Научная статья на тему 'TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNING ROLI'

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
9
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turizm sanoati / investitsiya siyosati / samaradorlik / investitsion jozibadorlik / turizm sanoati / to‘gridan to‘g‘ri investitsiya.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Qilichov Sobir Savriyevich

Ushbu maqolada turizm sanoatining investitsion muhiti, investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha davlat siyosati, samaradorligini baholash usullari tadqiqot metodlari yordamida yoritib berilgan. Turizm sanoatini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb qilishda yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar borasida ma'lumotlar keltirilgan. Mavzu doirasida zamondosh olimlarning fikr va mulohazalari o‘rganilgan va keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNING ROLI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNING

ROLI

Qilichov Sobir Savriyevich

Toshkent Amaliy fanlar universteti, Katta o'qituvchisi. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko'chasi, 1-uy.

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13341866 Annotatsiya: Ushbu maqolada turizm sanoatining investitsion muhiti, investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha davlat siyosati, samaradorligini baholash usullari tadqiqot metodlari yordamida yoritib berilgan. Turizm sanoatini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb qilishda yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar borasida ma'lumotlar keltirilgan. Mavzu doirasida zamondosh olimlarning fikr va mulohazalari o'rganilgan va keltirilgan.

Kalit so'zlar: Turizm sanoati, investitsiya siyosati, samaradorlik, investitsion jozibadorlik, turizm sanoati, to'gridan to'g'ri investitsiya.

KIRISH

Barchamizga ma'lum-ki, so'nggi yillarda mamlakatimizda turizmga bo'lgan e'tibor ko'p - ko'p e'tirof etilmoqda. Ayniqsa, investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan bo'lib, kafolat va imtiyozlarni o'zida aks ettiruvchi bir qancha me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulk- ning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qo'yilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning o'zi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib o'rinlarni egal- lash uchun yangi zamonaviy g'oyalarni o'ylab topish zarurati yuzaga kelmoqda. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish - iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilg'or xorij texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28-dekabrda Oliy Majlis deputatlariga yo'llagan Murojaatnomasida ushbu masalaga alohida urg'u berildi. Jumladan, o'tgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan olib borilgan hamkorlik natijalariga ko'ra, mamlakatimizda investitsiyalar hajmi to'qqiz milliard dollarni tashkil etgani, shuningdek, chet el investitsiyalari hisobidan 24 milliard dollarni tashkil etuvchi 460 ta loyiha amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Prezidentimiz ushbu ko'rsatkichlarga ahamiyat qaratar ekan, keng miqyosli investitsiyalar yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlovchi omil bo'lishini alohida ta'kidlab, shunday dedi: "Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot

drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi".

ADABIYOTLAR SHARHI

Turizmda investitsion faoliyat va uning amal qilish xususiyatlarini tadqiq etishdan avval investitsiya faoli-yatining mazmun-mohiyati va o'ziga xos xususiyatlarini yoritish darkor. Xususan, ko'plab xorijiy va mahalliy nashrlarda investitsiyalar hamda investitsion faoliyat masalalarining ayrim jihatlari yoritilgan.

Chubarinning fikricha, "investitsiya faoliyati -investitsiya jarayoni ishtirokchilarining kapitalni to'plash, o'zgartirish, joylashtirish, qo'yish va ulardan foydalanish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan, iqtisodiy tizimda maksimal ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natija olishga qaratilgan munosabatlari yig'indisidir"1. Turizmda investitsion faoliyat va uning tashkiliy-iqtisodiy masalalari ham ko'plab olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o'z aksini topgan bo'lib, ularning aksariyat qismi bir-birini to'ldirishga xizmat qiladi. Valinurovaning qayd etishicha, "turizm sohasidagi investitsion faoliyat - investitsiya sifatida kiritilgan mablag'lardan daromad olish uchun ma'lum bir mam-lakat ichida va tashqarisida turizm sanoatiga uzoq muddatli kapital qo'yilmalar shaklida moliyaviy resurslardan foydalanishni o'z ichiga oladi"2.

