Научная статья на тему 'TURKISTON TARIXIDA DEMOKRATIK DAVLAT TUZISH YO’LIDAGI HARAKATLAR TARIXI'

TURKISTON TARIXIDA DEMOKRATIK DAVLAT TUZISH YO’LIDAGI HARAKATLAR TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Mulkdоr / ulаmоlаr / qоzilаr / аktsiyаdоrlik jаmiyаtlаri / Turkistоn generаl–gubernаtоrligi / “begоnа zоt” / “yerli аhоli”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Vаlievа Nаfisа Аbdumаjitоvnа, Rаsulоv А. N

Ushbu mаqоlаdа Turkistоn mintаqаsidа siyоsiy hаyоt, jumlаdаn bоshqаruv tizimidаgi kаmchiliklаr, xаlqning аhvоli, ziyоlilаrning munоsаbаti, ulаrning mа'nаviy hаyоtgа tа'sir o‘tkаzishgа hаrаkаt qilishlаri xususidа mа‘lumоt berilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON TARIXIDA DEMOKRATIK DAVLAT TUZISH YO’LIDAGI HARAKATLAR TARIXI»

TURKISTON TARIXIDA DEMOKRATIK DAVLAT TUZISH YO'LIDAGI HARAKATLAR TARIXI

*Valieva Nafisa Abdumajitovna, 2Rasulov А. N.

1Namangan davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi 2NamDU professori, t.f.d, taqrizi asosida https://doi.org/10.5281/zenodo.11222000

Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkiston mintaqasida siyosiy hayot, jumladan boshqaruv tizimidagi kamchiliklar, xalqning ahvoli, ziyolilarning munosabati, ularning ma'naviy hayotga ta'sir o'tkazishga harakat qilishlari xususida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: Mulkdor, ulamolar, qozilar, aktsiyadorlik jamiyatlari, Turkiston general-gubernatorligi, "begona zot", "yerli aholi".

Аннотация. В dannou cmambe npedcmaeneHa инфoрмaция o nonumunecKou жизни TypKecmancKozo крaя, в moM числе o HedocmamKax системы ynpaeneH^, сoстoянии Hapoda, omнoшeнии инmeллигeнции, ee cmpeмлeнии влиять na дyxoвнyю жизнь.

Ключевые слова: Влaдeлeц, писцы, судьи, aкциoнepныe oбщecmвa, TypKecmarnme гeнepaл-гyбepнamopcmвo, «инopoдeц» («инocmpaннaя nopoda»), myзeмeц («зeмлeвлaдeльчecкoe нaceлeниe»).

Abstract. This article provides information about the political life of the Turkestan region, including the shortcomings of the management system, the state of the people, the attitude of the intelligentsia, its desire to influence the spiritual life.

Keywords: Owner, scribes, judges, joint-stock companies, Turkestan Governor-Generalship, "foreigner" ("foreign breed"), native ("landowningpopulation").

