Научная статья на тему 'SHUMTOL URUG‘KOCHATLARINI YETISHTIRISH'

SHUMTOL URUG‘KOCHATLARINI YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
77
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shumtol / o’g’itlar / NPK 10-10-40 / NPK 20-20-20 / NPK 13-40-13 / 1000 dona urug’ og’irligi / nazorat.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Jurayev Javlon Mirzatillayevich, Abdug‘Afforov Temurbek Isomiddin О‘G‘Li

Ushbu maqolada Shumtolning 1000 dona urug‘ og‘irligi, ekish me’yorlari, muddatlari va o‘g‘it berish bo‘yicha ishlab chiqilgan miyorlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotda 3 ta takrorlanishda va 4 ta Nazorat (o‘g‘itsiz), NPK 10-10-40, NPK 20-20-20, NPK 13-40-13 variantlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Maqbul deb topilgan 3-variantida NPK 20-20-20 nazoratga nisbatan olinganda 265,6 % natijaga erishilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHUMTOL URUG‘KOCHATLARINI YETISHTIRISH»

SHUMTOL URUG'KOCHATLARINI YETISHTIRISH

1Jurayev Javlon Mirzatillayevich 2Abdug'afforov Temurbek Isomiddin o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori

2Toshkent davlat agrar universiteti magistri 1j.m.jurayev@gmail.com +99897 770 39 20 https://doi.org/10.5281/zenodo.10078663

Annotatsiya. Ushbu maqolada Shumtolning 1000 dona urug' og'irligi, ekish me 'yorlari, muddatlari va o'g'it berish bo'yicha ishlab chiqilgan miyorlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotda 3 ta takrorlanishda va 4 ta Nazorat (o 'g'itsiz), NPK 10-10-40, NPK 2020-20, NPK 13-40-13 variantlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Maqbul deb topilgan 3-variantida NPK 20-20-20 nazoratga nisbatan olinganda 265,6 % natijaga erishilgan.

Kalit so'zlar: shumtol, o'g'itlar, NPK 10-10-40, NPK20-20-20, NPK 13-40-13, 1000 dona urug' og'irligi, nazorat.

Аннотация. В данной статье представлена информация о массе 1000 семян ясеня, нормах посева, сроках и разработанных нормах внесения удобрений. Исследование проведено в 3-х повторностях и 4-х контрольных (без удобрения), NPK 10-10-40, NPK 2020-20, NPK 13-40-13 вариантах. В варианте 3, который был признан приемлемым, достигнут результат 265,6% при приеме NPK 20-20-20 по сравнению с контролем.

Ключевые слова: ясень, удобрения, NPK 10-10-40, NPK 20-20-20, NPK 13-40-13, масса 1000 семян, контроль.

Abstract. This article provides information on the weight of 1000 ash seeds, sowing rates, timing and developed rates of fertilizer application. The study was carried out in 3 replicates and 4 control (without fertilizer), NPK 10-10-40, NPK 20-20-20, NPK 13-40-13 variants. In option 3, which was considered acceptable, a result of 265.6% was achieved when taking NPK 20-20-20 compared to the control.

Keywords: ash, fertilizers, NPK 10-10-40, NPK 20-20-20, NPK 13-40-13, weight of 1000 seeds, control.

Kirish. Serquyosh O'zbekiston Respublikasining barcha shahar va qishloqlarida, aholi turar joylari, o'quv maskanlari atrofida bog'-saylgohlarimiz, shuningdek avtomobil yo'llari atrofida, qishloq xo'jaligi ekinlari atrofida yerlardagi eroziyani oldini olish maqsadida har xil turdagi manzarali va iqtisodiy, ekologik samaradorligi yuqori bo'lgan daraxt turlaridan yashil o'simlik dunyosi barpo etilmoqda. Shunday daraxt turlaridan biri shumtol (fraxinus) turkumidir.

