Научная статья на тему 'TURIZM YO'NALISHI TALABALARI KELAJAKDA SHU SOHADA FAOLIYAT YURITISHADIMI YOKI...?'

TURIZM YO'NALISHI TALABALARI KELAJAKDA SHU SOHADA FAOLIYAT YURITISHADIMI YOKI...? Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
346
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ISH TAJRIBASI / MEHMONXONA SANOATI / O'QISH DAVRIDAGI QIYINCHILIKLAR / DAROMAD TOPISH / COVID-19 NI TURIZMGA TA'SIRI / MALAKA YETISHMOVCHILIGI / FOYDA / TA'LIM SIFATI PASTLIGI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Samigjanova R., Xabibullayeva M., Qoraboyeva S., Turabayeva N.

Maqolada turizm sohasida tahsil olayotgan yoki ushbu sohani bitirgan talabalar mana shu sohada faoliyat olib borishadimi yoki boshqa sohada ish faoliyatini boshlashadimi shu bo`yicha turizm fakultetida tahsil olayotgan talabalar orasida so’rovnomalar o`tkazilganligi va turizm sohasini yurtimizda rivojlantirish uchun bir nechta tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WILL STUDENTS OF TOURISM ACTIVITIES IN THIS FIELD IN THE FUTURE OR...?

Abstarct: The article contains a survey of students studying at the Faculty of Tourism on whether students studying in the field of tourism or graduates in this field will start working in this field or in another field, and gives some recommendations for the development of tourism in our country.

Текст научной работы на тему «TURIZM YO'NALISHI TALABALARI KELAJAKDA SHU SOHADA FAOLIYAT YURITISHADIMI YOKI...?»

Samigjanova R. Talaba

Yodju Tehnika Instituti Toshkent Xabibullayeva M.

Talaba

Yodju Tehnika Instituti Toshkent Qoraboyeva S. Talaba

Yodju Tehnika Instituti Toshkent Turabayeva N. Talaba

Yodju Tehnika Instituti Toshkent

TURIZM YO'NALISHI TALABALARI KELAJAKDA SHU SOHADA FAOLIYAT YURITISHADIMI YOKI...?

Annotatsiya: Maqolada turizm sohasida tahsil olayotgan yoki ushbu sohani bitirgan talabalar mana shu sohada faoliyat olib borishadimi yoki boshqa sohada ish faoliyatini boshlashadimi shu bo^yicha turizm fakultetida tahsil olayotgan talabalar orasida so'rovnomalar o^tkazilganligi va turizm sohasini yurtimizda rivojlantirish uchun bir nechta tavsiyalar berilgan.

Kalit so^zlar: Ish tajribasi, mehmonxona sanoati, o'qish davridagi qiyinchiliklar, daromad topish, Covid-19 ni turizmga ta'siri, malaka yetishmovchiligi, foyda, ta'lim sifati pastligi.

Samigjanova R. Student

Yodju Technical Institute Tashkent Xabibullayeva M.

Student

Yodju Technical Institute Tashkent Qoraboyeva S. Student

Yodju Technical Institute Tashkent Turabayeva N. Student

Yodju Technical Institute Tashkent

WILL STUDENTS OF TOURISM ACTIVITIES IN THIS FIELD IN

THE FUTURE OR ...?

Abstarct: The article contains a survey of students studying at the Faculty of Tourism on whether students studying in the field of tourism or graduates in this field will start working in this field or in another field, and gives some recommendations for the development of tourism in our country.

