Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY MUNOSABATLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH'

UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY MUNOSABATLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
93
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASASI / PEDAGOGIK JARAYON / INSON-INSON MUNOSABATLARI / INSON-TEXNIKA-INSON MUNOSABATLARI / INSON-KITOB-INSON MUNOSABATLARI / INSON-TABIAT-INSON MUNOSABATLARI / INSON-SAN’AT-INSON MUNOSABATLARI / SHAKLLANTIRISH / RIVOJLANTIRISH

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurqulov M.Sh., Shodmanov Q.O.

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish asosida o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION AND DEVELOPMENT OF STUDENTS' THINKING ON THE BASIS OF ORGANIZING THE PROCESSES OF EDUCATIONAL RELATIONS IN GENERAL SECONDARY EDUCATION INSTITUTIONS

This article deals with the formation and development of students' thinking on the basis of the organization of the processes of educational relations in educational institutions.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY MUNOSABATLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH»

Nurqulov M.Sh. guruhi 2-bosqich magistranti NamDU M-TMB-AU-21 Shodmanov Q. O.

Ta'lim menejmenti kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent

UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY MUNOSABATLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH ASOSIDA O'QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA

RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish asosida o'quvchilar tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Umumiy o'rta ta 'lim muassasasi, pedagogik jarayon, inson-inson munosabatlari, inson-texnika-inson munosabatlari, inson-kitob-inson munosabatlari, inson-tabiat-inson munosabatlari, inson-san 'at-inson munosabatlari, shakllantirish, rivojlantirish.

Nurqulov M.Sh. 2-nd graduate degree student Namangan state university M-TMB-AU-21 group Shodmanov Q.O., Ph.D. associate professor Head of the Department of Educational Management

FORMATION AND DEVELOPMENT OF STUDENTS' THINKING ON THE BASIS OF ORGANIZING THE PROCESSES OF EDUCATIONAL RELATIONS IN GENERAL SECONDARY EDUCATION

INSTITUTIONS

Annotation. This article deals with the formation and development of students' thinking on the basis of the organization of the processes of educational relations in educational institutions.

Keywords: General secondary educational institution, pedagogical process, relations man-man, man-book-man, man-technology-man, man-nature-man, man-art-man, formation, development.

Barkamol, etuk shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda ham muhim ijtimoiy talablardan biri bo'lib kelgan, ammo bugungi sifat o'zgarishlari ro'y berayotgan bir davrda bu masalaning dolzarbligi yanada kuchayib, unga bo'lgan talab ortib bormoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan yangiliklar, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xalqimizning yashash va mehnat qilish sharoitining yaxshilanishi, umuman olganda erishilgan moddiy va ma'naviy salohiyat erkinligi mamlakat mustaqilligining tuhfasi bo'lib, erkin mehnat qilish va yashash, mustaqil fikrlash, e'tiqod va so'z erkinligi, diniy bag'rikenglik, umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odatlarning hurmat qilinishi va qadrlanishi, kuchli ijtimoiy himoya hamda bularni huquqiy asoslarining yaratilishi yoshlarni mustaqillik, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyatini ob'ektiv baholashga o'rgatish yo'nalishida o'ziga xos vazifalar yuklaydi.

Bular o'z navbatida, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarda o'quvchilarni ko'proq erkin va mustaqil fikrlashga o'rgatish, ularning sub'ektivligini oshirish, mustaqil ta'lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil olgan ma'lumotlarini o'rganish asosida ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va ishonchli axborotlar bilan ta'minlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda axborotlar almashinuviga alohida e'tibor qaratish zaruriyatini belgilaydi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayonlarda yuqori samaradorlikka erishish uchun ta'lim-tarbiya jarayoni hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayonida o'quvchilarda ilm olishga bo'lgan ijobiy motivlarni shakllantirish, o'quvchilar uchun zaruriy, qulay shart-sharoitlar yaratuvchi ijodiy muhitni vujudga keltirish, tarbiyaviy jarayonlarning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini ta'minlash asosida tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishga tizimli yondashuvning ahamiyatini va o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kabi shartlarning bajarilishini ta'minlash zaruriyati hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan ekanligini ifodalaydi.

