Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK FANIDAN FAN TO‘GARAKLARINI TASHIL ETISH METODIKASI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK FANIDAN FAN TO‘GARAKLARINI TASHIL ETISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
120
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
To‘garak / o‘quvchi / o‘qituvchi / ustoz / ekskursiya / suhbat / iqtidorli o’quvchilar / individual. / Circle / student / teacher / mentor / excursion / conversation / gifted students / personality.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Malikov K.G.

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanidan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi bo’yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETHODS OF CONDUCTING SUBJECT DRAWING CIRCLES IN SECONDARY SCHOOLS

This article gives recommendations on the methodology for organizing drawing classes in secondary schools.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK FANIDAN FAN TO‘GARAKLARINI TASHIL ETISH METODIKASI»

Malikov Kozim Gafurovich. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika

universiteti dotsenti, PhD

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik fanidan to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar

To'garak, o'quvchi, o'qituvchi, ustoz, ekskursiya, suhbat, iqtidorli o'quvchilar, individual.

МЕТОДИКА ПРОВЕДЕНИЯ ПРЕДМЕТНЫХ КРУЖКОВ ПО ЧЕРЧЕНИЮ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Маликов Козим Гафурович. Ташкентский государственный педагогический университет им. Низами, PhD, доцент

Аннотация

В данной статье даны рекомендaция по методике организaция занятий черчением в общеобразовательных школах.

Ключевые слова Кружок, ученик, учитель, наставник, экскурсия, беседа, одаренные ученики, личность.

METHODS OF CONDUCTING SUBJECT DRAWING CIRCLES IN

SECONDARY SCHOOLS Malikov Kozim Gafurovich. Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, PhD, Associate Professor

Annotation

This article gives recommendations on the methodology for organizing drawing classes in secondary schools.

Keywords

Circle, student, teacher, mentor, excursion, conversation, gifted students, personality.

Ma'lumki jamiyat

rivojlanishining har bir bosqichida ta'lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo'ladi. Ta'lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos ravishda o'zgarib turadi. Ta'lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi va u o'zining boshlang'ich davrida amaliy ahamiyat kasb etgan, ya'ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo'lgan talabini qondirgan.

Mamlakatimizda texnologik ta'lim samaradorligini oshirish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib borilib, ta'lim mazmunini loyihalash, kasbiy grafik kompetensiyalarni tuzilmalarga ajratish, o'qitishning yangi metodik modellarini yaratish va ularni ta'lim amaliyotida qo'llashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim mazmunini modernizasiyalash sharoitida

bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilaridan kasbiy grafik bilim, ko'nikma va malakalarni egallash va ularni texnologik ta'lim jarayonida qo'llash talab etiladi. O'zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bunda bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy grafik kompetentlikni rivojlantirish

metodikasini takomillashtirish hamda kasbiy grafik faoliyatning reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarini puxta egallashlari uchun barcha didaktik imkoniyatlarni ta'minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi1.

Umumta'lim maktablarida o'quvchilarga ta'lim berishning zamonaviy innovatsion usullarini joriy etish O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotikeyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan industrial-texnologik lokomativlari qatoriga kirishi, ya'ni 2030- yilga kelib iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo'yicha jahonda etakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin

1 Y36eKHCTOH Pecny6mKacu npe3HgeHTHHHHr 2017 ftm 7 ^eBpangara n®-4947-coHm "Y36eKHCTOH PecnyönHKacHHH «Haga pHBoraarnupHrn 6yftHHa

X,apaKamap crpaTeraacH TyrpHCHga"ra OapMOHH.// Y36eKHCTOH Pecny6mKacu ^OHyH xyxxarnapu TynnaMH. -T.: 2017. -E.39.

yaratishda muhim shartlardan biridir. Bu esa sanoatning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg'or texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali zavodlar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Xalqimizda "Ta'lim va tarbiya -beshikdan boshlanadi", degan hikmatli so'z bor. Faqat ma'rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga etaklaydi. Shu sababli mamlakatimizda ta'lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi prinsipiga asoslangan, bola tug'ilganidan boshlab, 30 yoshgacha davrda uni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o'rin topishi uchun ko'mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratishga e'tibor qaratilmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda ta'limning to'liq sikliga investitsiya kiritishga, ya'ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta ahamiyat beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko'rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e'tiborni kuchaytirishimiz,

buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart.2

Bugungi kunda umumta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o'quvchilarda sanoati rivojlangaan mamlakatda ta'lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylandi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida chizmachilik fanini o'qitishning nazariy tizimlarini, asosiy tamoyillarini, dolzarb masalalarini, uning echimlarini, maqsad va vazifalarini hamda ta'lim muassasalarida mazkur fanni o'qitishning asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi, jumladan:

- umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilayotgan chizmachilik fanini o'qitishda uning ta'lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash;

- umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;

- o'quvchilarda mehnatsevar-lik, tejamkorlik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik sifatlarini tarkib toptirish;

- o'quvchilarda mustaqil, ijodiy va innovatsion fikrlashni shakllantirish, o'z-o'zini rivojlanti-rish qobiliyatlarini tarkib toptirish bo'yicha birqancha masalalarni o'z

2 Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T., 2022 yil, "O'zbekiston" nashriyoti. 211- bet.

ichiga olgan holda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida chizmachilik fanida to'garaklarni tashkil qilishda, to'garak nizomini to'g'ri ishlab chiqish orqali iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashni tashkil qilish orqali fan olimpiada turli tanlovlarda ishtirok etish bo'yicha nizomlarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Xalq ta'limi Vazirligining 2011 yil 4 iyuldagi "Maktablarda tashkil etiladigan to'garaklar o'quv dasturlarini tasdiqlash

to'g'risida"gz 143-sonli buyrug'iga asosan to'garaklar fan o'qituvchilari tomonidan 1 stavka ish yuklamasi uchun haftasiga 2 soat (1 soat "Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar" uchun, 1 soat "Iqtidorli o'quvchilar" uchun) o'tilishi belgilab qo'yilgan. Shuningdek, Xalq ta'limi vazirining 2017 yil 1

dekabrdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya

natijadorligini ta'minlashda xalq ta'limi boshqaruv idoralari va ta'lim muassasalari rahbarlari mas'uliyatini oshirish to'g'risida"gz 367-

sonli buyrug'ining 7 bandida ham barcha fan o'qituvchilari tomonidan (pedagogik yuklamasiga muvofiq o'quvchilar bilan individual ishlash hisobidan) haftasiga 2 marotaba 2 soatdan fan to'garaklari o'tilishi lozimligi ko'rsatib o'tilgan.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida xar bir fanning to'garaklari mavjud bo'lib, chizmachilik fanidan ham to'garak mashg'ulotlari tashkil etilgan va shu tariqa xar bir fanning o'z tuzilmasi

bo'lib faninng hayoti tadbig'lari asosida nizomini ishlab chiqish, chizmachilik to'garagida nizomiga quydagilarni keltirish mumkin, hamma fanlar kabi umumiy qoidalar, chizmachilik to'garagining asosiy maqsad va vazifalari, to'garaga a'zolik va to'garak a'zolarining huquq va burchlari, tashkil etish va rahbarlik qilish va natijali asosida bo'lish kabi ishlarni o'z ichiga olish kerak.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik fanida to'garakning maqsadi dars mashg'ulotlarda o'quvchilarni ta'lim yo'nalish va mutaxassisligi bo'yicha o'rgatish, dizayn tamoyillarini o'z loyihalarida to'g'ri qo'llay bilishi hamada o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini unumli va mazmunli o'tkazishlariga, kasbiy faoliyatga yo'llashga, aqliy hamda ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg'ul bo'lishlariga o'z mehnatlari samarasidan bahramand bo'lishlariga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga Chizmachilik fanining to'garagining asosiy vazifasi o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini to'g'ri tashkil qilish, o'quvchilarni kasbiy fanlarini o'rganishga qiziqishlarni oshirishdan iborat.

Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarda chizmachilik fani to'garalarida nizom asosida 20 tadan ortiq o'quvchi faoliyat yuritadi, (agar o'quvchi soni 30 nafardan oshsa u holda 2 guruhga bo'lib boshqa bir kun yoki shu kuni boshqa soat belgilanadi) ular o'zlarining ilmiy mahoratini ilmiy izlanishlar orqali yanada shakllantirib boradi. Ba'zi bir _fan o'qituvchilari

to'garak mashg'ulotlarni darsdan tashqari mash^u^^ bilan aralashtirib yuboradilaT, daгsdan tashqaгi qilinadigan ish^ daгs гeja asosida, ya'ni maktab daгsligi asosida daгsga qaгatilgan bo'lib, bunda sinfdagi baгcha o'quvchilaг bevosita ishtirak etadilaг.3

To'garak mashg'ulotlardan asosiy maqsadi, maktabdagi fani гeja va darelikdan tashqaгi o'quvchilaгga qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalaг beгish, ulaming fanga bo'lgan qiziqisЫaгini oгttiгish, olingan bilimlami hayotga tadbiq qila bilishga yoráam beгishdan iboгat. To'garak uyushtiriladigan ishlarda ko'гiladigan masalalaгdan yana bin o'quvchilaming ilmiy dunyo qaгasЫaгini shakllantirish bo'lsa, ikkinchi tomondan kasb tanlashga yo'llashdan iboгatdiг.

