DOI 10.5281/zenodo.10439682
Mamadiyorov A.
O'zbekiston Milliy universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi tayanch doktoranti
TUZKON KO'LI VA UNING ATROFIDAGI TURISTIK OBYEKTLAR
VA MARSHRUTLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada Tuzkon ko'li va uning atrofidagi turistik obyektlar, turistik marshrutlarni tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolani yozishda turistik obyektlar haqidagi ma 'lumotlar o 'rganilgan adabiyotlar va dala tadqiqotlari asosida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: turizm, rekreatsiya, Tuzkon, ko'l, ekoturizm, Aydarko'l, ovchilik, baliqchilik, sohil, qirg'oq.
Mamadiyorov A. basic doctoral student Department of Physical Geography of the National University Uzbekistan
TOURIST OBJECTS AND ROUTES IN TUZKON LAKE AND ITS
SURROUNDINGS
Annotation. This article describes the possibilities of organization and development of tourist objects, tourist routes around Lake Tuzkon. When writing the article, the information about tourist objects is presented on the basis of studied literature and field research.
Keywords: tourism, recreation, Tuzkan, lake, ecotourism, Aydarkul, hunting, fishing, beach, coast.
Kirish. Turizm insonlarni o'ziga jalb qiladigan, xalqlarning tabiatini, madaniyati, urf-odatini o'rganadigan, shuningdek, odamlarning xordiq chiqarib davolanishlarini ta'minlabgina qolmay, balki iqtisodiyotning o'sish darajasini tezlashtirishga xizmat qiladigan tarmoq sifatida shakllanib bormoqda. Jahonning barcha hududlarida turizm birdek rivojlangan emas. Ammo, ba'zi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining asosini turizm sohasining o'zi tashkil qiladi. Qizilqum cho'lining janubi-sharqiy qismida joylashgan Tuzkon ko'li va uning atrofidagi rekreatsion-turistik resurslaridan samarali foydalanishga asos bo'luvchi tabiiy geografik omillar va obyektlarni aniqlash, turistik resurslari imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'ziga xos turistik yo'nalishlar va marshrutlarni tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Tuzkon ko'li atrofidagi landshaftlar va ularning tabiiy sharoiti N.A.Kogay, L.N.Babushkin, A.A.Rafiqov, L.A.Alibekov, A.A.Abdulqosimov, N.I.Sabitova, A.Raxmatullayev, S.B.Abbasov, N.I.Ismatov, N.R.Alimqulov, M.R.G'o'dalov va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Tuzkon ko'li joylashgan hududning geologik tuzilishi va relyefi haqida Sh.D.Davlatov, M. Mamatqulov, suvlari to'g'risida E.I.Chembarisov, I.E.Maxmudov, T.Y.Lesnik, F.H.Hikmatov, tuproqlari haqidagi ma'lumotlar M.A.Pankov, V.G.Gafurov, O.Komilov, A.N.Nigmatov, V.Y.Sektimenko, A.J.Ismanov, R.Qurvontoyev va boshqalarning ishlarida yoritilgan.
Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining paydo bo'lishi munosabati bilan uning suv balansi, rejimi, gidrokimyosi, o'simlik va hayvonot olamining o'zgarishiga doir ko'pgina ishlar bajarildi. Ular orasida N.Y.Gorelkin, A.M.Nikitin, D.E.Maxmudova, G.N.Trofimov, G'.O'.Qodirov kabilarning ishlari ahamiyatlidir.
Yuqorida keltirilgan ishlarda Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi ko'plab jihatdan o'rganilgan, ammo Tuzkon ko'li va uning atrofidagi turistik obyektlar va marshrutlar o'rganilmagan. Mazkur maqola aynan shu masalaga bag'ishlanganligi bilan yuqoridagi ishlardan farq qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqotni olib borishda kompleks geografik, kartografik, geografik axborotlar tizimi (GIS), adabiyotlar va fond materiallari bilan ishlash, dala tadqiqot kabi metodlardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar: Atrofimizdagi o'rab turgan ona tabiat insoniyat mavjudligining bosh shartidir. Zero, insoniyatni tabiat va uning inson ta'sirida o'zgargan qismisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson o'zining kelib chiqishiga ko'ra tabiatning ajralmas qismidir. Tabiat inson hayoti uchun eng zarur bo'lgan suv va havogina emas, balki barcha turdagi moddiy ne'matlar manbayi ham hisoblanadi.
Turizm terminini birinchi bo'lib 1830-yilda V. Jekmo fanga olib kirgan. Avvalo, turizm so'ziga to'xtaladigan bo'lsak, u fransuz tilida "tourisme" -sayohat qilish, dam olish bilan bir qatorda sport va umumtarbiyaviy yoki siyosiy-ma'rifiy vazifalarni bajarish degan ma'noni anglatadi. {2}
Tuzkon ko'li va uning atrofidagi turistik hududda ko'plab sayyohlarni o'ziga jalb etuvchi turistik obyektlar mavjud. Jumladan, Jizzax shahridan chiqqan sayyohlar ushbu yo'nalishda Temiryazovda ohaktosh qazib olinishini, Qili soyligidagi tik jarliklar, Pistalitog' manzaralari, Tuzkon ko'li va shifobaxsh balchiqlarini, to'qay va cho'l manzaralaridan bahra olishlari mumkin bo'ladi.