Fatxutdinovning esa, "investitsiyalar - bu kapitalni saqlash va oshirish maqsadidagi pullik quyilmalardir". Shuningdek, iinvestitsiya faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy mexanizmining amal qilish xususiyati iqti- sodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlant- irish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish orqali yangi ish o'rinlarini shakllantirish'dir deb izoh berib o'tishgan3.

1 Chubarin A. N. (2001) Turizm sohasida investitsiya faoliyati mexanizmining shakllanishi. M.: 2017 yil

2 Valinurova L. S. (2015) Sanoatlarda investitsiya faoliyatini tashkil etish: monografiya / L. S. Valinurova. - M.:Paleotip, .

3 Fatxutdinov R. A. (2017) Boshqaruv yechimini ishlab chiqish. -M "IntelSynthesis", 89 p

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I toe^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

Vyakina esa "turizm sohasidagi investitsiyalar kapital hisobidan turli sayyohlik xizmatlarini ko'rsatishga qodir bo'lgan turistik obyektlarini yaratish, modernizatsiya qilish yoki rekonstruksiya qilish jarayonidir" deya ta'rif keltirgan4. Mamlakatimizda ham turizm sohasida investitsion faoliyat amal qilishining mexanizmlari va tashkiliy-iqtisodiy masalalari atroflicha tadqiq etilgan. Xususan, Allanazarov turizmda investitsion faoliyatning amal qilishini quyidagicha izohlaydi: "turizmda investitsion faoliyat - bu investitsiya jarayoni ishtirokchilarining kapitalni jamg'arish, o'zgartirish, joylashtirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan munosabatlari bo'lib, turizm sohasida makro va mikro darajada maksimal ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natija olishga qaratilgan kapitaldan foydalanish jarayonidir"5.

METADOLOGIYA

Tadqiqotning metadologiyasini ishlab chiqish jarayonida turizm sanoatida investitsiyalarning ahamiyati, investitsion muhitni shakllantirish omillari tizimlashtirildi. To'g'ridan -to'g'ri investitsiyalarni jalb qilishda mam- lakatniy siyosiy, iqtisodiy sohalarining ta'siri o'rganildi. Shu bilan birga tadqiqot ishiga oid fikrlarni tahlil qilish jarayonida deduksiya, analiz, sintez usullaridan keng foydalanildi. TAHLIL VA NATIJALAR 2022 yilda esa 10 mlrd dollardan ziyod to'g'ridan-to'g'ri xorijiy sarmoyalarni o'zlashtirish, 284 ta yirik va 10 mingdan ortiq hududiy loyihalar ishga tushirildi. Eksport hajmi esa salkam 15 mlrd dollarga yetkazildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga 60 dan ortiq davlat investitsiya kiritmoqda. Asosiy investor davlatlar beshligiga esa quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Xitoy - 3,3 mlrd dollar;

2. Rossiya - 2,9 mlrd dollar;

3. Turkiya - 1,8 mlrd dollar;

4. Germaniya - 878 million dollar;

5. Janubiy Koreya - 235 million dollar.

Bugungi kunda chet el investitsiyalarining aksariyat qismi nazariy va uslubiy bazani rivojlantirishda yetar- licha yaratilmagan. Respublikada sayyohlik korxonalari masalalari bo'yicha qabul qilingan hujjatning turizm va investitsiya qonunlari va nizomlari xususiyatlari to'liq e'tiborga olinmaydi. Turizmga investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha talab va takliflar sektori bo'lishi quyidagilarni o'zida ifodalaydi6:

■ Turizm sohasini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish;

■ Xorijiy tajribalarni jalb qilish;

■ Turizm xizmatlarining yangi turlari va turkumlarini yaratish;

■ Keng miqyosli investitsiyalarni jalb qilish uchun kriteriyalarni rivojlantirish;

4 Vyakina I. V. (2012) Mintaqaning investitsiya muhiti: tizimning mohiyati va tarkibiy qismlari / I. V. Vyakina, G. A. Aleksandrov, G. G. Skvorsova // Rossiya tadbirkorligi. 13-jild. - No 16. - B. 98-103

