Научная статья на тему 'TURIZM VA MEHMONXONA SOHASIDAGI TALABALARNING USHBU SOHADA ISHLASH TO’G’RISIDAGI QARASHLARI'

TURIZM VA MEHMONXONA SOHASIDAGI TALABALARNING USHBU SOHADA ISHLASH TO’G’RISIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
177
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TURIZM / ISHCHI KUCHI / YALPI ICHKI MAHSULOT / KADRLAR SALOHIYATI / ISHSIZLIK / QARASHLAR VA MUNOSABAT

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mirzayeva G., Majitova F., Shuhratxo'Jayeva N., Kubayev J.

Mazkur maqolada turizm va mehmonxona sohasida yoshlarning ishlash imkoniyatlari va ushbu soha to’g’risidagi ularning qarashlari, shuningdek umumjahon COVID-19 pandemiyasining ushbu soha istiqbollariga bevosita va bilvosita ta’sirlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, ushbu maqolada talabalarning turizm va mehmonxona sohasiga nisbatan qarashlarini ijobiy tomonga o’zgartiruvchi takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VIEWS OF STUDENTS IN THE FIELD OF TOURISM AND HOTEL ON WORKING IN THIS FIELD

This article analyzes the employment opportunities of young people in the tourism and hotel industry and their views on the industry, as well as the direct and indirect effects of the global COVID-19 pandemic on the prospects of this industry. In addition, this article has developed suggestions that will positively change students ’attitudes toward tourism and the hotel industry.

Текст научной работы на тему «TURIZM VA MEHMONXONA SOHASIDAGI TALABALARNING USHBU SOHADA ISHLASH TO’G’RISIDAGI QARASHLARI»

Mirzayeva G. Talaba

Yodju Texnika Instituti Toshkent Majitova F. Talaba

Yodju Texnika Instituti Toshkent Shuhratxo'jayeva N.

Talaba

Yodju Texnika Instituti Toshkent Kubayev J. Talaba

Yodju Texnika Instituti Toshkent

TURIZM VA MEHMONXONA SOHASIDAGI TALABALARNING USHBU SOHADA ISHLASH TO'G'RISIDAGI QARASHLARI

Annotatsiya: Mazkur maqolada turizm va mehmonxona sohasida yoshlarning ishlash imkoniyatlari va ushbu soha to'g'risidagi ularning qarashlari, shuningdek umumjahon COVID-19 pandemiyasining ushbu soha istiqbollariga bevosita va bilvosita ta'sirlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, ushbu maqolada talabalarning turizm va mehmonxona sohasiga nisbatan qarashlarini ijobiy tomonga o'zgartiruvchi takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlari: turizm, ishchi kuchi, yalpi ichki mahsulot, kadrlar salohiyati, ishsizlik, qarashlar va munosabat.

Mirzayeva G. Student

Yodju Technical Institute Tashkent Majitova F. Student

Yodju Technical Institute Tashkent Shuhratxo'jayeva N.

Student

Yodju Technical Institute Tashkent Kubayev J. Student

Yodju Technical Institute Tashkent

VIEWS OF STUDENTS IN THE FIELD OF TOURISM AND HOTEL ON WORKING IN THIS FIELD

Abstract: This article analyzes the employment opportunities of young people in the tourism and hotel industry and their views on the industry, as well as the direct and indirect effects of the global COVID-19 pandemic on the prospects of this industry. In addition, this article has developed suggestions that will positively change students 'attitudes toward tourism and the hotel industry.

Keywords: tourism, labor force, gross domestic product, human resources, unemployment, attitudes and attitudes

Kirish. So'nggi yillarda jahon turizm bozori barqaror o'sishda davom etmoqda, hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va yangi ishchi o'rinlar bilan ta'minlashning asosiy manbaiga aylanib bormoqda. Ushbu sohani rivojlantirish va ko'plab mehnatga layoqatli yoshlarni ushbu sohada o'z faoliyatlarini olib borishlari uchun sohaga davlatlar o'zining siyosatini tubdan o'zgartirdi hamda bu sohani rag'batlantirish choralarini yildan-yilga kengaytirib bormoqda, jumladan mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirishga doir qator chora-tadbirlarni aks ettiruvchi qaror farmonlar qabul qilinmoqda.

