Научная статья на тему 'SARIBAS KOʻLI GIDROGRAFIYASI VA SUV SATHI REJIMI'

SARIBAS KOʻLI GIDROGRAFIYASI VA SUV SATHI REJIMI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Saribas / gidrografiya / suv sathi / suv balansi tenglamasi / amplituda / suv sathi tebranishlari / Saribas / hydrography / water level / water balance equation / amplitude / water level fluctuations

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kаlаbаev S.B.

Maqolada Saribas koʼlining gidrografiyasi va suv sathi rejimini oʻrganish natijalari keltirilgan. Koʻlning 2008-2022 yillardagi suv sathi rejimining yillik, mavsumiy va qisqa muddatli oʼzgarishlari suv balansi usuli yordamida oʼrganildi. Bunda suv balansi usulida suv sathiga taʻsir etuvchi omillar oʻrganildi. Tadqiqot davomida suv sathiga taʼsir etuvchi asosiy omillar sifatida kirim qismi elementi yaʻni daryo oqimi tanlab olindi. Oʼrganish davrida koʼl suv sathi amplitudasi 3,38 metrga teng ekanligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HYDROGRAPHY AND WATER LEVEL REGIME OF SARIBAS LAKE

The article presents the results of studying the hydrography and water level regime of Lake Saribas. Annual, seasonal and short-term changes in the water level regime of the lake in 2008-2022 were studied using the water balance method. The factors affecting the water level were studied using the water balance method. In the course of the study, the river flow was selected as the main factor affecting the water level. During the study period, it was determined that the amplitude of the lake water level is equal to 3.38 meters.

Текст научной работы на тему «SARIBAS KOʻLI GIDROGRAFIYASI VA SUV SATHI REJIMI»

УДК: 556+574.9

Kalabaev S.B.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

O'zbekiston, Toshkent ORCID iD: 0000-0001-5188-7383

SARIBAS KO'LI GIDROGRAFIYASI VA SUV SATHI REJIMI

Annotatsiya. Maqolada Saribas ko'lining gidrografiyasi va suv sathi rejimini o'rganish natijalari keltirilgan. Ko 'Ining 2008-2022 yillardagi suv sathi rejimining yillik, mavsumiy va qisqa muddatli o 'zgarishlari suv balansi usuli yordamida o'rganildi. Bunda suv balansi usulida suv sathiga ta'sir etuvchi omillar o 'rganildi. Tadqiqot davomida suv sathiga ta 'sir etuvchi asosiy omillar sifatida kirim qismi elementiya'ni daryo oqimi tanlab olindi. O'rganish davrida ko 'l suv sathi amplitudasi 3,38 metrga teng ekanligi aniqlandi.

Kalit so'z: Saribas, gidrografiya, suv sathi, suv balansi tenglamasi, amplituda, suv sathi tebranishlari.

Kalabaev S.B.

National University of Uzbekistan named after Mirzo ulugbek

Uzbekistan, Tashkent ORCID iD: 0000-0001-5188-7383

HYDROGRAPHY AND WATER LEVEL REGIME OF SARIBAS LAKE

Abstract. The article presents the results of studying the hydrography and water level regime of Lake Saribas. Annual, seasonal and short-term changes in the water level regime of the lake in 2008-2022 were studied using the water balance method. The factors affecting the water level were studied using the water balance method. In the course of the study, the river flow was selected as the main factor affecting the water level. During the study period, it was determined that the amplitude of the lake water level is equal to 3.38 meters.

Key words: Saribas, hydrography, water level, water balance equation, amplitude, water level fluctuations.

Kirish. O'tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv hajmining o'rtacha yig'indi miqdori 64,1 km3 ni tashkil etgan. Orol dengiziga 1963 yilgacha Amudaryo va Sirdaryo suvlarining bir me'yorda quyilishi hisobiga Mo'ynoq, Saribas (Ribache), Dumalak, Jiltirbas kabi ko'llar dengiz bilan o'zaro tutashib bir butun bo'lgan [1]. Amudaryo va Sirdaryodan sug'orish uchun jadal ravishda suv olinishi oqibatida, ularning quyi oqimlarida suv miqdori asta-sekin kamaya borgan. Dengizga 1971-1980 yillarda daryolardan kelib quyilgan o'rtacha oqim miqdori 16,6 km3 ni tashkil etgan.

