Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY HAYKALTAROSHLIKNING O'RNI'

O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY HAYKALTAROSHLIKNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
766
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nafis haykaltaroshlik / maishiy plastika / monumental haykaltaroshlik / zamonaviy haykaltaroshlik. / fine sculpture / everyday plastic arts / monumental sculpture / contemporary sculpture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Azimova

Mazkur maqolada O'zbekistonda zamonaviy haykaltaroshlikning o'rni, nafis haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik, meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq boʻlgan monumental haykaltaroshlik, haykaltaroshlik san'atining o'lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlari haqida batafsil bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MODERN SCULPTURE IN UZBEKISTAN

This article describes in detail the place of modern sculpture in Uzbekistan, fine sculpture, monumental sculpture, monumental sculpture related to architectural art, modern aspects of sculptural art in our country.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY HAYKALTAROSHLIKNING O'RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY HAYKALTAROSHLIKNING O'RNI Gulbahor Azimova Xazratqul qizi

"Mahobatli haykaltaroshlik" yo'nalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7006293

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda zamonaviy haykaltaroshlikning o'rni, nafis haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik, me 'morlik san'ati bilan bog'liq bo'lgan monumental haykaltaroshlik, haykaltaroshlik san'atining o'lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlari haqida batafsil bayon etilgan.

Kalit so'zlar: nafis haykaltaroshlik, maishiy plastika, monumental haykaltaroshlik, zamonaviy haykaltaroshlik.

РОЛЬ СОВРЕМЕННОЙ СКУЛЬПТУРЫ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье подробно описывается место современной скульптуры в Узбекистане, изящная скульптура, монументальная скульптура, монументальная скульптура, относящаяся к архитектурному искусству, современные аспекты скульптурного искусства на территории нашей страны.

Ключевые слова: изящная скульптура, бытовая пластика, монументальная скульптура, современная скульптура.

THE ROLE OF MODERN SCULPTURE IN UZBEKISTAN

Abstract. This article describes in detail the place of modern sculpture in Uzbekistan, fine sculpture, monumental sculpture, monumental sculpture related to architectural art, modern aspects of sculptural art in our country.

Keywords: fine sculpture, everyday plastic arts, monumental sculpture, contemporary sculpture.

KIRISH

Haykaltaroshlik - tasviriy san'atning bir turi bo'lib, lotincha «skulpo» so'zidan olingan bo'lib, qattiq materiallarga «qirqish, kesish, o'yish, tarashlash» orqali ishlov berish ma'nosini anglatadi. Haykaltaroshlik ishlov berish usullari hamda makonda ma'lum hajmga ega bo'lgan detallar, shakllar orqali tasvirlanadi. Uning «nafis haykaltaroshlik» turi ham mavjud. Bu usul haykaltaroshlikda «maishiy plastika» deb ataladi.

Nafis haykaltaroshlik buyumlari o'zining nafisligi, kichik o'lchamdaligi bilan ajralib turadi. Uni qo'lga olib ko'rish mumkin. Nafis haykaltaroshlikda kishining diqqatini o'ziga tezda jalb qiluvchi materiallardan: chinni, sopol, yog'och, metall va toshlarning qimmatbaho turlari, fil suyagi va shu kabilardan foydalaniladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Haykaltaroshlikning maktab sharoitida keng tarqalgan turlaridan biri, loy yoki plastilin bilan ishlashdir. Ma'lumki, haykaltaroshlikni o'rganishda qalamtasvir alohida ahamiyat kasb etadi. San'at sirlarini o'rganishning keyingi bosqichi ham o'z samarasini bera boshladi. Albatta, ilm va san'atni o'rganish ustozlaming mehru mahoratlariga bog'liq.

Ilhom Jabborov bilim yurti va san'at institutida ta'lim olgan yillaridayoq o'zining iqtidori bilan ajralib turar edi. Shuning uchun ham u yaratgan asarlar rang-barangligi, kompozitsiyalarga boyligi bilan ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, uning «Hayol» nomli asari diqqatga sazovordir. Shunday qilib, Ilhom Jabborov o'ta rang-barang haykallar yarata boshladi. Haykaltarosh bir qator allomalar obrazini yaratishga muvaffaq boldi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Haykaltaroshlik - tasviriy san'at turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch o'lchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir ob'yekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar, tabiat va narsalar. Haykaltaroshlikning 2 asosiy ko'rinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan ko'rishga mo'ljallangan bo'rtma tasvir relyef turiga farqlanadi. Relyef, o'z navbatida, yuzaga nisbatan bir oz bo'rttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha bo'rttirib ishlanadigan gorelyefta bo'linadi; shuningdek nursoya o'yini hisobiga tasvir ko'zga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana o'yma ko'rinish mavjud.