Tarbiyaviy munosabatlar inson shaxsini rivojlantirishga ma'lumot, mustaqil ta'lim olish va o'zini-o'zi tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi

Demak, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy munosabatlar jarayonida o'quvchilar o'rtasidagi hamda o'qituvchi bilan o'quvchilar o'rtasidaga o'zaro munosabatlar jarayonida vujudga keluvchi bevosita ta'sir jarayonini inobatga olish zarur bo'lib, bu bevosita ta'sir muloqot jarayonida yoki masofadan turib ham vujudga kelishi mumkinligi pedagogik jarayonlarda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

O'quvchilar tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda tarbiyaviy munosabatlarning asosiy shakllaridan biri bo'lgan inson-inson munosabatlarini hamda inson-inson munosabatlari jarayonida, xattoki muloqotsiz jarayonda ham o'zaro ta'sir mavjudligini inobatga olish va mazkur jarayonlarni to'g'ri tashkil etishga e'tiborni kuchaytirish zarur.

Tadqiqotchi olimlarning fikricha, inson bilan tabiatning o'zaro ta'sirini anglash va unga e'tibor qaratish shaxs ilmiy dunyoqarashining rivojlanish jarayoni bo'lib, bu jarayonda»inson-tabiat-inson" shaklidagi tarbiyaviy

munosabatlar namoyon bo'ladi va bunda tabiat qonuniyatlarining inson tomonidan o'zlashtirilishi, tabiat qonuniyatlariga oid ta'lim-tarbiya asosida tabiat yaxlitligi hamda atrof-muhitning inson tomonidan o'zgartirilishi haqidagi tasavvurlar shakllanadi.

Ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonida inson-san'at-inson shakli ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Inson-san'at-inson munosabatlarining o'ziga xos ahamiyati birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarida ham o'z ifodasini topgan:

"Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'tisiz erishib bo'lmaydi.

"Barchamizga ayonki, kuy-qo'shiqqa, san'atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak mubolag'a bo'lmaydi".

"Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo'lgan teatr san'ati xususida so'z borar ekan, buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiyning»Teatr - bu ibodatxonadur" deb aytgan fikrini eslash o'rinlidir"

Mazkur dalillar, o'quvchilarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda ularning san'atga bo'lgan qiziqishlarini inobatga olish va mazkur jarayonlarda san'atning barcha janr laridan ham foydalanish mumkinligini, ya'ni ularning san'atga bo'lgan qiziqishi tarbiyaviy jarayonlarda o'ziga xos ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi.

YUqoridagi tahlillardan ko'rinadiki, o'qituvchilar har doim o'quvchilarda mustaqillik tafakkurini shakllantirishga va rivojlantirishga ta'sir etadigan sub'ektiv hamda ob'ektiv omillarga e'tibor berishlari lozim.

Demak, o'quvchilar tafakkurini rivojlantirish turli shakllardagi pedagogik jarayonlarda amalga oshiriladi va mazkur jarayonlarda tarbiyaviy munosabatlar o'ziga xos ahamiyat kasb etadi, buning eng asosiy sababi o'quvchilar o'zaro bir -birini va atrofdagi odamlarning xatti-harakatini kuzatadi, fikrlaydi hamda ularning qilgan va qilayotgan ishlaridan xulosalar chiqaradi va mazkur jarayonda ularning tafakkuri shakllanadi va rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. YUksak ma'naviyat - engilmas kuch. - Toshkent: Ma'naviyat, 2008. - 140 b.

2. Djuraev R.X., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti: O'quv qo'llanma. -Toshkent: Voris, 2006. - 17-b.

3. Turg'unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. - Toshkent: Fan. - 2008. - 169 b.

4. Rahimov M., & Shodmanov Q. (2022). Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga asosiy yondashuv texnologiyalari. Eurasian Journal of Academic Research, 2(13), 1267-1271. izvlecheno ot https://www.in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/7932

5. Odilxanovich Sh.Q. et al. Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish //PEDAGOGS jurnali. - 2022. - T. 5. - №. 1. - S. 395-400.

6. Karimova U., & Shodmanov Q. (2023). Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida hamkorlikda boshqaruvni tashkil etishda rahbar xodimlarning funksional vazifalari. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 3(1 Part 2), 20-24. izvlecheno ot https://www.in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/9018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.