Ushbu davr oralig'ida dengizga daryolar quyadigan oqim miqdorining kamayishi tufayli, Orol dengizining sathi 51,06 m dan 45,75 m ga pasayib, yiliga o'rtacha

0.53 m ni tashkil etgan. Orol dengizi suv sathining pasayishi va uning qurishi oqibatida bir qator ko'rfazlar dengizdan ajralib qolgan. Natijada, Janubiy Orol bo'yi hududida bir qancha katta-kichik suv havzalari shakllangan. Shunday suv havzalaridan biri Saribas ko'lidir (1-rasm). Mazkur ko'l dengizining Ribachye ko'rfazi o'rnida shakllangan. Hozirgi kunda Saribas ko'li shu hududagi ekologik holatni saqlab qolishda katta ahamiyatga ega bo'lgan suv havzalaridan biri hisoblanadi.

Ishning maqsadi. Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqqan holda, ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Saribas ko'lining gidrografiyasi va suv sathi rejimini o'rganishga qaratilgan.

Tadqiqot ob'ekti va predmeti. Ishda tadqiqot ob'ekti sifatida Saribas ko'li tanlab olingan. Ko'lning suv sathi rejimi va gidrografiyasi tadqiqotning predmeti hisoblanadi.

Birlamchi ma'lumotlar va tadqiqot usullari. Ishni bajarish jarayonida Orolbo'yi delta boshqarmasi, Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi (DMSK) fondi hamda Amerika geologiya tadqiqot markazining axborot portali ma'lumotlaridan foydalanildi.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda gidrologik va suv xo'jaligi hisoblashlari, geografik umumlashtirish, chizmalar va grafiklarni tayyorlashda kompyuter texnologiyalarining standart dasturlaridan foydalanildi.

Tadqiqot obektining o'rganilganligi. Amudaryo delta bo'yi hududining gidrografiyasi K.Shmidt, F.B.Dorant (1874), K.N.Vladimirov, L.A.Molchanov, D.P.Malinin (1907-1913), L.S.Berg (1908), B.N.Semixatova (1915),

1.P.Gerasimov (1930), G.V.Nikoloskiy (1933), N.A.Akatova (1950), M.M.Rogov (1964), A.Baxiev (1985), U.Ashirbekov (2003), V.A.Duxovniy (2003, 2007, 2020), A.S.Ijitskiy (2017), B.K.Kenjebekov (2016), va S.M.Mambetullaeva (2019) boshlqar tomonidan o'rganilgan va o'rganilib kelinmoqda.

Asosiy natijalar va ularning muhokamasi. Janubiy Orol bo'yida joylashgan suv havzalarini bir me'yorda saqlab qolish uchun O'zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi (O'zFAQB), O'rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti (O'OIITI), Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi (DMSK) tashkilotlarining olimlari va mutaxassislari tomonidan 1995 yilgacha Saribas, Mo'ynoq, Jiltirbas, Dumalak va boshqa suv havzalarining shimoliy va shimoliy-g'arbiy qismiga damba qurildi. Suv yuzasi umumiy maydoni 1600 km2 ga yetdi [6].

1-rasm.Tadqiqot obektining geografik o'rni.

Gidrografiyasi. Saribas ko'li Amudaryo deltasi hududdagi yirik baliqchilik suv havzalaridan biri bo'lib, Amudaryo daryosining chap qirg'og'ida joylashgan. Suv havzasi 1974 yilgacha qurib qolgan Orol dengizining Ribayche ko'rfazida paydo bo'lgan [2]. Ko'l Marinkin kanali orqali Shegeko'l suv omboridan to'yinadi va Gonchar-uzek, Injiner-uzek (Amudaryo daryosi) orqali oqim chiqib ketadi. 1990 yilda birinchi marta uning maydonining katta qismi 1,5 ming gektarga yaqin suv bilan sug'orilgan.1991 yilning bahorida suv bilan to'ldirish maydoni 4 ming gektarga yetgan. Saribas suv rejimi darajasi va maydoni Shegeko'ldagi suv oqimi hajmiga bog'liqdir. 2001 yilning kuzida suv ombori ikkita alohida qismdan iborat edi: to'g'on yaqinidagi- kichik va asosiy qismi - ko'rfazning Markaziy qismi. 2001 yil yozida ko'lning ikkala qismi birlashib, uzunligi 8 km, eni 6,6 km va chuqurligi 2,5 m bo'lgan yagona suv havzasini hosil qildi. Suv yuzasining gorizonti balandiligi 51,9 m ni tashkil etdi. Suv havzasidagi suvning minerallashuvi 2,4-2,8 g/l ga yetadi. Asosiy ionlardan sulfatlar, xloridlar va natriy ionlari ustunlik qiladi. Suv sulfat sinfiga, natriy guruhiga, minerallashuv miqdori bo'yicha baliqchilik faoliyatining barcha turlari uchun mos bo'lgan ozgina sho'r suvlar turiga kiradi [3].