Keywords: Work experience, hotel industry, study difficulties, income, impact of Covid-19 on tourism, lack of skills, profit, low quality of education

Kirish. O'zbekistonda ko'plab turizm sohasi bo'yicha ta'lim beruvchi dargohlar bor. To'rt yillik ta'lim va bakalavor diplom bilan bizni hech kim katta lavozimga ishga olmaydi. Oila a'zolarning turtkisi bilan shu sohani tan laganlar ham kam emas. Tabiiyki shu kabi holatlarda boshqa soha bilan daromad topishga ko'proq qiziqish bo'ladi. Turizm sohasida eng avvalo til bilishi, marketing, muomala madaniyati va mijozlar bilan ishlay olish qobiliyatiga ega inson daromad topa boladi. Bu sohaga daromad manbayi emas, balki birinchi o'rinda sohani rivojlantirish tarafidan qarash kerak. Oliy ta'lim muassasida yetarlicha bilim va malaka olganidan so'ng, tajriba yeg'iladi. Eng avvalo oddiy xodim lavozimidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ko'pchilikning fikriga ko'ra, diplom olgandan so'ng darhol menejerlik lavozimiga qabul mqilinib, ko'proq daromad topish kerak. Bu kabi fikrda bo'lganlar turizm sohasida umuman daromad topa olmaydilar va boshqa biznes turini tanlashadi. 2020-yil turizm sohasi uchun juda sinovli yil bo'ldi. Turizm sohasi bitiruvchilari Covid -19 virusi tufayli masofaviy ta'limga o'tildi. Malaka oshirish uchun mo'ljallangan mexmonxonalar karantin sabab yopildi. Bitiruvchilar diplom ishini tajriba va malakaga emas, balki nazariy bilimga suyanib yozishdi. Bu kelajakda bu sohaga bo'lgan qiziqishni susaytiradi. Ya'ni na bir tajribaga va na bir malakaga ega emas bitiruvch, bo'lajak xodim kimga kerak? Covid-19 sabab bu soha vakillarining ko'pchiligi ishsiz qoldi. Bu sabab yana bir qancha muommolarga turtki bo'ldi. Hozirda turizm sohasida tahsil olayotgan birinchi, ikkinchi va uchinchi kurs talabalari orasidan boshqa yo'nalishga ko'chirish ko'p kuzatilayapti. Yaratgan so'rovnomaga tayanib, bu mavzuni kengroq muhokama qilinishiga harakat qilindi.

Adabiyotlar tahlili. Mehmondo'stlik sanoati chet ellik sayyohlarni xaridor deb bilganligi sababli, bu aloqani madaniyatlararo vakolatlar bilan izohlash mumkin (Sucker, W., & Cheung, C., 2015). Masalan, mehmonxonalar madaniyatlararo muloqot qobiliyatiga ega odamlarni jalb qilishni istaydilar, shuning uchun ular turli madaniy kelib chiqishi bo'lgan chet ellik sayyohlar bilan o'zaro aloqada bo'lishlari mumkin (Thomas va Inkson, 2004). Shuning

uchun, HTM talabalari turli xil madaniy muhitdan kelib chiqadigan global xulq-atvor va turmush tarzini tushunishga ta'sir qiladigan madaniy munosabatdan xabardor bo'lishi kerak (UNWTO, 2013a). HTM sohasidagi kasbni tanlash bilan bog'liq ta'sirchan omillar sanoat holati yoki madaniy o'ziga xosligi bo'yicha ham farq qilishi mumkin (Airey, D, & Frontistis, A.,1997; Jenkins, A. K, 2001). Masalan, Angliya talabalariga qaraganda yunon talabalari HT sanoatida ish bilan ta'minlashga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishlarini aniqladilar (Annaraud, K. 2006). Ushbu natija, odatda, yunon talabalarining HT sanoatida Buyuk Britaniyadagi hamkasblariga qaraganda ko'proq ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq (Annaraud, K. 2006). Xuddi shu tarzda Vena tadqiqotida AQSh va Rossiya mehmondo'stligi talabalari, o'qituvchilari va sanoat odamlari o'rtasida mehmondo'stlik ishchilari uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarning ahamiyatini baholashda kamchilik aniqlandi (Cothran, C, & Combrink, T. E, 1999). Turli xil xulosalarga qaramay, rus respondentlari talab qilinadigan ko'nikmalarning ahamiyatini amerikalik respondentlarga qaraganda pastroq baholashdi, faqat xalqaro aloqa, muammolarni hal qilish va kompyuterdan foydalanish masalalari bundan mustasno (Cothran, C, & Combrink, T. E, 1999).