Haykaltaroshlikda ijodkor nursoya o'yinidan foydalanish orqali asarning ta'sir kuchini oshirishga erishadi. Bu ayniqsa monumental va bezak haykaltaroshlik asarlari uchun qo'l keladi, chunki maydon yoki hiyobonga o'rnatilgan haykalga ertalabki quyosh nurlari bir joziba bersa, kechki kun botish paytidan quyosh nurlari boshqacha bir fayz kiritadi. Haykaltaroshlikda insonning tashqi ko'rinishi, sokin yoki harakatdagi holatini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi, asarda kechinmalar, hayajon, g'amginlik va boshqalar o'z ifodasini topadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Me'morlik san'ati bilan bog'liq bo'lgan monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o'rnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi, ular o'zida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega.

Biroq haykaltaroshlikning bu turi bevosita muhit, me'moriy insho-otlar hamda tabiat bilan uyg'un bo'lishi lozim, bu unga yanada ulug'vorlik va ta'sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlikka xos bo'lgan xislatlardan biri qahramonlarni ko'tarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar ko'rsatilmasligi mumkin.

Bezak haykaltaroshlikka istirohat bog'lari, xiyobonlar, ko'cha va bog'lar, shuningdek, me'moriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan bo'rtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panja-ra, badiiy darvozalar ham shu haykaltaroshlikning ko'rinishidir.

Dastgoh haykaltaroshligi mustaqil mazmunga ega bo'lgan, san'atning boshqa turlariga tobe bo'lmagan asarlar kiradi; ular ko'rgazmalar, muzey xonalariga va uylarning interyeriga qo'yish uchun mo'ljallanadi. Bu tur asarlarda voqelik o'zining butun borlig'i bilan aks ettiriladi hamda inson ruhiyatidagi nozik o'zgarishlar, uning ichki kechin-malari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta.

Dastgoh haykaltaroshlik asarlari byust, tors, haykal, haykalcha koloss, janrli haykal va boshqa ko'rinishda bo'ladi. Kichik shakllar haykaltaroshda o'z xarakteriga ko'ra amaliy bezak san'atiga yaqin turadi. Bunga stol ustiga qo'yiladigan sopol, chinni va boshqa xom ashyolardan ishlanadigan haykallar kiradi. Eng ko'p tarqalgan turlaridan biri terrakota; medal yasash sanati va gliptika ham shu turga mansub.

MUHOKAMA

Haykaltarosh mahorati, to'g'ri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat asarning ta'sirli bo'lishida muhim o'rin tutadi. Haykaltaroshlik asarlari uchun tosh, granit, bronza, marmar, yog'och, metall, sement, gips kabi turli materiallar ishlatiladi. Haykaltaroshlikda tanlangan xom

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ashyo uning rangini belgilaydi. Xalq haykaltaroshligidagina haykallarni bo'yash hollari uchraydi.

Haykaltaroshlik asarlari yaratishda yumshoq moddalar, qattiq moddalardan kesib yoki o'ymakorlik bilan keraksiz qismlarini olib tashlash yo'li bilan yaratiladi; suyuq holatdan qattiq holatga o'tish xususiyatiga ega bo'lgan moddalardan qolip yordamida quyib ishlanadi; keramika haykaltaroshlik asarlari tayyorlashda maxsus loy navlaridan foydalaniladi, shakl bo'yama naqsh yoki rangli sir bilan qoplanadi va maxsus pechlarda kuydiriladi.

Haykaltaroshlik mashg'ulotlarida o'quvchilar loy yoki plastilindan dumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho'zish, ortiqcha qismlarini inaxsus sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar. Haykaltaroshlik mashg'ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo'lib, ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish orqali amalga oshadi.

Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri bo'lib, u o'quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o'yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi. Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi, shakllaring oddiyligi o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Dekorativ haykaltaroshlik mashg'ulotlarida o'zbek xalq kulol ustalarining dekorativ haykallaridan keng foydalanish bolalarni ijodiy rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, O'zbekiston o'zining qisqa vaqtidagi mustaqillik yillari davomida iqdisodiy-ijtimoiy sohadagi yutuqlari bilan bir qatorda, mafkuraviy-ma'naviy, madaniy ishlarga e'tiborini kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida o'z nufuzi va obro'sini yuqori ko'tarmoqda. O'zbekiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqilarga erishdi. O'zbekiston san'ati zafarli yo'lni bosib o'tdi.

Haykaltaroshlik san'atining o'lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Roziboev faoliyatida yaqqol ko'rish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san'ati bilan shug'ullangan. Damir Roziboev haykataroshlik olamiga asoan 60- yillarda kirib keldi. San'atkor ijodida shakl va hajmlarning oziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz.

REFERENCES

1. Abdirasilov S.F. Tasviriy san'at metodikasi. -T., «Ilm-Ziyo», 2006.

2. Qodirxo'jayev P. Badiiy bezak san'ati. -T., «lqtisod-moliya, 2007.

3. Boymetov B.B., Abdirasilov S.F. Chizmatasvir. -T., «G'afur G'ulom», 2004.

4. Oripov B. Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi. -T.: «Ilm Ziyo», 2006.

5. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008.

6. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari.-T.: Nizomiy nomidagi TDPU 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.