Chizmachilik fanlaгidan tashkil qilinadigan to'garak mashg'ulotlari o'quvchilaming fan asoslarini o'гganishga bo'lgan qiziqisЫaгini ortiris-hi,^ qo'shimcha' adabiyotlaг, fanga oid internet ma'lumotlaridan foydalana olish ko'nikmasini o'stiгishi, mustaqil bilim olish ko'nikmasini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi, o'quvchilami ilmiy ijodiy ishto bilan yaqindan tanishtiгishi, kuzatish va tajгibalaг o'tkazishga o'гgatishi, mustaqil ravishda tuгli xil modellami lohalashi

3 O'zbekiston milliy entsiklopediyasining. 112. -T.: (O'zbekiston milliy entsiklopediyasi),

davlat nashriyoti 2000-2006.

hamda maketlarni yasay olishiga undaydi.4.

Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida xar bir yoshning sanoat korxonalarida va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida faol, ijodiy ishtirok etishi uchun fan va texnika yuzasidan mukammal bilimga ega bo'lishi talab qilinmoqda. Chunki har bir yosh o'zi egallagan kasblarning mohir ustasi bo'lmog'i shu kun talabidir.

Ta'lim sohasida yuqori kasbiy mahoratga ega bo'lgan pedagog ham dars jarayonida o'quvchilarni fan sohalarida erishilgan hamma yutuqlaridan xabardor qilish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi rivojlanish davrida fan-texnika ko'pgina tarmoqlari hamda ma'lumotlarining hajmi juda kengayib ketdi. Shuning uchun o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlari orqali to'garak mashg'uloti jarayonlarida qiziqishini oshirish bevosita rivojlantirish bilan birga, ularning yoshini hisobga olgan holda mustaqil ravishda qo'shimcha adabiyotlar, metodik tavsiya, ko'rgazma, ekskursiya, fan etakchi olimlari bilan uchrashuvlar o'tkazish hamda turli tanlovlarga tavsiya etishi lozim. To'garak rahbari to'garak jarayonida o'quvchilarga chizmachilik fani o'rgatish emas balki kasbiy yo'nalishlar bilan bog'lagan holda

4 Murodov Sh.K. Urishyev A., Tashimov N.E. Qiziqarli geometrik yasashlar haqida//Jayhun. 2010-yil, 2-son.

umumiy yo'nalishlar ham berib boradi. To'garak ishlarini tashkil etishda o'qituvchi o'quvchi sharoitini hisobga olish muhimdir. Masalan, qishloq maktablarida qishloq xo'jaligi texnikalariga va texnikaviy yo'nalishdagi kasb-hunar maktablari, umumta'lim maktablari sharoitini hisobga olib tashkil etilgan to'garak mashg'ulotlarining tashkil etilishi ijobiy natijalar beradi. Bunda o'quvchilarda kuzatuvchanlik,

olingan natijalarni taqqoslash va tahlil qilish, xulosalar chiqarish, amaliy ko'nikma va malakalar hosil qilish xususiyatlari shakllana boradi.

To'garaklarni olib borishda chizmachilik to'garagi oldiga qo'yiladigan talablar va bilish kerak bo'lgan hamda to'garak har bir a'zosi konstruksiyalash borasida nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar, fazoviy jismlarning geometrik tasavvuridan uning planimetrik tasviri (tekis chizmasi)ga o'tish va fazoviy jism elementlarining o'zaro munosabat-larini uning planimetrik tasviridan qayta fazoviy holatiga ko'chirib o'tish qonuniyatlarini tadqiq qilish, model, detal va buyumlarning ishchi chizmalarini tuzish va o'qish qonuniyatlari mazmun va mohiyatini chuqur idrok etishi kerak. Shuningdek, fan mavzularini bilishi, grafika fanlari tarixi va rivojlanishi jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, kelajakda o'zlarining texnik fikrlarini chizma orqali namoyon qilish, tasvirlangan har qanday buyum, yoki obyektlarning chizmasi bo'yicha ishlash jarayoni va

konstruktiv tuzilishini tushunib olish va tasavvur qila olishga o'rgatish vazifalarini bajarishga oid nazariy bilim va ko'nikmalariga ega bo'lishi, o'quvchilar konstruksiyalash, loyiha-lash elementlari haqida umumiy tushuncha oladi hamda amaliyotda tadbiq qilishda individual va jamoaviy yondoshuv asosida malakalariga ega bo'lishadi.