5 Allanazarov B. D. (2018) O'zbekistonda investitsiya faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining xususiyatlari va turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi. Fan va amaliyot byulleteni / Fan va amaliyot xabarnomasi. № 12.

www.in-academy.uz

■ Chet el investitsiyalarini keng jalb qilishda turizmning qo'shimcha imtiyozlarini qo'llash;

■ Investitsiya muhitini yaratish va yanada takomillashtirish;

■ Me'yoriy jihatdan jalb etish uchun keng miqyosli investitsiyalarning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

■ Sayyohlik xizmatlarining sonini va sifatini oshirish;

■ Turizm sohasidagi samaradorlik kursori tizimini ishlab chiqarish;

■ Investitsiyalarni nazorat qilish va monitoringini takomillashtirish.

O'zbekiston ham ko'plab madaniy yodgorliklarga boy bo'lgan tarixiy shaharlar mavjudligi bilan turizm sohasiga chet el investitsiyalarni jalb qilishda yetakchi mamlakatlar qatoridan o'rin olgan davlat hisoblanadi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ham ana shu vazifalarni o'rganishni taqozo etadi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning roli shundan iboratki, ular tufayli ijtimoiy kapital to'planishi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi, fan va texnika yutuqlarini ijodiy faoliyatning turli sohalariga o'tka- zish orqali joriy etish. Natijada investitsiyalar milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyat hayoti sifatini yaxshilash va iqtisodiy yuksalishning asosi hisoblanadi

Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash texnik, texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiy xususiyatlaridan qat'i nazar, yagona tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bularga quyidagilar kiradi:

• loyihani uning butun hayotiy sikli (hisob-kitob davri) davomida ko'rib chiqish;

• investitsiya oldidan tadqiqotlarni o'tkazishdan to loyihani tugatishgacha;

• turli valyutalardan foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda hisob kitob davri uchun loyihani amalga oshirish bilan bog'liq barcha pul tushumlari va xarajatlarini o'z ichiga olgan pul oqimlarini modellashtirish;

• turli loyihalarni (loyiha variantlarini) solishtirish shartlarining solishtirilishi;

• pozitivlik va maksimal ta'sir. Investitsion loyiha investor nuqtayi nazaridan samarali deb tan olinishi uchun, birinchidan, uni amalga oshirish samarasi ijobiy bo'lishi kerak; ikkinchidan, muqobil investitsiya loyihalarini solishtirganda, eng yuqori samaradorlikka ega loyihaga ustunlik berildi;

• vaqt omilini hisobga olgan holda. Loyihaning samaradorligini baholashda vaqt omilining turli jihatlari, shu jumladan loyiha parametrlarining dinamikligi (vaqtning o'zgarishi) va uning iqtisodiy muhiti, mahsulot ishlab chiqarish o'rtasidagi vaqtdagi bo'shliqlar (kechikishlar) hisobga olinishi kerak. yoki resurslarni olish va ularni to'lash, har xil vaqt va (yoki) natijalardagi xarajatlarning nomutanosibligi (avvalgi natijalar va keyingi xarajatlarni afzal ko'rish);

• faqat loyihani amalga oshirish jarayonida kelajakdagi xarajatlar va daromadlarni, shu jumladan ilgari yaratilgan ishlab chiqarish aktivlarini jalb qilish bilan bog'liq xarajatlarni, shuningdek loyihani amalga oshirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan kelajakdagi

PPSUTLSC-2024

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

yo'qotishlarni hisobga olish (masalan, mavjud ishlab chiqarishni to'xtatish bilan bog'liq holda), o'rniga yangisini tashkil qilish bilan). Loyihada foydalanilgan ilgari yaratilgan resurslar ularni yaratish qiymati bilan emas, balki yo'qotilgan foydaning maksimal qiy- matini aks ettiruvchi imkoniyat qiymati (opportunity cost) bo'yicha baholanadi;

