Научная статья на тему 'TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING QO‘QON XONLIGI BILAN SAVDO ALOQALARI'

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING QO‘QON XONLIGI BILAN SAVDO ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nabijonov Sirojiddin Abdumutalib О‘G‘Li

Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa 3-choragida Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini, jumladan Qo‘qon xonligining iqtisodiy rivojlanishidan xavotirda bo‘lgan. Shu sababdan, Rossiya imperiyasi xonliklarni o‘zaro birlashishi va ularning iqtisodiy munosabatlariga to‘sqinlik qilgan. Shu sababdan, Qo‘qon xonligi bilan savdo bitimini imzolashga intildi. Bu orqali Qo‘qon bozorlarini o‘zining tovarlari va karvonsaroylari bilan to‘ldirib, xonlik iqtisodiyotini qaram qilmoqchi bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING QO‘QON XONLIGI BILAN SAVDO ALOQALARI»

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING QO'QON XONLIGI BILAN SAVDO ALOQALARI

Nabijonov Sirojiddin Abdumutalib o'g'li

O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktorant

https://doi.org/10.5281/zenodo.12619533

Ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa 3-choragida Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo xonliklarini, jumladan Qo'qon xonligining iqtisodiy rivojlanishidan xavotirda bo'lgan. Shu sababdan, Rossiya imperiyasi xonliklarni o'zaro birlashishi va ularning iqtisodiy munosabatlariga to'sqinlik qilgan. Shu sababdan, Qo'qon xonligi bilan savdo bitimini imzolashga intildi. Bu orqali Qo'qon bozorlarini o'zining tovarlari va karvonsaroylari bilan to'ldirib, xonlik iqtisodiyotini qaram qilmoqchi bo'ldi.

Turkiston genral-gubernatorligi tashkil etilib, unga K.P. fon-Kaufman tayinlanganidan so'ng, U Xudoyorxon bilan savdo aloqalarni yo'lga qo'ya boshlaydi. Bu borada, N. Topildyev "Биржевые ведомости" va "Туркестанский сборник"1 dagi "Markaziy rus hukumatining ko'rsatmasi bilan Turkiston general-gubermatorligi Qo'qon xonligi bilan savdo-elchilik aloqalarini tiklash uchun yo'l-yo'riqlar belgiladi" [Биржевое ведомости, № 250 за 1867 г.; Туркестанский сборник. Том.1: 83],-degan fikrini bildiradi [N.Topildiyev: 129].

Bundan ma'lum bo'ladiki, 1867 yildan oldin mavjud bo'lgan savdo-elchilik aloqalarini tiklash bo'lgan. Chamasi, Rossiya imperiyasi hukumati 1867-yildan oldin o'rnatilgan savdo-elchilik aloqalari Rossiya imperiyasi bilan tuzilgangiligini hisobga olib, bundan buyon Turkiston general gubernatorligi bilan imzolanishi tarafdori bo'lgan.

Endi, savdo munosabatlari Rossiya imperiyasi bilan emas, balki aynan Turkiston general-gubernatorligi bilan rasmiylashtirilishini ko'rib chiqamiz. 1867-yildan boshlab Rossiya imperiyasi O'rta Osiya xonliklari bilan o'zaro bitimlarga imzo chekish vakolatini Turkiston general-gubernatori etib tayinlangan K.P. fon-Kaufmanga bergan edi [V. Ishquvatov: 59]. Nosirjon Topildiyev Xudoyorxon nomiga yozilgan xatda Kaufman "...Xiva, Buxoro va sizning chegarangizgacha va undan Xitoygacha bo'lgan yerlar va ularning xalqlarini idora qilishni imperator janobi oliylari menga topshirdi",-deb o'zining vakolatini ma'lum qilganligini yoritib berdi [N.Topildiyev: 132].

Bu haqida, Zebiniso Kamalova "O'zbekiston SSR tarixi" kitobidagi "Turkiston general-gubernatoriga Turkiston ustidan cheksiz vakolatlar berildi. Urush holatida qaror qabul qilish, qo'shni davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish, kelishuvlar tuzish, siyosiy-iqtisodiy masalalardagi kabi ichki va tashqi siyosatda hamda boshqa masalalarda yetakchi vakolatga ega edi",-degan ma'lumotga tayanadi [Z.Kamalova: 155].