Metodologiya. Izlanish va tadqiqotlar natijasida ushbu tuzilgan so'rovnoma orqali turizm yo'nalishi talabalari tomonidan maqolaga aniq faktlar kiritildi:

Savollar quyidagicha edi:

1. Turizm yo'nalishini tanlashingizdan maqsad?

2. Turizm yo'nalishini bitirib, kelajakda ham shu sohada faoliyat yuritasizmi yoki...?

• Ha, aynan turizm sohasi bo'yicha faoliyat yuritaman

• Yo'q, boshqa sohada ishlamoqchiman

3. Bu savoldan avval, turizm sohasiga qiziqishingiz mavjudmi?

• Qiziqaman

• Qiziqmayman

4. Turizm sohasida faoliyat yuritishni xohlamasangiz, iltimos sababini ko'rsating.

• Qiziqmayman

• Boshqa biznesim bor

• Oylik maosh kam

• Faoliyat yuritaman

5. Yurtimizda turizm qay darajada rivojlangan?

• Juda yomon

• Juda yaxshi

• O'rtacha

• Yetarli va kerakli darajada rivojlangan

6. Yurtimizda turizmni yanada rivojlantirish uchun qanday islohotlar amalga oshirilishi kerak va nimalarga e'tibor qaratilishi kerak?

• Visa tizimini osonlashtirish

• Ichki muaommolarni hal qilish

• Malakali mutaxassislarni tayyorlash yoki (ko'paytirish)

• Turizmda reklama tizimini yaxshi yo'lga qo'yish

• Barcha fikrga qo'shilaman

7. Kelajakdagi maqsadlaringiz ichida 1-o'ringa qay birini ustun qo'ygan bo'lar edingiz?

• Turizm sohasida ishlash

• Boshqa yo'nalishdagi o'z shaxsiy biznesingizni yuritish

8. Turizm sohasida qaysi kasb egasi bo'lish sizga ko'proq qiziq?

• Gid

• Tarjimon

• Turoperator

• Turagent

• Stuardessa/Stuard

• Mehmonxona xodimlaridan biri bo'lib ishlash

9. Turizm talabalariga berilayotgan ta'lim sifatini 1 dan 5 gacha baholang:

• 1 • 2

• 3

• 4

• 5

10. Turizm sohasini biznes turi deb hisoblaysizmi?

• Ha, albatta

• Yo'q

11. Turizm yo'nalishi orqali yetarlicha daromad topa olaman deb o'ylaysizmi?

• Ha, albatta

• Yo'q

12. Bu sohani o'z xohishingiz bilan tanlaganmisiz?

• Ha, o'z xohishim bilan

• Yo'q, ota - onam xohishi bilan

• Majburlikdan

• Do'stlarim taklifi bilan

13. Faqat bakalavr diplomi bilan o'z turizm yo'nalishingizni qura olasizmi?

• Ha

• Yo'q, magistratura diplomisiz bu sohada yaxshi ishlay olmayman

Muhokama. Maqolaga namunalar Toshkent shahridagidagi turizm yo'nalishi bor oliygohlar bo'yicha Toshkent shahridagi YEOJU texnika instituti va Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida turizm yo'nalishida tahsil

olayotgan 1-,2-,3-kurs kvotalari oralig'idagi talabalardan so'rovnoma (Google form) o'tkazish orqali tadqiqotchi tomonidan ma'lumotlar yeg'ildi. Bu so'rovnomani jo'natish va tarqatish jarayonida Telegram Messenger ilovasidan foydalanildi. Savollar 1 marotaba jo'natildi va so'rovnoma orqali to'plangan ma'lumotlar 5 kun davomida ye'gildi. Unda 54 nafar talabalar ishtirok etishdi. So'rovnomada umumiy 16ta savol mavjud bo'lib, asosan yopiq savollar tuzilgan, ulardan faqat ltasi ochiq savol shaklida kiritilgan. So'rovnomada respondentlar 100% ishtirok etishdi, faqat 1 ta ochiq berilgan savolga 5,55% (3 ta) ishtirokchi javob bermadi.