Shumtol turkumining aksari vakillari daraxt va ba'zilari yirik buta o'simliklardir. Barglari murakkab, toq patsimon, bandi uzun bo'lib, qarama-qarshi joylashadi. Gullarining tuzilishi va rangi xilma-xil bo'ladi. Ko'pchilik turlari barg yozishdan oldin, ayrimlari barg yozib bo'lgandan so'ng gullaydi. Gullari ikki jinsli va bir jinsli, erkak yoki urg'ochi gul bo'ladi. Ular oddiy yoki murakkab o'sish nuqtalari xosil qiladi. O'sish nuqtalari o'tgan yilgi yoki shu yilgi novda yoki barglar qo'ltig'idagi kurtaklardan rivojlanadi. Erkak va urg'ochi gullari har xil taqsimlanadi. Bir turining gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, har ikkala jinsli bo'lishi mumkin. Barg yozilguncha gullaydigan turlari shamol vositasida changlanadi. Mevasi bir urug'li bo'lib, kuzda yetiladi [1,2].

Shumtol (Fraxinus) ning vatani shimoliy Amerika hisoblanib u yerda juda katta maydonlarda tabiy holda o'sayotgan, tabiy sharoitda ko'payotgan daraxtlarni ko'rishimiz mumkin. Finlandiyada ham shumtolning turli xil turlari qadimdan beri ko'paytirib kelinmoqda [3].

Shumtol turkumi Zaytundoshlar (Oleacea) oilasiga mansub bo'lib, yaxshi o'suvchi, turli

xil zararkunanda kasalliklarga chidamli, manzaraviylik xususiyatlarga boy turkum hisoblanadi. Ushbu turkum orasida ayniqsa shumtol juda ko'zga tashlanib turadigan,chiroyli,zararkunanda hashorotlarga chidamli,turli xil kasalliklarga chidamli va nisbatan suvga ehtiyoji kam hisoblanadi.Ushbu daraxt turini tarli xil ko'ngil ochar maskanlarda, parklarda, bog'larda,kasalxonalar atrofida,yo'llarning chetida va qishloq xo'jaligida ixota maydonlarini barpo etishda keng foydalanish mumkin. Shumtoling balandligi 15-35m balandlikgacha yetishi mumkin. Daraxtning po'stlog'i kulrang yoki to'q kulrang bo'ladi. Kurtaklari sarg'ish-kulrang yoki jigarrang bo'ladi [4,5].

Tadqiqot uslubi. Shumtol urug'larini kuzda ekish mumkin ammo, O'zbekiston sharoitida tavsiya etilmaydi, chunki erta bahorda unib chiqqan nozik nixollar sovuqqa juda sezgir bo'lganligi uchun bahorgi sovuqlardan zararlanishi mumkin. Biz tadqiqotimiz davomida bahorda ekdik. Urug'larni tayorlash uncha murakkab emas, ularni quruq xolatda xam ekish mumkin, ammo o'sish energiyasini oshirish va yaxshi unib chiqishi uchun biz urug'larni 3-4 kun davomida suvda ivitib qo'ydik.

Pushtalarni tayyorlashdan oldin yer qo'shimcha ravishda tekislandi. Pushtalar to'g'ri va bir-biriga parallel ravishda joylashgan bo'lishi va sug'orish uchun qulay yunalishda bo'lishi hisobga olindi. Pushtalarning (jo'yaklar) uzunligi esa 100-150 m dan oshmasligi inobatga olindi. Pushtalar qo'lda orasi - 70 sm, sug'oriladigan ariqning yuqoridagi qismining kengligi - 40 sm qilib tayyorlandi. Pushtalar tayyorlangandan so'ng ketmon bilan to'g'irlandi, kesaklari maydalanadi, pushtani yuza qismi xaskash bilan tekislandi. Urug'larni ekishdan oldin nazorat tariqasida sug'orildi.