Kirish. Ma'lumki, jadidchilik Markaziy Osiyo mintaqasi ijtimoiy taraqqiyotining XIX asr oxiri - XX asr boshidagi keskin burilish bosqichida paydo bo'lgan edi. Jadidchilik jamiyatni yangilash va isloh qilish harakati bo'lgan. Birinchi bosqichda harakat ishtirokchilari mavjud ijtimoiy tizimni boshdan-oyoq o'zgartirishga harakat qilmagan. Ijtimoiy hayotning alohida sohalari, eng avvalo, ta'limning ma'naviy sohasini isloh qilish ustuvor vazifa o'laroq ko'ringan. Ha, shuni ham qayd etish joizki, ular dunyoqarashiga Turkiyadagi 1907 - 1908 yillardagi inqilobiy harakat va 1912 yildagi Eron inqilobi ta'sir ko'rsatgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Aynan jamiyatni isloh etish masalalari, aynan islom dinini isloh qilish bilan bog'liq masalalar, erkak va ayollarning teng huquqligiga oid masalalar - bular barchasi XX asr boshida albatta ko'tarilgan. Ammo keyinchalik, ayniqsa, 1917 yilgi fevral inqilobidan so'ng, monarxiya rejimi ag'darib tashlangach, bu harakat siyosiylashuv yo'liga o'tdi. Bu yerda ishchilar, deputat askarlar kengashlari tuzila boshladi va o'sha paytda bu g'oyalar jadidlar ongiga kirib bordi va ular mana shu ta'sir ostida dastlab ijtimoiy tashkilotlar tuzish, so'ngra musulmonlarning siyosiy partiyalarini tuzish masalalarini o'rtaga tashlaydigan bo'ldi.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Albatta, asta-sekin Rossiya Federativ Demokratik Respublikasi tarkibida avtonom - muxtor respublika tuzish g'oyasi ilgari surila boshladi.Ya'nikim, yagona Turkiston g'oyasini aynan jadidlar harakatiga taalluqli deb aytishimiz mumkin, chunki ushbu hududni Rossiya imperiyasi bosib olgandan va bu yerda mustamlakachilik rejimi o'rnatilgandan so'ng o'sha paytda ziyolilar o'z qarashlarini, fikrini ochiq ayta olmasligi tayin edi. Ilk jadid tashkilotlari va jadidlarniki deb ataladigan birinchi gazeta

"Taraqqiy" tashkil etilgandan - 1906 yil 27 iyundan - so'ng shunaqa imkoniyat paydo bo'ldi. O'sha paytda jadidlar ham "taraqqiyparvar" deb atalgan. Ular gazetasida "taraqqiy", "taraqqiyot" tushunchasi haqida yozar edi. Ayni choqda shuni ham qayd etish zarurki, o'sha paytda jadidlar chop qilgan gazetalar qandaydir kitob do'konlari orqali emas, qo'lma-qo'l tarqatilgan, ularning cheklangan adadi bir qo'ldan ikkinchisiga yashirin tarzda uzatilgan, chunki ular eski o'zbek tilida arab alifbosida yozilgan. Bu davr monarxiya rejimi hukm surayotgan 1905 - 1908 yillar bo'lgan. Albatta, jadidlar harakatini, ular gapirgan gaplarni nazorat qilib turuvchi senzura bor edi.. Shuning uchun yagona Turkiston g'oyasi qayerdan: jadidlardan olingani yoki bu ko'hna orzu bo'lgani haqida ma'lumot berayotib, albatta, Turkiston g'oyasi, yagona Turkiston g'oyasi jadidlar vaqtida dunyoga kelgan edi, deb aytishim mumkin. Ko'pchilik mana shu yagona Turkiston g'oyasini o'sha zamonda tushunmagan, chunki u vaqtda Rossiya imperiyasidan ajralib chiqish va alohida davlat barpo etish uchun sharoit bo'lmagan. Shu bilan birga, Rossiya ma'muriyati va hokimiyati bu masalaga juda qattiq qaragan va jarayonni kuzatib borgan.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). 1917 yilning 26-28 noyabr kunlari Qo'qonda bo'lib o'tgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida e'lon qilingan Turkiston muxtoriyati O'lka jadidlarining yillar bo'yi kurashgan, «Haq berilmas, olinur!» shiorining amaldagi ifodasi bo'lgandi. Lekin endi-endi qadamlarini qo'yayotgan, hokimiyat sifatida to'la-to'kis asoslarini mustahkamlayotgan muxtoriyat 1918 yilning fevralida batamom tugatiladi, tashabbuskorlari mahv etildi. Bu kun alohida tantana bilan nishonlanmasa-da, tor davralarda eslab qo'yiladi, sanoqli tarixchi-tadqiqotchining ma'ruzalari eshitiladi, biroq, bir guruh faollarning fikricha, mamlakatning milliy bayramlaridan biri bo'lishi lozim bo'lgan bu tarixiy kun ko'pincha unutiladi. Muxtoriyat 27 noyabrda tashkil etildi va 1918 yil fevralida yakson etildi. Ushbu qaror juda noaniq vaziyatda yangradi va juda ko'pchilik buning uzoq davom etadi, deb o'ylagan.