To'garak ishlarda faqat bilim berishga berilib ketmasdan, ishning tarbiyaviy tomoniga jiddiy e'tibor berish lozimki, bu hol hozirgi sharoitda ayniqsa muhim. Shuningdek, o'quvchilarimiz mamla-katimiz davlat ramzlari, tinchligi, osoyishtaligi, haqidagi bilimlarga ham ega bo'lishi lozim.

To'garak mushg'ulotlarida yoshlar turli-tuman kasb-hunarga oid amaliy ishlarni bajarishadi. Masalan, ko'rgazmalar tayyorlashi mumkin. To'garak olib boriladigan mashg'ulotlar asosan 4 turga bo'linadi 1-jadval:

1. Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg'ulotlar.

2. O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar.

3. O'quvchilar bilan jamoviy tartibda olib boriladigan mashg'ulotlar.

4. Iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashni tashkil qilish.

Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan to'garak mashg'ulotlarda zamaonaviy

innovatsion texnologiyalar qo'llashi, kreativlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida ko'rgazmali plakat, modellar yasash, kuzatish va

tarjribalar o'tkazish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan to'garak ishlarda to'garak mashg'ulotlari, plakatlar, ekskursi-yalar uyushtirish, model, maketlar kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.

Ommaviy mashg'ulotlarga sinf o'quvchilari qatnashishlari mumkin. Bunday mashg'ulotlarda «Chizma-chilik kuni» kabi kechalar, olimpiada, tanlovlar, fan soxa vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazish, ekskursiya

materiallariga asoslangan

ko'rgazmalar tashkil etish kabi bir qancha o'quvchilar zexnini o'stirish kabi grafik topshiriqlar berish m,aqsadga muvofiqdir. Demak, umumiy o'rta-ta'lim maktablarida tashkil etiladigan to'garak ishlarini yuqorida bayon etilgan shaklda olib borishda ishning mazmuniga qarab turli usullardan foydalaniladi

1-jadval

Vaholanki, bajariladigan ishning mazmuni, shakli va qo'llaniladigan metodlari bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya ishlarining bir butun holda olib borishini ta'minlaydi.

Adabiyotlar

1. E.Ro'ziyev, A.Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. -T. "Yangi asr avlodi" nashriyoti., 2010.

64-68 betlar.

http: //www. newj ournal .org/index.ph p/0 l/issue/view/84

Xalimov Moxir Karimovich, Mashrabboyev Hayotillo Numon-jonovich. Increasing Activity By Students Creativity in Drawing Classes. Eurasian Scientific Herald, www.geniusjournals.org, Volume 7. Страницы: 153-159, https://

geniusj ournal s. org/index.php/e sh/arti cle/view/1086

5. Xalimov Moxir Karimovich, Maxmudova Fotima Shamsiddinov-na. Qiziqarli topshiriqlar orqali talabalarda chizma bajarishning dastlabki tushunchalarini shakllan-tirish. Образование и наука в XXI века Выпуск №18 (том3) (сентябрь, 2021), 1347-1353.

6. Xalimov Moxir Karimovich. hizma geometriya va muhandislik rafikasi fanida modulli kompeten-

siyaviy yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish. University 4.0: Digital technologies and modern trends in the educational progress. Yangi ASR universiteti, 2023-yil 18-mart. 482484 betlar.

7. Kozim Gafurovich Malikov. Theory and practice of construction of axonomertic projects. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 8 No. 9, 2020 ISSN 2056-5852.

8. Kozim Gafurovich Malikov. Axonometry New Practical raphical ethods For Determining System Parameters. Psychology and Education Journal, 2021, 58, 2, 57105718

2. I.Rahmonov. Chizmalarni chizish va o'qish. -T. «O'qituvchi» nashriyoti., 1992.

3. Xalimov Moxir Karimovich, Qo'ziyev Otabek Esonovich, Esonova Ozoda Otabek qizi. Maktab chizmachilik dars samaradorligini oshirishda o'quv doskasidan foydalanish metodikasi. Vol. 13 No. 4 (2023): Образование наука и инновatsiонные идеи в мире | Выпуск журнала № 13 | Часть-4,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.