Научная статья на тему 'Turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik san’atining hissasi'

Turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik san’atining hissasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
41
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tasviriy san’at / turizm / madaniyat / haykaltaroshlik san’ati / turistik resurs

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botir Baxodirovich Xakimov

Mazkur maqolada turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik san’atining hissasi, haykaltaroshlik san’atining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarni, hamda bu san’at turida ishlatiladigan barcha xom ashyolar va vositalarning nomlarini keltirish bilan birga haykallar ishlashning bir qator usullari haqida batafsil bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik san’atining hissasi»

Turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik

san'atining hissasi

Botir Baxodirovich Xakimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik san'atining hissasi, haykaltaroshlik san'atining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqidagi ma'lumotlarni, hamda bu san'at turida ishlatiladigan barcha xom ashyolar va vositalarning nomlarini keltirish bilan birga haykallar ishlashning bir qator usullari haqida batafsil bayon qilingan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, turizm, madaniyat, haykaltaroshlik san'ati, turistik resurs

The contribution of sculpture in the development of tourism

and culture

Botyr Bakhodirovich Khakimov National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: In this article, the contribution of sculpture art to the development of tourism and culture, information about the origin and history of the development of sculpture art, as well as the names of all the raw materials and tools used in this art, and about a number of ways of making sculptures. detailed.

Keywords: fine art, tourism, culture, sculptural art, tourist resource

Kirish

Haykaltaroshlik mehnat taqsimotining o'sishi va texnologik taraqqiyot bilan bog'liq holda, ibtidoiy jamoa tuzumining parchalanishi davrida yanada rivojlandi. Bu bosqichning eng yorqin yodgorliklari - skif oltin rel'yeflari, Nok madaniyatining terrakota boshlari, odamlarning tipologik xilma-xil yog'och o'yma haykallaridir. Quldor egalik qiladigan jamiyat san'atida haykaltaroshlik o'ziga xos vazifalar va o'z ish uslubiga ega bo'lgan alohida faoliyat turi sifatida ajralib turadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Texnik vositalardan to'g'ri va unumli foydalanish o'quvchi-talabalarda san'atga katta qiziqish uyg'otadi, ularda ijodkorlik va faollikni orttiradi. Ma'lumki, bular o'z navbatida mashg'ulotlarning mazmunli olib borilishiga yordam beradi. Shuningdek, ko'rsatmalilik yordamida o'tkazilgan o'quv mashg'ulotlari talabalarda fikrlash, narsa

www.openscience.uz/ISSN2181-0842 1171 I

va hodisalarni bir-biriga taqqoslash, ular o'rtasidagi umumiylik yoki tafovutni aniqlash.

O'tilgan mavzuni uzoq vaqt esda olib qolish ko'nikmalarini hosil qiladi. Haykal ishlash uchun yaxshi sifatli oddiy qora qalam, sirkul', har xil steklar, bolg'a, bolta, arra, durodgorlik uskanalari, drel', elektor arra, perefarator, tosh o'yuvchi zubilalar bo'lishi lozim. Haykaltaroshlik mashg'ulotlarining asosiy maqsadi - san'at vositasida o'quvchilarning badiiy madaniyati va estetik didini tarkib toptirish, ularning san'atiga bo'lgan muhabbatini oshirishdan iboratidir. Shuningdek, bu mashg'ulotda o'quvchilarning turli asbob- uskunalar bilan ishlash hamda turli xildagi materiallardan o'rinli foydalanish bilan malakasini shakllantirish, olingan nazariy bilim va ko'nikmalarini amaliyot tatbiq eta olish kabi sifatlarni tarbiyalash nazarda tutiladi.

Mashg'ulot asosan haykaltaroshlikka moslashtirilgan maxsus xonalarda o'tkaziladi. Qazishmalar natijasida topilgan san'at yodgorliklari - haykallar, zargarlik buyumlari, rasmlar, musiqachilarning haykalchalari o'sha davr xalqining yuksak madaniyati haqida so'zlab beradi. Shunday qilib, musiqachining terrakotadan yasalgan mashhur haykalchasi bizni qo'limizdagi "samoviy musiqa" asbobi bo'lgan Baqtriya arfasi bilan tanishtiradi.