2019 yilning yozida Amudaryoda suv yetishmasligi sababli suv havzasi maydoni keskin kamaydi. Suvning minerallashuvi daryo oqimi darajasida - 1,5 g/l gacha, ammo suv oqimining pasayishi bilan suv havzasi quriy boshlaydi, suvning minerallashuvi 4-6 g/l gacha ko'tariladi (2002 yil bahorida - ikki yillik suvsizlikdan keyin sho'rlanish 16 g/l ga etgan). Baliqlar tarkibida sazan, ilon boshi, oq Amur va kumush karp ustunlik qiladi. Saribas ko'rfazida qushlarning 45 turi qayd etilgan, ulardan 3 turi O'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan [3].

Ko'l shimoliy va shimoliy shaгqiy qismini 8 km masofada damlash ishlari olib boгilgandan so'ng, ko'l suv yuza maydoni 62,4 km2 va suv hajmi 134,2 mln

m3 ni tashkil etadi (1-jadval).

1-jadval

_Ko'lning loyihalangan paгametгlaгi*_

Havza nomi Suv yuzasi balandlik belgisi, m Dambaning balandlik belgisi, m Suv yuzasi maydoni, km2 Suv hajmi, mln m3 Damba uzunligi, km

Saribas 52,5 54 110 165,0 8

* Orolboyi delta boshqarmosining ma 'lumoti.

Suv sathi rejimi. Ko'lning sath гejimi piгovaгd natijada suv balansining tuzilishini tashkil etuvchi va suv sathining o'zgaгishi dinamikasini belgilovchi ko'p sonli tuгli omillar ta'siri ostida shakllanadi [1].

Suv sathi muhim gidгologik tushuncha bo'lib, muzliklardan tashqari barcha tuгdagi suv havzalariga xos bo'lib, muhandislik hisoblaгida, hududlami гejalashtiгishda, tabiiy hodisalami bashoгat qilishda va hokazolaráa qo'llaniladi.

Suv havzasining suv sathi uning qiïg'oq chizig'ining holatini va suv toshqini maydonini, morfometrik xususiyatlarini (ko'l yuzasining maydoni, uzunligi, kengligi, chuquгligi, qiгg'oq chizig'ining uzunligi), suzish imkoniyatini va boshqalarni belgilaydi.

Ma'lumki, ko'llaming suv sathi гejimi quydagi omil^ ta,siгida o,zgaгadi: ko'l suv balansining kirim (yog'ingarchilik miqdoгi, yeг osti suvlari) va chiqim qismi (bug'lanish, yer usti va yeг osti oqim) o'rtasidagi nisbat;

ko'l kosasi va ko'l havzasining morfometrik xususiyatlari (ko'lda suv sathi va ko'l suv yuzasi maydoni bilan bog'lanish);

ko'lning shakli, qiïg'oq defoгmatsiyasi, shamol, to^in^ ta'siгi ko'l suv sathini belgilaydi. Ushbu maqolada ko'rib chiqilgan daгajadagi uzoq muddatli o'zgaгishlaг birinchi omilga bog'liq. Shu sababli, suv sathining keyingi o'zgarishi ko'llaг hajmining o'zgarishi oqibati sifatida ya'ni suv havzasining suv balansi elementlari o'rtasidagi o'matilgan nisbatning natijaviy komponenti sifatida ko'rib chiqiladi. Bu nisbat o'zgarishlaming tsiklik xususiyatiga ega bo'lgan iqlim xususiyatlariga ham, yildan-yilga ortib borayotgan antropogen omilga ham bog'liq.