Aftidan, Rossiya imperyasi Turkiston general-gubernatorligi bilan tuzilgan shartnomalarda Rossiya imperiyasi hududida emas, balki Turkiston general-gubernatorligi hududida amalda joriy bo'lishini istagan bo'lishi mumkin.

Bu borada, Z. Kamolovaning "Rossiya savdogarlari va sanoatchilarining soliq to'lash qonuni Qo'qon aholisi bilan teng edi. Bu elementlar juda muhim edi, ... Qo'qonlik savdogarlar uchun bunday imkoniyatlar faqat Turkiston general-gubernatorligi doirasidagi chegaralarda, ya'ni Ruslarga boy bergan eski joylardagina amal qilgan" [Z.Kamalova: 157],-degan yondashuvini keltirish mumkin. Bundan ma'lum bo'ladiki, Qo'qonlik savdogarlar uchun

1 Bular arxiv materiallari.

imkoniyatlar faqatgina, Turkiston general-gubernatorligiga tegishli hududlarda amal qilingan.

Shuningdek, Valiqul Ishquvatov ham H. Bobobekovning "Tariximizdagi qonli izlar" nomli maqolasidagi "...Qo'qon savdogarlari esa faqat Turkiston general-gubernatorligi tassarufidagi shahar va qishloqlardagina, ya'ni o'z Vatani tuprog'ida shunday huquqqa egaligi...bayon etilgan..." [Х,.Бобобеков: 272],-degan yondashuvni beradi [N.Topildiyev: 106]. To'lqin Xudoyqulov ham Qo'qonlik savdogarlar bunday huquqlar Turkiston general-gubernatorligi hududlardagina amal qilganligini aytib, oydinlik kiritadi [T.Xudoyqulov: 48]. Z. Kamalova bunga qo'shimcha qilib, 1867-yilda Ruslar tomonidan bosib olingan Turkiston hududi 15270m gayetganligini izohlab o'tadi [Z.Kamalova: 157].

Ammo, N. Topildiyev 1867-yil 14-noyabrda Kaufman jo'natgan maktub matnining 2-moddasiga tayanib, [СПб МДТА, 1396-jamga'rma, 2-ro'yxat 44-ish:76] "Rus savdogarlari Qo'qonda o'zlari istagan karvonsaroylarga tushishlari mumkin. Qo'qon savdogarlari ham Rus shaharlarida xuddi shunday huquqga egadirlaf, degan ma'lumotni yoritadi [N. Topildiyev: 136]. Bundan ma'lum bo'ladiki, "rus shaharlarida" degan so'z Rossiya imperiyasiga tegishli shaharlar bo'lishi mumkinligi yoki Turkiston general-gubernatorligi shaharlari tushunilishi mumkin.

Endi, Turkiston general-gubernatorligi kimni elchi qilib yuborganligi to'xtalamiz.

Bu haqida, Z. Kamalova Turkiston general- gubernatori Kaufman Qo'qon xonligi bilan savdo aloqalarini o'rnatish maqsadida elchi qilib Shaufusni 1867-yilda yuborganligini aytib o'tadi. [Z.Kamolava: 157] Ammo, Muallif elchi Shaufus va elchilar qachon va kimlar tomonidan qabul qilinganligi hamda natijasi haqida hech qanday ma'lumot bermagan. Bunga qo'shimcha qilib, Valiqul Ishquvatov ham Kaufman Shaufusni elchi qilib jo'natganligini e'tirof etadi [V.Ishquvatov: 60]. N. Topildiyev ham Z. Kamalova, V. Ishquvatov kabi bu fikrga qo'shilgan [N.Topildiyev: 131]. Demak, ularning Shaufus elchiligi bobida qarshlari o'xshash.

Shaufus boshliq elchilarning maqsadiga kelsak, Z. Kamalova bu haqida faqatgina bosib olingan hududlarni rasmiylashtirish uchun jo'natilgan, deb yonadashgan.

N.Topildiyev H. Bobobekovning "Aslida bu agentlar rus razvedkasining josuslari hisoblangan. Masalan, Qo'qonda Klyucharevning josus sifatida faoliyat yuritganligi haqida hujjat bor" [H.Bobobekov: 122],-degan ma'lumotini keltirib o'tadi [N.Topildiyev: 88].