Natijalar. Turizm fakultetida tahsil olayotgan talabalar orasida o'tkazilgan so'rovnoma natijasiga ko'ra 54 nafar talaba o'z javoblarini berdi. So'rovnomada ishtirok etgan talabalarning 66,7% (36 ta) ayollar; 33,3% (18 ta) erkaklar tashkil etdi. Ularning ichidan 18 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan talabalar soni 7 nafar (13%), 21 yoshdan 23 yoshgacha bo'lganlar soni 37 nafar (68,5%), 24 va undan kattalar soni esa 10 nafar (18,5%) ni tashkil etdi. Talabalarning orasida 4-kursda 1,9% (1 ta), 3-kursda 75,9% (41 ta), 2-kursda 16,7% (9 ta), 1-kursda 5,6% (3 ta) tahsil olayotganlar qatnashdi. Ulardan "Turizm yo'nalishini tanlashingizdan maqsad?" deb savol berilganda:

- Qiziqish sabab (18 ta - 33,3%);

- Karyera boshlash (7 ta - 12,96%);

- Yoqtiraman (6 ta - 11,11%)

- O'zbekistonda Turizmni rivojlantirish (10 ta - 18,51%);

- Sabab yo'q (6 ta - 11,11%)

- Javob yo'q (3 ta - 5,55%)

- Tasodif (2 ta - 3,7%)

- Talab bor yo'nalish (2 ta - 3,7%) degan javoblar berishdi.

"Turizm yo'nalishini bitirib, kelajakda ham shu sohada faoliyat yuritasizmi yoki ...?" degan savolda 43 ta ovoz (79,6%) "Ha, aynan turizm sohasi bo'yicha faoliyat yuritaman" degan javobni berishdi, "Yo'q, boshqa sohada ishlamoqchiman" degan ovozlar 12 tani (22,2%) tashkil etdi.

"Bu savoldan avval, turizm sohasiga qiziqishingiz mavjudmi?" degan savolga "Qiziqaman" deb 48 nafar (88,9%) ishtirokchi ovoz bergan, "Qiziqmayman" deb 6 nafar (11,1%) talaba javob bergan. "Turizm sohasida faoliyat yuritishni xohlamasangiz, iltimos sababini ko'rsating" - ushbu savolga "Qiziqmayman" degan javob varianti 3ta (5,55%) tanlangan, "Boshqa biznesim bor" degan variantga 4 ta (7,4%) ovoz berilgan, "Oylik maosh kam" degan javob variantini 4 ta (7,4%) ishtirokchi tanlagan, "Faoliyat yuritaman" degan variant esa 43 ta (79,62%) ovoz tanlagan. "Yurtimizda turizm qay darajada rivojlangan?" degan savolda javoblar ichidan "Juda yomon" varianti 8 ta (14,8%) tanlangan, "Juda yaxshi" variant 2 ta (3,7%) tanlangan, "O'rtacha" javobi 38 ta (70,4%) belgilangan, "Yetarli va kerakli darajada rivojlangan" degan javob 8ta (14,8%) tanlangan, "Yanayam kuchaytirish lozim" degan fikrni esa 1 nafar (1,9%) ishtirokchi bildirgan. "Yurtimizda turizmni yanada

