Научная статья на тему 'TURONNING YUNON-MAKEDONLARGA QARAMLIK DAVRI HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI'

TURONNING YUNON-MAKEDONLARGA QARAMLIK DAVRI HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Elmuratov Ortiq Oltiboy O‘G‘Li

Qadimgi zamonlardan Turonda plastik san’at monumental va kichik shakllarda alohida taraqqiyotga erishgan. Uning rivojlanishiga shak-shubhasiz ellinizm turtki berdi. Makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari natijasida keng miqyosda boshlangan ellinizm–yunonlar madaniyatining kirib kelishi Boxtar va Sug‘d shaharlari, hunarmandchiligi va badiiy-amaliy san’atiga, xususan haykaltaroshlik san’atiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Haykaltaroshlikda mahalliy an’analari bilan birgalikda yunon-makedonlar an’analari birga uchraydi. Haykaltaroshlik san’ati asarlari tosh, marmar, oqtosh, gips, loy va metallardan yasalgan. Loy va toshdan yasalgan haykaltoroshlik namunalari ko‘pchilikni tashkil etadi. Loyni qayta ishlash va unga ishlov berish oson bo‘lganligi sababli, an’anaviy xomashyo aylangan. Shuningdek, bronzadan alohida haykallar va mayda haykalchalar ham yasalgan [И.Р.Пичикян: 244].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURONNING YUNON-MAKEDONLARGA QARAMLIK DAVRI HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI»

TURONNING YUNON-MAKED ONLARGA QARAMLIK DAVRI

HAYKALTAROSHLIK SAN'ATI

Elmuratov Ortiq Oltiboy o'g'li

O'zR FA Tarix instituti, kichik ilmiy xodim, O'zMU magistri https://doi.ore/10.5281/zenodo.12621268

Qadimgi zamonlardan Turonda plastik san'at monumental va kichik shakllarda alohida taraqqiyotga erishgan. Uning rivojlanishiga shak-shubhasiz ellinizm turtki berdi. Makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari natijasida keng miqyosda boshlangan ellinizm-yunonlar madaniyatining kirib kelishi Boxtar va Sug'd shaharlari, hunarmandchiligi va badiiy-amaliy san'atiga, xususan haykaltaroshlik san'atiga ham katta ta'sir ko'rsatadi.

Haykaltaroshlikda mahalliy an'analari bilan birgalikda yunon-makedonlar an'analari birga uchraydi. Haykaltaroshlik san'ati asarlari tosh, marmar, oqtosh, gips, loy va metallardan yasalgan. Loy va toshdan yasalgan haykaltoroshlik namunalari ko'pchilikni tashkil etadi. Loyni qayta ishlash va unga ishlov berish oson bo'lganligi sababli, an'anaviy xomashyo aylangan. Shuningdek, bronzadan alohida haykallar va mayda haykalchalar ham yasalgan [И.Р.Пичикян: 244].

Bu davrda asta-sekin bilan plastik uslubi ham shakllana boshlaydi. Bunda tafovutlar shunda edi-ki, agar yunon-makedon dunyosida toshlardan yasalgan haykaltaroshlik san'at asarlari ustunlik qilgan bo'lsa, Turonda haykallar asosan loy quymalari, ba'zan gips qoliplaridan yasash ustunlik qilgan. Turon plastik loyning xilma-xilligi bilan boydir. Haykalning qurishi paytida uning yorilib ketmasligi va kichrayishini kamaytirish uchun unga qamish tuki yoki maydalangan jun qo'shilgan. Asosiy tanaga qamishdan armatura (asos) yoki yog'och tayanch(o'zak)lar kiritilgan bo'lib, ketma-ket, qatlamma-qatlam haykal shaklini oshirib borish bilan uning yuqori qatlamiga oxirgi ko'rinish shakli berilgan. Loy juda plastik va ishlov berish ushun qulay ashyodir, lekin unchalik yorqin bo'lmagan rangga ega, shuning uchun mahalliy hunarmandlar loydan yasalgan haykallar va releflarni bo'yash usullaridan foydalanganlar [Узбекистон маданий мероси. Самарканд музей-курикхона туплами: 51-52].

Tarkibi bo'yicha mineral bo'yoq, devoriy rang tasvirda ishlatiladigan bo'yoq kabi to'g'ridan-to'g'ri loyning ustiga yoki oq pigment ustiga surtilgan. Bunda qizil rang tuslari ustunlik qiladi-g'ishtin-qizil rangdan to qizg'ish va nozik pushti ranggacha ishlatilgan.

Sug'dda mayda plastika ellin an'analarining mahalliy talqinini namoyish etadi. Masalan, Afrosiyob va Tali Barzudan (miloddan oldingi 2-yuzyillik-milodiy 4-yuzyillik) topilgan haykalchalar shundan guvohlik beradiki, ellin badiiy tamoillari kirib kelishi barobarida mahalliy uslub ham shakllangan (gavda holatlarining qotib qolishi, mahalliy etnik xususiyatlarni talqin etish) (1-rasm).

Yunon-makedonlarga qaramlik davri (miloddan oldingi 4-2-yuzyilliklar)da mavjud bo'lgan yodgorliklardan topilgan haykaltaroshlik san'at asarlarining ko'pchilik qismida yunonlar ta'sirining yuqoriligi yaqqol ko'rinib turadi. Hatto, mahalliy ma'budlar tasvirlarida ham ellin uslubi ko'zga tashlanadi.

Oyxonim shahridan topilgan san'at asarlari bilan birga Oks ibodatxonasining yuksak badiiy haykaltaroshlik namunalari tadqiqotchilarga ilk ellinistik davr Boxtar madaniyatining tasviriy mavzularining butun qatlamini yoritib berdi.