V. Ishquvatov esa Kaufmaning Shaufus boshliq elchilarni jo'natish maqsadlaridan biri rus savdogarlariga keng imkoniyatlar yaratib berish bo'lgan, deb yozadi [V.Ishquvatov: 60]. Muallifning bu fikrga kelishiga X.H. Bobobekovning "Tariximizdagi qonli izlar" nomli maqolasida "...Rus savdogarlariga keng imkoniyatlar yaratib berish uchun Rossiya hukumati xon bilan shartnoma tuzishga intilgan."-degan, ma'lumotlari sabab bo'lgan [H.Bobobekov: 272].

Demak, elchi Shuafus razvedkachi bo'lganligi va Kaufmanning savdo aloqalarini o'rnatish maqsadlaridan biri rus savdogarlariga imkoniyat yaratish bo'lgan.

Xudoyorxonning bu savdo munosabatlariga siyosatiga to'xtalsak, U Turkiston general-gubernatorining 1867-yildagi savdo aloqalarini yo'lga qo'yishiga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lgan. Bu haqida V Ishquvatov R.N.Nabiyevning "Из истории Кокандского ханства" nomli monografiyasidagi "Xon Rossiya davlati bilan urushmaslik, tinchlik munosabatlarini o'rnatish, uning barcha talablarini bajarishni lozim topgan..." [R.Nabiyev: 70-71], degan ma'lumotga tayanib, Xudoyorxon urushmaslik va tinchlik siyosatini yuritganligini yoriatdi [V.Ishquvatov: 60]. Aftidan, Xudoyorxon Kaufman bilan savdo aloqalarida kelishish pozitsiyasida bo'lgan.

Shaufus boshchiligidagi elchilik munosabatining imzolanishiga e'tibor qaratsak. V. Ishquvatov Rashid Nabiyevning ma'lumotlaridan asoslanib, [R.Nabiyev: 70-71] bu savdo bitimi ekanligi va u 1867-yilda imzolanganligini taxmin qiladi [V.Ishquvatov: 61].

Agar bu elchilik tarkibiga va unga yuklatilgan vazifalarga diqqat qaratadigan bo'lsak, N. Topildiyev bu masalada arxiv ma'lumotlariga asoslanadi [СПб, МДТА, 1396-jamg'arma, 2-ro'yxat 44-ish: 65-56]. U arxivdagi "A.V.. Shaufus boshliq elchilik tarkibida Bunikavskiy, Akcho'rin, Xoroshkin, va Abdiyev kabi tog' ishlari bo'yicha mutaxassislar bo'lib, Qo'qondan Toshkentga boradiganyo'llarni, xonlikning ichki ahvolini o'rganish, ayniqsa, Ruslarga bo'lgan munosabatini aniqlash, hududdagi qazilma boyliklarni qazib olish masalasida xon bilan kelishish hamda shaharlarda Rus savdogarlarini erkin savdo qilishlarini ta'minlash masalasini kelishish Turkiston general -gubernatori nomidan Qo'qon xonligi bilan o'zaro savdoga doir shartnoma tuzish vazifasiyuklangan",-debyoritib beradi [N.Topildiyev:135].

"История Коканда' kitobidagi ma'lumotiga ko'ra, V.Ishquvatov "Shaufusga Toshkent-Qo'qon karvo yo'llarini, xonlikning ichki kayfiyati, xonlikning Rossiya imperiyasiga nisbatan munosabatini aniqlash, xonlikdagi boyliklarni ishlab chiqarish masalasini yechish, rus savdogarlarini xonlikda va uning hududlarida bemalol savdo qilishlarini ta'minlash kabi vazifalaryuklatilgan" [G.Rashidov: 19-20], deb ravshanlashtiradi [V.Ishquvatov: 61].

Bu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Shaufusga bajarilishi yuklatilgan vazifalar va ikki tadqiqotchining fikrlari bir-birini deyarli to'ldirib kelgan. Shaufusning asosiy maqsadi xonlikni razvedka qilish va Rossiya imperiyasiga qaram qilishdan iborat shartnomani rasmiylashtirish bo'lgan [N.Topildiyev: 135].

Bundan ma'lumki, Polkovnik Shaufus elchlikdan tashqari Qo'qon xonligining siyosiy va iqtisodiy istiqbollari va Rossiya imperyasiga nisbatan strategik maqsadlarini aniqlashdako'nikma va tajribasiga ega mutaxassis bo'lishi mumkin. Ammo, Shaufus shaxsiga oid ma'lumtlar yo'q.

