Научная статья на тему 'GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR'

GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12915
687
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ozon qatlami / skaylob / Issiqxona samarasi / Gidrosfera / Ozonosfera / okean. / Ozone layer / skylob / Greenhouse effect / Hydrosphere / Ozonosphere / ocean.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mohzoda Baxtiyorovna Xaydarova, Javohir Baxtiyor O’g’li Haydarov, Hulkar Olimovna Tog’aynazarova

Ushbu maqolada hozirgi kunda insonlarni oldida yuzaga kelgan dunyodagi global ekologik muammolari va ularning kelib chiqish sabablari, shuningdek, bu muammolarni yechimi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GLOBAL ECOLOGICAL PROBLEMS

This article discusses the global environmental problems facing people today and their causes, as well as solutions to these problems.

Текст научной работы на тему «GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR»

GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR

Mohzoda Baxtiyorovna Xaydarova

Termiz davlat universiteti Geografiya ta'lim yo'nalishi talabasi

Javohir Baxtiyor o'g'li Haydarov

Denov tumani 63-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi

Hulkar Olimovna Tog'aynazarova

Termiz davlat universiteti Tuproqshunoslik yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda insonlarni oldida yuzaga kelgan dunyodagi global ekologik muammolari va ularning kelib chiqish sabablari, shuningdek, bu muammolarni yechimi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ozon qatlami, skaylob, Issiqxona samarasi, Gidrosfera, Ozonosfera, okean.

GLOBAL ECOLOGICAL PROBLEMS

Mohzoda Bakhtiyorovna Khaydarova

Termez State University, Department of Geography

Javohir Bakhtiyor ugli Haydarov

teacher at the 63rd comprehensive school of Denau district

Hulkar Olimovna Togaynazarova

Termez State University, Department of Soil Science

ABSTRACT

This article discusses the global environmental problems facing people today and their causes, as well as solutions to these problems.

Keywords: Ozone layer, skylob, Greenhouse effect, Hydrosphere, Ozonosphere,

ocean.

KIRISH

Hozirgi kunda dunyoda sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o'zgarib ketdi. Bu tezkor o'zgarishlar natijasida dunyoda ya'ni insoniyatning oldida bir-qancha ekologik muammolar yuzaga keldi. Bunday ekologik muammolarni global deyilishiga sabab, bu ekologik muammolar sayyoramizda sodir bo'layotgan barcha jarayonlarga va tirik organizmlarning yashash sharoitiga o'z ta'sirini ko'rsatishidir.

Global ekologik muammolardan biri ozon qatlamining yemirilishidir. Ozon qatlami quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni tutib qoluvchi yer yuzasining qalqoni hisoblanadi. Ma'lumki ultrabinafsha nurlar yer yuzasidagi tirik organizmlarga

salbiy ta'sir ko'rsatadi. Insonlarda nurlanish oqibatida teri kuyishi va teri raki kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Donli ekinlar hosildorligiga jiddiy zarar yetkazadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XX asrning 50-yillaridan boshlab havoda Freon gazlarining (xlor, ftor, uglerod) miqdorining ortishi kuzatilmoqda. Bu esa 25 km uzoqlikdagi ozon qatlami (ozonosfera) ni yemira boshladi. Natijada "Ozon tuynugi" hosil bo'ldi. Ozon qatlami quyos h nurlari ta'sirida kislorod azod oksidi va boshqa gazlar ishtirokida ya'ni chaqmoq chaqishi momaqaldiroq, yashinlar natijasida hosil bo'ladi va to'planib boradi.

Hozirgi vaqtda Freon gazlaridan keng foydalanish, aviatsiya gazlari hamda atom bombalarini portlatilishi natijasida atmosferaga ko'p miqdorda zararli moddalar va tutunlar chiqarilmoqda. Bu esa ozon qatlamini to'planishiga imkon bermayapti.

Aviatsiya va raketa uchirilishi natijasida atmosferaga ko'p miqdorda alyuminiy oksidi chiqarilmoqda. Chiqarilgan alyuminiy oksidi oq kukun ko'rinishida bo'lib quyosh nurlarini yer yuzasiga tushushiga to'sqinlik qiladi va oqibatda quyosh nurlari qaytishi kuzatiladi.

Raketalar atmosferani ifloslab qolmay ko'p miqdorda kislorod sarflaydi va ozon qatlamiga ham ta'sir etadi.