Jahon savdo xizmatlarining 30%, investitsiyalarining 7%ga yaqini va jahon YAIM 10,5% teng ulushi aynan turizm sohasiga to'g'ri keladi. Har beshinchi yangi ish o'rni turizm sohasiga to'g'ri kelmoqda. Jahonning 38% mamlakatida turizm davlat byudjetining asosiy manbai, 83% da esa beshta asosiy manbaning biri hisoblanadi.12 Mamlakatimiz miqyosida olib qaraydigan bo'lsak, mamlakatimizga kirib keluvchi valyutalarning asosiy manbai bu meba -sabzavotlar eksporti, shuningdek oltin realizatsiya qilishdan tushadigan valyuta mablag'lariga to'g'ri keladi, biroq turizm va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatishdan mamlakatimizga kirib keladigan valyutalar miqdori hali yuqori darajada emas. Biroq turizm va mehmonxona sohasini rivojlantirish mamlakatimizning turizm sohasidagi potensialini to'liq namoyon etishga xizmat qiladi, hamda ushbu sohaning davlat budjeti daromadlari shakllanishidagi salmog'ini yanada oshiradi va mamlakatimizda ushbu sohada tahsil oluvchi yoshlarni ish bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

Turizm va mehmonxona sohasini rivojlanishi ushbu sohada yetishib chiqayotgan yoshlar o'rtasida o'zaro raqobat muhitini yaratib, davlat tomonidan miqdorga qaratilgan yo'nalish sifat ko'rsatkichlari tomon o'zgaradi, hamda sohaga zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega, yangicha dunyoqarashi mavjud

12 "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti Ilmiy va innovatsiyalar bo'yicha prorektori M.Alimova nutqi Xalq so'zi elektron gazetasi

yoshlar jalb etiladi. Shu boisdan, jahon miqyosida turizm va mehmonxona sohasi yaqin kelajakda barcha mamlakatlar budjet daromadlarining asosiy manbai bo'lishi bois, ushbu sohaga ishchi kuchi va malakali kadrlarni tayyorlash masalalari dolzarb hisoblanadi. Turizm va mehmonxona sohasida tahsil olayotgan talaba yoshlarning ushbu sohada ishlashlari va yanada lavozim pillapoyalaridan yuqoriga qarab o'sish haqidagi fikrlari hamda qarashlari juda muhim hisoblanadi, chunki ularning qarashlari ushbu sohaning rivojlanishi va asosiy daromad keltiruvchi soha sifatida e'tirof etilishiga olib keladi. Buning natijasida, sohaga e'tibor yanada ortib, uning taraqqiy etishi kafolatlanadi.

Umumiy ma'lumot. Turizm va mehmonxona sohasidagi talabalarning ushbu sohada ishlash to'g'risidagi qarashlari borasida qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, Berns (1997) turizm va mehmonxona sohasida malakali xodimlarning ishlashi muhimligini ta'kidlagan, chunki sanoat xodimlarning shaxslararo ko'nikmalari qiymatiga bog'liq deb hisoblagan.13

Malakali xodimlarning yetishmasligi bilan bir qatorda, Haven-Tang va Jons (2006) fikricha, turizm sohasida ish faoliyatini amalga oshirimoqchi bo'lganlarning oldida quyidagi muammolar mavjud: sohada faoliyat olib boorish hurmatining pastligi, ish haqining kamligi va turizm sohasida ish bilan bandlikni nazorat qiluvchi shart va shartlarning yo'qligi. Shuningdek, ular o'z tadqiqotlarida ushbu sohada kadrlar tayyorlash bo'yicha ta'lim raqobatdoshlikni oshirishning asosiy manbai ekanligi, hamda turizm yo'nalishlarida va mahsulotlarida sifat jihatidan raqobatbardoshlik uchun xizmat qilishini yoritib berdi.14

