Научная статья на тему 'TURIZM SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMIDAN FOYDALANISHDAGI YO‘NALISHLARI'

TURIZM SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMIDAN FOYDALANISHDAGI YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
27
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm infratuzilmasi / davlat / xususiy tadbirkorlar / mahalliy aholi / erkin turistik hududlar / kichik turizm zonalari / turistik klasterlar. / tourism infrastructure / state / private entrepreneurs / local population / free tourist zones / small tourist zones / tourist clusters.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turayev, Ziyadulla Norsoatovich, Eshmuratov, Xusan Elamanovich

Maqolada turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishning o’ziga xosligi, uning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan bi’lib, xorijiy mamlakatlarda DXSH mexanizmidan foydalanish amaliyoti va mamlakatimizda DXSH mexanizmini qo’llashning huquqiy asoslari, olib borilayotgan islohotlar statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Turizm sohasida DXSH mexanizmidan foydalanish yo’nalishlari bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS OF USING THE MECHANISM OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP IN THE FIELD OF TOURISM

The article analyzes the features of using the public-private partnership mechanism in the field of tourism, its advantages and disadvantages, the practice of using the PPP mechanism in foreign countries and the legal basis for using the PPP mechanism in our country, the ongoing reforms are analyzed on the basis of statistical data. Proposals have been developed for the use of the PPP mechanism in the tourism sector.

Текст научной работы на тему «TURIZM SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMIDAN FOYDALANISHDAGI YO‘NALISHLARI»

Research BIB / Index Copernicus

TURIZM SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMIDAN FOYDALANISHDAGI YO'NALISHLARI

Turayev Ziyadulla Norsoatovich,

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti Termiz (O'zbekiston) E-mail: [email protected]

Tel:+ +998 91 5813778 Eshmuratov Xusan Elamanovich,

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti Termiz (O'zbekiston) E-mail : [email protected]

Maqolada turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishning o'ziga xosligi, uning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan bi 'lib, xorijiy mamlakatlarda DXSH mexanizmidan foydalanish amaliyoti va mamlakatimizda DXSH mexanizmini qo 'llashning huquqiy asoslari, olib borilayotgan islohotlar statistikma'lumotlar asosida tahlil qilingan. Turizm sohasida DXSH mexanizmidan foydalanish yo 'nalishlari bo 'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so 'zlar: turizm infratuzilmasi, davlat, xususiy tadbirkorlar, mahalliy aholi, erkin turistik hududlar, kichik turizm zonalari, turistik klasterlar.

НАПРАВЛЕНИИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕХАНИЗМА ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА В СФЕРЕ ТУРИЗМА

В статье анализируются особенности использования механизма государственно-частного партнерства в сфере туризма, его преимущества и недостатки, практика использования механизма ГЧП в зарубежных странах и правовые основы использования механизма ГЧП в нашей стране, проводимые реформы анализируются на основе статистических данных. Разработаны предложения по использованию механизма ГЧП в сфере туризма.

Ключевые слова: туристическая инфраструктура, государство, частные предприниматели, местное население, свободные туристские зоны, малые туристические зоны, туристские кластеры.

Tel: +998 997080011

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

DIRECTIONS OF USING THE MECHANISM OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP IN THE FIELD OF TOURISM

ABSTRACT

The article analyzes the features of using the public-private partnership mechanism in the field of tourism, its advantages and disadvantages, the practice of using the PPP mechanism in foreign countries and the legal basis for using the PPP mechanism in our country, the ongoing reforms are analyzed on the basis of statistical data. Proposals have been developed for the use of the PPP mechanism in the tourism sector.

Key words: tourism infrastructure, state, private entrepreneurs, local population, free tourist zones, small tourist zones, tourist clusters.

KIRISH

Iqtisodiyot rivojlanishining turli bosqichlarida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat va tadbirkorlar o'rtasidagi munosabatlarning evolyusiyasi ulaming konstruktiv o'zaro hamkorligi muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim omili ekanligini ko'rsatdi. Aholining kommunal xizmatlarga bo'lgan ehtiyoji, infratuzilma, standartlar va byudjet cheklovlari o'rtasidagi tafovut ortib borayotgani davlat va tadbirkorlik tuzilmalari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga olib keldi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yo'lga qo'yish, ushbu mexanizmdan foydalanishning nazariy va amaliy muammolariga oid ilmiy ishlanmalar xorijiy va mahalliy olimlar va amaliyotchilar tomonidan o'rganilib, qator nashrlarda o'z aksini topgan.

