Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA FAOLIYAT YURITAYORGAN BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA FAOLIYAT YURITAYORGAN BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
54
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik mahorat / pedagogik faoliyat / o‘qituvchi / ijodiy mehnat / barkamol inson / bilim berish va tarbiyachilik mahorati.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Primova Rushana Boxodirovna

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayorgan biologiya fani o‘qituvchisining pedagogik mahorati va uni shakllantirish yo‘llari haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA FAOLIYAT YURITAYORGAN BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA FAOLIYAT YURITAYORGAN BIOLOGIYA FANI O'QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Primova Rushana Boxodirovna

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 24-maktabning bilogiya fani o'qituvchisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7491065

Annotatsiya: Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayorgan biologiya fani o'qituvchisining pedagogik mahorati va uni shakllantirish yo'llari haqida ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, o'qituvchi, ijodiy mehnat, barkamol inson, bilim berish va tarbiyachilik mahorati.

Pedagogik mahorat tug'ma talant yoki nasldan-naslga o'tadigan xususiyat emas, balki tinimsiz izlanish, ham ilmiy, ham amaliy shakldagi ijodiy mehnat mahsulidir. Bu ko'p qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o'qituvchilar uchun standart, ya'ni bir qolip shaklida qolib ketadigan ish usuli emas, balki u har bir o'qituvchining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.

Darhaqiqat yurtimiz kelajagi bo'lgan yoshlarni har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson qilib tarbiyalashda ularning ma'naviyat qirralari: iymon, e'tiqod, mehr, vatanparvarlik, do'stlik, insonga cheksiz muhabbat, muruvvatlilik, qanoatlilik, sabr-toqatlilik, sahiylik, milliy g'urur kabi fazilatlarni shakllantirish juda muhimdir. Bu mislsiz tengi yo'q ishda pedagoglarning, tarbiyachilarning, ta'lim sohasida mas'ul xodimlarning xizmati benihoya kattadir.

Bu vazifalarni amalga oshirishda pedagogik faoliyat va pedagogik mahoratning o'rni beqiyos bo'lib, pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari, o'qituvchilik faoliyati, shuningdek pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlarini bo'lajak o'qituvchilarda shakllantirishni taqozo etadi. O'qituvchining bilim berish va tarbiyachilik mahorati yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga qaratilgan pedagogik jarayonning ta'sirchanligi va samaradorligini oshiradi.

Ilg'or o'qituvchilarning ikki xil qiziqishlari bo'ladi:

1. O'z sohasini, ya'ni o'z predmetini chuqur bilishi va bilimga intilishi. Psixologiya va pedagogika fanining eng yangi yutuqlarini egallash;

2. Bolalar bilan muloqot ehtiyoji.

Bu ikkala qiziqish ham o'zaro juda yaqindan bog'liq bo'lib, agar o'qituvchi o'z sohasini bilsa-yu, o'quvchilarni yoqtirmasa va muloqot ehtiyoji bo'lmasa, bunday

o'qituvchining maktabda ishlashi qiyin bo'ladi.

Shuningdek, o'qituvchi bolalar va yoshlar psixologiyasini va pedagogikasini yetarli darajada bilishi shart. Demak, o'qituvchi kasbi uchun zarur bo'lgan bilim va tajribalardan tashqari, pedagogik vazifa va pedagogik vaziyatni hal etishga urinish mumkin bo'lgan pedagogik vositalardan samarali foydalana olishi hamda unda pedagogik vazifa va vaziyatni chuqur hal etish uchun har tomonlama mustahkam bilimga ega bo'lishi talab qilinadi. Ayniqsa, o'qituvchi o'zi berayotgan bilimlarni jonli, obrazli qilib berish qobiliyatini chiqur egallagan bo'lishi kerak. Pedagogik mahoratning yordamchi tarkibiy qismlari: Nutq malakalari

Tushunarli ta'sirchan fikr va his-tuyg'ularni so'zda aniq ifodalash

Mimika va pantomimika

Ma'noli qarash

Hissiy psixik holat

Kayfiyat yoki istehzoli tabassum

Savodli gapirish

Aniq imo-ishora

Rag'batlantiruvchi munosabat

Ijodiy jiddiylik.

