Xojyazova D.Sh. geografiya yo 'nalishi talabasi Urganch davlat universiteti O'zbekiston
ULUG' SHO R KO'LDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyati Yangiariq tumanida joylashgan Sho^rkol kolining turizm salohiyatini oshirish va sayyohlar oqimini ko "paytirish bo yicha yo 7 yo "riqlar ko "rsatilgan.
Kalit so Zlar: Geografik koordinata, suv resurslari, rekreatsiya, ekoturizm,, morfologiya, iqlim, madaniyat, an^ana.
Khojyazova D.Sh. student of geography Urganch State University Uzbekistan
PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN ULU-SHUR
LAKE
Abstract. This article shows directions for increasing the tourism potential of Lake Shorkol, located in the Yangiarik district of the Khorezm region, and increasing the flow of tourists.
Key words: Geographic coordinates, water resources, recreation, ecotourism, morphology, climate, culture, traditions.
Ulug'sho'rko'l-Xorazm viloyati Xiva shahridan 14 km janubi-sharqda va Chiqirchi qishlog'idan 6 km janubda Yangiariq tumanida joylashgan. Kooning janubiy qismi Turkmaniston hududiga qarashli. Geografik koordinatalari bo'icha 41 shimoliy kenglik, 60 sharqiy uzunlikga ega. U 86 metr balandlikda joylashgan bo'lib havzasining maydoni 14,8 km2. Ko'l shimoldan janubga 16 km uzunlikka cho'zilgan. Shimol qismida eni 4 kilometrgacha boradi. Ko'l asosan Ozyorniy kollektor suvlari va shimol qismidagi dalalarni yuvishdan oqib keladigan tashlama suvlardan to'yinadi. Shu sababli xam ko'lning suvi shoY Ulug'sho'rko'lning ko'rinishi uchburchakka yaqin shaklda bo'lib, shimoldan janubga cho'zilib, asta sekin janubga tomon torayib boradi. Ko'l dengiz sathidan 86 metr balandlikdan oqib o'tadi shu bilan birgalikda ko'lning qirg'oq chizig'i o'zgaruvchan. Janub, g arb va sharqdan ko'l Zaynguz Qoraqumning qumli barxanlari bilan o'ralgan. Drujba ko'li kollektori suv omborining shimoliy qismida o'tib, uni shimoli-sharqda Buryatapko'l ko'li bilan bog'laydi. Ko'l shu kanal orqali oqib o'tadigan suv oqimi bilan xam to'yinadi [1].
Ulug'sho'rko'l rekreatsiya ham turizm ahamiyatiga ega bo'lgan ko'llardan biri hisoblanadi. Shuningdek hozirda bu ko'ldan to'laqonliligicha foydalanib bo'lmayapti. O'zbekistonda iqlim o'zgarishi natijasida suv resurslari kamayishi kuzatilayotgan bir paytda suv resursi hisoblangan tabiiy ko'llardan to liq va samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Hozirda bu ko'ldan rekreatsion maqsadlarda foydalanilmoqda. Shuningdek Xorazm viloyatidagi eng katta baliq xo'jaligiga ega mashhur ko'l ham hisoblanadi.
Ma'lumki, ko'llar dunyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri hisoblanadi. Lekin, ko'l turizmning barqaror rivojlanishi tobora muammoli bo'lib qolmoqda. Ko'l turizmini rivojlantirish uchun avvalo tashrif buyuruvchilarni boshqarish va rejalashtirish, tarixiy-madaniy me'roslarga alohida e'tibor qaratish va atrof muhitni musaffoligini e'tiborga olish zarur.
Bir vaqtning o'zida yer va suvdan bepul foydalanish ko'llar uchun foydali hisoblanadi. Ko'lning asosiy elementi suv hisoblanadi. Suv jozibali element bo'lib, dam olish va bayramlarda muhim ro'l o'ynaydi. Sohil turizmidan tashqari, butun dunyo ko'l va botqoq bo'yidagi ko'plab yo'nalishlarni topish mumkin. Ushbu ko'l va botqoqli joylarning ahamiyati, morfologiyasi, iqlimi, madaniyati, an'analari va boshqalar jihatidan juda farq qiladi. Shunga qaramay, ular o'zlarining xususiyatlari, rivojlantirish xususiyatlari va duch keladigan tahdidlar, shu jumladan turizm bilan bog'liq bo'lgan turli xil o'xshashliklarni ko'rsatadi. Oxirgi yigirma yil ichida turistlarning ham sayyohlik tadbirkorlarining ham ekologik madaniyati yaxshilandi. Buning natijasi Sho'rko'l ko'lida ifloslantirishni pasaytiradi. Bundan tashqari, hozirgi kunda qadar ko'l va suv botqoq hududlari o'rtasida faqat bir nechta almashinuv mavjud. Shunday qilib,ko'l turizmini rejalashtirish, rivojlantirish, boshqarish va marketing bo'yicha ma'lumotlar va tajribalar almashinuvini qo'llab quvvatlash ekoturizmni rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yordam beradi va shu bilan birga, bunday hududlarni muvafaqqiyatli saqlab qolish uchun imkoniyatlar yaratadi [2].