rivojlantirish uchun qanday islohotlar amalga oshirilishi kerak va nimalarga e'tibor qaratilishi kerak?" deb ataluvchi savolda ishtirokchilar tomonidan "Visa tizimini osonlashtirish" degan javob variantiga 8 ta (14,8%) ovoz berilgan, "Ichki muaommolarni hal qilish" degan javob 13 ta (24,1%) belgilangan, "Malakali mutaxassislarni tayyorlash yoki (ko'paytirish)" varianti 15 ta (27,8%) tanlangan, "Turizmda reklama tizimini yaxshi yo'lga qo'yish" varianti 14 ta (25,9%) belgilangan, "Barcha fikrga qo'shilaman" degan javob varianti esa 28 ta (51,9) tanlangan. "Kelajakdagi maqsadlaringiz ichida 1-o'ringa qay birini ustun qo'ygan bo'lar edingiz?" - ushbu savolda javoblar variant ichidan "Turizm sohasida ishlash" ga 29 ta (53,7%) ovoz berilgan, "Boshqa yo'nalishdagi o'z shaxsiy biznesingizni yuritish" variantiga esa 26 ta (48,1%) ovoz berilgan.

"Turizm sohasida qaysi kasb egasi bo'lish sizga ko'proq qiziq?" - ushbu savolga quyidagi javob variantlari tanlangan: "Gid" - 5 (9,3%) "Tarjimon" - 5 (9,3%) "Turoperator" - 13 (24,1%) "Turagent" - 13 (24,1%) "Stuardessa/Stuard" - 8 (14,8%)

"Mehmonxona xodimlaridan biri bo'lib ishlash" - 16 (29,6%) ushbu variantlarga ko'rsatilgan miqdorda javoblar belgilandi.

"Turizm talabalariga berilayotgan ta'lim sifatini 1 dan 5 gacha baholang:" ushbu savolga quyidagi javoblar mavjud: "1" - 6 (11,1%) "2" - 3 (5,6%) "3" - 24 (44,4%) "4" - 14 (25,9%)

"5" - 7 (13%) javoblari belgilandi.

"Turizm sohasini biznes turi deb hisoblaysizmi?" degan savolga ushbu variantlarga quyidagi miqdorda ovoz berildi: "Ha, albatta" - 50 (92,6%) "Yo'q" - 4 (7,4%).

"Turizm yo'nalishi orqali yetarlicha daromad topa olaman deb o'ylaysizmi?" degan savolga ushbu javoblar belgilandi: "Ha, albatta" - 43 (79,6%) "Yo'q" - 12 (22,2%)

"Bu sohani o'z xohishingiz bilan tanlaganmisiz?" degan savolga quyidagicha javoblar miqdori belgilandi: "Ha, o'z xohishim bilan" - 40 (74%) "Yo'q, ota - onam xohishi bilan" - 1 (1,9%) "Majburlikdan" - 6 (11,1%)

"Do'stlarim taklifi bilan" - 7 (13%) degan variantlarga ko'rsatilganidek miqdorda ovozlar belgilandi.

"Faqat bakalavr diplomi bilan o'z turizm yo'nalishingizni qura olasizmi?" degan savolga esa quyidagicha variantlar ovoz to'pladi:

"Ha" - 34 (63%)

"Yo'q, magistratura diplomisiz bu sohada yaxshi ishlay olmayman" - 20 (37%) degan variantlarga ko'rsatilganidek miqdorda javoblar belgilandi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xulosa. Ushbu tadqiqot o'rganilishi natijasida quidagi savollarga javob topildi.

1-savol natijasi:

1-savol: Turizm yo'nalishini tanlashingizdan maqsad?

Ushbu tadqiqotda ishtirokchilarining ko'pchiligi O'zbekistonda turizm yo'nalishining yuksalishiga o'z hissasini qo'shishni istashini va turizm sohasiga qiziqqanligini yozgan. Sayohat qilishni hush ko'ruvchilar esa o'rtacha darajani tashkil qilgan. Bu sohadan mo'may pul topish mumkinligini va qiziqishsiz topshirganligini yozgan respondentlar kam natijani tashkil qilgan.