Muxtoriyat Rossiya Respublikasi ichida tashkil etildi — bu mustaqillik deklaratsiyasi ham emasdi. Bu bolsheviklar hokimiyatni egallashiga qarshi harakat edi va bolsheviklar qo'li baland kelmaganida omon qolardi. Muxtoriyatchilar bolsheviklar ularga hokimiyat berishiga ishonadigan darajada shunchalik sodda edimi yoki sobiq imperiya o'rnida shunday muxtoriyatlar bo'lishi mumkinligiga bolsheviklarning o'zi ham samimiy ishongan va boshqalarni shunga ishontira olganmi? U holda qanday qilib uch oy ichida bu qarash, bu kayfiyat butunlay o'zgargan? Yo'q, ular sodda, go'l emasdi. Muxtoriyatchilar bolsheviklar hokimiyatni juda osonlik bilan qo'sh qo'llab topshirishiga ham ishonmagan. Bolsheviklar tutadigan yo'l behad noaniq bo'lib, muxtoriyatning e'lon qilinishi bolshevizmga to'la-to'kis qarshi harakat edi aslida. Vaziyat kutilganidan tez o'zgarib, bolsheviklar va ularning hammaslaklari, tarafdorlari barcha qurollarga ega bo'lib olgandi. Inlklyuziv hukumat sifatida e'tirof etsa bo'ladigan muxtoriyat nega Qo'qonda e'lon qilingan, Toshkent yo Samarqandda emas? Toshkent rus hokimiyatining markaziga aylangan, Toshkent soveti esa faqat rus bo'lgan proletariat nomi bilan ayni shu yerda hokimiyatni qo'lga olgandi. Adib Xolidning «O'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob» kitobidan:

«Sho'roi islomiya rahbarlari yana bir karra Fevral inqilobi va'da qilgan vakillik va muxtoriyat tamoyilini Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga bog'lamasdan talab etishga chog'landi. Shu maqsadda ular 27 noyabr kuni Qo'qon shahrida Turkiston musulmonlarining navbatdagi kongressini chaqirishdi. Qo'qon hali Toshkentdagi rus muhojir sotsialistlari qo'li yetmagan, Turkistonda Toshkentdan keyin turadigan eng rivojlangan iqtisodiy markaz

edi. Yig'ilishda Turkistondagi musulmon siyosatining ko'zga ko'ringan barcha arboblari qatnashdi. Ulamo jamiyati a'zolarigina bundan mustasno. Sherali Lapin, Fuqaho jamiyatining yetakchisi muftiy Sadriddinxon Sharifxo'ja o'g'li ham o'sha yerda edi...

Kongress 54 kishilik Kengashga bo'ysunuvchi sakkiz a'zolik «Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumati»ni sayladi. 32 kishi majlisga kelganlar orasidan saylandi, qolgan 18 joy g'ayrimuslim tashkilot va partiyalar tomonidan to'ldirilishi kerak edi, yana to'rtta joy mahalliy Dumalar vakillariga beriladigan bo'ldi. Kengash a'zolari orasida Turkistonda ko'zga ko'ringan musulmon arboblarining hammasi bor edi, biroq rus tahsilini olgan musulmon ziyolilari ko'pchilikni tashkil etardi... Kengashga saylangan 32 kishi orasida Sherali Lapin bilan Behbudiy ham bor edi. Ulamolar tarkibga kiritilmadi, lekin mo'tadil kayfiyatdagi ruslarga ularni Toshkent sovetlaridan uzoqroq tutish niyatida nomutanosib tarzda ko'p o'rin berildi. Alalxusus, faoliyatidan ulamo va sovetlar chetlashtirilgan kongress va u tayinlangan hukumat mintaqadagi keng liberal kuchlar ittifoqiga aylandi.