• loyihaning barcha eng muhim oqibatlarini hisobga olgan holda. Investitsiya loyihasining samaradorligini aniqlashda uni amalga oshirishning barcha oqibatlari bevosita iqtisodiy va iqtisodiy bo'lmagan (tashqi ta'sirlar, davlat foydalari) hisobga olinishi kerak. Ularning samaradorlikka ta'sirini miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin bo'lsa, uni miqdoriy jihatdan aniqlash kerak. Boshqa hollarda, bu ta'sir mutaxassislar tomonidan hisobga olinishi kerak;

• turli loyiha ishtirokchilarining mavjudligi, ularning manfaatlari va chegirma stavkasining individual qiymatlarida ifodalangan kapital qiymatining turli baholari o'rtasidagi nomuvofiqlikni hisobga olgan holda;

• ko'p bosqichli baholash. Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishning turli bosqichlarida (investitsiyalar uchun texnik-iqtisodiy asoslash, moliyalashtirish chizmasini tanlash, iqtisodiy monitoring) uning samaradorligi yangidan, turli chuqurlikdagi o'rganish bilan belgilanadi;

• loyihani amalga oshirish jarayonida yaratilgan ishlab chiqarish fondlarining ishlashi uchun zarur bo'lgan aylanma mablag'larga bo'lgan ehtiyojning investitsiya loyihasi samaradorligiga ta' sirini hisobga olgan holda;

• inflyatsiya ta'sirini (loyihani amalga oshirish davrida turli turdagi mahsulotlar va resurslar narxlarining o'zgarishini hisobga olgan holda) va loyihani amalga oshirishda bir nechta valyutalardan foydalanish imkoniyatini hisobga olish;

• loyihani amalga oshirish bilan bog'liq noaniqliklar va xatarlarning ta'sirini hisobga olgan holda (miqdoriy shaklda).

Umuman olganda, loyihaning samaradorligi quyidagi elementlardan iborat:

• davlat (ijtimoiy) samaradorlik;

• tijorat samaradorligi.

Ijtimoiy samaradorlik ko'rsatkichlari investitsiya loyihasini umuman jamiyatga amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini hisobga oladi. Loyihaning o'zi va uning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida amalga oshirilishining "tashqi" oqibatlari baholanadi. Shu bilan birga, ekologik, ijtimoiy va boshqa iqtisodiy bo'lmagan ta'sirlarni tegishli normativ va uslubiy materiallar mavjud bo'lganda miqdoriy shaklda hisobga olish tavsiya etiladi. Ba'zi hollarda, ushbu hujjatlar mavjud bo'lmaganda, ta'sirlar juda muhim bo'lsa, mustaqil malakali ekspertlarning baholashlaridan foydalanish mumkin. Agar "tashqi" ta'sirlar miqdoriy hisobga ruxsat bermasa, ularning ta'sirini sifatli baholash kerak. Ushbu qoidalar mintaqaviy samaradorlik hisob-kitoblariga ham tegishli.

www.in-academy.uz

Loyihaning tijorat samaradorligini hisoblash uchun asosiy ko'rsatkichlar sifatida quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:

• sof daromad;

• sof diskontlangan daromad;

• daromadning ichki darajasi;

• qo'shimcha moliyalashtirishga ehtiyoj (loyiha qiymati, risk kapitali);

• xarajatlar va investitsiyalar rentabelligi indekslari;

• qoplanish muddati. XULOSA

Turizm sohasiga investitsiyalarning sezilarli darajada ortishi sharoitida ularni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish, investitsiya faoliyati mexanizmini shakllantirish yo'nalishlarini belgilash masalalarini hal etishning dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Turizm sohasida investitsion faoliyatni rivojlantirish, faol investitsiyalar jalb etishni takomillashtirishda turizm infratuzilmasi faoliyatini taraqqiy ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, turizmda investitsion faoliyatni rivojlantirish orqali sohani iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylantirishga erishish mumkin.

ADABIYOTLAR:

[1] Bakhromov, A., Juraeva, N., Nurfayzieva, M., Oppokkhonov, N., & Egamnazarov, K. (2023). Sun'iy intellektning turizm sohasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirishdagi o'rni.