2-savol natijasi:

2-savol: Turizm yo'nalishini bitirib, kelajakda ham shu sohada faoliyat yuritasizmi yoki...? So'rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning ko'p qismi (80.4%):

- Ha, aynan turizm sohasi bo'yicha faoliyat yuritaman.

So'rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning kamchilik qismi esa (21.6%):

- Yo'q, boshqa sohada ishlamoqchiman

3-savol natijalari:

3-savol: Bu savoldan avval, turizm sohasiga qiziqishingiz mavjudmi?

Respondentlarning 88.2% bu sohaga oldindan qiziqqanligini, 11.8% esa

turizm sohasiga qiziqishi yo'qligini belgilagan.

4-savol natijalari:

4-savol: Turizm sohasida faoliyat yuritishni xohlamasangiz, iltimos sababini ko'rsating.

Tadqiqotda qatnashgan respondentlarning katta qismi (70.6%) shu sohada faoliyat yuritishi aniqlandi. Oylik maoshi kamligi sababli faoliyat yuritish istagi yo'q qatnashchilar 7.8% ni tashkil qilgan. Boshqa biznesi borligi va qiziqishi yo'qligi sababli turizm sohasida faoliyat yuritishni xohlamaydigan respondentlar teng natijani ya'ni 5.9% ko'rsatdi. Faoliyat yuritishni istovchi ishtrokchilar eng past natija 2%ni ko'rsatdi.

5-savol natijalari:

5-savol: Yurtimizda turizm qay darajada rivojlangan?

Tadqiqot ishtirokchilarining ko'p qismi (68.6%) yurtimizda turizm o'rtacha darajada dep hisoblashi aniqlandi. Respondentlarning 15.7% esa juda yomonligini, 3.9% esa juda yaxshi deb hisoblashi so'rovnoma natijalarida ko'rindi. So'rovnoma ishtrokchilarining 2% gina yana ham rivojlantirish kerak deb hisoblaydi.

6-savol natijalari:

6-savol: Yurtimizda turizmni yanada rivojlantirish uchun qanday islohotlar amalga oshirilishi kerak va nima larga e'tibor qaratilishi kerak?

Tadqiqot ishtrokchilarining 11.8% viza tizimini osonlashtirish tarafdori ekanligi aniqlandi. Respondentlarning 23.5% ichki muammolarni hal qilish kerak deb hisoblaydi. Turizm sohasida malakali mutahasislarni tayyorlash (27.5%) hamda turizmda reklama tizimini yaxshilashni yo'lga qo'yish kerak (25.5%) deb hisoblovchi respondentlar biroz farq bilan teng natijani tashkil qilgan. So'rovnomada qatnashgan ishtrokchilarning 51% barcha fikrga qo'shilishi aniqlandi.

7-savol natijalari:

7-savol: Kelajakdagi maqsadlaringiz ichida 1-o'ringa qay birini ustun qo'ygan bo'lar edingiz?

Kelajakdagi maqsadlari ichida 1-o'ringa turizm sohasida ishlashni qo'ygan respondentlar 54.9% ni tashkil qilgan bo'lsa boshqa sohada o'z shahsiy biznesini boshlash istagidagi qatnashchilar 47.1% ni tashkil qildi.

8-savol natijalari:

8-savol: Turizm sohasida qaysi kasb egasi bo'lish sizga ko'proq qiziq?

Bu so'rovnoma natijasi shuni ko'rsatdiki gid (7.8%) hamda tarjimon

(7.8%) bo'lish istagidagi ishtrokchilar teng foizni tashkil qilmoqda. Respondentlarning 25.5% turoperator hamda 23.5% turagent bo'lish istagini bildirgan. Stuard hamda stuardessa kasbini tanlaganlar esa 15.7% ni tashkil qilgani ma'lum bo'ldi. Mehmonxona xodimlaridan biri bo'lish istagidagilar 28.5% bilan so'rovnomada eng ko'p ovoz topladi.

