Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA‘LIM MAKTABLARI VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA TASVIRIY SAN‘AT, MUHANDISLIK GRAFIKASI VA AMALIY SAN‘AT MASHG’ULOTLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH'

UMUMIY O’RTA TA‘LIM MAKTABLARI VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA TASVIRIY SAN‘AT, MUHANDISLIK GRAFIKASI VA AMALIY SAN‘AT MASHG’ULOTLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
38
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
texnologiya / rangtasvir / qalamtasvir / amaliy san’at natyurmort / metodika / metadologiya / o’qitishning interaktiv metodlari / didaktika / o’quv-metodik majmualar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — X.Soliyev

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablari va kasb-hunar maktablari va kasb hunar kollejlarida tasviriy san’at, muxandislik grafikasi va amaliy san’at mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida o’qitish orqali o’quvchilarni o’zidagi mustaqil fikr asosida ijodiy izlanishga o’rgatish va amaliyotga joriy etish, internet va axborot resurs markazi manbalaridan unumli foydalanish haqidagi vazifalar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA‘LIM MAKTABLARI VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA TASVIRIY SAN‘AT, MUHANDISLIK GRAFIKASI VA AMALIY SAN‘AT MASHG’ULOTLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARI VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA TASVIRIY SAN'AT, MUHANDISLIK GRAFIKASI VA AMALIY SAN'AT MASHG'ULOTLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH

X.Soliyev NamDU

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablari va kasb-hunar maktablari va kasb - hunar kollejlarida tasviriy san'at, muxandislik grafikasi va amaliy san'at mashg'ulotlarini zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida o'qitish orqali o'quvchilarni o'zidagi mustaqil fikr asosida ijodiy izlanishga o'rgatish va amaliyotga joriy etish, internet va axborot resurs markazi manbalaridan unumli foydalanish haqidagi vazifalar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: texnologiya, rangtasvir, qalamtasvir, amaliy san'at natyurmort, metodika , metadologiya, o'qitishning interaktiv metodlari, didaktika, o'quv-metodik majmualar

TEACHING OF FINE ARTS, ENGINEERING GRAPHICS AND APPLIED ARTS COURSES IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS AND VOCATIONAL COLLEGES ON THE BASIS OF MODERN PEDAGOGICAL

TECHNOLOGIES

H.Soliyev NamSU

Abstract: In this article, by teaching visual art, engineering graphics and applied art classes in general secondary schools and vocational schools and vocational colleges based on modern pedagogical technologies, students become independent. the tasks of training and implementation of creative research on the basis of opinion, effective use of Internet and information resource center resources are described.

Keywords: technology, painting, pencil drawing, applied art still life, methodology, methodology, interactive methods of teaching, didactics, educational-methodical complexes

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning maqsadi qisqa vaqt davomida o'quvchilarning u yoki bu fanlardan layoqatlari hamda imkoniyatlarini hisobga olgan

holda chuqur bilim berish va tegishli malakalarni egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdan iboratdir.

Mazkur texnologiya ta'lim jarayonini, kasb-hunar kollej o'quvchilarni nazarda tutadi va har bir o'quvchini dinamik rivojini ta'minlaydi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish zaruriyati esa quyidagi muhim omillar bilan belgilanadi;

- O'quvchilarni nazariy bilim egallashlari lozim bo'lgan amaliy malakalari zamonaviy talablar asosida yangi yutuqlarini kengayib borayotganligi;

- Jahonda pedagogika va ta'lim tizimida olish darajasining oshib borayotganligi hamda o'quvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo'yilayotgan talablar;

- Hozirgi o'quv rejalarida ta'lim mazmuniga ajratilgan vaqtda dastur talablariga yarasha yoshlarga chuqur bilim va malakalar berish ancha mushkul. Mazkur muammoni yechishda esa zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash samarali tasir ko'rsatadi.

Shunday ekan, pedagog o'quvchilarni mustaqil kitob o'qishlari va ijodiy ishlarni mustaqil qoralama va ranglavhalar bajarishni qo'llash kerak bo'ladi.

Kasb-hunar kollejining rangtasvir, qalamtasvir,tasviriy san'at umumiy tarixi darslarida pedagogik texnologiyani qo'llash jarayonida quyidagi jihatlarni e'tiborga olish kerak:

•Fanlarning o'qitishni samarali tashkil etish va doimo boyitib borish, yangilab turish o'quvchilar bilim va malakalarini to'xtovsiz tahlil qilib turish.

