Научная статья на тему 'TURIZM XIZMATLARI ISTE`MOLCHILARI BO`LGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH'

TURIZM XIZMATLARI ISTE`MOLCHILARI BO`LGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
31
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / turistlar / soliq imtiyozlari / ish bilan bandlik / iqtisodiy foyda / marketing strategiyasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdullabekova N.G.

Ushbu maqolada turizm sohasida soliqlarning ahamiyati, soliq imtiyozlari berish orqali turizm bozorida tadbirkorlarga raqobatbardosh muhit yaratish va bu orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy samara berishning muhim ekanligi, yo`llari tushuntirildi. Turizm iqtisodiyotimizdagi eng ko`p foyda olib kelishi mumkin bo`lgan soha ekanligi sababli ham turizm sohasida soliq yengilliklarini yaratishning imkoniyatlari keltirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURIZM XIZMATLARI ISTE`MOLCHILARI BO`LGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH»

Abdullabekova N. G\ Namangan davlat universiteti, iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi

TURIZM XIZMATLARI ISTEMOLCHILARI BOLGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMLARINI

RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada turizm sohasida soliqlarning ahamiyati, soliq imtiyozlari berish orqali turizm bozorida tadbirkorlarga raqobatbardosh muhit yaratish va bu orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy samara berishning muhim ekanligi, yollari tushuntirildi. Turizm iqtisodiyotimizdagi engko^pfoyda olib kelishi mumkin bolgan soha ekanligi sababli ham turizm sohasida soliq yengilliklarini yaratishning imkoniyatlari keltirildi.

Kalitso^zlar: turizm, turistlar, soliq imtiyozlari, ish bilan bandlik, iqtisodiy foyda, marketing strategiyasi.

Abdullabekova N. G\ 3rd year student Faculty of Economics Namangan State University

DEVELOPMENT OF MECHANISMS OF TAXATION OF NATURAL PERSONS WHO ARE CONSUMERS OF TOURISM SERVICES

Abstract. This article explained the importance of taxes in the field of tourism, the importance of creating a competitive environment for entrepreneurs in the tourism market by giving tax incentives, and thereby having a positive effect on the economy of the country. Due to the fact that tourism is the most profitable sector in our economy, the possibilities of creating tax reliefs in the tourism sector were also presented.

Key words: tourism, tourists, tax benefits, employment, economic benefits, marketing strategy.

Kirish:

Turizm - iqtisodiyotning rivojlanishida eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. Turizm xizmatlarida iste molchi sifatida sayyohlar va turistlarni tushunishimiz mumkin. Turizm xizmatlari oz ichiga bir qancha xizmat turlarini jalb qiladi, bu esa oz navbatida mamlakat iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot hajmining o'sishiga olib keladi. Iqtisodiyot rivojlanishida soliq tushumlarining ahamiyatini tushunish va bu boyicha sohalar kesimida yangi islohotlarni amalga oshirishga e'tibor qaratilishi kerak. Soliq davlatning moliyaviy yuragi hisoblanadi. Soliq tushumlari sohalar rivojlanishiga va aholining ijtimoiy

himoyasiga sarf qilinadi. Turizm qadim o'tmishdan beri mavjud bo'lib kelgan soha hisoblanib, uning asosiy rivojlanish davrlari ikkinchi jahon urushidan keying davrlarga to'g'ri keldi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya:

Turizm korxonalarini soliqqa tortishda yangi mexanizmlarni qo'llash bo'yicha qo'llanilgan ishlar va bu bo'yicha yozilgan fikrlar, izlanishlarni ko'rib chiqish orqali natijalarni tahlil qila olamiz va muammoga yangicha yechim taklif qilamiz.

Xaridorlarga berilayotgan keshbek summalari to'g'ri hisoblanishi va byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish maqsadida, shubhali keshbek summalarini aniqlash tahlika-tahlil mexanizmlarini ishlab chiqish. Bunda, katta son va miqdordagi cheklarni ro'yxatdan o'tkazish, chek ro'yhatdan o'tkazilgandan so'ng uni bekor qilish yoki soliq hisobotlarini aks ettirmagan holatlarni avtomatlashtirilgan tizimlar orqali aniqlash va ushbu keshbek summalarini bekor qilish choralarini ko'rish. 1

Mavzu doirasida o'rganishlar natijasida berilgan takliflarni ko'rib chiqadigan bo'lsak turizm korxonalarida amalda mavjud bo'lgan keshbek summalari tizimini avtomatlashtirish to' grisida fikr berilgan. Avtomatlashtirilgan ravishda keshbek summalarini nazorat qilingan holatlarida soliq nazorati yanada osonlashadi va bu bo'yicha noqonuniy holatlar yuzaga kelmaydi.

Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo'yilgan hajmda va o'rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to'lovlardir.2

Natijalar:

Soliqqa solishda davlat tomonidan tabaqalashgan soliq solish tizimini shakllantirish orqali adolatli soliq mexanizmini yaratishi mumkin. Yuqori daromadlilarni yuqori stavkalarda soliq to'lashini joriy qilish orqali oqilona taqsimlash siyosatini olib borsa bo'ladi. Ushbu yondashuv daromadlar tengsizligini kamaytirish va ijtimoiy adolatni riivojlantirishga qaratilgan. Davlatimiz tomonidan soliq bo'yicha tadbirkorlarga berilyapgan sharoitlarni ko'rishimiz mumkin.