1-rasm. Shumtol urug'larini sepish jo'yaklari

a - jo'yak orasidagi masofa, 60 sm

b - nihollar orasidagi masofa, 40 sm

Tadqiqot natijalari. Tadqiqot bo'z tuproqli yer maydonlarida bo'lganligi sababli, nihol yetishtirish uchun yiliga gektar hisobiga meniral o'g'itlardan solinadi. Ushbu o'g'itlarni to'rt muddatda, ya'ni asosiy qismini urug'larni ekishda va qolgan qismini ozuqa sifatida may oyining ikkinchi yarmida, iyun va avgust oylarida solindi. Ekishdan oldin beriladigan o'g'itlar urug'lar solinadigan qatorning ostki qismiga solindi. Buning uchun avval 8-12 sm chuqurlikda ariq olinib ularning tubiga o'g'it solindi va tepa qismiga jo'yaklar tortildi. O'g'itlarni ozuqa sifatida beriladigan qismi nihollarni o'sish davrida 10-12 sm chuqurlikga, nihollarni 15-12 sm yoniga solindi. Har bir oziqlantirishdan oldin kultivatsiya qilindi va begona o'tlardan tozalandi. O'g'it solingandan keyin sug'orildi.

Urug'lar bir qator qilib sepildi, qatorining eni 10-12 sm, ekish chuqurligi 5-6 sm. Urug'larni ob-havo sharoitiga qarab fevral oyining oxiridan boshlab mart oyi davomida kechi bilan

aprel oyining birinchi yarmigacha ekish mumkin. Bizning tadqiotimizda aprel oyining birinchi o'n kunligida amalga oshirildi.

1000 dona urug' og'irligi 23-30 gr ni tashkil etib, 1kg urug'lar soni o'simlikning qanday iqlim sharoitida va muhitida o'sishiga qarab 14000-41000 dona gacha boradi. Ushbu urug'lardan 82% dan toza urug' chiqishi kuzatilgan.

O'zbekiston sharoitiga yaxshi moslashgan.

1-jadval. Turli joylardan terilgan urug'larning morfologik tasnifi

№ Urug' 1kg 1kg Urug' urug' eni 1000ta urug'

terilgan joy mevadagi mevadan uzunli mm og'irligi gr

urug'lar urug' gi sm

soni, dona chiqishi %

1 Ohangaron

o'rmon 37843 82 5.3 6 30

xo'jaligi

2 Toshkent

botanika 34785 76.5 4.4 4 27

bog'i

Bahorgi ekish uchun mo'ljallangan shumtol urug'lari ekishdan oldin quritildi, so'ngra qo' bilan tozalandi. Ularni yaxshi shamollatiladigan xonada qoplarda saqlandi. Saqlash paytida havo namligi 60% dan oshmasligi ta'minlandi.Urug'larni yumshatish uchun urug'lar stratifikatsiya qilinadi. Urug'lar juda yaxshi nish ota boshladi. Shundan so'ng urug'lar ekishga tayyor bo'ldi.

Shumtol urug'lari pishib yetilganidan so'ng ekiladigan urug'lar unib chiqish darajasi 85% ni tashkil qildi.

2-rasm. 1000 dona urug' og'irligi

3-rasm. Toshkent Botanika bog'idan terilgan urug'lar о'lchamlari.

Shumtol urug'larini stratifikatsiyalashda urug'lar yuvilgan daryo qumida 1:3 nisbatda aralashtirildi va ekishgacha yog'och yashiklarda saqlandi hamda doimiy ravishda namlanib turildi. Shumtol urug'larining unuvchanlik darajasini aniqlash GOST 13056.7-68 (QzDSt 322.15.04.2009) «Semena derevyev i kustarnikov. Metodi opredeleniya jiznesposobnosti» talablari asosida bajarildi [8].

Urug'larni tuproqdagi unish qobiliyatini tadqiq etishning mohiyati turli muddatlarda ekilgan urug'lardan unib chiqqan nihollarning sonini aniqlashdan iborat bo'ldi. Buning uchun 1 pog.m qatorga 350 dona Shumtol urug'lari sanab ekildi. Urug'larni tuproqda unish qobiliyati ilk nihollar paydo bo'lgandan keyin 30 kalendar kuni mobaynida o'rganildi, bunda haftasiga uch kun (seshanba, payshanba va shanba kunlari) tajriba egatining har 4 metrida unib chiqayotgan nihollar soni hisobga olindi.

