SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
BUXORO VILOYATIDAGI SUV OMBORLARI VA ULARNING XO'JALIKDAGI AHAMIYATI
Muhammadova Sabina Yo'ldosh qizi
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Buxoro viloyatidagi suv omborlar va ulardan xo'jalikda foydalanish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: suv omborlar, Quyimozor suv ombori, Sho'rko'l suv ombori, Sho 'rko 'l aylanma kollektori, Amu-Buxoro mashina kanali, To 'dako 'l suv ombori, to 'g 'on, Dengizko 'l, Oyoqog 'itma ko 'li.
This article covers water reservoirs in the Bukhara region and their use in the economy.
Key words: reservoirs, Kuymozor reservoir, Sho'rkol reservoir, Shurkol circulation collector, Amu-Bukhara machine channel, Todakol reservoir, dam, Dengizko l, Lake Ayakogitma.
Yer sharining qurg'oqchil o'lkalarida suv resurslari va suvdan oqilona foydalanish masalalari dolzarb masala hisoblanadi. Mavjud suv resurslaridan sanoat va xo'jalikda tejab foydalanish masalalariga e'tibor berish kerak. Buxoro viloyati ham O'zbekistonning tekislik qismida, Zarafshon daryosining quyi qismida joylashgan bo'lib suv resurslari bilan barcha hududlari bir xil ta'minlanmagan. Suv boyliklarining asosiy qismi suv omborlari va ko'llarda to'plangan bo'lib, xo'jalikda foydalanish imkoniyatlari bir-biridan farq qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Quyimozor suv ombori Quyimozor va Kogon temir yo'l stansiyalari oralig'ida joylashgan. 1958-yililda Zarafshon daryosining etak qismlaridagi chuqurliklardan birining atrofini ko'tarib qurilgan. Suv omborlarining kosasi Qumtosh aralash loyqalardan tashkil topgan aralash yotqiziqlarda joylashgan. Dastlabki suv hajmi 280 mln m3, maydoni 16,2 km2. Eng keng joyi 5km, o'rtacha chuqurligi 17 m, eng chuqur joyi 40 m . 1968-yilda suv omborining qirg'oqlari 2 m dan ortiq baland marzalar bilan ko'tarilgan. Uning suv hajmi 350 mln m3 gacha, maydoni 17,3 km2 ga yetdi. Quyimozor suv omboriga maxsus kanal (18 km) orqali Zarafshon daryosidan suv keltiradi, shuningdek, Amu-Buxoro mashina kanalida 40 m3/sek suv quyadigan Quyimozor nasos stansiyalari qurildi. Jamg'arilgan suv 72 km va sekuntiga 100m3/s
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ga qadar suv oqdigan kanal orqali irrigatsiya shaxobchalariga tarqatiladi. Suv omborlarida suv sathi o'zgarib turadi. Quyimozor suv ombori tarkibiga Xorxo'r va Duoba gidrouzellari kiradi. 1965 yildan beri Quyimozor suv ombori Amu-Buxoro mashina kanali suvini tartibga solish maqsadida foydalaniladi. Magistral kanal bilan birgalikda suv ombori 94 ming gektar yerni sug'oradi.