Ko'l sathining o'zgarishini quyidagi uchta asosiy toga ajratish mumkin: ko'p yillik, yillik va mavsumiy. Tadqiqot davomida Saribas ko'lining 2008-2022 yillaгdagi ko'p yillik, yillik va mavsumiy tetoanishi o^ganildi.

Ko'l suv sathining ko'p yillik va yillik tebranishlarining amplitudasi tuгlicha omillaгga bog'liq. Jumladan, iqlim sharaiti, to'yinish tuгiga, suv to'plananishiga, ko'l kattaligi, geologik tuzilishiga va boshqala^a. Tabiiy ko'llaг suv sathi tebranish amplitudasining mutloq qiymatlari yuqoridagi sharoitlarning kombinatsiyasiga qarab o'nlab santimefrdan 2-4 m gacha va undan yuqori

darajada o'zgarib turadi [4]. Saribas ko'lida o'rganish davrida (2008-2022) suv sathining amplitudasi 3,38 m (338 sm) ga teng bo'ldi.

O'rganish davrida suv sathi 48,58 m dan 52,44 m (mutloq qiymatlarda) gacha o'zgargan. Ko'lning ko'p yillik suv sathi rejimi o'zgarishi har xil omillarga bog'liq. Bu omillarning ulishi va miqdorini suv balansi tenglamasini tahlil qilish orqali (m3) baholash mumkin:

W0 + WAY - WK0 -WB = +AW

bu yerda: WO-daryo va yer osti oqimi, WAY-atmosfera yog'inlari, Wko-ko'ldan chiquvchi oqimi, WB-ko'l yuzasidan bug'lanish, AW- o'rganish davrida ko'l suv balansi o'zgarishi [5]. Ko'lga kelib tushgan oqim miqdori suv sathi rejimiga asosiy ta'sir etuvchi omil bo'lib, buni suv balansi tenglamasi tahlilidan va 2-rasmdan yaqqol ko'rish mumkin.

Ko'lda o'rganish davrida jami 2222,07 mln m3 miqdorida suv kelib tushgan hamda ko'ldan dengiz tomon 2052,64 mln m3 oqizib yuborilgan. O'rganishlar natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, 2010 yilda 431 mln m3 oqim kelib quyilganligi hisobiga maksimal suv sathi kuzatilgan (52,21 m) hamda 2011 yilda Amudaryodan ko'lga umuman suv tushmagan. Shuning hisobiga suv sathi bir yil ichida 0,83 m (83 sm) ga pasayib ketgan. Lekin 2012 yili 369,1 mln m3 miqdorida suv kelishi natijasida suv sathi ko'tarilgan. 2013 yilda daryodan ko'lga 122 mln m3, kelasi yili esa 19,28 mln m3 suv tashalgan. Natijada surunkali ikki yil kam suv tashalanganligi uchun birinchi mininmal sath 2014 yili 49,76 m m.b. tashkil etdi, ko'lga oxirgi uch yilda surunkali kam oqim quyilishi (2,18; 10,98; 43,88 mln m3) hisobiga ikkinchi kam suvli yil 2022-yilga to'g'ri keldi hamda suv sathi 49,00 m m.b. ga tushib ketdi (2-rasm).

O'n besh yillik kuzatish ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadiki, maksimal va minimal suv sathi 2010 va 2022 yilda kuzatilib, suv sathi amplitudasi 3,38 m ga teng bo'ldi. Suv sathining bunday keskin tebrinishiga asosiy sabab ko'lning sayyozligi (2,5-3,5 m), ko'l suv yuzasidan bo'ladigan bug'lanish, ko'l hajmi va eng asosiy omil Amudaryo orqali Marinkin kanalidan kelib tushadigan suv miqdori hamda Gonchar-o'zek, Injiner-o'zek orqali ko'ldan chiqib ketadigan oqim miqdori bilan izohlash mumkin. Masalan, 2011 yili ko'lga daryo orqali umuman suv tushmagan bo'lsa ham ko'ldan 21,4 mln m3 oqim dengiz va boshqa ko'llarga oqizib yuborilgan.