4-rasm. Ohangaron o'rmon xo'jaligidan terilgan urug'lar o'lchami.

Kuzatish yakunida paydo bo'lgan nihollar soni bo'yicha ularning unish ko'rsatkichi, vegetatsiya yakunida - nihollarning saqlanish darajasi aniqlandi. Vegetatsiya davrida urug' ko'chatlarni o'sish dinamikasini o'rganish uchun har oyning o'rtasida va vegetetsiya oxirida ularning balandligi va diametri o'lchab borildi.

Vegetatsiya oxirida tajriba variantlarida yalpi va standart ko'chatlar miqdori aniqlandi. Shumtol urug'ko'chatlari GOST 3317-90 (QzDSt 322.15.04.2009) «Seyansi derevyev i kustarnikov» davlat standarti talablariga binoan baholandi

Ko'chatzorda Shumtol urug'larini unishi va nihollarni paydo bo'lish davrida tuproqning harorat rejimi o'rganildi. Tadqiqotlarning maqsadi - Shumtol urug'larini unish davrida minimal va maksimal hamda optimal harorat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'lib, ilk nihollarni paydo bo'lishidan boshlab 30 kalendar kuni mobaynida haftasiga 3 kun (seshanba, payshanba, shanba) tuproq yuzasidan 15 sm balandlikda, tuproq yuzasidagi, mulcha yuzasidagi va ostida, urug' ekilgan tuproq qatlamida (2 sm) haroratlar qayd qilib borildi. Savvinov tuproq termometrlaridan foydalanildi, kuniga ulardan 4 marotaba 0,10C aniqlikda ko'rsatkichlar olindi (soat 9, 12, 15 va 18) va o'rtacha kunlik harorat aniqlandi.

Tajriba natijalarini baholashda asosiy mezon sifatida - urug'larni tuproqda unish ko'rsatkichi va 1 gektardan yalpi hamda standart urug' ko'chatlar chiqish miqdori e'tiborga olindi.

Mineral o'g'itlar meyorlarini Shumtol urug' ko'chatlarini o'sishi va standart ko'chatlar chiqish miqdoriga ta'sirini o'rganish bo'yicha tajribalar 4 variantda - turli mineral o'g'itlar va ularning turli nisbatdagi meyorlari bilan o'tkazildi (2- jadval).

Nazorat variantda o'g'itlar qo'llanilmadi. Tajribalar 3 takrorlanishda, jami 18 metr tajriba egatlarida o'tkazildi. Aniqlangan o'sish ko'rsatkichlar bo'yicha vegetatsiya yakunida tajriba variantlaridan 18-20 donadan model urug' ko'chatlar tanlab olindi, ularning ildizlari uzunligi va holati o'rganildi.

2-jadval Shumtolning urug'ko'chatlarini yetishtirishda mineral o'g'itlar qo'llanilgandagi bo'yiga o'sish ko'rsatgichlari (kg ta'sir etuvchi modda/ga)

Variantlar

O'rtacha

ko'rsatkich,

sm

Statistik ko'rsatkichlar

V

Nazoratga

nisbatan,

%

NSR 0.5

Nazorat (o'g'itsiz)

32,7±0,23

1,3

45,7

8,4

100,0

0,12

NPK 10-10-40

39,3±0,31

1,7

17,8

3,3

129,1

0,14

3

NPK 20-20-20

70,3±0,28

3,3

11,2

0,9

265,6

0,15

4

NPK 13-40-13

50,6±0,46

5,5

16,7

1,4

178,9

0,20

Ushbu jadvaldan ko'rinib turibdiki, tadqiqotlar hozirgi vaqtdagi yangicha ko'rinishdagi granulali meniral o'qitlardan foydalanildi. Natijaga ko'ra 1-variant nazorat sifatida olinib xech qanday o'g'itlardan foydalanilmadi va natija 32,7 sm ni tashkil etdi. 2-variantda NPK 10-10-40 nisbatdagi meniral o'g'itdan foydalanilganda 39,3 sm bo'ldi. 3-variantda NPK 20-20-20 dan foydalanilganda ko'rsatgich 70,3 sm.ni tashkil etdi. 4-variantda NPK 13-40-13dan foydalanilganda esa, 50,6 sm natijaga erishildi. Tadqiaot natijalariga ko'ra 3 chi ya'ni, NPK 2020-20 varianti maqbul variant deb topildi.

