu holat ko'p hududlar, shu jumladan, Markaziy Osiyoning tabiiy sharoitini sezilarli tarzda o'zgartirib yubordi. Ammo keskin ravishda o'rmonsizlanish jarayoni oxirgi 100 yil davomida ro'y bermoqda. Ayniqsa ekvatorial mintaqadagi o'rmonlar hamda qurg'oqchil iqlimli tog'li hududlardagi o'rmonlar maydonining qisqarishi geografik qobiqdagi tabiiy muvozanat uchun jiddiy xavf solmoqda. Bu muammoga qarshi kurashishning asosiy yo'llari o'rmonlar kesilishini cheklash hamda ularni sun'iy ravishda ko'paytirish bilan bog'liqdir. Bu borada jahon bo'yicha ijobiy misollar bor.
Masalan, Buyuk Britaniyada oxirgi 50-60 yilda o'rmonlarning maydoni 3 barobar ko'paygan. Yaponiyada o'rmonlarning kesilishi qat'iy cheklanganligi tufayli haligacha mamlakat hududining 2/3 qismi o'rmon landshaftlari bilan band. Birlashgan Arab Amirliklarida oxirgi yillarning o'zida bir necha million daraxt ko'chatlari cho'llarga ekib yuborilgan. O'zbekistonda ham yaqin yillarga mo'ljallangan Orol dengizining qurigan tubini o'rmonlashtirish ishlarining keng qamrovli rejalari tuzilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ekologik siyosat - ilmiy tavsiyalarni hisobga olgan holda, tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog'lomlashtirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan harakatlar majmuasi. Bunday siyosat milliy, regional va global doirada olib boriladi va o'zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini yaratish va ularga amal qilishni ko'zda tutadi.
Antropogen bosqich boshlangandan beri insonning tabiatga va uning komponentlariga ta'siri ortib bormoqda.Turli bosqichlarda komponentlar o'zgarib bordi hozirgi kunga kelib ularning miqdor va sifat ko'rsatkichi tubdan o'zgarib ketdi va ekologik siyosat bosqichi boshlandi.Ularning muhofaza qilishga olib keldi.
Jamiyatning tabiatga ta'sirini ortib borishi
Jamiyatning tabiatga ta'siri
Tabiiy muhitning tarkibiy qismlari Ibtidoiy jamoa davri Qishloq xo'jalik inqi- Sanoat inqilobi Fan-texnika inqilobi Ekologik munosabat
1 173
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
lobi davri bosqichi davri davri
Tog' jinslari 1 2 3 5
Relyef 1 2 4 5
Tuproq 1 3 4 5
O'simlik 1 2 3 4 5
Hayvonlar 1 2 3 5 5
Havo (iqlim) 1 3 3 5
Suv 1 3 4 5
Geotizimlar 1 1 3 4 5
Jadvalda ta'sir darajasi: 1 - kuchsiz; 2 - kuchliroq; 3 - kuchli; 4 - juda kuchli, lekin tejamkor; 5 - o'ta kuchli va qayta tiklash, muhofaza qilish.
MUHOKAMA
Jadvalda berilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ekologik munosabat davrida yer yuzidagi barcha komponentlar o'zgardi.Ularning ayrimlarining avvalgi holiga qaytarish emas balki hozirgi holatida saqlab qolish ham juda katta muammo bo''lib turibdi.Aynan shu komponentlarning o'ta kuchli o'zgarishi negizida o'nglab bo'lmas global muammolar yuzaga keldi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,bu global muammolarning yuzaga kelishi inson omiliga bevosita bog'liq bo'ldi.Inson tabiatdan to'laligicha o'z ehtiyoji yo'lida foydalandi.Ayrim mineral resurslarni ma'lum bir yillarda tugab qolishigacha undan foydalandi,kelajak avlod uchun zahira qoldirmadi.Tabiatga juda katta chiqindilarni chiqardi.Suvlarni iflosladi,havoni tarkibini buzdi insonlarni ko'plab kasalliklarga chalinishiga olib keldi.Endi insonlarning oldin qo'ygan maqsadi qilingan ishlarni qayta takrorlamaslik,ekologiyani ilmiy faktlarga,asoslarga tayanib asrab-avaylash,joylarda ekologik tushuntirish ishlarini olib boorish,insonlarda ekologik ong-madaniyat tushunchasini shakllantirish asosiy maqsadi hisoblanadi.
REFERENCES
1. «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent-2017
2. Abduhakim Qayumov, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi «0'zbekiston»-2019.
3. Nigmatov.A.,X.T. "Ekologiya va barqoror rivojlanish" T- "Fan"-2009 y
4. Ergashev A va boshqalar "Osnoviy ekologii" Tashkent 2008 y
5. Natsionalniy doklad «O sastoyani okrujayushey prirodnoy sredi ispolzovanii prirodnix resursov Respubliki Uzbekistan»-T.: .:"CHINOR ENK",2009
6. www. ziyo.net.uz
7. www. uznature.uz
8. www. eco.uz