Shuningdek, o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, yosh bosqichlarini, oilaviy sharoitlarini, intellektual qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida rivojlanishlari o'qituvchi pedagogik mahoratining ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Demak, pedagog har tomonlama rivojlantirishga yo'naltira oluvchi shaxsdir.

Albatta, quruq axborotlar hyech kimni qiziqtirmaydi. Shuning uchun ham o'qituvchi o'z darsini qiziqarli o'tishga, materialni his-tuyg'u bilan berish uchun ovozidan, yuz qiyofasidan, xatti-harakatlaridan foydalanadi hamda darsning ta'sirchanligini oshirishga harakat qiladi. O'quvchilarda ijobiy his-tuyg'u uyg'otgan axborot mustahkam bo'ladi. Psixologiya fanida ko'pincha his-tuyg'uni, axloqiy, intellektual, mehnat va estetik his-tuyg'ular farqlanib, ularni chaqiruvchi omillar bo'yicha turlarga ajratadilar.

O'quv tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib faoliyatning yuksak darajada baholanishi va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan pedagog topilmasa kerak. Bunga erishishni ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh, biologiya fani o'qituvchisining pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi maktablarda «Pedagogik mahorat» tushunchasi turlicha izohlarga duch kelamiz.

Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq. Aniqroq ta'rifini «Pedagogik

ensiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g'ri yoritadi. «Pedagogik mahorat -bu tarbiya va o'qitishni yuqori darajaga erishishi va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, o'quvchiga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan har bir pedagogning qiladigan ishidir.

Bilogiya fani o'qituvchilar o'qitish metodlarini tanlashga alohida e'tibor beradilar. O'quvchilar frontal, differensiyalashgan va yakka tartibdagi faoliyatlarining umumiy jihatlari ko'proq bo'lsada, ularni tashkil etish o'qituvchidan o'ziga xos ijodiy yondoshishni talab qiladi. O'quvchilik faoliyati ob'yektning tarkibi va o'ziga xosligi, uning har bir aniq vaziyatga ijodiy yondoshishini taqozo qiladi. Agar o'quvchiga butun sinf, guruh va alohida shaxsga nisbatan bir xil metod bilan ta'sir ko'rsatilsa, unda tarbiya ham, ijodiy yondoshish ham barbod bo'ladi.

Ayrim hollarda o'qishga qiziqtiruvchi metodlarga, boshqa hollarda esa burch va javobgarlikni his etishni rag'batlantiruvchi metodlarga ko'proq e'tibor berish tavsiya etiladi. Tajribali o'qituvchilar o'tilayotgan mavzuning xalq xo'jaligi masalalarini hal etishdagi ahamiyatiga oid qiziqarli misollar keltiradilar, didaktik o'yinlardan, o'quvchilar faolligini rag'batlantiruvchi turli usullardan foydalanadilar. Lekin o'quvchi faoliyatida hamma narsani ravshan va qiziqarli holda tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham o'qituvchi o'quvchilarda paydo bo'ladigan qiyinchiliklarni yengish uchun o'zida iroda va qat'iylikni ham tarkib topshirishi zarur.

Biologiya fani pedagoglari ma'ruza, seminar, munozara, anjuman, o'quv sayohati, o'quvchi-maslahatchilar yordamida mustaqil dars, ko'rik-tanlov, amaliy mashg'ulotlar, ekskursiya kabi dars turlaridan foydalanishga alohida e'tibor beradilar.