700

600

m 500 EE

E 400

EE

öo

300

IT

O

200

100

52.50

52.00

51.50

51.00

50.50 ta

(zi >

D

50.00 S

49.50 49.00 48.50

2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 Kelib quyilgan suv miqdori, mln m3

Ko'ldan dengiz tomon oqizib yuborilgan suv miqdori, mln, m3 -Suv sathi, m

2-rasm. Ko'lga quyilgan hamda dengiz tomon tashlangan oqim hajmi hamda suv

sathining yillararo tebranishi.

Grafikdan shuni ham ko'rish mumkinki, 2015 yil jami 406 mln m3 suv kelib quyisa ham sathi yetarli darajada ko'tarilmagan ya'ni oqim hajmi bilan suv sathi bog'lanish yo'qdek ko'rinadi. Lekin kirim va chiqim qismi elementlarini batafsil o'rganilganda esa, 2015 yilda kirim qismining 49,7% ko'ldan dengiz va boshqa ko'llarga oqizib yuborilgan. Natijada suv sathi bor yog'i yarim metrga (62 sm) ko'tarilgan. 2016 yilda ko'lga nisbatan kam miqdorda (63 mln m3) oqim quyilishiga qaramay suv sathi 1,4 m (140 sm)ga ko'ratilgan. Bu holatni quyidagicha tushuntirish mumkin. 2015 yilning oxirgi oylaridan boshlab katta miqdordagi ko'lga oqim quyilgan, bu 2016 yilning suv sathiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Bundan tashqari, ko'l joylashgan o'rni atroflarida Mo'ynoq ko'rfazi, Domalaq ko'li, Maqpalko'l singari juda yaqin jo'ylashgan suv havzalaridan yer ostidan suv sizib o'tishi natijasida suv sathi ko'tarilishi kuzatilgan [4]. Natijada 2016 yilda suv sathi bilan ko'lga kelib tushadigan suv hajmi mutloqa bog'lanmagan holat kuzatildi. Yerning sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari o'rganilganda, haqiqatdan ham 2016 yilda ko'l suv yuzasi maydonni boshqa yillarga nisbatan katta bo'lganligi aniqlandi (3-rasm).

0

3-rasm. Saribas ko'lining kosmosdan olingan tasvirlari (Landsat 8-9 OLI/TIRS

C2 L1)

Ko'l suv sathining yillik o'zgarishi maksimal, minimal hamda o'rtachaga yaqin yillar bo'yicha o'rganilib chiqildi. Ko'p yillik ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, maksimal suv sathi 2010-yilda kuzatilgan, ko'p yillik o'rtacha suv sathi 2019-yilda, minimal suv sathi 2022-yilda kuzatilgan (4-rasm).

52.50 52.00

51.50

£ 51.00

^ 50.50

| 50.00 to

49.50

49.00 -

48.50

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 oy

-Minimal-2022 -Maksimal- 2010 -0'rtacha-2019

4-rasm. Xarakterli yillarda suv sathining yil ichida tebranishi.

Ko'l suv sathining mavsumiy o'zgarishini, daryo suvliligining mavsum davomida o'zgarishiga, mavsumning meteorologik sharoitga bog'liq holda

tebranadi. Mavsumiy tebranishlarni o'rganish davomida o'rtacha oylik suv sathining eng kichik qiymati bahor va kuz mavsumiga (49,0-50,10 m), eng katta suv sathi yoz oylariga (51,45-52,45 m) to'g'ri keladi. (4-rasm).

Suv sathining bunday tebranishga asosan daryodan ko'lga kelib tushadigan oqim hajmi ta'sir ko'rsatishi suv balansi tenglamasi yordamida aniqlandi. Bunga misol sifatida, avgust oyida 120,2 mln m3 (2010 y.) suv kelib tushgan bo'lsa, martda 22,8 mln m3 (2010 y.) suv kelib tushgan. Shu bilan birga Amudaryoning to'yinish manbai muz-qor bo'lib, to'lin suv davri ham aprel-sentabr oylariga to'g'ri keladi. Iyul oyida sathning pasayib ketishi esa, ko'lga mazkur oyda nisbatan kamroq, 31 mln m3 suv kelib tushganligi bilan izohlash mumkin. Demak, ko'l suv sathi rejimining mavsumiy o'zgarishiga meteorologik omil va daryodan kelib qo'shiladigan oqim miqdoriga bog'liq holda o'zgarishi aniqlandi.