Sho'rko'l suv ombori Zarafshon daryosidan maxsus qazilgan kanal orqali kuz-qish mavsumuda to'diriladi. 1977-1980 yillarda qurilgan [1]. Umumiy hajmi 170 mln m3 to'g'onining balandligi 14,5 m, maksimal suv o'tkazish imkoniyatlari 35m3/s . Buxoro viloyatidagi G'ijduvon, Navoiy viloyatidagi Konimex va boshqa tumanlardagi 35 ming gektar ekinzorlarni sug'oradi. Sho'rko'l asosan Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida joylashgan bo'lib 1977-yilda "Uzgiprovodxoz" instituti tomonidan texnik loyiha tuzilgan va 1978-yilda sobiq SSSR melioratsiya va Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan mazkur loyiha tasdiqlangan. Mazkur loyiha asosida 1978-1982 yillarga "Amu-Buxoro " kanal qurilish tresti tomonidan qurilish ishlari boshlangan. Suv omborining suv hajmini loyiha bo'yicha 394 mln m3 qilib, qurilishi rejalashtirilgan "Sho'ko'l" suv ombori Zarafshon daryosi orqali to'ldiriladi. 1984-yilda suv omborida 201,7 mln m3 suv yig'ilgan, bu Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi sug'oriladigan yerlarning melirotiv halatiga salbiy tasir ko'rsatgan. Shunung uchun melioratsiya va Suv xo'jaligi vazirligining 1985-yil 18-dekabrdagi 857-sonli bayonnamasi bilan suv omborida to'planadigan suv hajmi 170 mln m3 dan oshirmaslik belgilandi. "Sho'rko'l" suv ombori Buxoro viloyatining shimoli-g'arbiy qismida, Navoiy viloyatida Konimex tumani bilan chegarada joylashgan bo'lib, Amu-Buxoro irrigatsiya tizmalari havza boshqarmasiga qarashli "Toshrabot-Jilvon" irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan eksplutatsiya qilinadi (Toshrabot gidrouzeli Buxoro viloyati G'ijduvon tumani hududidan). Suv omborining suv olish manbai Zarafshon daryosi hisoblanadi. Suv ombori 3 klass, zilzilaga chidamliligi 6 ballni tashkil qiladi. Plotina uzunligi - 560 metrni tashkil qiladi [2].
Sho'rko'l suv ombori -Sho'rko'l kanali orqali suv to'diradi. Suv ombor maydoni 29,0 ming gektar, shundan 28,3 ming gektari Shofirkon tumanining "Jilvon" va "Toldi" massivlari 0,7 ming gektari G'ijduvon tumanining "Qutchi" massivi ekin maydonlari hisoblanadi. Suv omborining foydalanishdagi suv hajmi 170,0 mln m3, o'lik hajmi 17,0 mln m3 , yuza 30,5 km2 , uzunligi 5,5 km, eni 3,5 km, chuqurligi 5,7 metr, to'g'on uzunligi 560 metrni tashkil etadi.
Navoiy viloyati hududidagi ekin yerlari va aholi punklarini suv omborining salbiy tasiridan himoyalash maqsadisa to'suvchi "Sho'rko'l aylanma" kollektori va bu suvlarni "Og'itma" ko'liga tashlovchi "GD-18" kollektori qurilgan. Suv omborini qurilishini to'xtalishi sabablari to'liq bartaraf qilingan. Mazkur suv ombori to'liq
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ishga tushirilsa 224,0 mln m3 suv jamg'arish hisobidan G'ijduvon tumanining "Qutchi" massividagi 3,0 ming gektar va Shofirkon tumanidagi "Jilvon" massividagi 1,5 ming gektar hamda "Toldi" massivi 2,0 ming gektar, jami esa 6,5 ming gektar oborotdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritilishiga erishildi. Suv ombori tarkibiga to'g'on, suv chiqarish inshooti, suv kirish va chiqish kanallari kiradi. Suv chiqarish inshooti minora shaklida to'g'on yaqinida qurilgan. Suv chiqarish, suv kiritish qismi, bosimli qismi va temir betonli bosimsiz quvur va quduqdan iborat [3].