AQSHning "skaylob" stansiyasining orbitaga chiqargan Saturn-5 raketasi ionosferada kengligi 1800 km "tuynuk" hosil qilib, u 1,5 soatdan so'ng to'lgan.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra bir vaqtning o'zida Saturn-5 ga o'xshash 125 ta raketa uchirilsa, yer yuzasini o'rab turgan ozon qatlamini yo'q qilib yuborishi, yer yuzasidagi barcha tirik organizmlar nobud bo'lishi mumkin. Bugungi kunda Antarktida va Avstraliyaning quyi hududlaridagi atmosfera havosida ozon tuynugi hosil bo'lib kengayib bormoqda. Bu holatni oldini olish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. 1981-yil 81-mamlakat olimlari mutaxasis va davlat arboblari qabul qilgan "Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi" va 2000-yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqarish mahsulotlarini kamaytirib borish tadbirlari belgilab berildi. Natijada so'ngi yillarda ozon tuynugining maydoni qisqarib bormoqda.

MUHOKAMA

"Issiqxona samarasi" Keyingi yillarda atmosfera tarkibida karbonat angidrid gazlarining ortishi natijasida issiqxona samarasi vujudga keldi. Bunga sabab sanoat korxonalarida yoqilg'i mahsulotlari ayniqsa, toshko'mirdan keng ishlatilishi, transport vositalarida yoqilg'ilardan foydalanilishi, o'rmonlarning kesilishi, o'rmon yong'inlaridir. Bular issiqxona samarasini jadallashuviga olib keldi. Ahvol shu tariqa davom etsa XXI asrga kelib yer yuzasi harorati 1,5-4,5 gradusga ortishi mumkin. Buning oqibatida iqlimning o'zgarishi, ayniqsa cho'llashish jarayoni kuchayadi. Tabiat

zonalari siljiydi, okean va dengizlar sathi ortadi. Muzliklar erishi va hajmi kamayishi kabi hodisalar ro'y beradi.

Chuchuk suv yetishmasligi muammosi. Suvning biosferada roli juda katta. U tiriklik va hayot manbai. Gidrosferada 1,5 mlrd kub kmdan ko'proq suv mavjud bo'lsada, shuning atigi 3% chuchuk suvlaridir. Chuchuk suv zahiralarining asosiy qismi qutbiy muzliklarda to'plangan. Jamiyat rivojlangani sari chuchuk suvga bo'lgan talab tobora ortib bormoqda. Gidrosferaning jami hajmining 3%ini tashkil etgan chuchuk suv iste'molida aholi, sanoat, qishloq xo'jaligi birlamchi rol o'ynaydi. Chuchuk suv yer yuzasi bo'ylab notekis taqsimlangan. Masalan Afrika aholisining 10%i muntazam chuchuk suv bilan ta'minlangan bo'lsa, Yevropada bu ko'rsatgich 95% ni tashkil etadi. Ayniqsa tropik Afrika mamlakatlarida toza ichimlik suv muammosi jiddiy muammo bo'lib turibdi.

NATIJA

Hozirgi kunda chuchuk suv yetishmasligi muammosi antropogen omillar ta'sirida yanada keskinlashib ketdi. Ba'zi sanoat, maishiy komunal xo'jalik va qishloq xo'jaligida foydalanilgan suvlar qayta ishlanmasdan daryolarga oqizilmoqda. Buning oqibatida daryo suvi ifloslaninishi bilan birgalikda turli yuqumli kasalliklar yuzaga kelmoqda. Reyn, Dunay, Sena, Tibr, Missisipi, Volga, Dnepr, Don, Dnestr, Nil, Ganga va boshqa daryolar juda ifloslanib ketgan daryolar hisoblanadi. Dunyo okeani ham ifloslanib bormoqda. Okean suvlari ayniqsa neft mahsulotlari bilan ifloslanmoqda. Dunyo okeanining 1/3 qismidan ortig'i neft pardasi bilan qoplangan. Neft pardasi bug'lanishni kamaytiradi, planktonlar rivojlanishi, okean bilan atmosfera o'zaro aloqalarini chegaralaydi. Neft bilan Atlantika okeani eng ko'p ifloslangan.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan ekologik muammolarning bari antropogen ya'ni inson omili bilan bog'liq. Xo'sh bir nima qilishimiz kerak? Qanday choralar ko'rishimiz zarur? Albatta inson tabiatni ifloslash bilan chegaralanib qolayotganligi yo'q. Uni bartaraf etish chora-tadbirlarini ham amalga oshirmoqda. Ko'pgina davlatlarda ekologik siyosat olib borilmoqda. Bizning davlatimizda ham atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam yaxlit qonunchilik bazasi yaratilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 50-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar". 55-moddasida - "Yer, yer osti boyliklari, suv o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur, ular davlat muhofazasidadir" deya ta'kidlangan.

Darhaqiqat, o'zimiz yashab tuгgan ona yemi asгab, tabiat in'om etgan ne'matlaráan oqilona foydalanish, nafas olayotgan atmosfera havosini musaffo saqlash har birimizning burchimizdir.

REFERENCES

1. A.Sattorov, Q.Allanov, B.Abdumo'minov Global iqlim o'zgaгishi, uning oqibatlari va unga moslashish. Termiz 2019.

2. www.water.gov.uz

3. www.xs.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.