Научная статья на тему 'TURKISTON CHETANI S. TURKESTANICA URUGLARINI EKISHGA TAYYORLASH'

TURKISTON CHETANI S. TURKESTANICA URUGLARINI EKISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
29
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chetan / (Sorbus L.) / raʼnodoshlar / S. tiarischanica S. turkestanica / S. persica / tannid / qand moddasi / rezavor / stratifikatsiya / biogumust / mulcha / kompost

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — To'Layev Doniyor Baxtiyarovich, Ergasheva Iroda Tolibjon Qizi

Ushbu maqolada S. turkestanica ning nihollar etishtirish uchun yuqori sifatli urug' manbasini tayyorlash va ularni pishib yetilish muddatlari mevanig tusi o’zgarish ko’rsatgichlari keltirilgan. Terib olin mevalar suv bilan uvitilishi, urug’ning ajralishi yaroqsiz ya’ni puch bo'laganlarini ajratib olish. Urug’lar ekilishidan oldin kompost aralashmasi tayyorlanishi--bu aralashmada qum, biogumust, turoq va mulcha aralashmasi kerakli % da bo’lishi yoritib o’tilgan. Ko'chatlarning yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun parvarish ishlari qayt qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON CHETANI S. TURKESTANICA URUGLARINI EKISHGA TAYYORLASH»

TURKISTON CHETANI S. TURKESTANICA URUGLARINI EKISHGA TAYYORLASH 1To"layev Doniyor Baxtiyarovich 2Ergasheva Iroda Tolibjon qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti, katta o'qituvchi, O'zbekiston. 2Toshkent davlat agrar

universiteti, assistent, O'zbekiston.

2ergiroda@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10078733

Annotatsiya. Ushbu maqolada S. turkestanica ning nihollar etishtirish uchun yuqori sifatli urug' manbasini tayyorlash va ularni pishib yetilish muddatlari mevanig tusi o'zgarish ko'rsatgichlari keltirilgan. Terib olin mevalar suv bilan uvitilishi, urug'ning ajralishi yaroqsiz ya'ni puch bo'laganlarini ajratib olish. Urug'lar ekilishidan oldin kompost aralashmasi tayyorlanishi--bu aralashmada qum, biogumust, turoq va mulcha aralashmasi kerakli % da bo'lishiyoritib o'tilgan. Ko'chatlarningyaxshi o'sishi va rivojlanishi uchunparvarish ishlari qayt qilingan.

Kalit so'zlar: Chetan, (Sorbus L.), ra'nodoshlar, S. tiarischanica S. turkestanica, S. persica, tannid, qand moddasi, rezavor, stratifikatsiya, biogumust, mulcha, kompost

Аннотация. В статье представлена подготовка высококачественного семенного источника S. turkestanica для выращивания рассады и показатели изменения окраски плодов в период их созревания. Собранные плоды следует замочить в воде, чтобы отделить семена, то есть отделить те, которые оказались бесполезными. При приготовлении компостной смеси перед посадкой семян рекомендуется, чтобы смесь содержала песок, биогумус, навоз и мульчу в необходимом процентном соотношении. Для хорошего роста и развития рассады работы по уходу отменили.

Ключевые слова: Рябина (Sorbus L.), розацветные, S. tiarischanica S. turkestanica, S. persica, таннид, сахаристость, ягода, стратификация, биогумус, мульча, компост.

Abstract. This article presents the preparation of high-quality seed source of S. turkestanica for growing seedlings and indicators of fruit color changes in their ripening period. Harvestedfruits should be soaked in water to separate the seeds, that is, to separate out those that are useless. Preparation of the compost mixture before planting the seeds, it is recommended that the mixture contains sand, biohumust, manure and mulch in the required percentage. For the good growth and development of seedlings, maintenance work has been canceled.

Keywords: rowan, (Sorbus L.), rosaceae, S. tiarischanica S. turkestanica, S. persica, tannide, sugar content, berry, stratification, biohumust, mulch, compost.