Tuzkon ko'li Jizzax viloyatidagi asosiy turistik obyektlardan biri hisoblanadi. Ushbu ko'l va uning sohilbo'yi hududlarining qulay iqlimiy sharoit i, flora va faunaga boyligi hamda betakror ko'l sohillarining mavjudligi turizmning ko'plab turlarini tashkil etish va insonlarning rekreatsion faoliyat ko'rsatishlariga imkon yaratadi.
Rekreatsiya so'zi polyakcha "rekreatsiya" - "dam olish", lotincha "rekreatio" - "sog'liqni tiklash" demakdir.
Insonning rekreatsion faoliyati dam olish, xordiq chiqarish, sog'liqni tiklash, tabiat va madaniyat obyektlaridan zavqlanib, ruhiy kayfiyatni ko'tarishga qaratilgan faoliyat majmuasini o'z ichiga oladi. Rekreatsion faoliyat insonning ruhiy holati va mehnat qobiliyatini tiklash bilan birga, unga ona tabiat va uning xususiyatlari to'g'risida xilma-xil va boy ma'lumot beradi, uning dunyoqarashini boyitadi.
Tuzkon - Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko'llar tizimiga kiruvchi ko'l bo'lib, u Jizzax shahridan 56 km shimoli-g'arbda, Nurota tizmasining tarmog'i -Pistalitog'dan sharqroqda joylashgan. Ko'l flora va faunasining noyobligi bilan ko'plab sayyohlarni o'ziga jalb etadi. Ko'lning janubi-sharqiy va sharqiy sohillarida sho'rajriq (Aeluropus), yantoq (Alhagi), yulg'un (Elatinaceae), oqbosh (Cymboleana), qamish (Avena), baliqko'z (Climacoptera), qorabarak (Ceratocargus), tuyatovon (Haplophyllum), kendir (Asclepiadaceae), otquloq (Rumex), qizilsho'ra (Sueda), qizilburgan, chitir (Goldbachia), arpag'on (Eremopyrum), ching'il (Halimodendron), oqching'il, erkak qamish kabi sho'rxok yerlarda o'suvchi galofit va gigrofit o'simliklar tarqalgan.
Ko'lda xo'jalikning baliqchilik tarmog'i yaxshi rivojlangan. Bu yerda baliqlarning 22 turi mavjud bo'lib, ulardan faqat 13 turi mahalliy hisoblanadi. Baliqlardan laqqa, zog'orabaliq, oqcha, oqqayroq va boshqalari ovchilik ahamiyatiga ega. Baliqlarning 1 turi, ya'ni Turkiston mo'ylovli balig'i O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo'lib, uni ovlash ta'qiqlanadi.
Sayyohlar asosan Tuzkon ko'lida cho'milish va baliq ovlash maqsadida tashrif buyurishadi. Ko'lning sharqiy sohillarida bir nechta dam olish maskanlari mavjud bo'lib, bular ichida "Palma" dam olish maskani qulay joylashuvi va maftunkor sohillari bilan ajralib turadi. Ushbu dam olish maskani 40°36'36" shimoliy kenglik va 67°36'36" sharqiy uzunlikda joylashgan. Dam olish maskani hududida 10 dan ortiq so'rilar mavjud bo'lib, unda asosan kunlik dam oluvchilar hordiq chiqarishadi.
Ko'l suvi tarkibi turli xil mineral elementlarga boy, cho'milgan kishining tanasida turli xil toshmalar uchun tabiiy davolash xususiyatiga ham egadir shu sababli sayyohlar va dam oluvchilar ko'lda cho'milishi hamda sohilbo'yida tuyalarda sayr qilishi mumkin. Ko'l qirg'oqlari qumlar bilan qoplanganligi tabiiy sohil vazifasini ham o'taydi. Bu esa o'z navbatida sohilbo'yidagi sport turlari (sohil futboli, sohil voleyboli) bilan shug'ullanib, hordiq chiqarish imkonini beradi.
Sayyohlar baliq ovlash va uni tanavvul qilib dam olishlari uchun qulay obyektlardan biri bu "FishCO" dam olish maskani hisoblanadi. Ushbu obyekt 40°35'58" shimoliy kenglik va 67°38'24" sharqiy uzunlikda joylashgan bo'lib, Tuzkon ko'lining sharqiy sohilidan 3 km janubi-sharqda joylashgan. Ushbu dam olish maskani hududida sayyohlar va dam oluchilar uchun mehmon uylari, hostellar va restoran tashkil etilgan. Shuningdek, dam olish maskani hududidagi
ko'l baliq ovi qiziquvchilarini o'ziga jalb etadi. Ushbu ko'l qiгg'oqlaгining umumiy uzunligi 18 km ni, maydoni esa 3,8 km2 ni tashqil qiladi.