Toshkent Soveti legitimligini sinflar kurashi tarzida asoslasa, Qo'qonda e'lon qilingan hukumat o'z umidlarini Fevral inqilobi va'dalariga bog'ladi. Ushbu hukumat Rossiya siyosati doirasida faoliyat yuritdi, mustaqillikni emas, muxtoriyatni talab etdi, mintaqa liberal ruslarining ko'magiga erishish uchun ularga boshqaruv Kengashida haddan tashqari katta vakillikni (uchdan bir o'rin) berdi. Muxtoriyat rus bosqini yaratgan chegaralar doirasida hududiy xarakterda bo'lgan, kongress Turkistonda yashaydigan elatlarni (narodnosti) aks ettirishga da'vogar edi. Yangi hukumat Rossiya imperiyasidagi boshqa aksilbolshevik kuchlar bilan aloqani mustahkamlashga urindi".

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Muxtoriyat ilk e'lon qilingan vaqtda uning salkam 10 kishik hukumatida uch vazir qozoq (bosh vazir — ichki ishlar vaziri Muhammadjon Tinishpayev, tashqi ishlar vaziri Mustafo Cho'qay, ichki ishlar vaziri o'rinbosari Abdurahmonbek O'razayev), ikki nafari tatar (bosh vazir o'rinbosari Shohislom Shohiahmedov, qurolli kuchlar rahbari Mahdi Chanishev), bir nafari yahudiy (moliya vaziri Solomon Gersfeld) bo'lgan. Keyinchalik oziq-ovqat vaziri Obidjon Mahmudov o'rniga Rafael Potelyaxov (yahudiy) tayinlangan. Hukumat tarkibida yevropalik aholi uchun to'rt o'rin ajratilgan edi, muxtoriyat parlamenti vazifasini bajarishi kerak bo'lgan Turkiston Milliy majlisidagi 54 o'rinning 18 tasi ham yevropalik aholi uchun ajratilgan edi. Ma'lumki, jadidchilik Markaziy Osiyo mintaqasi ijtimoiy taraqqiyotining XIX asr oxiri - XX asr boshidagi keskin burilish bosqichida paydo bo'lgan edi. Jadidchilik jamiyatni yangilash va isloh qilish harakati bo'lgan. Birinchi bosqichda harakat ishtirokchilari mavjud ijtimoiy tizimni boshdan-oyoq o'zgartirishga harakat qilmagan. Ijtimoiy hayotning alohida sohalari, eng avvalo, ta'limning ma'naviy sohasini isloh qilish ustuvor vazifa o'laroq ko'ringan. Ha, shuni ham qayd etish joizki, ular dunyoqarashiga Turkiyadagi 1907 - 1908 yillardagi inqilobiy harakat va 1912 yildagi Eron inqilobi ta'sir ko'rsatgan. Aynan jamiyatni isloh etish masalalari, aynan islom dinini isloh qilish bilan bog'liq masalalar, erkak va ayollarning tenghuquqligiga oid masalalar - bular barchasi XX asr boshida albatta ko'tarilgan. Ammo keyinchalik, ayniqsa, 1917 yilgi fevral inqilobidan so'ng, monarxiya rejimi ag'darib tashlangach, bu harakat siyosiylashuv yo'liga o'tdi. Bu yerda ishchilar, deputat askarlar kengashlari tuzila boshladi va o'sha paytda bu g'oyalar jadidlar ongiga kirib bordi va ular mana shu ta'sir ostida dastlab ijtimoiy tashkilotlar tuzish, so'ngra musulmonlarning siyosiy partiyalarini tuzish masalalarini o'rtaga tashlaydigan bo'ldi. Albatta, asta-sekin Rossiya Federativ Demokratik Respublikasi tarkibida avtonom - muxtor respublika tuzish g'oyasi ilgari surila boshladi.