Kirish. Chetan (Sorbus L.) - ra'noguldoshlarga mansub daraxt yoki buta turkumi sanadi. O'rta Osiyoda Turkiston, Zarafshon, Hisor, Ugom, Chatqol, Pomir-Oloy, Farg'ona tog'larida 3 turi: qizil chetan. (S. tianschanica), turkiston chetani (S. turkestanica) va fors chetan (S. persica) turlari uchraydi. Qizil chetan ko'pincha, archa, oq qayin, shilvi, na'matak kabilar bilan birga dengiz sathidan 1800-3000 m balandlikda aralash o'rmonzorlar hosil qilib o'sadi. Bo'yi 3-5 m, ildizi 7-8 m chuqurlikkacha tarqaladi. Gullari yirik, iyun oyida gullab, avgust-sentabrda meva beradi[1,2]. Mevasi qizil, taxir-achchiq yoki shirin, birinchi sovuqdan keyin qo'ng'ir tusga aylanadi. Mevasida C vitamini, 4-13,7% qand moddasi mavjud, urug'ida 22% yog', po'stlog'ida 14% tannid bor [3].

Yevropaning Shimoliy G'arbida va Sibirda sibir chetani (S. sibirica) o'sadi. Qirim, Janubiy G'arbiy Yevropa, O'rta dengiz atroflarida yirik mevali yoki bog' chetani (S. domestica) bog'larga ekiladi [4].

Tadqiqot uslubi. S. turkestanica ning urug'lardan yaxshi nihollar yetishtirish uchun yuqori sifatli urug' manbasini tayyorlash va foydalanish zarur. Buning uchun kech kuzda, sovuq tushishidan oldin, barglar tusha boshlaganda, rezavor mevalar qizil rangga aylanganda, shikastlanmagan va chirimaganmevalari terib olindi. Mevalar terib olingach ehtiyotkorlik bilan urug'lar meva etidan ajratildi. Terib olingan mevalarga sovuq suv quyish orqali va namlik bilan yaxshi to'yinishi uchun bir soatga qoldirildi. Shundan so'ng urug'larni yuvib, suv yuzasiga chiqqanlari olib tashlandi, chunki ular ekish uchun yaroqsiz ya'ni puch hisoblanadi. Bunday urug'lardan ungan nihollar egri bugri, sekin o'sganligi qolaversa tashqi omillardan tez - tez zararlanganli sabab bo'ldi. Suv bilan yuvilgan urug'larni quritish uchun soya va quruq joyga qo'yib, 10 kun davomida quritildi. S. turkestanica ning quritilgan urug'lari yupqa qatlamli idishga joylashtirilib, +13 +15 C0 daraja haroratda ekish vaqtiga qadar saqlab qoyildi. Agar urug'larni uzoq vaqt saqlabturish maqsadida, 0 C0 daraja haroratli muzlatgichga joylashtirildi va ekishdan oldin 57 kun oldinolib, ekishga tayyorlanadi.

Tadqiqot natijalari va ularning muxokamasi. S. turkestanica urug'lari erta bahorda 510 kun stratifikatsiya qilindi, stratifikatsiya qilingan urug'lar ekishga tayyor holatga keladi. Stratifikatsiya vaqtida urug'larni kemiruvchilardan saqlash uchun transheyali maydonchalarni atrofiga 50 sm chuqurlikda ariqlar qaziladi. Urug'lar ekilishidan oldin kompost aralashmasi tayyorlandi bu aralashma 100% deb olsak; 25% qum, 25% biogumust, 30% turoq va 20% mulcha aralashmasini tashlik etdi. S. turkestanica urug'lari 0,5-1,2 sm chuqurlikka ekildi. Urug'lar ekilgandan so'ng tuproq yoki daryo qumi bilan usti yopilib, sug'orish ishlari amalga oshirildi. Urug'larni sepish miqdori urug' ko'chatlarini yetishtirishning maqsadiga bog'liq ravishda sepildi: Bunda 1 pog.m. ga 46-58 dona urug'lar ekiladi[3].