Tajriba variantlarida 1 metr egatdagi urug' ko'chatlar soni, 1 gektardan yalpi urug' ko'chatlar chiqishi, uning tarkibidagi standart ko'chatlar miqdori kabi muhim ko'rsatkichlar ham aniqlandi.

Vegetatsiya davrida urug'ko'chatlar 10 marta (mayda-2 ta, iyunda-3 ta, iyulda-3 ta avgustda-2 ta) sug'orildi. Bundan tashqari urug'lar ekilgandan so'ng va urug'larni unishi va nihollarni paydo bo'lishi davrida egatlar bo'ylab zaxlatuvchi (infiltratsion) sug'orishlar o'tkazildi. Sug'orilgandan so'ng tuproq yetilgach tajriba egatlari chopiq qilindi va begona o'tlardan tozalandi. Barcha tajriba variantlarida urug' ko'chatlarni parvarishlashda bir xil agrofon qo'llanildi.

S

p

1

2

REFERENCES

1. Бердиев Э. Т., Хoлмурoтoв М. З. BereTaraBHoe размнoжение калины oбыкнoвеннoй (Viburnum opulus L.) в Ташкентс^м oa3TOe //Актуальные прoблeмы устoйчивoгo развития лeснoгo KoMoreKca: Мeждунaрoднaя нaучнoпрaктичeскaя шнференция, пoсвящeннaя. - 2018. - Т. 70. - С. 130-135.

2. Жураев Ж. М., Хoлмурoтoв М. З., Хaлилoвa К. А. Биoэкoлoгичeскиe oсoбeннoсти сoфoры япoнскoй и значение её в пчeлoвoдствe //Нoвaя наука: тeoрeтичeский и практический взгляд. Материалы мeждунaрoднoй нaучнo-прaктичeскoй кoнфeрeнции. - 2020. - Т. 30. - С. 104-107.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Жураев Ж. М., Хoлмурoтoв М. З., Хaлилoвa К. А. К. Биoмoрфoлoгичeскиe свoйствa семян мeдoнoснoй липы //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №.

7. - С. 32-36.

4. Махкамов Т. Х. О сообществах класса Artemisietea vulgaris в г. Ташкента //ББК 60 И 66. - 2020. - С. 200.

5. Тухтаев, Б. Ё., Махкамов, Т. Х., Тулаганов, А. А., Маматкаримов, А. И., Махмудов, А. В., & Аллаяров, М. У. Доривор ва озукабоп усимликлар плантацияларини ташкил килиш ва хом ашесини тайерлаш буйича йурикнома. - Тошкент, 2015. - С. 3-5.

6. Mahkamov T. H., Temirov E. E., Erdonov S. B. Taxonomic analysis of ruderal flora of Fergana Valley (part of Uzbekistan) //Europaische Fachhochschule. - 2015. - №. 8. - С. 6-8.

7. Jurayev J.M., Xalilova K.A., Saydullayev N.B. Oddiy ligustrumni qalamchalari orqali ko'paytirishda ildiz o'sish ko'rsatkichlarini o'rganish //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - С. 88-91.

8. ГОСТ 13056.4-67 Семена деревьев и кустарников. Методы определения массы 1000 семян. //Правила отбора образцов и методы определения посевных качеств семян -введен с 01.07.68.- Москва, Изд-во стандартов, 1988, -С.60-62.

9. ГОСТ 3317-90 Сеянцы деревьев и кустарников: Технические условия-введен с 01.07.091. -Москва, Изд-во стандартов, 1990. -41 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.