Richardson (2010) fikriga ko'ra, xodimlarning mahorati, motivatsiyasi, ta'limi va malakasi kompaniyaning raqobatbardoshlik darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini ta'kidlab o'tgan. Binobarin, xodimlar ish faoliyati yoki sohaga bo'lgan sadoqati ushbu sohaning raqobatbardoshligining barqarorligi, ularning qarashlari va ish faoliyatida ishlashga va taklif etilayotgan turli xil ishlarga muvofiq belgilanadi. Shuningdek, turizm va mehmonxona kompaniyalari uchun ish joyida qoladigan va muvaffaqiyatli xodimlarni jalb qilish va ushlab qolish uchun xodimlarning sohaga munosabati va sohadagi tasavvurlarini tushunish juda muhimdir.15 Sobaih (2014) tomonidan olib borilgan izlanishlarga ko'ra, rivojlangan davlatlarning turizm sohasidagi ishchilardan farqli o'laroq, turizm va mehmonxona sohasi rivojlangan mamlakatlarda ishchilar ushbu sohada faoliyat olib borayotganligidan, ish haqi, ish vaqti va majburiyatlaridan mamnun. Shunga qaramasdan, turizm va mehmonxona sohasi ishchilariga faqat

13 Burns, P. (1997): Hard-Skills, Soft- Skills: Undervaluing Hospitality's 'Service with a Smile'. Progress in Tourism and Hospitality Research, Vol.3, PP: 239-248

14 Haven-Tang, C. and Jones, E. (2006): Learning Provision, The Labour Market and Skills Needs of the Tourism and Related Sectors in Wales. Journal of Human Resources in Hospitality & Tourism, Vol. 5, No. 2, PP: 13-35.

15 Richardson, S. (2010): Tourism and Hospitality Students' Perceptions of a Career in the Industry: A Comparison of Domestic (Australian) Students and International Students in Australia. Journal of Hospitality and Tourism Management, Vol. 17, PP: 1-11.

vaqtinchalik shartnomalar taklif etishi, ularda o'zlarini ushbu ish faoliyatida ishonchsiz his qilishlarini va ushbu sohaga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lishlarini ta'minlaydi.16

Usullari. Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda induksiya, deduksiya, sintez kabi usullaridan foydalanilgan. Talabalarning turizm va mehmonxona sohasiga nisbatan qarashlarini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazildi, hamda so'rovnoma natijalari ustida tahliliy ishlar amalga oshirildi. Adabiyotlarni tahlil qilishda Web of Science va Jstorg ilmiy ma'lumotlar bazasidan foydalanilgan. O'zbekistonda COVID-19 pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga, hamda turizm va mehmonxona faoliyatiga ta'sirini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi rasmiy statistik ma'lumotlaridan shuningdek xorijiy rasmiy manbaalardan foydalanilgan.

Natijalar va munozalar. Dunyoning barcha davlatlari qatori COVID-19 pandemiyasi O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi, hamda o'zining ijtimoiy -iqtisodiy ta'sirlarini ko'rsatdi. Dastlab, pandemiya natijasida kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz va aviaqatnovlarning to'xtalishi mamlakatimizda endi rivojlanib kelayotgan turizm sohasiga, hamda o'z-o'zini yakkalash karantin rejimi joriy qilingach esa tadbirkorlikning qolgan shakllariga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Jahon iqtisodiyotiga tobora integrats iyalashib borayotgan mamlakatimiz, asosiy hamkorlarimizda ham kuzatilgan iqtisodiy inqirozlar sabab, davlat chegaralarining yopilishi natijasida 2020 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan tashqi savdo aylanmasi 8 140,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 924,1 mln. AQSH dollariga yoki 10,2 foizga kamaydi. Tashqi savdo aylanmada eksport hajmi 10,9 foizga pasayib 3 374,7 mln. AQSH dollarini va import hajmi esa 9,7 foizga kamayib 4 765,7 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda endi rivojlanib kelayotgan turizm sohasining rivojiga o'zining jiddiy ta'sirini ko'rsatdi. Pandemiya davrida turizm va mehmonxona sohasini qo'llab-quvvatlash, undagi mavjud ishchi o'rinlarini saqlab qolish bo'yicha davlat tomonidan turli chora-tabirlarni o'z ichiga olgan qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Ushbu qabul qilinayotgan chora-tadbirlar zamirida turizm va mehmonxona sohasida tahsil olayotgan yoshlarni ish bilan ta'minlash va mamlakatda ishsizlik o'rinlarini qisqartirish maqsadlari yotibdi.

16 Sobaih, A.E. (2011): Half Job - Half Training? Management Perceptions of Part-time Employee Training in the Hospitality Industry, Journal of Human Resources in Hospitality & Tourism, Vol. 10, No.4, PP: 400- 420.