O'qituvchining mohirligi yuqorida qayd qilingan noan'anaviy dars turlarini o'tish texnikasining egallashida namoyon bo'ladi. O'quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ma'ruza darslarining ahamiyati kattadir. Tajribaning ko'rsatishicha, ma'ruzani boshlashdan oldin bu materialni o'rganishdan ko'zlangan aniq maqsadni ta'kidlash lozim. So'ngra bilimlarni egallash g'oyasini isbotlash, oqilona harakat usullarini tanlash prinsiplarni ko'rsatish zarur. Shundan so'ngina mavzuning mohiyati ochib beriladi.

O'z ishiga ijodiy yondoshadigan o'qituvchilar ma'ruza davomida dialog, savol-javob, qaytarish, ziddiyatli vaziyatlar, o'xshatishlar va boshqa faoliyat turlaridan unumli foydalanadilar.

O'quvchilarda yangi bilimlarni va qonuniyatlarni kashf etish bilan bog'liq bulgan aqliy faoliyatni rivojlantirish uchun seminar darslari muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg'or o'qituvchilar tajribalarida ta'kidlanganidek, seminar darsda eng qoloq o'quvchi ham boshqa turdagi darsda uddalay olmaydigan miqdordagi aqliy ish bajarar ekan. Mashg'ulotlar odatdagidan tashqari noan'anaviy usullarda olib boriladi. Ba'zan u munozara yoki suhbat shaklida bulishi mumkin. Lekin o'quv materiali aniq

va ishonarli qilib bayon etiladi.

Bilogiya o'qituvchilari ish tajribasida munozara darslari ham muhim o'rin egallab kelmoqda. O'qituvchilarning ta'kidlashlaricha, munozara darslarni o'tish juda katta mohirlikni talab etadi. Bunda eng avvalo o'quvchilar fikrlarini taqqoslash va ularning fikrlaridagi qarama-qarshiliklarni aniqlash muhimdir. Lekin darsning bu turini har doim qo'llash maqsadga muvofiq emas, chunki birinchidan, hamma mavzular ham munozarabop emas, ikkinchidan munozaraga tayyorgarlik ko'rish o'qituvchidan juda ko'p vaqt talab qiladi.

Tabiat qo'ynida yoki ishlab chiqarish sharoitida o'tiladigan darslar ham o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishlarining ortishida muhim rol o'ynaydi.

Muammoli o'qitishda bilogiya o'qituvchilarning tajribasiz o'qituvchidan tubdan farq qiluvchi tomonlari quyidagilardan iborat: tajribasi bo'lmagan o'qituvchilar darsda o'quvchilarga asosan bilimlarni tayyor holda beradilar. Bunday o'qituvchilar darsda ko'proq o'quv materialini o'quvchiga tushuntirishga yoki darslikdan o'quvchilarni yod oldirishga harakat qiladilar. Ba'zi o'qituvchilar esa "hammabop" kombinasiyalashgan darsga o'ta berilib ketadilar va bir xil andoza bo'yicha ishlaydilar. Albatta, bu o'qitishdagi muammoni izlab topish muammoli vaziyatlar yaratishdan oson. Ba'zi o'qituvchilar esa rivojlantiruvchi ta'lim mohiyatini to'la-to'kis tushunib yeta olmaydilar. Ular yetarli daraja didaktik va umumpedagogik ma'lumotlarga ega emaslar. Natijada muammoli o'qitishni joriy etishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar.

Xulosa shuki, biologiya fani o'qituvchilari bilimlarni o'zlashtirishning barcha bosqichlarida muammoli vaziyat yaratishga erishadilar. Ular o'quvchilarning tabiat qonunlarni, son-sanoqsiz raqamlar va ismlarni, yuzlab qoida va ta'riflarni soxta yod olishlarini, ularning xotiralarini hayotda kerak bo'lmaydigan narsalar bilan to'ldirib band qilishini qoralaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari pedagogika jurnali, Toshkent 2019 y

2. Biologiya fani o'qituvchisining pedagogik mahorat. Ma'ruzalar matni.

3. WWW. arxiv. uz

4. www. Ziyonet. com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.