•Mavjud pedagogik jarayonlar bilan solishtirish, ta'lim oluvchilarning faoliyatlarini doimiy nazorat qilish va baholab borish.

Zamonaviy pedagogik texnologiyani muhim xususiyatlaridan biri bu ta'lim oluvchilarni o'qish emas, ularni mustaqil bilim va malakalarni egallashga yo'naltirishdir. Bunda o'quvchining asosiy vazifasi o'quvchilarni mustaqil ishlarga rahbarlik qilishdan iborat bo'ladi. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi esa ko'proq o'quvchilarni tegishli o'quv-metodik majmualar bilan ta'minlanganligi bilan ham bog'liqdir.

Mazkur texnologiyani asosiy jitatlardan yana biri bu o'quvchilarni pedagogik texnologiya nazariyasi va uni amaliyotga qo'llashni puxta o'zlashtirib olishlari hisoblanadi.Pedagogik texnologiyaning samaradorligi ko'p jihatdan badiiy ta'lim jarayonida ustozning shogirdlari bilan hamkorlikda ishlash va ularning faoliyatini oshirishga bog'liqdir. Shuning bilan birga ta'lim oluvchilarning tasviriy san'at fanlaridan o'quv metodik majmualar materiallarini hosil qila olishga ham aloqadordir.

Tasviriy san'at mashg'ulotlarini o'qishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchidagi ma'naviy-axloqiy qarashlari va uning ijtimoiy hayotga bo'lgan munosabatini uyg'unlashtiradi. Tasviriy san'at va boshqa ijtimoiy fanlarni

o'qish jarayonida insonparvarlik, vatanparvarlik kabi yuksak tuyg'ular yanada mustahkamlashib barqaror tus oladi. O'quvchi o'zidagi mustaqil fikr asosida ijodiy izlanish, o'rganish, internet va axborot resurs markazi manbalaridan unumli foydalanishga harakat qiladi. Bu harakatlar o'quvchidagi ijtimoiy faollikning mazmunini belgilaydi.

O'quvchi tasviriy san'atda o'z o'rnini topish va kasb-hunar kollejdagi o'qishdan keyin kelajakda ushbu kasbni davom ettirib oliy o'quv yurtiga kirib ta'lim olish orzu -istaklari ortadi. Chunki, u kasb-hunar kollejining tasviriy san'at darslarida olgan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirib, o'zini kelajakda rassom bo'lish orzusida hamda yuksak darajadagi san'at asarlari yaratishni yanada chuqurroq xis etishiga olib keladi.

Tasviriy san'atda o'quv jarayonini texnologiyalashtirish haqida gaplashilganda, avvalo, pedagogik texnologiyalarning o'qitish usullariga bog'langanini misol qilib ko'rsatish mumkin.

Pedagogik texnologiyani tashkil etish tarkibiy bo'laklarini tashkil etuvchi tushincha modul bo'ladi. Bu tarkibiy bo'laklari, yangi modullar, kichik bo'laklardan iborat bo'ladi.

Kompyuter va axborot texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari va metodlari haqida ma'lumotlarni o'zlashtirishlari bilan belgilanadi. Amaliy san'at darslarida kompyuterdan foydalanish o'qitish texnologiyasidan foydalanish yo'llarini o'rganish bilan hamkorlikda o'qitish texnologiyasi foydali va ko'proq narsalarni o'rgatadi. Amaliy san'at o'qituvchisining tayyorgarligi bilan bu masalalar bog'liq o'zlashtiriladi. O'quvchining bilish faoliyatini tashkil etish ham shunga xizmat qiladi. Chunki ta'lim va tarbiyaning mohiyatini quyidagi didaktik sistemasidagi prinsplar ochib beradi. Ta'lim-tarbiyada o'quvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda mutaxassislik maqsadga intilish, yosh avlodni mustaqillik ta'limotlari ko'rsatmalari asosida har tomonlama ma'lumotlar oladilar.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati haqida tushunchalar berish, mazkur pedagogik texnologiyalarni nazariy asoslari bilan tanishtirish, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi asoslarini egallashda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llashning shart-sharoitlari haqida tasavvur hosil qilish, umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at va chizmachilik mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning turlari va mazmuni bilan tanishtirish, umumiy o'rta ta'lim maktablarida bu texnologiyalarni qo'llashning o'ziga xos jihatlarini ochib berish.