[2] Egamnazarov Kh., Bakhromov A., Nurfayzieva M., & Oppokkhonov N. (2023). Tourism Potential Of The Republic Of Karakalpakstan: An Exploration Of Cultural Heritage And Natural Beauty // Экономика и социум, (7 (110)),

[3] Egamnazarov, K. (2023). The Role of the Cities of the Great Silk Road of Uzbekistan in the Tourism of Uzbekistan // European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630).

[4] Khalilullayevna, D. M. (2023). Current Problems in Improving the Practice of Financing Investments in the Field of Tourism // European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 3(6),

[5] Matkabulova, D. (2022). The Relationship Between Investment And Tourism: Insights From The Literature // Theoret-ical & Applied Science Uchrediteli: Teoreticheskaya i prikladnaya nauka, (3),

[6] Raximova, D. (2023). O'zbekistonda ziyorat turizmi rivojlanishining hozirgi tendensiyalari // Engineering problems and innovations.

[7] Рахимова , Д. М. (2022). Диверсификация туристических услуг, MICE туризм // Архив научных исследований, 2(1). извлечено от https ://j ournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/10 17

[8] Рахимова , Д. М. (2022). Туристско-ресурсный потенциал Узбекистана, как объекта караванинга // Архив научных исследований, 2(1). извлечено от https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/96 4

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

[9] qizi Sa'dullayeva, G. S. (2019). Ta'lim xizmatlari bozorini marketing strategiyasini rejalashtirish // Turizm ilmiy-amaliy elektron jurnali, 1(1), 18-25.

[10] Sa'dullayeva, G. (2020). Turizm xizmatlari bozorida ta'lim turizmi tushunchasi mohiyati va uni rivojlantirishning xorij tajribalari. Innovatsion texnologiyalar, (2 (38)),

[11] Xushnazarova Maxzuna Gulamdjanovna. (2023). Turizm tarmog'ida milliy hunarmandchilik mahsulotlarining o'ziga xos xususiyatlari // Journal Of Economy, Tourism And Service, 2(7), 107-112. Retrieved from http://jets.innovascience. uz/index.php/jets/article/view/75

[12] Хушназарова, М. Г (2020). "Управления знаниями" в индустрии туризма // Экономика и социум, (12-2 (79)),

[13] Махзуна, Х. Г (2023). Strategy For Increasing The Attractiveness Of National Tourism Products (In A Basis Of Craftsmanship) [Стратегия повышения привлекательности национальных туристических продуктов (на основе ремесленничества)] // Молодой специалист, 2(14),

[14] Rustamovich, Dehkonov Burhon. "Analysis of the Development of Tourism in Uzbekistan." Journal of International Business Research and Marketing 5.6 (2020):

[15] Rustamovich, Dehganov Burkhan. Financing Domestic Tourists And Export Of Tourism Services // Fan, ta'lim, madaniyat va innovatsiya, 2.3 (2023):

[16] Gulamjanovna, M. K. (2023). Current Issues Of Tourism Potential Of Uzbekistan And Its Development // Scientific Aspects And Trends In The Field Of Scientific Research, 1(10),

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[17] Хушназарова, М. (2022). Туристское образования и проведение научных исследований за рубежом // Архив научных исследований, 2(1). извлечено от http ://j ournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/122 4

[18] Хушназарова М. Г и др. Краткий обзор истории Азиатского города Самарканд //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т 2. - №. 2. - С. 835-842.

[19] Очилова Х. Ф. Перспективы этнопарков в Узбекистане // Туризм и гостеприимство. - 2020. -№. 1.

[20] Очилова Х. Ф., Умирова Д. С. Гастрономический туризм: теория и практика. -ООО ДиректМедиа, 2021.

[21] Очилова Х. Ф. Восстановление туризма в Узбекистане после пандемии //Туризм и гостеприимство. - 2020. - №.- 2

[22] Makarova, Elena, and Hilola Ochilova. "International research activities and harmonious development of student's personality." E3S Web of Conferences. Vol. 291. EDP Sciences, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.