Sarikulov M.O. Andijon davlatpedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi o^qituvchisi
TURIZMNI RIVOJLANTIRISH AMALIYOTI VA AMALDAGI
TAMOYILLAR
Annotatsiya. Mazkur maqolada turizmning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilgan. Rivojlangan xorijiy davlatlarning huquqiy qiyosiy tahlillari hamda ilg 'or tajribasi asosidayurtimizda turizmni rivojlantirish bo 'yicha takliflar keltirilgan. Mamlakatlar turizmni rivojlantirishi uchun nima qilishi kerak, buning ijobiy omillari nimada, global iqtisodiyotning ushbu muhim sektoridagi joriy trendlar - tamoyillar nimalardan iborat? Bu maqolada turizmni rivojlantirish amaliyotlari haqida fikr yuritilib, ushbu sohadagi joriy tamoyillar bayon qilinadi.
Kalit so 'zlar: turizm, viza, vizasiz rejim, sayyohlar, infrastruktura, gidlik faoliyati, xorijiy davlatlar, qonun va qonunosti hujjatlar.
Sarikulov M.O. teacher
Department of Natural Sciences Andijan State Pedagogical Institute
TOURISM DEVELOPMENT PRACTICES AND APPLICABLE
PRINCIPLES
Abstract. This article analyzes the importance of tourism in economic development, the work being done in our country to develop the tourism industry is analyzed. Based on the comparative analysis of developed foreign countries, proposals for the development of tourism in our country are presented. What should countries do to develop tourism, what are its positive factors, what are the current trends and principles in this important sector of the global economy? This article reflects on tourism development practices and outlines current principles in the field.
Key words: tourism, visas, visa-free regime, tourism, infrastructure, guide activities, foreign countries, law and legal documents.
Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023 yil 26 apreldagi "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-135 sonli qarorida Respublikaning turizm salohiyatidan to'liq va samarali foydalanish, birinchi navbatda transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi
muammolarni tezkor hal etish, shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hisobiga turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish ga alohida e'tibor berildi[1]. O'zbekiston Respublikasida mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq turizm sohasini davlat tomonidan qo'llab - quvvatlash, mazkur soha bilan shug'ullanuvchi korxonalarga imtiyozlar yaratib berish, shuningdek, turizm sohasi uchun infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlar jadal sur'atlar bilan davom ettirilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, O'zbekiston 1993 yil 4 oktyabrda Butunjahon turizm tashkilotiga Markazi Osiyo davlatlari orasida birinchi bo'lib a'zo bo'ldi. Bu o'z navbatida O'zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish ishlariga katta ijobiy turtki berdi. Respublikamizda turizmni rivojlantirish juda katta iqtisodiy samara berishi hammamizga ayon, chunki u xorijga resurs chiqarmay valyuta olib kirish imkonini beradi. Tahlillar shundan dalolat beradiki, ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda turizmdan keladigan daromad boshqa sohalarga qaraganda ancha ko'proq valyuta tushumlarini keltiradi. Masalan: Turkiya yiliga 4-5 mlrd dollarlik tovar eksport qilsa, turizm faoliyatidan 10 mlrd. dollardan ortiq daromad oladi. Avstriya, Angliya, Italiya, Frantsiya, Ispaniyalarda ham xuddi shunday yuqori ko'rsatkichlarni ko'rishimiz mumkin. [2].
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili: Jahon tadqiqotlarida turizm sohasida alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy tadqiqotlarida turizm sohasini ularning iqtisodiyotiga, ijtimoiy sohasiga, ekologiya va boshqa sohalarga ta'siri o'rganish bo'yicha bir qancha tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ushbu tadqiqotlarning asosiy mazmunida ijtimoiy kapitalning turizm yo'nalishida olib borilayotgan siyosatga mos tushadimi. Ushbu jumboqni ochib berishda bir nechta olimlar AQSh 3 ta shtati, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlarida 74 qiziqish bildirgan tomonlar bilan tadqiqot o'tkazilgan. Ushbu tadqiqot natijasiga ko'ra ular o'zaro bog'liq bo'lib ijtimoiy kapitalning o'sishi turizm sohasini rivojlanishiga bilvosita ta'sir o'tkazishi asoslangan [3]. Kujel Yu. o'zining darsligida turizm sohasini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini ochib bergan. Bunda mamlakatning eng tez rivojlanadigan sohasi sifatida turizmga alohida e'tibor qaratish zarurligini keltirib o'tadi [4]. N. Xaydarovning fikriga ko'ra, mamlakatda ta'lim sohasiga xorijlik talabalarni qabul qilishni keskin ko'paytirish kerak. Ular kamida 4 yil o'qish davrida turistlar kabi hayot kechiradi. Ularni o'qish davrida ota-onalari va yaqin do'stlari ko'rib ketish uchun kelib-ketish imkoniyati juda kata [5]. Ko'rib o'tilgan mutaxassislarning fikriga ko'ra, turizm sohasini rivojlantirish mamlakatning barcha sektorilarining rivojlanishiga bevosita ta'siri yuqori ekanligi asoslab berilgan. Hozirgi kunda mamlakatimiz turizm salohiyatini rivojlangan davlatlar foydalanayotgan tajribalar asosida mavjud bo'lgan turistik salohiyatdan foydalanish orqali dunyoga namoyon qilish zarur hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqot jarayonida turizmni rivojlantirish bo'yicha xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalari o'rganildi. Turizm bo'yicha
rasmiy statistik ma'lumotlardan foydalanildi. Maqolada nazariy mushohada, tizimli yondashuv, kuzatish, umumlashtirish, qiyosiy tahlil, sintez kabi usullardan samaгali qo'llanildi.