1-rasm. 2018-2020-yillarning I chorak yakuni bo'yicha Respublika tashqi savdo aylanmasi ko'rsatkichlari17

H Tashqi savdo aylanmasi ■ Eksport y Import H Saldo

Turizm sohasi o'z ichiga quyidagi xizmatlarning turlarini ko'rsatilishini qamrab oladi, hamda talabalar ushbu sohada o'z faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkinligini ko'rsatib beradi:

I.Sayyohlarni joylashtirish bo'yicha xizmatlar (mehmonxona, motellar, kempinglar, pansionatlar, sanatoriyalar, turizm bazalari va boshqalar);

2.Sayyohlarni tanavvul qilishiin ta'minlash bo'yicha xizmatlar (restoranlar, kafelar, barlar va boshqalar);

3.Sayyohlarni passajir transportining xilma-xil turlarida mamlakat bo'ylab olib yurish va boshqa mamlakat hududlaridan olib o'tish;

4.Ekskursiya xizmatlari (tarjimonlar, guruhlar ekskursovodlar);

5.Madaniy qiziqishlarini qanoatlantirish bo'yicha xizmatlar (teatrlarga, kino, kontsert zallariga, bog'larga tabiat va tarixiy qo'riqxonalarga sport musobaqalar va boshqa tadbirlarga borish);

6.Sayyohlarning amaliy va ilmiy qiziqishlarini qondirish bo'yicha (kongresslarda, assambleyalarda, ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda, yarmarka va ko'rgazmalarda qatnashishi, umumiy va maxsus maqsaddagi savdo tadbirlarida qatnashishi);

7.Savdo korxonalarining umumiy ham maxsus maqsaddagi savdo xizmatlari (sovg'alar va boshqalarni sotish)

8.Sug'urta va tibbiy xizmatlar;

9.Reklama va servis (sotish) xizmatlar (sayohatlar yo'nalishlarini ishlab chiqish, transportda, joylashish vositalarida o'rinlarni band qilish);

10.Ma'muriy nazorat organlari xizmatlari (ijara, karantin, valyuta, bojxona, politsiya xizmatlari, shuningdek hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha xizmatlar viza, pasport);

II.Axborot xizmatlari (yer sharining u yoki bu mintaqasidagi turizm resurslari, u yerdagi joylashish vositalari bojxona va chegara rasmiyatchiliklari

17 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

va berilayotgan mamlakatdagi valyutaning kursi, transport turlarini ularning yo'nalishlari va bahosi haqida gazetalar, jurnallar, sayohatnomalar).

Yuqorida keltirib o'tilgan sohalarda faoliyatni amalga oshirishda, ular tarkibidagi ko'pchilik xizmatlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, mavsumiy va bozordagi talabdan kelib chiqib ish o'rinlari sonining o'zgarishi mumkin bo'lgan xizmat ko'rsatish turlari ekanligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Talabalar turizm va mehmonxona sohasida o'z ish faoliyatlarini tashkil etishda, dastlabki yillarda ushbu sohada faoliyat yurituvchi katta kompaniyalarda ishchi sifatida ishga joylashishni, hamda keyinchalik yetarlicha tajriba to'plagandan so'ng, turizm va mehmonxona sohasida o'zlarining kichik shaxsiy bizneslarini tashkil etishni, hamda ushbu biznes turini rivojlantirgan holda mijozlar bazasini kengaytirib o'z faoliyatlarini yanada rivojlantirish va moliyaviy mustaqillik sari intilishni Afzal deb biladilar. Shu o'rinda, turizm va mehmonxona sohasida ishlash va uning istiqbollarini turli tomondan qaragan holda quyidagi afzalliklarga ega ekanligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Iqtisodiyot:

- davlat budjetining daromadlari ortishiga turtki beradi;

- eksport salohiyati kengayishida rol o'ynaydi;

- jahon bozoridagi talabni qondirish hisobiga ishsizlik o'rinlari qisqarishiga olib keladi;

- mamlakatda ham ish bilan ta'minlanganlik darajasi ortishini va mamlakatga chet el valyuta mablag'lari kirib kelishi ta'minlanadi;

- mamlakatda infratuzilma yanada rivojlanishiga olib keladi.

