Научная статья на тему 'TUYAMO’YIN SUV OMBORIDA SUV SATHI KO’TARILGANDA EHTIMOLIY TOSHQIN HUDUDINI ANIQLASH'

TUYAMO’YIN SUV OMBORIDA SUV SATHI KO’TARILGANDA EHTIMOLIY TOSHQIN HUDUDINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
37
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TUYAMO’YIN / SUV OMBORI / SUV TOSHQINI / SRTM / ARCGIS / ARCMAP

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Paxriddinov M.S.

Maqolada Tuyamo’yin suv omborining ahamiyati va u yerda ehtimoliy sodir bo’ladigan toshqin sabablari keltirilgan. Shuningdek ehtimoliy toshqin hududini SRTM ma’lumotlaridan foydalangan holda, zamonaviy GAT dasturlari yordamida aniqlash ketma-ketligi ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF A POSSIBLE FLOOD AREA WHEN THE WATER LEVEL INCREASES IN THE NEAREST WATER RESERVOIR

The article presents the importance of the Tuyamoyin reservoir and the possible causes of flooding there. Also, the sequence of determining the potential flood area using SRTM data with the help of modern GAT programs is presented.

Текст научной работы на тему «TUYAMO’YIN SUV OMBORIDA SUV SATHI KO’TARILGANDA EHTIMOLIY TOSHQIN HUDUDINI ANIQLASH»

Paxriddinov M.S.

Urganch Davlat Universiteti

TUYAMO'YIN SUV OMBORIDA SUV SATHI KO'TARILGANDA EHTIMOLIY TOSHQIN HUDUDINI ANIQLASH

Annotatsiya: Maqolada Tuyamo'yin suv omborining ahamiyati va u yerda ehtimoliy sodir bo 'ladigan toshqin sabablari keltirilgan. Shuningdek ehtimoliy toshqin hududini SRTM ma'lumotlaridan foydalangan holda, zamonaviy GAT dasturlari yordamida aniqlash ketma-ketligi ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tuyamo'yin, suv ombori, suv toshqini, SRTM, ArcGIS, ArcMap.

Pakhriddinov M.S.

Urganch State University

DETERMINATION OF A POSSIBLE FLOOD AREA WHEN THE WATER LEVEL INCREASES IN THE NEAREST WATER RESERVOIR

Annotation: The article presents the importance of the Tuyamoyin reservoir and the possible causes offlooding there. Also, the sequence of determining the potential flood area using SRTM data with the help of modern GAT programs is presented.

Key words: Tuyamoyin, reservoir, flood, SRTM, ArcGIS, ArcMap.

Tuya'mo'yin suv ombori Xorazm viloyati, Qoraqalpog'iston respublikasi va Turkmaniston respublikalarini suv bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Suv ombori Amudaryodan keladigan suvlarni yig'ib, undan qishloq xo' jaligida foydalanishga xizmat qiladi. Yillar davomida suv omboridagi suv sathi o'zgarib turadi. Ma'lumk, Amudaryo orqali keladigan loyqa suvlar suv omborida to'planib turgach yillar davomida suv tarkibidagi qum zarralari suv ombori ostiga cho'kib, suv sathi ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari suv omborlarida sodir bo'ladigan toshqinlarga qor va muzliklarning surunkali erishi ham sabab bo'lishi mumkin.

Ehtimoliy toshqin hududini aniqlashda ArcGIS paketining ArcMAP dasturida SRTM (Shuttle Radar Topography Mission) ma'lumotlaridan foydalangan holda Tuyamo'yin suv omborining suv sathi 5, 10, 15,... metr ko'tarilganda qaysi hududlar suv ostida qolishini aniqlanadi. Dastlab ArcMap dasturiga Tuyamo'yin suv omboriga to'g'ri keladigan SRTM ma'lumoti yuklanadi. Keyin Arctoolbox uskunalar panelidan Spatial Analyst Tools>>Math>>Logical>>Less Than Equal buyrug'i yordamida suv ombori sathining har 5 metr ko'tarilganda ehtimoliy toshqin ostida qoladigan hududlar

aniqlanadi. Natijalarni hosil qilishning umumiy jarayoni quyidagi metodologik ketma-ketlik asosida bajarildi (1-rasm).

1-rasm. Ish jarayonining umumiy metodologiyasi

Quyida metodologiya bo'yicha suv sathi Boltiq dengiziga nisbatan 100 m ko'tarilganda ehtimoliy toshqin ostida qoladigan hududlarni aniqlaymiz. Buning uchun bizga yuqorida takidlaganimizdek Xorazm viloyati hududiga to'g'ri keladigan SRTM ma'lumotlari (srtm_49_04.tif), tumanlar va suv ombori shape fayllari kerak bo'ladi.

Barcha ma'lumotlar ArcMap dasturiga yuklangach Arctoolbox uskunalar panelidan Less Than Equal oynasi ochiladi.

So'ngra bu oyna quyidagicha to'ldiriladi:

1. Input raster or constant value 1 ga srtm_49_04.tif tanlanadi;

2. Input raster or constant value 2 ga 100 yoziladi;

3. Output raster ga ishchi direktoriya tanlanib, 100_m nomi ostida saqlanadi va OK (4) tugmasi bosiladi

Natijadan ko'rinib turibdiki, agarda suv sathi Boltiq degiziga nisbatan 100 m balandlikkacha ko'tarilgan taqdirda, Xorazm viloyatining Gurlan, Yangibozor, Shovot, Qo'shko'pir, Xiva, Urganch va Yangiariq tumanlari toshqin ostida qolishi mumkin, Xonqa va Bog'ot tumanlari esa qisman toshqindan zarar ko'radi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy, Ellikqal'a va To'rtko'l tumanlari ham toshqindan aziyat chekishini ko'rishimiz mumkin.

Xuddi shunday ketma-ketlik asosida suv sathi balandligini o'zgartigan holda toshqin ostida qoladigan hududlarni aniqlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https ://desktop.arcgis.com/ru/arcmap/latest/get-started/main/get-started-with-arcmap.htm

2. https ://ru.wikipedia.org/wiki/Shuttle_Radar_Topography_Mission

3. https://opendem.info/download_srtm.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.