Natijalar

O'rta Sharq, jumladan O'zbekiston hududida yaratilgan Xorazm, Sug'd, Baqtriya Sug'd, Baqtriya yodgorliklari, Afrosiyob, Xolchayon, Dalvarzintepa, Quvaning mahobatli haykal va bo'rtma tasvirlari, mayda haykalchalar, amaliy san'at buyumlarini bezashda ishlangan turli badiiy shakllar davrning boy madaniyatidan dalolat berib turadi.

O'rta asrlar Sharq mamlakatlarida haykaltaroshlik hamma joyda bir xil rivojlanmadi. O'rta Osiyoning qadimiy haykallari devorga o'rnatilgan, ba'zan relef, lekin ko'pincha orqa tomonga o'rnatilgan hajmli haykallar ko'rinishida uchraydi. Bu ma'lum darajada asosiy materiallarning kuchining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Asosiy sabab boshqacha, faqat estetik ma'noda. San'at sintezi qadimgi va o'rta asrlarda O'rta Osiyo badiiy madaniyatining yetakchi xususiyati edi.

Hatto qadimgi misrliklar ham gipsning xususiyatlarini yaxshi bilib undan me'morchilikda va tibbiyotda keng foydalanishgan. Bizgacha saqlanib qolgan qadimgi Yunon va Rim gipsli bezaklari o'sha davrning ajoyib asarlarini ifodaladi va keyingi me'morchilik uslublari uchun mezon bo'ldi. Gipsdan yasalgan bareleflar bugungi kungacha saqlanib qolgan, ulardan hayotdagi syujetli manzaralar, tarixiy voqealar va o'sha davr madaniyatini aks ettiruvchi janr eskizlari tasvirlangan.

Muhokama

Muhim turistik resurslarga noyob sig'imli inshootlar - ehromlar, maqbaralar, haykallar, ibodatxonalar, me'morchilik anjomlari, parklar, muzey kolleksiyalari

www.openscience.uz/ISSN2181-0842 1172 |

hamda zamonaviy inshootlarning ko'p qavatli binolari va boshqa katta gidrotexnik inshootlar kiradi. Shuningdek, qabrlar qandaydir darajada g'alati ko'rinsa ham, barcha asrlar davomida turizm nuqtayi nazaridan o'ziga tortuvchi kuch sifatida namoyon bo'lgan.

Misrda qurilgan minglab ehromlar fir'avnlar, saroy a'yonlarining qabrlaridir. Maqbaralar eng ko'p odam keladigan obyektlar hisoblanadi, ularning ba'zilarini me'morchiligining ajoyibligi va hajmining bahaybatligi tufayli dunyo mo'jizalariga kírítílgan.

Xulosa

Haykaltaroshlik san'ati barcha tasviriy san'at turlaridan farqli, tasvirlar hajmli ko'rinishlarda bajariladi. O'quv mashg'ulotlarini olib borishda yuqorida ta'kidlanganidek o'quv ustaxonalarining talab darajasida jihozlanishi darsning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi bilamiz.

Ma'lumki mustaqillik yillarida o'zbek haykaltaroshlik san'atida amalga oshirilgan sermahsul ijod namunalari misolida, ilova qismida berilgan bir qator asarlarni mahobatli haykaltaroshlikda vujudga kelishi, san'atkor haykaltaroshlarimizning tinimsiz mehnati samarasi deb e'tirof etish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. F. Shabaratov P.P. Haykaltaroshlik. O'quv uslubiy majmua. Nizomiy nomli TDPU. 2015.

2. M. M. Irmatov, Aliyeva M.T. va boshqalar. Turizmni rejalashtirish. — Т.: M olíya, 2005.

3. M.T. Aliyeva, Mirzayev M. va boshqalar. Turizm huquqi. O'quv qo'llanma. — T: Talqin, 2003.

4. Albert Charkin. San'atdagi hayot. - M .: StandART, 2002.

5. B.Oripov. Tasviriy san'atni o'qitishning zamonaviy texnologiyasi. N. 2008.

WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842

1173

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.