Ya'nikim, yagona Turkiston g'oyasini aynan jadidlar harakatiga taalluqli deb aytishimiz mumkin, chunki ushbu hududni Rossiya imperiyasi bosib olgandan va bu yerda mustamlakachilik rejimi o'rnatilgandan so'ng o'sha paytda ziyolilar o'z qarashlarini, fikrini ochiq ayta olmasligi tayin edi. Ilk jadid tashkilotlari va jadidlarniki deb ataladigan birinchi gazeta "Taraqqiy" tashkil etilgandan - 1906 yil 27 iyundan - so'ng shunaqa imkoniyat paydo bo'ldi. O'sha paytda jadidlar ham "taraqqiyparvar" deb atalgan. Ular gazetasida "taraqqiy", "taraqqiyot" tushunchasi haqida yozar edi. Ayni choqda shuni ham qayd etish zarurki, o'sha paytda jadidlar chop qilgan gazetalar qandaydir kitob do'konlari orqali emas, qo'lma-qo'l tarqatilgan, ularning cheklangan adadi bir qo'ldan ikkinchisiga yashirin tarzda uzatilgan, chunki ular eski o'zbek tilida arab alifbosida yozilgan. Bu davr monarxiya rejimi hukm surayotgan 1905 - 1908 yillar bo'lgan. Albatta, jadidlar harakatini, ular gapirgan gaplarni nazorat qilib turuvchi senzura bor edi. Biz O'zbekiston markaziy arxivida ishladik. U - juda noyob arxiv, u yerda juda ko'plab hujjatlar saqlanib qolgan - rus tilida bitilgan hisobotlar ham bor. Ular senzura qiluvchi tashkilotlar hisobotlarida gazetalarni, gazetalar muharrirlari, ularda qanday masalalar ko'tarilayotgani haqida yozilgan. Shuning uchun yagona Turkiston g'oyasi qayerdan: jadidlardan olingani yoki bu ko'hna orzu bo'lgani haqidagi savolingizga javob berayotib, albatta, Turkiston g'oyasi, yagona Turkiston g'oyasi jadidlar vaqtida dunyoga kelgan edi, deb aytishim mumkin. Ko'pchilik mana shu yagona Turkiston g'oyasini o'sha zamonda tushunmagan, chunki u vaqtda Rossiya imperiyasidan ajralib chiqish va alohida davlat barpo etish uchun sharoit bo'lmagan. Shu bilan birga, Rossiya ma'muriyati va hokimiyati bu masalaga juda qattiq qaragan va jarayonni kuzatib borgan.

REFERENCES

1. Рaжaбoв X,aйдaрoв М. Туркистон тaрихи. -Т.: "Университет". 2002. -Б. 5.

2. Рaсулoв A., HcoK;6oeB А., Нaсреддинoвa Н. Туркистон ижтимoий-сиёсий Ba мaдaний x,aётидa тaтaрлaр. -Т.: "TypoH^;6o^\ 2019. -Б. 34.

3. Aбдyллaев Р. Нaциoнaльные пoлитические oргaнизaции Туркесгата в 1917-1918-годы. - Т.: "Adabiyot uchqunlari". - С. 75.

4. Узбекистан coBeT мyстaмлaкaчилиги дaвридa. Иккинчи китоб.-Т.: "Шaрк". 2000. -Б. 11.

5. Узбeкиcтaн тaрихи (1917-1991 йиллaр). Биринчи китoб. 1917— 1939 йиллaр. - Т.: "0 'zbekiston", 2019. - Б. 24.

6. Мycyльмaнcкиe дeпyтaты Гocyдaрcтвeннoй думы Рoccии. 1906-1917 гг. Сбoрник дoкyмeнтoв и мaтeриaлoв. - Уфa: «Krn-an», 1998. - С. 293-295.

7. Turkistonda mustamlaka boshqaruv tizimining maqsadi va hususiyatlari. Valiyeva N. A. International scientific journal "Interpretation and researches" Volume 1 issue 4 | ISSN: 21814163 | UIF-2023: 8.2

8. Russian colonial policy in turkestan - establishment of a centralized administrative system. Valieva N. A. ISSN 2277-3630 (online), Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research., under Volume: 12 Issue: 01 in January-2023 https://www.gejournal.net/index.php/IJS SIR

9. https://e-tarix.uz/vatan-tarixi/475 -vatan-tarixi .html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.