Tuzkon ko'lining shaгqiy sohilidan 5 km janubi-shaгqda va Navra'z qishlog'idan 3 km sharqda, asosiy avtomobil yo'li yaqinida joylashgan shifobaxsh balchiq ko'li ham dam oluvchilami, shuningdek, davolanuvchilami o'ziga jalb etadi. Ushbu obyekt 40°35'21.0" shimoliy kenglik va 67°39'31.8" sharqiy uzunlikda joylashgan. Shifobaxsh balchiq ko'li qn-g^qlerining chegaralari 2,5 km ni, maydoni esa qariyb 21 gektami (0,21 km kv) tashkil etadi. Ushbu ko'l sathi bahor oylaгida yuqoгi darajada ko'taгiladi va yoz oylaming boshida katta qismi qurib qoladi. (1-rasm)
Shifobaxsh balchiq ko'liningsuniyyo'ldosh orqali olingan tasviri (1-rasm)
Shifobaxsh balchiq ko'liga davolan^chi^ asosan may-sentato oylari oгasida tashrif buyuгishadi va balchiq o^ali bo'g'im, oyoqlaгdagi ko'plab kasaHi^a^ tabiiy davo topishadi. Balchiq inson tanasi uchun foydali turii mineгallaгga boy bo'lganligi uchun undan ko'plab sanatoriyalaTga olib ketishadi.
Xulosa va takliflar:
Sayyohlami bu hududga qiziqishiga, ko'l va cho'l manzaralarining o'zaгo uyg'unligi hamda qushto olamiga boyligi, qolaveгsa bahor va kuz faslida issiq mintaqalarga uchuvchi qushlami Aydaг-Aгnasoy ko'llaгi o^ali haгakatlanishini kuzatish va ba'zi Ыг гuxsat beгilgan qushlami ov qilishi, shuningdek davolan^chi^ uchun shifobaxsh balchiqning mavjudligi Tuzkon ko'li va uning atrafida turizmni гivojlantiгishga yetaгlicha imkoniyat boгligini ko'гsatadi.
"Turizm mahallalaгida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini гivojlantiгish bo'yicha qo'shimcha chora-tadb^^ to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vaz^^ Mahkamasining 2023-yil 27-fevгaldagi 86-son qaгoгiga muvofiq Amasoy tumani Baxtli MFY hududidan o'tuvchi "Aydaг-Aгnasoy" ko'li bo'yida tashkil qilinadigan sohil zonalariga olib bornvchi 10 km masofadagi ichki yo'llami tamiгlash, ko'cha yoгitgichlaгini hamda tez^ internet taгmog'i bilan taminlash ishlarini 2024-2025-yillaгda amalga oshiгilishi, hududning turistik salohiyatini yanada ko'taгilishiga shaгoit yaratadi. Shuningdek, dam oluvchilaгga ko'plab shareri^ yaгatish, kelgusida Tuzkon ko'li va uning atrafidagi hududlaгga keluvchi sayyohlaT sonini biг necha baгobar oshishiga sabab bo'ladi.
Adabiyotlar:
1. Pardayev A.X., Norchayev A.N., Rabbimov E.T. Ekologik turizm. - O'quv qo'llanma. - Toshkent.: TDIU, 2011.
2. Краткий словарь иностранных слов. - М.: "Изд. Иностранных и национальных словарей", 1958. - С.404.
3. Махмудова Д.Э. Айдар-Арнасой куллар тизимида экологик вазият ва уни яхшилаш тадбирлари // Узбекистон Аграр фани хабарномаси. -Ташкент, 2004, -22-25 б.
4. Тухлиев И.С. Туризм асослари. - Самарканд, Сам ИСИ. 2010. - 271 б.
5. Усмонова З.И, Хршимов М.А. Туристик экскурцион машрутларнинг технологик хариталарини тузиш. - Самарканд, СамИСИ, 2009. -36 б.
6. Хамидов О.Х. Узбекистонда экологик туризмни ривожлантиришни бошкаришни такомиллаштириш: муаммо ва ечимлари. Т.: "Иктисодиёт", 2016. - 9 б.
7. Гудалов М. Жиззах вилояти табиати ва уни мухофаза килиш. Монография. -Тошкент. Фан ва технология нашриёти 2014. 110 б.
8. Гудалов М. Айдар-Арнасой куллар тизимининг ландшафтларга таъсири. Г.ф.ф.д. (PhD) илм. дар. олиш учун так. эт. дисс. - Т.: 2019. -137 б.
9. Arnasoy tumani Turizm departamenti ma'lumotlari 2022 yil
10. Arnasoy tumani hokimiyati statistika ma'lumotlari 2022 yil