Научная статья на тему 'HAYKALTAROSHLIK TASVIRIY SAN'ATNING TURI SIFATIDA'

HAYKALTAROSHLIK TASVIRIY SAN'ATNING TURI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
62
239
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
San’at / hajm / fazoviy tasavvur / plastika / bezak / dastgoh / monumental. / Art / size / spatial imagination / plastic / decor / easel / monumental

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shomurodov O.N.

Haykaltaroshliksiz san'at to'liq bo'lmaydi. Odamlarni, hayvonlarni va turli xil narsalarni o'ymakorlik va haykaltaroshlik insoniyat tarixida qoyatosh san'ati bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'lgan. Haykaltaroshlik tasviriy san’at turi bolib, faqat hajmli va shuning uchun his-tuyg'ularni biroz boshqacha ifodalaydi. Haykallar bizga aytadigan narsalarni idrok qilish biz uchun ancha oson, chunki ular boshqa san'at turlaridan ko'ra aniq va bizga ko'proq o'xshaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCULPTURE AS A FORM OF FINE ART

Art cannot be complete without sculpture. Carving and sculpting people, animals and various objects appeared in the history of mankind almost simultaneously with rock art. Sculptures are the same paintings, only volumetric, and therefore expressing emotions a little differently. What statues tell us is much easier for us to perceive, because they are tangible and more like us than works of any other art form.

Текст научной работы на тему «HAYKALTAROSHLIK TASVIRIY SAN'ATNING TURI SIFATIDA»

Shomurodov Oybek Norqulovich. Buxoro davlat universiteti, tasviriy va

amaliy san'at kafedrasi dotsenti

Annotatsiya

Haykaltaroshliksiz san'at to'liq bo'lmaydi. Odamlarni, hayvonlarni va turli xil narsalarni o'ymakorlik va haykaltaroshlik insoniyat tarixida qoyatosh san'ati bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'lgan. Haykaltaroshlik tasviriy san' at turi bolib, faqat hajmli va shuning uchun his-tuyg'ularni biroz boshqacha ifodalaydi. Haykallar bizga aytadigan narsalarni idrok qilish biz uchun ancha oson, chunki ular boshqa san'at turlaridan ko'ra aniq va bizga ko'proq o'xshaydi.

Kalit so'zlar

San'at, hajm, fazoviy tasavvur, plastika, bezak, dastgoh, monumental.

СКУЛЬПТУРА КАК ВИД ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА

Шомуродов Ойбек Норкулович. Бухарский государственный университет, доцент кафедры изобразительного и прикладного

искусства

Аннотация

Без скульптуры искусство не может быть полноценным. Вырезание и вылепливание людей, животных и разнообразных предметов появились в истории человечества едва ли не одновременно с наскальной живописью. Скульптуры — это те же картины, только обёмые, а значит и выражающие эмоции немного по-другому. То, что говорят нам статуи, мы воспринимаем во многом проще, потому что они осязаемы и более похожи на нас, чем произведения любого другого вида искусства.

Ключевые слова

Искусство, размер, пространственное воображение, пластика, декор, мольберт, монументальный_

SCULPTURE AS A FORM OF FINE ART

Shomurodov Oybek Norkulovich. Bukhara State University,

Associate Professor of the Department of Fine and Applied Arts

Annotation

Art cannot be complete without sculpture. Carving and sculpting people, animals and various objects appeared in the history of mankind almost simultaneously with rock art. Sculptures are the same paintings, only volumetric, and therefore expressing emotions a little differently. What statues tell us is much easier for us to perceive, because they are tangible and more like us than works of any other art form.

Keywords

Art, size, spatial imagination, plastic, decor, easel, monumental

Ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelgan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo'lib qoldi. Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o'zlikni anglashni o'sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildiziga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz». O'zbekistonda yangi ma'naviyg'oyaviy yo'nalishlarning shakllanishi o'z navbatida, zamo-naviy san'atning barcha sohalariga samarali ta'sir etdi, ijobiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Xalqimizning boy ma'naviyati, turmush tarzi, urf odatlarini chuqur o'rganish yurtimiz kelajagi bo'lgan yoshlarni ma'naviy shakllanishda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Haykaltaroshlik bilan shug'ul-lanish talabalarning fazoviy tasavvurini, fikrlash qobiliyatini,

narsa va predmetning plastik shaklini his etishlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu mashg'ulotlar talabalarda o'ziga xos badiiy estetik his-tuyg'ularni uyg'otish bilan bir qatorda ularga go'zallikni ko'ra olishni, ijodiy qobiliyatni va estetik didlarini o'stiradi.