Tadbirkorlik faoliyati:

- ko'rsatiladigan xizmat turlari qamrovi juda keng;

- sof raqobat muhitida xizmatlarni ko'rsatish amalga oshiriladi;

- xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilagan holda mahsulot tannarxini kamaytirish va raqobatli narxni taklif etish imkoni paydo bo'ladi;

- 24/7 rejimida mijozlarni qabul qilish;

- salohiyatli kadrlar bilan ishlash va chet el mamlakatlariga xizmat safarlarini uyishtirish.

Yosh kadrlar (talabalar):

- kerakli ish o'rinlarini tezkor topish;

- Ishdagi bajariladigan funksiyalarning bir xilligi sabab chet el mamlakatlaridagi turizm va mehmonxona sohasiga ishni ko'chirib o'tish imkoni mavjudligi;

- doimo sohada shaxsiy o'sishning mavjudligi;

- ushbu sohada daromad topgan holda mamlakatni dunyo miqyosida tanilishiga o'z xissasini qo'shish.

Talabalarning turizm va mehmonxona sohasiga nisbatan qarashlarini aniqlash uchun kichik so'rovnoma o'tkazildi, hamda ushbu so'rovnomada 54 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Bundan, 23 nafari erkak, 31 nafari ayol kishini tashkil etdi. Ishtirok etuvchilar yosh jihatidan uch toifaga bo'linib, 18-20 yosh

oralig'idagilar 18 tani, 21-23 yosh oralig'idagilar 26 tani, 24-26 yosh oralig'idagilar esa 10 tani tashkil etdi.

1-jadval. So'rovnoma ishtirokchilari to'g'risida ma'lumot18

Xususiyatlar Ishtirokchilar soni

Jinsi Erkak 23

Ayol 31

Yoshi 18-20 18

21-23 26

24-26 10

Ishtirok etuvchilarning asosiy qismini uchinchi bosqich talabalari tashki etib, bunda 21-23 yosh oralig'idagi talabalar va ayollar faol ishtirok etganligini yuqoridagi jadval ma'lumotlari asosida ko'rishimiz mumkin.

2-jadval. Turizm va mehmonxona sohasida tahsil oluvchi talabalarning sohada ish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan qarashlari19

Mutl

№ Savollar Mutlaqo qo'shila man Qo'shila man Neytra l Qo'shilmay man aqo qo's hilm aym an

Turizm va mehmonxona

1 sohasida ishlashning salbiy jihatlari afzal jihatlariga nisbatan ko'p 6 16 15 12 5

Men o'z ish faoliyatimni

turizm va mehmonxona

2 sohasi sifatida tanlaganimdan xursandman 16 25 8 4 1

O'qishni bitirganimdan

3 keyin turizm va mehmonxona sohasida ishlashni xohlayman 18 19 11 4 2

O'qishni bitirganimdan

4 keyin turizm va mehmonxona sohasida ishlamasligim aniq 6 3 10 24 11

Men turizm va

5 mehmonxona sohasida 11 20 12 10 1

faqat menejer lavozimida ishlashim mumkin

Turizm va mehmonxona

6 sohasini ish faoliyati sifatida tanlash juda katta 4 8 6 25 11

18 O'tkazilgan so'rovnoma yakuni bo'yicha shakllangan ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi

19 O'tkazilgan so'rovnoma yakuni bo'yicha shakllangan ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi

xato

7 Turizm va mehmonxona sohasini ish faoliyati olib borishni do'st va qarindoshlarimga tavsiya qilaman 10 27 12 3 2

8 Men boshqa sohalarda ishlashni rejalashtirmayapman 12 14 13 9 6

Talaba yoshlarning turizm va mehmonxona sohasida faoliyatlarini olib borishlari borasidagi qarashlari aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnomada uchta salbiy hamda beshta ijobiy ruhdagi fikrlar taqdim etildi. Salbiy ruhda taqdim etilgan fikrlarga nisbatan ko'pchilik talabalar ushbu fikrga qo'shilishmadi va hamda bu fikrlarni inkor qilishdi, aksincha ijobiy ruhdagi fikrlarga qo'shilgan holda ularni ma'qulladi. Jumladan, "O'qishni bitirganimdan keyin turizm va mehmonxona sohasida ishlamasligim aniq" degan salbiy fikrga ko'pchilik so'rovnoma ishtirokchilari qo'shilmasligini bildirdi (24ta), 11 ta ishtirokchi esa mutlaqo ushbu fikrga qo'shilmasligi bildirdi. Atigi 6 nafar ishtirokchi ushbu sohada ishlamaslikka qat'iy qaror qilganligini, 3 ta ishtirokchi esa ushbu salbiy ruhdagi fikrga qo'shilishini belgilan berdi, qolgan 10 ta ishtirokchi esa betaraf qolishni afzal bildi.