Turizm korxonalari uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer solig'i va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi.3

Turizmning YalM va ish bilan bandlik darajasini taminlashdagi ulushi4

1 Turabov Ulug'bek Olimjonovich, Turizmni rivojlantirishda soliq imtiyozlaridan foydalanishning samaradorligi tahlili, Journal of new century innovations,105-111-betlar,www.newjournal.org/ Volume-13_Issue-2_september_2022

2 Olimjonov O, Bozor iqtisodiyotiga otish davrida soliq siyosati. ,, Hayot va iqtisod '', 1992

3 Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 19-sentyabrdagi Mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirsh chora tadbirlari yuzasidan o'tkazga vidoselektoridagi so'zlagan nutqidan.

4 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo'mitasi m'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Turizmning YaIM dagi ulushi

Turizm tarmoqlarida ish bilan bandlarning jami bandlardagi ulushi

2018 2019 2020

4

3

2

1

0

Yuqorídagí tahlillardan korinadiki, 2018-2019-yillarda YaIM ning turizm sohasidagi o'sishi yuqori bolib kelgan, lekin 2020-yilga kelib bu ko'rsatkich ancha tushib ketganini korish mumkin. Bu aynan ana shu yillardagi COVID-19 ning iqtisodiyotga ta'sir etganligi belgisi. Ushbu izlanish turizmda band bo'lgan aholi haqida statistik malumotlarni ko rib chiqqan holda ularning faoliyatini nazoratga olish kerakligini ko'rsatib o'tadi.

Muhokama:

Turistik faoliyatda alohida soliqlarning yangi turlarini ishlab chiqish orqali turizm sohasni yanada takomillashtirishga erishish mumkin. Yuqorida turizm sohasining ish bilan taminlash quvvatini korib chiqdik. Bundan kelib chiqadiki turizmga o ziga xos soliq tizimini yaratib, soliq yengilliklarini berish orqali turizm va unga yondosh sohalar bo lgan xizmatlarni ham bozordagi muvaffaqiyatsizliklardan himoya qila olgan bolamiz.

Soliq mamurchiligi jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish katta hajmdagi malumotlarni qayta ishlash, unga kamroq vaqt sarflash va malum bir soliq tolovchiga kerakli dolzarb malumotlarni tezroq olish imkonini beradi.5

Yuqorida izlanuvchilarning axborotlashtiri takliflari hozirda olib qaraladigan bo lsa kerakli takliflar hisoblanadi. Takomillashgan hisob tizimi vaqtning tejalishi imkonini berishi va axborotlarning aniqligida ahamiyati yuqori.

XULOSA VA TAKLIFLAR:

Soliq tayinlashda quyidagicha imtiyozlarning qo llanilishini taklif qilish mumkin:

- Turistik xizmatlarda QQS boyicha imtiyozlar belgilanishi sayyohlar uchun sayohatni yanada qulayroq qilishi va turistlar oqimining oshishiga olib kelishi mumkin;

- Turistik dam olish zonasini tashkillash bilan birgalikda mamlakat tabiatini, tarixiy merosini asrab-avaylash boyicha turistlarga tushuncha bera olgan va shu boyicha harakatlar amalga oshirgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari belgilanishi turizmning rivojlanishiga va mamlakatdagi tarixiy obidalarga bo' lgan e'tiborni kuchaytirishga ham hissa qo'shadi;

5 Nodir Tohirovich Qudbiyev, Dilshodbek Muzaffar o'g'li No'monov, Umidjon Rahimjon o'g'li Raximjonov, Durdona Adashboy qizi Razzaqova, Soliq organlarida raqamli texnologiyalarning rolini oshirish ahamiyati/ SCIENTIFIC PROGRESS jurnali, 927-931-betlar.

- Mavsumiy faoliyat yurutuvchi tadbirkorlarga mavsumdan tashqari vaqtlarda ham qo'shimcha xizmatlarni tashkil qila olsa ulrga ham yengillik yaratish;

- Sayohat va ko'rsatilyapgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida xodimlarini o'qitish kurslarini tashkillagan va o'quv treninglarini o'tkaza olgan tadbirkorlarga imtiyozlarning qo'llanilishi;

- Mehmonxonada ham turar joy jihozlarini yoki qo'shimcha maydonga ega bo' lish harakatlarida soliq vositasi bilan ularga yengillik berish;

Amaliy o'rganish va kuzatishlar natijasida soliq yengillklari ushbu sohaning rivojlanishida o'zining ijobiy samarasini bera oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Turabov Ulug'bek Olimjonovich, Turizmni rivojlantirishda soliq imtiyozlaridan foydalanishning samaradorligi tahlili, Journal of new century innovations,105-111-betlar,www.newjournal.org/Volume-13_Issue 2_september_2022

2. Olimjonov O, Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida soliq siyosati. «Hayot va iqtisod», 1992

3. Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 19-sentyabrdagi Mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirsh chora tadbirlari yuzasidan o'tkazga vidoselektoridagi so'zlagan nutqidan.

4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo'mitasi m'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

5. Nodir Tohirovich Qudbiyev, Dilshodbek Muzaffar o'g'li No'monov, Umidjon Rahimjon o'g'li Raximjonov, Durdona Adashboy qizi Razzaqova, Soliq organlarida raqamli texnologiyalarning rolini oshirish ahamiyati/ SCIENTIFIC PROGRESS jurnali, 927-931 -betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.