Haykaltaroshlik - tasviriy san'at turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch o'lchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir ob'ekti, asosan inson; shuningdek, hayvonlar (animalistik), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). Haykaltarosh-likning 2 asosiy ko'rinishi bo'lib, ular-aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan ko'rishga mo'ljal-langan bo'rtma (qabariq tasvir) rel'ef turi farqlanadi. Rel'ef, o'z navbatida, yuzaga nisbatan bir oz bo'rttirib ishlanadigan barel'ef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha bo'rttirib ishlanadigan gorel'efga bo'linadi; shuningdek nursoya o'yini hisobiga _tasvir ko'zga

tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana o'yma ko'rinish mavjud.

Haykaltaroshlikning asosiy ko'rinishi: gorel'ef; barel'ef; kon-trrel'ef (teskari ishlanadigan (pechat va tamg'alarda)) koylanaglif yoki ankryo va o'yma rel'ef.

Bezak. Haykaltaroshlikka istirohat bog'lari, xiyobonlar, ko'cha va bog'lar, shuningdek, me'moriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan bo'rtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panjara, badiiy darvozalar ham shu haykaltaroshlikning ko'rinishidir.

Dastgoh, haykaltaroshlikka mustaqil mazmunga ega bo'lgan, san'atning boshqa turlariga tobe bo'lmagan asarlar kiradi; ular ko'rgazmalar, muzey xonalariga va uylarning interyeriga qo'yish uchun mo'ljallanadi. Bu tur asarlarda vokelik o'zining butun borlig'i bilan aks ettiriladi hamda inson ruhiyatidagi nozik o'zgarishlar, uning ichki kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta.

Dastgoh, haykaltaroshlik asarlari byust (belgacha bo'lgan portret), tors, haykal (odam gavdasining natural kattalikda ishlangan ko'rinishi), haykalcha (natural kattaligidan kichik bo'lgan haykallar), koloss (haddan ortiq kattalikda ishlangan haykallar, masalan, Rodos kolossi), janrli

haykal (muayyan muhitda tasvirlangan odam yoki odamlar guruhi) va boshqa ko'rinishda bo'ladi. Kichik shakllar

haykaltaroshligi o'z xarakteriga ko'ra amaliy bezak san'atiga yaqin

turadi. Bunga stol ustiga qo'yiladigan sopol, chinni va boshqalar, xom ashyolardan ishlanadigan haykallar kiradi. Eng ko'p tarqalgan turlaridan biri terrakota; medal yasash san'ati va gliptika ham shu turga mansub. Haykaltaroshlikda ijodkor nursoya o'yinidan foy-dalanish orqali asarning ta'sir kuchini oshirishga erishadi (nur tushishi bilan haykal jonlanadi, nur yo'nalishining o'zgarishi bilan undagi nursoya tovlanishi ham o'zgaradi, natijada undan tomoshabin oladigan taassurot ham o'zgarib boradi). Bu aynan qisqa monumental va bezak haykaltarosh-lik asarlari uchun qo'l keladi, chunki maydon yoki xiyobonga o'rnatilgan haykalga ertalabki quyosh nurlari bir joziba bersa, kechki kun botish paytidan quyosh nurlari botishgacha bir fayz kiritadi. Haykaltaroshlikda insonning tashqi ko'rinishi, sokin yoki xarakatdagi holatini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi, asarda kechinmalar, hayajon, g'amginlik va boshqalar ham o'z ifodasini topadi. Haykaltarosh mahorati, tog'ri topilgan harakat, yuzdagi mimic holat asarning ta'sirli bo'lishida muhim o'rin tutadi. Haykaltaroshlik asarlari uchun tosh, granit, bronza, marmar, yog'och, metall (oltin, kumush, nikel kabi qimmatbaho metallar), sement, gips kabi turli materiallar ishlatiladi.