Ko'ldagi suv sathining qisqa muddatli yoki nisbiy tebranishlari to'lqinlar, shamolning kuchayishi va seyshlarning natijasida sodir bo'ladi. Saribas ko'lining maksimal chuqurligi 3,5 m gacha yetishini hisobga olib, to'lqinlar ta'sirida suv sathining qisqa muddatli tebranishlari kuzatiladi. Qisqa muddatli tebranishlar asosan mavsumlar almashunivi davriga to'g'ri keladi. Yoz oylarida esa, shtil kuzatilib, deyarli to'lqin kuzatilmaydi. Lekin ayrim ko'p suvli yillarda yoz oylarida sutkalik tebranish 4-7 sm kuzatilgan (17.08.2010).

Xulosa. Tadqiqot yakunida Saribas ko'li suv sathi rejimi bo'yicha quydagilar aniqlandi:

• Saribas ko'li suv sathi rejimining o'n besh yillik amplitudasi 3,38 m (3,38 sm) ni tashkil etdi;

• Saribas ko'li ko'lining suv sathi rejimiga asosiy ta'sir etuvchi omillar suv balansining kirim qismi elementlari ya'ni Amudaryo va xo'jalik kanallaridan kelib tushadigan oqim miqdori hisoblanadi;

• O'rganish davrida bevosita Amudaryo (Marinkin kanali) orqali kelib tushgan oqim miqdori 2222,07 mln m3 chiqim miqdori 2052,64 mln m3ga teng bo'lib suv balansi musbat 169,43 mln m3 teng bo'ldi;

• 2011 yilda Amudaryodan ko 'lga umuman suv tushmaganligiga qaramay minimal suv sathi 2014 yil hamda 2022 kuzatilganligi ma'lum bo'ldi. Maksimal suv sathi esa 2010 yilda kuzatilib, shu yili 431 mln m3 miqdorida oqim kelib tushishi natijasida suv sathi 52,56 m gacha ko'tarilgan;

• ko'lda suv sathi asosan erta bahorda past qiymatlari kuzatiladi.

Janubiy Orolbo'yi hududida joylashgan ko'llarning asosiy to'yinish

manbai daryo va kollektor-zovur suvlari hisoblanadi. Saribas ko'lining suv sathini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, ko'lning gidrologik rejimi, ekosistemasi Amudaryoning suvlilik darajasiga bog'liq. Gidrologik kuzatish ma'lumotlari shundan darak beradiki, Amudaryo oqimi ham yildan yilaga kamayishi ko'l ekosistemasi va gidrografiyasining ertangi kungi holatin savol ostiga qoyadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Аденбаев Б.Е., Калабаев С.Б. Гидрография, морфометрия и мониторинг современного состояния озера Джылтырбас // Гидрометеорология ва атроф-мухит мониторинги №°3.Тошкент-2022. Б. 52-63.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Калабаев С.Б., Йулдошбаева М.Р. Куйи Амударё сув объектларининг гидрографик тавсифи. / Узбекистон География жамияти 56 том. Тошкент-2019. Б. - 235-239.

3. Мониторинг биоразнообразия ветландов южного приаралья Под ред. Соколов В.И. - Ташкент: «Агентство МФСА», 2019 - 61 с.

4. Турзунов Д.М., Султашова О.Г., Калабаев С.Б., Йулдошбаева М.Р. Давуткул кулининг сув сатхд режими / Гидрометеорология, изменение климата и мониторинг окружающей среды: актуальные проблемы и пути их решения международная научно-практическая конференция. Ташкент-2021 7 май, 232-235 с.

5. Хикматов Ф.Х. Калабаев С.Б. О водном балансе озер Южного Приаралья (на примере Шегекуль) / Казахстан тэуелшздтне 30 жыл толуынаарналган «гылым жэне бшм: iзденiс, мшдеттер, болашак» такырыбындагы VI республикалы; гылыми-практикальщ конференциясынын, материалдары. Тараз-2021. 27-30 с.

6. Южное Приаралье - новые перспективы. Под ред. проф. В.А. Духовного - Ташкент: «Нори», 2003 - 154 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.