- metodika va metadologiya tushunchalarini, o'qitish jarayoni va tadqiqot usullarining nazariy asoslarini, o'qitishning didaktik tamoyillarini, muhandislik grafikasi o'qitishning metodlarini, mashg'ulot turlari (ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar va boshqalar) ni o'tkazish va nazorat qilishning faol shakllarini, o'quvchilarning

bilish faoliyatini faollashtirish, o'qitishning muammoli va dasturlashtirilgan usullarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, muhandislik grafikasi kursining boshqa fanlar bilan bog'liqligini, o'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, o'quvchilarning grafik bilimi,ko'nikma va malakalarini baholash, nazorat qilishni, tasviriy san'at va chizmachilik bo'yicha to'garak ishlari, olimpiadalar tashkil etish, o'tkazish, o'qitish sifati va kadrlarni kasbiy tayyorgarligiga ta'sir etuvchi faktorlarni, pedagogik muloqot asoslarini, ilmiy tadqiqot ishining asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi kerak.

- tasviriy san'at va muhandislik grafikasi bo'yicha o'quv ishlarini tashkil etish, ma'ruza matnlarini tuzish, tasviriy san'at va chizmachilik xonasini jihozlash va texnik vositalarni qo'llash, sinf doskasida ishlash, iqtidorli va iste'dodli o'quvchilarni tanlash va ular bilan pedagogik ishlarni tashkil qilish, grafik topshiriqlar, tarqatma kartochkalar, modellar, ko'rgazmali plakatlar kabi o'qitish vositalari ishlab chiqish, yangi pedagogik texnologiyalar, ularni tasviriy san'at va chizmachilik fanlarini o'qitishda qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'lish kerak.

- zamonaviy fan yutuqlarini amaliyotga tadbiq eta olish, muammoni yechishga ijodiy yondashish, mutaxassislikning ilmiy muammolarini yechishda qarorlar qabul qilish va undan ish faoliyatida foydalana olish, ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar va hisobotlar tuzish, tasviriy san'at va chizmachilik fanlari bo'yicha o'qitish vositalari, o'qitishning interaktiv metodlari, pedagogik texnologiyalari, tizmli va muloqotli yondashuv kabi yetakchi tamoyillar asosida o'quv ishlarini tashkil etish va o'tkazish malakalariga ega bo'lish.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati va metodika haqida ma'lumotlar. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim va tarbiya jarayonini faollashtiruvchi o'qitish usullarining majmuasidir. Metodika deganda, ta'lim va tarbiyani maqsadga mos amalga oshirishning turli samarali yo'l va usullar yig'indisini tushunamiz.

Tasviriy san'at va chizmachilik o'qitishning zamonaviy texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari. Mazkur fanning maqsadi tasviriy san'atdan maxsus fanlarni o'qitish jarayonini texnologik yondashuv asosida qurish va yakuniy natijani kafolatlash qonuniyatlarini umumdidaktik, pedagogik texnologiyalar darajasida talabalarga o'rgatishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Аzimоv I. O'zbekiston mqsh-u nigоrlаri T., G'.G'utom nоmli Аdаbiyot vа sаn'аt mshriyoti 1987, 142 b.

2. Buktov S.S. O'zbek хаlq аmаliy bezаk sаn'аti. -T.: Mehnаt, 1991.

3. S.S.Buktov, O'.Mаnsurоv. Milliy me'mоrchilikdа аmаliy sаn'аt fаlsаfаsi. -T.: Fаn, 2005.

4. Bulatov S.S., Yuldashev X.A., Tursunaliyev N.YU. Kulolchilik san'ati. Qo'llanma. -T.: Nizomiy nomli TDPU, 2002. -31 b.

5. Bulatov S.S., Yuldashev X.A. Kasb-hunar kollejlarida me'moriy bezak san'ati yo'nalishi bo'yicha «Ganch o'ymakorligi» fanidan eksperimental

6.Mirzahmedov M.X. Boshlang'ich badiiy naqsh ishlash metodikasi. - T.:

7. Usmonov O. Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi. -T.: Fan, 1977.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.