Haykaltaroshlikda tanlangan xom ashyo uning rangini belgilaydi. Xalq haykaltaroshligidagina haykallarni bo'yash hollari uchraydi. Haykal-taroshlik asarlari yaratishda yumshoq moddalar (maxsus loy, mum, plastilin

va- boshqalar),-nav toshlar, yog'o

^iz qi^BaP

bilan yaratiladi; suyi

(turli kesib bilan i yo'li

bilan yaratiladi; suyuq; holatdan qattiq holatga o'tish xususiyatiga ega bo'lgan moddalar (turli metall, gips, beton va boshqalar)dan kovlash yordamida qo'yib ishlanadi; keramika Haykaltaroshlik asarlari tayyorlashda maxsus loy navlaridan foydalaniladi, shakl bo'yama; naqsh yoki rangli sir bilan qoplanadi va maxsus pechlarda kuydiriladi. Haykal-taroshlik asari taglikka (postament yoki pedestalga) o'rnatiladi; ba'zan haykaltarosh maqsadini yuzaga chiqarishda bir necha taglikka o'rnatilgan haykallar, releflardan foydalanishi mumkin.

Haykaltaroshlikda ijodkor nursoya o'yinidan foydalanish orqali asarning ta'sir kuchini oshirishga erishadi (nur tushishi bilan haykal jonlanadi, nur yo'nalishining o'zgarishi bilan undagi nursoya tovlanishi ham o'zgaradi, natijada undan tomoshabin oladigan taassurot ham o'zgarib boradi). Bu ayniqsa monumental va bezak haykaltaroshlik asarlari uchun qo'l keladi, chunki maydon yoki xiyobonga o'rnatilgan haykalga ertalabki quyosh nurlari bir joziba bersa, kechki kun botish paytidan quyosh nurlari boshqacha bir fayz kiritadi.

Haykaltaroshlikda insonning tashqi ko'rinishi, sokin yoki harakatdagi holatini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi, asarda kechinmalar, xayajon, g'amginlik va boshqalar ham o'z ifodasini topadi. Haykaltarosh mahorati, to'g'ri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat asarning ta'sirli bo'lishida muhim o'rin tutadi.

Haykaltaroshlik asarlari uchun tosh, granit, bronza, marmar, yog'och, metall (oltin, kumush, nikel kabi qimmatbaho metallar), sement, gips kabi turli materiallar ishlatiladi. Haykaltaroshlikda tanlangan xom-ashyo uning rangini belgilaydi. Xalq haykaltaroshligidagina haykal-larni bo'yash hollari uchraydi. Haykaltaroshlik asarlari yaratishda yumshoq moddalar (maxsus loy, mum, plastilin va boshqalar), qattiq moddalar (turli nav toshlar, yog'och va b.)dan kesib (yunib) yoki o'ymakorlik bilan keraksiz qismlarini olib tashlash yo'li bilan yaratiladi; suyuq; holatdan qattiq holatga o'tish xususiyatiga ega bo'lgan moddalar (turli metall, gips, beton va boshqalar)dan qo'llash yordamida qo'yib ishlanadi; keramika haykaltaroshlik asarlari tayyorlashda maxsus loy navlaridan foydalaniladi, shakl bo'yama; naqsh yoki rangli sir bilan qoplanadi va maxsus pechlarda kuydiriladi. Haykaltaroshlik asari taglikka (postament yoki pedestalga) o'rnatiladi; ba'zan haykaltarosh maqsadini yuzaga chiqarishda bir necha taglikka o'rnatilgan haykallar, releflardan foydalanishi mumkin.

Haykaltaroshlikka zimdan

ibtidoiy

jamiyatda insonning mehnat faoliyati va diniy tushunchalarning paydo bo'lishi bilan shakllanib, yasash jarayonida haykaltaroshlikga xos uslub (yunish, ishlov berish, yumshoq; loydan shakllar yasash) bilan o'z xissiyoti, kechinmalarini tasvirlay boshlagan. Hayvonlarning dumaloq g'or yoki tosh yuzasiga ishlangan bo'rtma haykallari ibtidoiy kishilar kvadratlarining ifodasidir.

Quldorlik tuzumi davridan haykaltaroshlikda yangi bosqich boshlandi, bu davr uslub rang-barangligi, mavzu va turlarining ko'lami bilan ajralib turadi. Bu jihatdan haykaltaroshlikda qadimiy Sharqning alohida o'rni borliq bor mahobatli hayakallar, dastgox, portretlari,

jo'shqin, harakatga to'la bo'rtma tasvirlar yaratildi. Shumer va Akkad, Qobil va Ossuriya yodgorliklari, Misrdagi mahobatli haykallar, nafis bo'rtma tasvirlar shu davrning nodir yodgorliklaridir.