Ijobiy ruhda taqdim etilgan fikrlardan biri bu "Turizm va mehmonxona sohasini ish faoliyati olib borishni do'st va qarindoshlarimga tavsiya qilaman" fikri hisoblanadi, ushbu ijobiy fikrga nisbatan 27 ta ishtirokchi qo'shilishini hamda yana 10 ta ishtirokchi esa mutlaqo qo'shilishini keltirib o'tgan, hamda ushbu fikrga qo'shilmaydigan va mutlaqo qo'shilmaydigan ishtirokchilari soni mos ravishda 3 ta va 2 tani tashkil etdi. Ushbu fikrga nisbatan o'zining betaraf ekanligini bildirgan ishtirokchilarimiz soni esa 12 tani tashkil etdi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Demak, so'rovnomani tahlil qilish natijasida shunday xulosa qilishimiz mumkinki, mamlakatimizdagi talaba yoshlarning turizm va mehmonxona sohasida ish faoliyatlarini tashkil etishga bo'lgan ishtiyoq judayam yuqori ekanligi, hamda ushbu sohaga nisbatan ularning qarashlarini ijobiyligini aniqlab olishimiz mumkin.

Endi bevosita mamlakatda turizm va mehmonxona sohasida tahsil olayotgan talaba yoshlarning ushbu soha to'g'risidagi qarashlarini tahlil qiladigan bo'lsak, mamlakatimizda yildan-yilga turizm va mehmonxona sohasining rivojlanishi yoshlarda ushbu sohada o'z ish faoliyatini boshlashga turtki bo'lmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Sohaning keng taraqqiy etishi zamonaviy fikrlash qobilyatiga ega yoshlarni ushbu sohada ish faoliyatini amalga oshirishi uchun jozibador ko'rinishi tabiiy, ushbu sohaning talaba yoshlar uchun yana bir afzallik jihati ular ish faoliyatini dastlabki bosqichida turizm va mehmonxona sohasida ishlab, u yerda tajriba orttirib keyinchalik

ushbu sohada o'z bizneslarini alohida tashkil qilishi va o'zi qatori yoshlami ish bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shunga qaramasdan, turizm va mehmonxona sohasida dunyoda bo'lgani kabi mamlakatimizda ham malakali kadrlarni sohaga jalb qilish va ularni ushlab turish, mahorat yetishmasligi va kadrlar salohiyati o'rtasidagi uzilishlar kabi muammoli holatlar mavjud. Ushbu muammolarni keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida ixtisoslashtirilgan malakaga ega yoshlarning chet el davlatlariga ishchi kuchi sifatida jo'nab ketishi, ayol, talabalar yoshlarning o'rindosh va norasmiy tarzda ishlashi, yuqori mahoratli bo'lmagan ishchilar ko'pchilikni tashkil qilishi, ish vaqtlari ijtimoiy me'yorlardan ortib ketishini keltirish mumkin. Turizm va mehmonxona sohasiga tegishli yuqorida ta'kidlangan muammolar ushbu sohaning ehtimoliy ishchi kuchi ya'ni talaba yoshlarda us hbu sohaga nisbatan salbiy qarashlarni shakllantiradi.

Bundan tashqari, jamiyatda noto'g'ri shaklda saqlanib qolgan ijtimoiy isnod tushunchasi sabab, turizm va mehmonxona sohasini bitirgan yoshlarda ushbu sohada o'z ish faoliyatlarini yo'lga qo'yishda turli muammolar yuzaga keladi va sohaga nisbatan noto'g'ri tushunchalar sabab bu sohada ishlashni qabul qila olmaydilar. Talabalarda ushbu sohaga nisbatan salbiy qarashlarni shakllantirishda yana bir omil sifatida turizm va mehmonxona sohasining mavsumiy tarzda ish faoliyatini olib borishi natijasida ish joyining nostabilligidir.