Rasm. S. turkestanica urug'larini ekishga tayyorlash

S. turkestanica urug'larining unuvchanlik ko'rsatgichi 60-65% tashkil etdi, agar urug'lar to'g'tidan to'ri erta bahorda ekilsa, unish ko'rsatgichlari 50% dan oshmasligi malum bo'ldi. Urug'lar deyarli bir vaqtning o'zida unib chiqdi. Ko'chatlar unib chiqqandan so'ng, ko'chatlar biroz mustahkamlanib, ularda 2 ta haqiqiy barg paydo bo'lgandan so'ng, ko'chatlar orasi 5-6 sm oraliq qoldirildi, birinchi siyraklashtish shu muddatda o'tqazildi. Ikkinchi siyraklashtishni ko'chatlar o'n barg o'sib chiqqanda amalga oshirildi. Ularning orasidagi masofa 6 sm qoldirildi,

keyingi yil bahorda, eng kuchli va eng yaxshi rivojlangan ko'chatlar olish uchun. Keyingi yumshatish ishlarigacha 2-3 marta sug'orish ishlari amalga oshirildi, begona o'tlar olib tashlandi. Bu holda urug'lar yalpi ravishda unib chiqqandan so'ng begona o'tlar olib tashlanadi. Urug'lar yalpi ravishda unib chiqqanlaridan so'ng yosh niholchalar asta-sekin begona o'tlardan tozalandi va yumshatildi. Bir yoshli urug' ko'chatlar qishda 2-3 sm qalinlikda qipiq bilan yopildi (oktabr, noyabr). Zamburug'li kasallikka qarshi (fuzarioz) yosh niholchalarga 3-4 marta sinebning 0,20.5% li eritmasi bilan purkalandi. Bu jarayon har 6-7 kunda qaytariladi, Sineb bo'lmasa 0,05 % li margansofka eritmasi ishlatiladi. Har 10-12 kunda bir marta sug'orildi, ikki sug'orishdan so'ng tuproq yumshatildi, begona o'tlar olib tashlandi (vegetatsiya davrida 3-5 marotaba). Ko'chatlarning yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun quyidagi parvarish choralarini amalga oshirildi:

Sug'orish muntazam ravishda amalga oshirildi, chunki tuproqning yuqori qatlami quriydi. Tuproqdagi namlikning turg'unligini va kislorodning kirib kelishiga to'sqinlik qiladigan qobiq shakllanishini oldini olish uchun har bir sug'orishdan keyin tuproqni yumshatish amalga oshirildi. Ko'chatlar hayotning ikkinchi yilida kuzda doimiy o'sadigan joyga ko'chirib o'tqazildi.

Xulosa. Chetan (Sorbus L.) - ra'noguldoshlarga mansub daraxt yoki buta turkumi hisoblanadi. Chetan turkumining vakillari yol yoqalarini ko'kalamzorlashtirishda, manzarali bog'larni tashkil qilishdan tashqali o'rmon meliorativ himoya funksiyasini ham bajaradi. Ushbu chetan turinining uruglarini terish mudati kech kuz-sovuq tushishidan oldin terib olish kelgusida uruglarning unib chiqishi uchun optimal muddat hisoblanadi. Tozalangan uruglarni stratifikatsiya qilish orqali unumdorlikni oshirish mumkin.

REFERENCES

1. A.K.Qayimov, E.T.Berdiyev, H.F.Hamroev, S.A.Turdiev. Dendrologiya. T.: Fan va texnologiya, 2015

2. Эргашева И.Т., Якубов Ш.М. Халилова К.А., Биоэкология рябины (Sorbus Aucuparia) и технология выращивания в сельском хозяйстве. Проблемы и судебные решения в теории и практике аграрной науки «К 90-летию со дня создания Ташкентского государственного аграрного университета» 1-15 декабря 2020 года. стр. 460-463

3. Жураев Ж.М., Холмуротов М.З., Халилова К.А. Раъногулдошлар оиласига мансуб дарахт ва бута турларини асалариларнинг бах,орги ривожланишидаги ахдмияти. "Узбекистон aграр фани хабарномаси" журнали. - Тошкент, 2021. - № 2 (86). - Б. 136139

4. Jumayev J. M., Kholmurodov M. Z., Khalilova K. A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 244. - С. 02050.

5. J. Jurayev, M. Kholmurotov, K. Khalilova and D. Berdibaeva (2023). Natural distribution of melliferous trees and shrubs in the Western Tien-Shan mountain ridge. Ann. Phytomed., 12(1):821-825. http://dx.doi.org/ 10.54085/ap.2023.12.1.31.

6. http://pitomnik.ru/articles/podgotovka-semyan-k-posevu

7. https://ogorodnik.net/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.