O'rta Sharq, jumladan, O'zbekiston xududida yaratilgan Xorazm. Sug'd, Baqtriya yodgorliklari, Tuproqdala, Varaxsha, Afrosiyob, Xolchayon, Dalvarzin-tepa, Quvaning mahobatli haykal va bo'rtma tasvirlari, mayda haykalchalar, amaliy san'at buyumlarini bezashda ishlangan turli badiiy shakllar davrning boy madaniyatidan dalolat beradi.

Antik davrda voqeband relef, portret o'z rivojinnng yuqori bosqichiga ko'tarildi, odamning ruxiy holatini ifodalash borasila katta yutuqga erishildi. Yunoniston va

qisman qadimiy Rimda yaratilgan haykaltaroshlik asarlarida insoniy tuyg'ular, uning kamoloti yetakchi o'rinni egalladi, tasvirlashda haykaltaroshlik hukm surdi, jismoniy baquvvat va ma'naviy go'zal inson obrazini yaratish yunon haykaltaroshlikning bosh maqsadi bo'ldi (Fidiy va Miron, Poliklet va Praksitel). Rim haykaltaroshlari portret san'atida katta yutuqlarga erishdilar, ularning asarlarida insonning murakkab kechinmalari kuchli realizmda tasvirlandi, shaxsning jismoniy va ma'naviy holati ochiq ko'rsatildi; Rimda ilk bor otliq; tomondon haykali ishlandi, bo'rtma tasvirda ham katta yutuqlarga erishildi: muhim tarixiy voqealarga bag'ishlab o'rnatilgan ustun va zafar yutuqlari voqea band bo'rtma tasvirlar bilan bezatildi.

O'rta asrlar Sharq mamlakatlarida haykaltaroshlik hamma joyda bir xil rivoj- lanmadi. Janubiy, janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari (Hindiston, Indoneziya va Hidixitoy mamlakatliri) da maxobatli, ishlanishi nafis ajoyib yodgorliklar yaratilgan bo'lsa, Yaqin va o'rta Sharq; mamlakatlarida haykaltaroshlik amaliy bezak san'atining qolgan tosh o'ymakorligi, yog'och va ganch o'ymakorligi, zargarlik va kandakorlik asarlarida o'z ifodasini topdi, ro'zg'or buyumlari, taqinchoqlar tayyorlashda binolar bezagi (namoyoni)da keng qo'llandi. Yevropa mamlakatlarida haykal taroshlikni rivojlantiruvchi asosiy kuch bo'ldi: Marmar. Florensiya. 1503 soborlar qoshida

haykaltaroshlik

ustaxonalari tashkil etildi. bu yerda bo'lajak haykaltaroshlar tayyorlandi, ibodat-xonalar uchun dumaloq haykal va releflar yaratilib, ular diniy g'oyalarni targ'ib qilishga xizmat qildi. Haykaltaroshlik roman va gotika uslubida qurilgan binolar kompozitsiyasining ajralmas qismiga aylandi. XIII asrning ikkinchi -XIV asr boshlarida Yevropa realistik haykaltaroshlik namunalari ko'zga tashlana boshladi (N.Pizano va b.), dunyoviy g'oyalar (yorqin insoniy xarakterlar, hayotga muxabbat ruxi) ni aks ettirish haykaltaroshlikning bosh vazifasiga aylandi (Donatello, A.Verokk'o va b.), ko'p planli releflar yaratildi; bronzadan haykal qo'yish san'ati mukammallashdi, mayolika, kanda-korlik amaliyotda keng ishlatila boshlandi.

Mikelaijelo ijodi Uygonish davri san'atining yuksak bir ko'rnishi bo'ldi. XVII-XIX asrlar haykaltaroshlik ham boy va rang-barang; bu davr Yevropa haykal-taroshlikda barokko, klassit-sizm, realizm uslublari raqobatda bo'ldi. Uyg'onish davri haykaltaroshlikka xos xotirjamlik, salobatlilik o'rniga barokko uslubi bilan shijoat, jo'shqinlik kirib kelgan bo'lsa, klassitsizm aksincha yana uyg'onish davri xotirjamligi gaqaytishga, hamma narsani aql bilan tartibga solishga harakat qildi. O'z mavqeini mustahkamlab borgan realizm uslubi borliqni to'laqonli aks ettirishga, inson his-tuygularini chuqurroq ifodalashga intildi (L. Bernini, A. Kanova, J. Gudon va b.).