To'dako'l suv ombori Buxoro shahridan 26 km sharqdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining janubi-g'arbida barpo etilgan. 1968-yil ishga tushirilgan. 1977- yilda qayta rekonstruksiya qilingan. To'liq hajmi 800 mln m3. Suv yuzasining maydoni 17,5 km2, o'rtacha chuqurligi 4,8 m. To'g'oning balandligi 4m , maksimal suv chiqarish imkoniyati 46,0 m3/sek. O'rtacho'l kanali orqali Zarafshon daryosining ortiqcha suvlarini jamg'aradi, Amu-Buxoro mashina kanali orqali Amudaryodan to'ldiriladi. Kanalning etak qismlaridagi yerlarni qo'shimcha suv bilan taminlaydi. Tutashtiruvchi kanal orqali Quyimozor suv omboriga suv beradi. To'dako'l suv omborining suvi qisman menerallashgan. To'dako'l suv omborida baliqchilik xo'jaligi bor. To'dako'l va Quyimozor suv omborlari RAMSAR kanvensiyasi ro'yxatiga kiritildi. O'zbekistonda To'dako'l va Quyimozor suv omborlari xalqaro ahamiyatga ega suvli botqoq hududlar sifatida belgilab olingan. Ular Qizilqum cho'lining janubiy-g'arbidagi Navoiy viloyatida joylashgan biogeografik jihatdan Markaziy Osiyodagi qurg'oqchil bo'lgan hududlar suvlarini saqlashga xizmat qiladi. Suv-botqoqlik to'g'risidagi konvensiya 1971-yil 2-fevralda Eronning Ramsar shahrida 18 ta davlat tomonidan imzolangan bo'lib, ayni paytda unga dunyoning 170 dan ortiq davlati a'zo hisoblanadi. Mamlakatimiz ushbu kanvensiyaga 2001 yilda qo'shilgan.
Quyimozor suv ombori O'zbekistonda kattaligi jihatdan beshinchi o'rinda bo'lgan Buxoro shahri va unga yaqin Kogon shahri uchun asosiy ichimlik suvi manbaidir. Uning suvi qo'shni To'dako'l suv ombori suviga qaraganda chuchukroq. Undan asosan dehqonchilik va qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda foydalaniladi. Umumiy maydoni qariyb 32 ming gektarni tashkil etadigan ushbu suvli-botqoq yer maydoni ko'chmanchi qushlar uchun ham muhim to'xtab o'tish joyi hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, so'nggi besh yilda ushbu hududda qo'nib o'tgan qushlarning o'rtacha yillik soni 40 mingdan ortiq. Taxminan 229 ta qush turi, shu jumladan yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan oqbosh o'rdak ham ro'yxatga olingan, biogeografik xilma-xillikni saqlab qolish uchun ularning 1 % dan ko'prog'i shu makonda qishlaydi. Bundan tashqari 34 xil o'simlik o'sadi va 8 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, 12 ta turi esa Markaziy Osiyo endimikasi sanaladi. Suv
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
havzalarida Amudaryo kurakburuni va baqra balig'i esa yo'qolib ketish xafi ostida qolmoqda[4].
Dengizko'l -Buxoro viloyati Olot tumanidagi ko'l. O'rta asrlada "Borgini farox", ya'ni "Katta ko'l" deb yuritilgan. X asr yozma manbalarida Dengizko'l "Qorako'l", "Buxayrayi Somjan" ("Somjan ko'li") nomlari atalgan. X asrda arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan O'rta Osiyo xaritasida "Baxr ul-Buxoro" ("Buxoro dengizi") nomi bilan ko'rsatilgan. Muhammad Narshaxiy (X asr) bu ko'l haqida "kengligi yigirma farsax (140-160km) bo'lib, Buxoro daryosining ortiqcha suvi shu ko'lga yig'ilgan, unda suv jonivorlari ko'p, butun Xurosonda bu yerdagidek miqdorda qush va baliq tutilgan emas" deb yozgan. Ko'l viloyatning janubiy chekkasidagi (Zarashon daryosining quyi oqimida) tektoning botiqda, dengiz sathidan 181,5 m balandda joylashgan. Dengizko'lga bir qancha kollektor-zovurdan keladigan tashlama suv va ekin maydonlari sug'orish natijasida hosil bo'lgan sizot suvi kelib quyiladi. Zarafshon daryosining asosiy tarmog'i -Toyqir ham to'linsuv davrida ko'lgacha yetib boradi. Dengizko'ldan suv oqib chiqmaydi, sarflanish asosan bug'lanish va qisman shimilish hisobiga kechadi. 