Mamlakatimizdagi turizm va mehmonxona sohasida tahsil olayotgan talabalarni ushbu sohaga nisbatan salbiy qarashlarini oldini olish, hamda ushbu sohani hozirgi pandemiya sharoitida qo'llab-quvvatlash, shuningdek sohaning davlat budjeti daromadlarida tutgan o'rnini yanada yuksaltirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan turistik (mehmonxona) yig'imini hisoblash va to'lash to'xtatilishi, 2020 yil 3 apreldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab -quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5978 sonli farmoniga muvofiq, 2020 yil 1-aprelidan boshlab turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko'rsatuvchi subyektlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lashdan ozod qilinishi, ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to'lashi belgilanishi mamlakatimizda ushbu sohaning ravnaq topishiga bo'lgan e'tiborni yuqori ekanligidan dalolat berib turibdi.

Xulosa. Mamlakatda turizm va mehmonxona sohasi holati, ushbu sohada ish faoliyatini olib boorish to'g'risidagi talabalarning qarashlarini o'rganish natijasida, jamiyatda noto'g'ri shaklda saqlanib qolgan ijtimoiy isnod tushunchasi sabab soha rivojida malakali kadrlarning taqchillik holati

kuzatilayotganligi, turizm va mehmonxona sohasini bitirgan qobiliyatli talaba yoshlarning chet el mamlakatlariga ishlash uchun ketib qolayotganining sababi mamlakatdagi ishlash sharoitlarining ijtimoiy me'yorlar chegarasidan tashqariga chiqayotganligi, shuningdek ushbu sohaning mavsumiy xarakterga ega ekanligi sabab, ish o'rnini tez-tez yo'qotish xavfi mavjud degan xulosalarga kelindi.

Fikrimizcha, Covid-19 pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarni turizm va mehmonxona sohasiga ta'sirini oldini olish, hamda mamlakatimizni jahon bozoriga integratsiyalashuviga ko'mak beruvchi, inqiroz davrida ishsizlik darajasini ortib ketishini oldini olish maqsadida davlat tomonidan ushbu soha rivoji yo'lida ko'plab islohotlar amalga oshirish lozim, shuningdek sohada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini soha faoliyatida mehnat tartib intizomini qayta ko'rib chiqishlarini, hamda malakali kadrlar ishlashi va doimiy ravishda o'z ish faoliyatini ushbu sohada davom ettirishlari uchun mehnat sharoitlarini mehnat qonunchiligi talablariga monand tarzda qayta ko'rish chiqishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu o'zgarishlar natijasida, o'ylaymizki turizm va mehmonxona sohasida tahsil olayotgan talaba yoshlarning ushbu sohada doimiy ish faoliyatlarini amalga oshirishlari va ushbu soha rivojiga o'z xissalarini qo'shishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Wildes, V. (2004): Stigma in Food Service Work: How it Affects Restaurant Servers' Intention to Stay in the Business or Recommend a Job to Another. Tourism and Hospitality Research. 5(3), PP: 213-233.

2. Burns, P. (1997): Hard-Skills, Soft- Skills: Undervaluing Hospitality's 'Service with a Smile'. Progress in Tourism and Hospitality Research, Vol.3, PP: 239-248

3. Haven-Tang, C. and Jones, E. (2006): Learning Provision, The Labour Market and Skills Needs of the Tourism and Related Sectors in Wales. Journal of Human Resources in Hospitality & Tourism, Vol. 5, No. 2, PP: 13-35.

4. Richardson, S. (2010): Tourism and Hospitality Students' Perceptions of a Career in the Industry: A Comparison of Domestic (Australian) Students and International Students in Australia. Journal of Hospitality and Tourism Management, Vol.17, PP: 1-11.

5. Sobaih, A.E. (2011): Half Job - Half Training? Management Perceptions of Part-time Employee Training in the Hospitality Industry, Journal of Human Resources in Hospitality & Tourism, Vol.10, No.4, PP: 400- 420.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini

qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5978 sonli farmoni

8. Davlat statistika qo'mitasi rasmiy veb sayti ma'lumotlari

https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-gks/8895-o-zbekiston-respublikasining-

tashqi-savdo-aylanmasi-2020-yil-yanvar-mart

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.