Haykaltaroshlik san'at asarlari yasalish texnikasi va davriga asoslanib qadimgi davrda (antik) uchta maktab shakllangan. Birinchisiga, Kichik Osiyo yunon urf-odatlari asosida

ishlangan Salavkiylar va Yunon-Boxtar davri haykallari (qirollik toji kiygan ikki salavkiy qirol) kiradi. Ikkinchisi, yaqqol sharqona ko'rinishga yega bo'lgan Boxtar maktabi haykallari, uchunchi maktabga yunon-gandhara uslubida yasalgan haykallar kiradi [H.P.nHHHKAH: 159160].

Oks ibodatxonasining g'arbiy yo'laklarida turli o'lchamdagi ko'p sonli parchalar orasidan pishirilmagan loydan yasalgan ikki erkak bosh qismi topilgan. Ular juda yaxshi saqlangan bo'lib, qirollik xonadonidan bo'lgan. Chunki, chol va yosh yigit ham binafsha rangli diademali toj kiygan. Hajmi, xomashyosi, ishlab chiqarish usuli va uslubdagi o'xshashlik ikkala haykalning bir vaqtning o'zida yasalganligini ko'rsatadi. Boshlardan birida chamasi 50 yoshlardan oshgan soqolsiz keksa odam tasvirlangan. Qirollik diademasi kiygan yigitning surati ham yaxshi saqlangan. Bosh qismi loydan yasalgan bo'lib, juda mo'rt. Bu esa, mahalliy ishlab chiqarishdan dalolat beradi. Yigitning boshini va ehtimol, butun haykalni yasagan haykaltarosh Makedoniyalik Aleksandrni ideallashtirgan tasvirini yaratgan bo'lishi mumkin [H.P.nHHHKAH: 189-191].

Taxti Sangin (Oks ibodatxonasi)dan kamonchi tasvirida Apollon haykalining parchalari topilgan. I.R. Pichikyanning yozishicha, bu haykal miloddan oldingi 3-2 yuzyilliklarga, Yunon-Boxtar podsholigi davriga oiddir [H.P. nHHHK^H: 181].

Haykaltaroshlik tasvirlarida katta o'rinni suv bilan bog'liq bo'lgan ma'budlarning tasviri egallaydi (Oks, Gippokampes va Silen Marsey tasvirlari). Taxti Sangindagi Oks ibodatxonasidan topilgan topilmalar orasida daryo mabudi Oks tasviri alohida o'rin tutadi. Bu kichik qurbongohga o'rnatilgan Oks ma'budining ikki barrelli nay chalayotgan bronza haykalchasidir (2-rasm). Haykalcha ostiga qadimgi yunon tilida quydagi so'zlar bitilgan: E^x^v Qasam bilan dvst)'nK£v bag'ishlangan AxpooœKnç Atrosok O^œi Oksga

I.R.Pichikyan Oksni Kichik Osiyodagi Meander daryosining ma'budi Silen Marsey bilan qiyosalab, suv bilan aloqasini keltiradi. Silen Marsey nay chalish bilan mashhur bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri daryolarning homiyligi bo'lgan. I.R.Pichikyan va B.A.Litvinskiy Oks ma'budi haykalchasini ibodatxonaga sovg'a qilingan degan xulosani beradilar. Haykalcha ostidagi yozuv tili, shakli yunoncha bo'lsa, undagi nomlar boxtarchadir [A.A.nonoB: 171-172; B.A.Litvinskii, I.R.Pichikian: 58-59]. Boxtarda bunday san'at asarining uchrashi madaniy aloqalardan darak berib qolmay, aralash (madaniy va etnik) boxtar-yunon muhitini shakllanganidan darak beradi.

P.Bernard Oyxonimdan topilgan chap oyoq qismini mahalliy maktabga tegishli emas, balki uni boshqa bir haykaltaroshlik maktabi vakillari ishlagan degan xulosani beradi. Uning fikricha, haykal Zevsga tegishli bo'lib, uni Yunon-Boxtar tangalarida tasvirlangan Zevsning tasviri bilan qiyoslaydi [P.Bernard: 341].

Ellin davrida Turonda me'morchilikdan farqli o'laroq haykaltaroshlik san'atida Sharq ta'siri kam uchraydi. Albatta, mahobatli san'at asarlarining paydo bo'lishi ellin davri bilan bevosita bog'liqdir. Ellinizm madaniy hodisa sifatida yunon-makedonlarning uzoq davom etgan siyosiy hukumronligini boshidan o'tkazgan Turon qadimgi xalqlarining moddiy va ma'naviy merosida chuqur iz qopldirdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. B.A. Litvinskii and I.R. Pichikian. The Hellenistic Architecture and Art of the Temple of the Oxus // Vol. 8, 1994, The Archaeology and Art of Central Asia Studies from the Former Soviet Union. - P. 58-59.

2. P. Bernard. Quatrieme campagne de fouilles a Ai Khanoum (Bactriane) // CRAI. 1969. -P. 341.

3. А.А. Попов. Греко-бактрийское царство. Санкт-Петербург. 2008. - С. 171-172.

4. И.Р. Пичикян. Культура Бактрии. Ахеменидский и эллинистический период. - М., 1991. - С. 244.

5. Узбекистон маданий мероси. Самарканд музей-к;урик;хона туплами. XVIII. Тошкент, 2020. 51-52 бетлар.

ILOVA

1-rasm. Afrosiyob. Hiton kiygan ayol kishining 2-rasm. Tahti Sangin. Ikki barrelli nay terrakota haykalchasi chalayotgan Oks ma'budining bronza

haykalchasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.