Sho'r ko'l ko'lining turizimini rivojlantirish turistik mahsulotlarning asosiy tarkibiy qismi sifatidagi ekologik resurslardan foydalanishning to'g'ri muvozanatiga bo'g'liq bo'lib, turizmning atrof-muhit va tabiatga salbiy ekologik ta'sirini kuzatish mumkin.Ekoturizm va ko'l turizimi sayyohlik sanoatining eng tez rivojlanayotgan qismlaridan biri hisoblanganligi sababli, jamoat guruhlari,shuningdek, nodavlat, notijorat tashkilotlari o'z mintaqalarida turizmning barqaror rivojlanishiga ta'sir ko'rsata oladi.
Mazkur ko'lda turizimni rivojlantirish uchun birinchi navbatda ko'lni asosiy qismini baliq xo'jaligiga emas balki shu ko'l turizimiga qaratish kerak. Buning uchun ko'proq qayiq va shu jumladan kattaroq kemalar, yaxtalar zarur bo'ladi. Bu sayyohlar oqimini oshishiga yordam beradi. Buning uchun esa ko'l atrofida kichikroq mehmonxonalar xamda sayyoxlar uchun qulay uylar qurish maqsadga muvofiq. Avvalo, Sho'rko'l ko'lining turizm salohiyatini oshirish va barqarorlashtirish uchun Xorazm viloyatiga, balki Yangiariq tumaniga katta
e'tibor qaratish kerak. Shundagina sayyohlar qiynalmay ko'lga sayyohlik tashrifini amalga oshiradilar. Buni faqat sayyohlar uchun emas balki, mahalliy aholi uchun ham yaratish, shart-sharoit qilish shu kunning dolzarb masalalaridan biri h isoblanadi. Chunki avvalo O'zbekistonda balki butun dunyoda ichki turizimi yaxshi rivojlangan mamlakatning tashqi turizimi ham keng quloch yozgan bo'ladi.
Shu sababli xam Xorazm viloyatiga boshqa hududlardan keladigan aholi oqimini ko'paytirish zarur. Xozirgi kunda viloyatda mahlliy aholi hisobiga bir kishisiga 130 sayyoh to'gri keladi. Bu bir tomondan sayyohlar iste'moli uchun zarur bo'ladigan barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, xizmat ko'rsatish tarmoqlarini ish bilan ta'minlaydi, ikkinchi tomondan fuqarolarning me'yoriy turmush tarziga xalaqit ham beradi [1]. Bu Yangiariq tumani aholisini ish bilan ta'minlay oladi. Yangiariq tumani faqat baliq xo'jaligini orqasidan emas balki Sho'rko'l ko'li tufayli ham rivojlanib, ravnaq topadi. Chunki turizm -ijtimoiy o'zgarishlarning qudratli omilidir, shu bilan birgalikda xalqaro turizm an'anaviy turmush tarzidan zamonaviy g'arb jamiyati tarziga o'tishga katta turtki bo'ladi.
Xar bir mintaqada yaratilgan turizm o'bektlari shunday bo'lishi kerakki, u
1. mahalliy aholiga manfaat keltirishi kerak;
2. mahalliy iqtisodiyotni kuchaytirishi kerak;
3.mahalliy ishchi kuchini o'qitish va jalb qilish kerak;
4. mavjud resurslar va qurilish materiallaridan, mahalliy qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan oqilona foydalanish va hududning o'ziga xos jihatlarini hisobga olish kerak.
Xulosa qilib aytganda, Sho'r ko'lining ekologik xolati talablarga javob beradi. Shuning uchun ham bu ko'lda turizmni rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Shuningdek Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi ushbu ko'ldan baliqchilik, turizm maqsadlarida foydalanish, foyda ko'rish istiqbollari mavjudligi sababli, gidrobiologik holatini yaxshilab o'rganib, kengaytirish yangidan yangi tadqiqotlar olib borish shu kunning dolzarb masalalridan biri deyish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xayitboyev, Abror & Kuvondik, Yarashev & Karimov, Yunus & Nazarov, Maqsud. (2024). Anthropogenic transformation of oasis landscapes in Khorezm Province, Uzbekistan: A geoecological analysis. E3S Web of Conferences. 497. 10.1051/e3sconf/202449702043.
2. Sattarova F.Y. Xorazm viloyati sho'r ko'lning ekologik holati. Halqaro ilmiy anjuman materiallari. Urganch 2016 y.
3. Дусанова Ш.Б. Хоразм вохдсида экотуризмни ривожлантириш истикболлари. Rеспублика илмий - амалий конференция материаллари. Qarshi. 2021 y.
"Экономика и социум" №7(122) 2024
www.iupr.ru
356