9-savol natijalari:

9-savol: Turizm talabalariga berilayotgan ta'lim sifatini 1 dan 5 gacha baholang:

Ushbu so'rovnomada 3 ballga baholagan ishtrokchilar eng katta foiz bilan 45.1% ni tashkil qildi. Yuqori baho berganlar esa 13.7% ekanligi aniqlandi.

10-savol natijalari:

10-savol: Turizm sohasini biznes turi deb hisoblaysizmi?

Turizm sohasini biznes turi deb hisoblovchilar 92.2%ni tashkil qilgan bo'lsa qolgan 7.8% respondent bu fikrga qo'shilmasligi aniqlandi.

11-savol natijalari:

11-savol: Turizm yo'nalishi orqali yetarlicha daromad topa olaman deb o'ylaysizmi?

Qatnashchilarning 80.4% I turizm yo'nalishi orqali yetarlicha daromad topishiga ishonsa qolgan 21.6% I bu sohani daromadsiz deb hisoblashi aniqlandi.

12-savol natijalari:

12-savol: Bu sohani o'z xohishingiz bilan tanlaganmisiz?

Bu so'rovnoma natijasida shu ayon bo'ldiki 74.5% I o'z xohishi bilan tanlagan bo'lsa 2% respondent bu sohaga ota-onasining istagi bilan kirgani ma'lum bo'ldi.

13-savol natijalari:

13-savol: Faqat bakalavr diplomi bilan o'z turizm yo'nalishingizni qura olasizmi?

Bu fikrga 64.7% talaba qo'shilgan, qolgan 35.3% ishtrokchi magistratura diplomi muhim deb hisoblashi aniqlandi.

Tavsiyalar. Ushbu tadqiqot natijalariga ko'ra bu sohaga quyidagi o'zgarishlarni kiritish tavsiya qilinishi mumkin:

- Aholi o'rtasida turizm sohasiga past baho beruvchilarni kamaytirish maqsadida bu sohaga o'zgartirishlar kiritish, yangiliklar olib kirish, necha yillik tizimdan qochib yangi tizimga o'tish;

- Reklamaga katta ahamiyat qaratish, bor imkoniyatlardan to'laqonli foydalanish;

- Avvalambor ichki turizmni rivojlantirish undan keyin tashqi turizmni rivojlanishiga imkoniyat bo'lishini bilish;

So'rovnomada aynan ikki institut tadqiqot natijalarini umumiylashtirish mumkin emas, ushbu natijalar butun O'zbekistondagi turizm sohasidagi natijani ifodalay olmaydi. Biroq, ma'lumotlar va izlanmalarlar butun mamlakatdagi turizm sohasidan bilim beruvchi Oliy va O'rta Ta'lim Muassasalar uchun foydali bo'la olishi mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Airey, D, & Frontistis, A. (1997) Attitudes to careers in tourism: an Anglo Greek comparison. Tourtsm Management, 1&3), 149-158.

2. Annaraud, K. (2006). A comparison of skills necessary for successful careers for American and Russian hospitality students upon graduation. Journal of Hospitality Tourism Education, 1&4), 33-44.

3. Cothran, C, & Combrink, T. E (1999) Attitudes of minority adolescents toward hospitality industry careers. International fournal of Hospitality Management,

4. Sucker, W., & Cheung, C. (2015). The relationship between hotel employees' cross-cultural competency and team performance in multi-national hotel companies. international journal of Hospitality Management, 49, 93-104,

5. UNWTO. (2013a). UNWTO tourism highlights, 2013 edition... UNWTO,

6. UNWTO (2013b). UNWTO world tourism barometer, 2013. Retrieved October 1, 2013. [from) <http: //mkt.unwto. org/en/barometer).

7. Cothran, C, & Combrink, T. E (1999) Attitudes of minority adolescents toward hospitality industry careers. International fournal of Hospitality Management,

8. Jenkins, A. K (2001). Making a career of it? Hospitality students' future perspectives: an Anglo-Dutch study. international journal of Contemporary Hospitality Management, 13(1), 13-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.