Chamasi, Shaufus haqidagi ma'lumotlar yo'qlgiga asosiy sabab Sovet davrida bunday ma'lumotlarni yozish va taqdqiqot olib borish qiyin bo'lgan. Masalan V. Ishquvatovning ".. .tarixchilar Sobiq Sovet davrida Polkovnik Shaufus haqida to'liq ma'lumot berishmagan. Chunki bu elchilik natijasida chor Rossiyasi bosib olingan yerlarning Turkiston general-gubernatorligi hududiga "tegishli" ekanligi rasmiylashtirish lozim edi. Buni esa tarixchilar ochiq yoza olmas edilar. Bunday yozish faqat O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng mumkin bo'ldi",-degan ma'lumotini keltirishimiz mumkin [V.Ishquvatov: 61].

Biroq, N. Topildiyev Shaufus Xudoyorxoning qabul ma'rosimida o'zini general-gubernator topshirig'iga muvofiq Qo'qon xoni bilan do'stlik va savdo aloqalarini o'rnatish uchun kelganligini ma'lum qilib [N.Topildiyev: 135], Turkiston general-gubernatori tomonidan taqdim etilgan xat matnini Xudoyorxonga topshirishini yangilik sifatida aytib o'tadi. Bundan ma'lumki, N.Topildiyev arxiv ma'lumotlariga asoslanib, Shaufus va Turkiston general-gubernatorligining Qo'qon xonligi bilan savdo aloqalariga yangi ma'lumotlarni kirgizgan.

Demak, Shaufus haqidagi ma'lumotlarni sir tutilishi natijasida Turkiston general -gubernatorligining Qo'qon xonligi bilan savdo aloqalariga oid ma'lumotlarning ba'zilari, xususan, 1867-yildgi savdo bitimining imzolanishi taxmin ostida qoldi.

Turkiston general-gubernatorligining Qo'qon xonligi bilan savdo aloqalari bilan tanishar ekanmiz, shu bilan bir qatorda, Rossiya imperiyasi, Turkiston general-gubernatorligi Qo'qon xonligi bozorlarini bevosit nazorat qilish uchun savdo bitimini imzolashga intilganligini guvohi bo'lamiz. Eng asosiysi, rus savdogarlari bilan Qo'qon savdogarlariga berilgan teng huquq yoki imkoniyatlar aynan, Turkiston general-gubernatorligi hududida amal qilishga urunish borligini

ko'rishimiz mumkin. V. Ishquvatov, Z. Kamalova va T. Xudoyqulov kabi tadqiqotchilar bergan ma'lumotlarga tayanib, buni aniqlashimiz mumkin.

Shu bilan birga, Shaufus boshliq elchilik tarkibidagi tog' kon mutaxassislar va ular xonlikning startegik maqsadlarini aniqlashda razvedka sohiblari ekanligini hisobga olib, kelgusida Qo'qon xonligining tugatilishiga sabab bo'lgan omillardan biri deb ko'rsatishimiz mumkin. Chunki ularning Rossiya imperiyasiga bergan axbarotlari sababli Qo'qon xonligi o'z manfaatlariga zid savdo bitimlarini tuzishiga olib keldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ишкуватов В. XX асрнинг II ярми тарихшунослигида ^укон-Россия дипломатик муносабатлари. Тарих фанлари номзоди...дисс.-Тошкент, 2003.

2. Топилдиев Н. Россия империяси тажовузи арафаси ва босиб олиниш даврида ^укон хонлигининг ижтимоий ва сиёсий ахволи: Тарих фанлари номзоди.. .дисс. - Тошкент, 2009.

3. Худойкулов Т. ХИХ асрда ^укон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иктисодий ва маданий хаёти: Тарих фанлари номзоди.. .дисс.-Тошкент, 2009.

4. Бобобеков H.X. ^укон тарихи.-Тошкент, 1996.

5. Kamalova Z. Hokand Hanliginin Son Hükümdari Hüdayar Han ve Dönemi (1845-1875) Fergana Vadisinde Rus îçgali. - Istanbul, 2020.

6. Бобобеков X,. Тарихимиздаги конли излар // Мерос.-Тошкент, 1991.

7. Набиев Р.Н. Из истории Кокандского ханства.-Ташкент, 1973.

8. Рашидов Г. и др. История Коканда.-Ташкент, 1984.

9. СПб МДТА, 1396-жамгарма, 2-руйхат 44-иш, 70-71 б.

10. Туркестанский сборник. Том. I.-Ташкент. 83 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.