Xulosa va takliflar: Bugungi kunda гivojlangan davlatlaгda "Evropaning aqlli tuгizm poytaxti" tashabbusi (The European Capital of Smart Tourism initiative) ilgari surilmoqda. Ushbu tashabbus "aqlli turizm" vositalarini, chora-tadbiriarini qamrab oladi hamda shahaгlaгda to'rtta toifa: baqaroгlik, nogiгonligi bor insonlar uchun maxsus imkoniyatlar yaratib berish, raqamlashtirish, madaniy meгos va ijodkorona yondashuv bo'yicha amalga oshiгilayotgan loyihalardan xabardorlikni oshirishni nazarda tutadi. Turizmni rivojlantirish strategiyasi mahalliy hamjamiyatlami mazkur soha oгqali qanchalik ko'p qo'llab-quvvatlasa, u mamlakatda shunchalik barqaгoг bo'ladi. Olinadigan daгomadlaгdan foydalanishning eng yaxshi yo'li yodgorliklarni ta'mirlash, hamjamiyatni qo'llab-quvvatlash, odamlarga huquq va imkoniyatlar berish, kambag'allik darajasini pasaytirish [6]. Barqaror turizm ham mehmonlarning, ham ularga mezbonlik qiluvchi shaharlarning xavfsizligini ta'minlashi, atrof-muhitning ifloslanishiga va aholi tiqilinch bo'lishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Turistlar oqimini adolatli taqsimlash ham barqarorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Bu rivojlangan mamlakatlar uchun ham, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham birday muhim. Xulosa sifatida, o'rganilgan xorijiy tajriba, egallangan nazariy bilimlar hamda bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish natijasida ishlab chiqilgan quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirib o'tamiz: 1. O'zbekiston Respublikasida mahalliy turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakat hududida harakatlanuvchi sayyohlarning harakatlanish tartibi, ularga yaratib beriladigan sharoitlar va imtiyozlar bo'yicha alohida hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash; 2. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi gidlar malakasini oshirish, ularning ko'nikma va bilimlarini baholash bo'yicha maxsus dasturiy tizim yaratish, bunda gidlarni imtihonlardan o'tkazish va malakasini oshirish ishlarida inson omili ishtirokini imkoni boricha cheklashga qaratilgan alohida loyiha ishlab chiqish va amalga oshirish; 3. Mustaqil gidlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslar faoliyatining huquqiy asoslarini ishlab chiqish hamda gid-tarjimonlar tayyorlash maxsus o'quv markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish hamda bu jarayonga nodavlat-notijorat tashkilotlarini keng jalb etish; 4.Turistlarga mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, tarixiy shaxslar, davlatning hududiy va ma'muriy tuzilishi, shuningdek, urf-odatlar va an'analar to'g'risida ma'lumot beruvchi gid-tarjimonlar berayotgan ma'lumotlarning to'g'riligi va asoslanganligi javobgarlik masalasini turizm qonunchiligida aniq belgilab qo'yish hamda ularga beriladigan jazo turini O'zbekiston Respublikasi "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi Kodeksda mustahkamlab qo'yish; 5.Turistik tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutalarning O'zbekistonga kiritilishini yanada rag'batlantirish maqsadida, ularga soliq imtiyozlari berish, ya'ni ularning xorijiy valyutadagi daromadlarining ma'lum qismini soliqlardan ozod qilish. Bu narsa tadbirkorlarning sohaga yanada ko'proq investitsiya ajratishiga olib keladi. 6. O'zbekiston Respublikasida turistik
faoliyatni litsenziyalash tartibini qayta ko'rib chiqish va yanada soddalashtirish; 7. O'zbekistonda turizm sohasiga yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maxsus loyiha ishlab chiqish va shu mavzuda xalqaro konferentsiyalar tashkillashtirish; 8. "Aqlli turizm" vositalaridan samarali foydalanish; 9. Har bir turistik faoliyat bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektida, turizm sohasida faoliyat yuritishda asos bo'luvchi me'yoriy-huquqiy xujjatlar bazasi yaratilishi va doimiy tarzda yangilab borilishi lozim. Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish va davlat tomonidan huquqiy tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Mazkur sohani rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga juda katta imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilganligi soha rivojining asosiy omili bo'ldi. Shu bilan bir qatorda ba'zi bir kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlar borki, ularni bartaraf etish va bu yo'lda rivojlangan xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Узбекистан Республикаси Президентнинг 2023 йил 26 апрелдаги "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" П^-135 сонли карори.
2. https://uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/6667
3. Barnabé Walheer, Linjia Zhang. Profit Luenberger and Malmquist-Luenberger indexes for multi-activity decision-making units: The case of the star-rated hotel industry in China //International Journal of Tourism Management. Pages 1-604 (December 2018) рр.1-11.
4. Кужеля Ю. Л. Туризм и гостеприимство. Учебник: - М.: Издательство Юрайт, 2018. — 439 с.