XIX asrning ikkinchi yarmidan haykaltaroshlikda demokratik tamo-yillar ortib bordi, maishiy hayot, mehnat mavzusi san'atkorlarni o'ziga jalb etdi. Yevropa haykal-taroshlikda turli naturalistik oqim va yo'nalishlar shakllandi, avvalgi san'atlar sintezidan chekinish yuzaga keldi; bu davrda impressionizm, simvolizm oqimlari ham haykaltaroshlikda o'z ifodasini topdi.

XIX asr oxiri-XX asr boshidagi haykaltaroshlik rivojiga davrning yangi oqimlari ta'sir etdi. Bu jarayonda fransuz haykaltaroshi O.Roden ijodi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning ta'sirida nafaqat fransuz, balki ko'pgina zamonaviy yevropalik va boshqa haykaltaroshlar ijodi shakllandi. XX asr haykaltaroshlik san'ati qarama-qarshi omillarga asoslangan. Bir tomondan realistik san'at yo'nalishi o'z badiiy ko'lamini kengaytirishga ifoda vositalarining ta'sirchanligini oshi-rishga intilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan avangard san'ati o'z imkoniyatlarini keng namoyon eta bordi. XX-asr badiiy uslublari (kubizm - P.Pikasso, A.Arxipenko, A.Loran; konstruktivizm-A.Kolder; popart va avangardning boshqa vakillari) ta'sirida haykaltaroshlik yangi ko'rinish va an'anaviy bo'lmagan uslub va materiallar bilan boyidi.

XIX asr o'rtalarida, Yaqin va o'rta Sharq mamlakatlarida haykaltaroshlikda jonlanish boshlandi. O'rta Osiyo, jumladan, Uzbekistonda ham haykaltaroshlik asarlari yaratila boshladi. Uning dumaloq va bo'rtma

tasvir-relef

turida asarlar paydo bo'ldi. Favvoralar ishga tushdi, bezak haykaltaroshlik

atrof-muhitdagi voqea hodisalarni kuzatibgina qolmasdan, balki qo'l harakati bilan haykallar yasash va ularning plastik bog'lanishini idrok etish jarayonida haykalning hajmi, uch o'lchovli shaklga ega ekanligini tushunadilar. Shu bilan birga san'at asarlarini tushunishga, asarda ifoda etilgan fikr, g'oya va mazmunni, san'at asari kompozitsiyasidagi ritm, simmetriya, muvozanat, syujet kabi tushunchalarni anglashga harakat qiladilar. Haykaltaroshlik san'ati taiixi-va^jahamiyati, uning

gan asbob-uskunalar, turli xil materiallardan foydalanish va qo'llaniladigan texnik usullar haqida nazariy va amaliy tushunchalar berilgan.

asarlari bilan dam olish va hordiq chiqarish maskanlari, xiyobonlarni bezatish odati kengaydi. Shu davrda ishlangan qurbaqa, kiyik, it, sher va b. haykallar bir kuncha (Toshkent, Buxoro ka- bi) joylarni bezab turibdi. Buxorodagi Sitorai Moxi Xosadagi marmardan ishlangan sher haykallari, islimiy, girix, naqshlar, chiroyli yozuvlar bilan o'yib jilo berilgan suv novlari diqqatga sazovor. Tosh va marmar o'ymakorligi namunalari Xiva me'moriy yodgorliklarida ko'p uchraydi (jumladan, relefli tosh va marmar poyustunlar). Talabalar

Adabiyotlar

1. Бурдел З.Л. Искусство скулптуры-M.: 1968.

2. Бородина М.Р. Скультура. Учебное пособие-Т.:2000.

3. Искусство Древного Востока. - М.: 1973.

4. Shaxodatov M. Haykaltaroshlik va plastik anatomiya-T.: 2004.

5. Декоративное Искусство, №5, 1989.

6. Uzbek mlliy ensiklopediyasi. T. 11. -T.: 2005.

7. Дмитриева Н.А, Акимова Л.И. Античное искусство-М.:

1988.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.