60-70-yillar boshlarida Dengizko'lning maydoni va chuqurligi tez-tez o'zgarib turgan suv ko'p quyilgan davrlarda ko'lning maydon 80-100 km2, chuqurligi 1-1,5 m, yoz oxirida esa tegishlicha 40-60 km2 va 25-30 sm bo'lgan. 70-80- yillarda Buxoro viloyatining janubida yangi yerlarning o'zlashtirilishi va oqova suvlar miqdorining ortishi natijasida Dengizko'l yildan-yilga kattalashib bordi. O'tgan asrning 80-yillar oxiri (1987) uzunligi 43,3 km , eng keng joyi 9 km , eng chuqur joyi 22 m, suv yuzasining maydoni 267 km 2, suv hajmi 2,7 km3 bo'lgan. Bu qiymatlar suv sathi tebranishiga mos ravishda yil davomida o'zgarib turadi: kuzda buglanish kamaygach, suv muvozanati turg'unlashadi, so'ng suv sathi yana orta boradi. Dengizko'l kallektor zovur suvlari hisobiga to'yinadi. Yozda bug'lanish ancha kuchli. Dengizko'lda shamol tasirida to'lqinlar kuzatiladi. Suvi juda sho'r, ko'lning tubi ayrim joylarda 0,5 m gacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan. Dengizko'l suvi shifobaxsh hisoblanadi[5].
Oyoqog'itma ko'li-Buxoro viloyatining shimolida oyoqog'itma qishlog'i yaqinidagi ko'l bo'lib Oyoqog'itma botigida joylashgan. Bu ko'lga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonidan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil bo'lgan Sho'rko'l kallektoriga quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km2 gacha ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Suvi sho'r. Baliqlarning sazan, do'ngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi. Ko'l atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
XULOSA
Mazkur ko'llar va suv omborlarning joylashgan geografik o'rnidan kelib chiqib, hududda ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari beqiyos ekanligi namayon bo'lmoqda. Hududda cho'l landshaftiga xos bo'lgan iqlimning mavjudligi mazkur hududda yashashga moslashgan flora va faunaning muntazam hayot kechirishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hududni turistik zonaga aylantirish orqali esa infrastrukrura obyektlarini barpo etish maqsadga muvofiq bo'lardi.
Masalan, mehmonxonalar yoki mehmon uylarini tashkil qilish, maishiy xizmat ko'rsatish sohalari (umumiy ovqatlanish, sartaroshxona, hojatxona va boshqalar)ni barpo etish, turistlar uchun yozgi oromgohlar barpo etish, avtoturargohlar va avtomabillarga xizmat ko'rsatish sohalarini barpo qilish, aloqa xizmati shahobchalarini barpo qilish, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlari bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlarini joriy qilish kabi masalalar o'z yechimini topsa, hududning nafaqat iqtisodiy rivojlanishiga, balki aholining ma'lum bir qatlamining ish bilan ta'minlanishiga ham erishish mumkin [6].
REFERENCES
1. Bakiev M.R., Nosirov B., Xo'jaqulov R. Gidritexnik inshootlari. T.: 2007. -361 b.
2. Bakiev M.R., Tursunov T.N., Kaveshnikov N.T. Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish. T., 2008.
3. Bakirov M.R. , Nosirov B., Xo'jaqulov R. Gidrotexnika inshootlari. T.: 2007.-
4. Rozanov N.P., Bachkaryov Ya.V., Lapshenkov V.S., Jo'ravliyov G.I., Kaganov G.M., Rumyansov I.S., Gidrotexnika inshootlari. N.P. Rozanova-M: Agroropmizdat, 1985.-451b.
5. Hamidova. D. Sho'rko'l suv omborining texnik holati.
6. Abdimo'Minov T.A., Bozorov S.O., & Raxmatov A.Yu. (2022). SUV OMBORLAR VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (OQTEPA SUV OMBORI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 19-23.
7. Abdimo'Minov T.A., & Muhammadova S.Yo. (2022). AMU-BUXORO VA AMU-QORAKO'L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. Экономика и социум, (12-1 (103)), 9-13.
361 b.