Jumladan, xorijlik olimlardan Derevyanko K.I., Mitrofanova E.S., Tsareva N.V., Dumnov A.P., Evreinov O.B. va boshqalar turizm infratuzilmasini takomillashtirish, turistik klasterlarni rivojlantirish, turistik xizmatlar sohasida DXSH munosabatlarining tashkiliy jihatlarini o'rganishgan bo'lsa, mamalakatimiz tadqiqotchi olimlaridan Narchayev A.N., Alimova M.T., Ibadullayev, N.E., Turayev Z.N., Alimardonova Z. lar hududlarda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, samaradorligini oshirishda DXSH mexanizmidan foydalanish jihatlarini tadqiq etishgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqola umumqabul qilingan qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, holislik tamoyillari asosida yoritilgan bo'lib, DXSH mexanizmining turizm sohasida rivojlantirish yo'nalishlari tadqiq etilgan.

Tahlil va natijalar. Davlat iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish jarayonida iqtisodiy o'sishni bevosita ta'minlaydigan muqobil variantlarni topish muhim

Research BIB / Index Copernicus

ahamiyatga ega. Ulardan biri davlat-xususiy sheriklik (DXSh) bo'lib, u iqtisodiyotga qo'shimcha resurslarni jalb etish, davlat va xususiy sheriklar o'rtasida tavakkalchiliklarni qayta taqsimlash, tadbirkorlarning sa'yi-harakatlarini jamiyat oldidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo'naltirish imkonini beradi.

Umumiy ma'noda, bu atama ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun biznes muhitidagi resurslaridan har qanday foydalanishni anglatadi. Bunda xususiy sektor tomonidan jalb qilingan resurslar kapital va nou-xau, shuningdek, boshqaruv tajribalari ko'rinishida har xil bo'lishi mumkin. Tarixiy nuqtai nazardan, davlat va xususiy sektor o'rtasida ma'lum darajada hamkorlik har doim mavjud bo'lgan, ammo so'nggi yillarda undan foydalanish va iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirish uchun vosita sifatida ilmiy qiziqish so'nggi o'n yilliklarda jadal o'sib bormoqda.

Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, DXSH loyihalarini amalga oshirish byudjet mablag'larini sezilarli darajada tejash imkonini beradi va davlat va xususiy sheriklar uchun quyidagi holatlarda o'zaro foydali bo'lmoqda:

• davlat hamkorlari davlat byudjetidan talab qilinadigan qo'shimcha moliyalashtirish manbasiga ega bo'ladi;

• xususiy sherik bozor talabi yuqori bo'lmagan sharoitida DXSH loyihalarini amalga oshirish imkoniyatiga va uzoq muddatli daromad manbasiga ega bo'ladi.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanish investisiya loyihalarini jadal amalga oshirish, kerakli mablag'larni topish kabi bir qator afzalliklarni vujudga keltirishdan tashqari mahalliy aholi hamda tashrif buyuruvchilarga ko'rsatiladigan xizmatlarni soni va sifatini oshirish imkonini beradi (1-rasm).

Davlat va xususiy tuzilmalar o'rtasida aloqalarni rivojlantirish, davlat darajasida va mahalliy darajada samarali, barqaror rivojlanish sharoitlarini yaratish muhim masalalardan biridir.

Bozor raqobati sharoitlari va aholining farovonlarini oshirishga intilishi bilan belgilanadigan iqtisodiy jarayonlar orqali belgilanadigan iqtisodiy rivojlanish modellari xususiy tashabbuslarni rag'batlantirish va davlat tomonidan tartibga solishga tayandi.

Bundan tashqari, ushbu rivojlanish modeli barcha darajadagi o'zaro munosabatlarda ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy jihatdan mutanosib rivojlanishni ta'minlashga qodir bo'lgan mexanizm sifatida DXSHdan foydalanishga asoslangan bo'lib, barqaror rivojlanish turiga o'tishni anglatadi: Davlat-xususiy sherikligi yangi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

iqtisodiy tizim emas, bu modellar konsessiya sxemalari sifatida eramizdan oldin ham, o'rta asrlarda ham keng qo'llanilgan1.

Davlat:

- salohiyatdan maqsadli foydalanish imkoniyati oshadi;

- ishsizlik darajasi pasayadi;

- byudjet mablag'lari tejaladi. tushumlai oshadi;

- soliqlar tuslnmii oshadi;

- sinergiya samaradorligi oshadi;

- iimovatsiya kirib keladi.

s Xususiy sherilkar:

o - imîiyozli moliyalashtirish imkoniyati vujudga keladi;

-- tavakkalcliilik samarli taqsinilanishi imkoniyati vujudga kelad;

^ - loyiha xarajatlari kamayadi;

VI 3 as - sinergiya samarasi oshadi.

5 X i Im a

Tashrif buyuruvchilar:

> eö - tanlash imkoniyati oshadi;

G - sifatli xizmatlar iste'mol qiladi; - narxlar arzonlashishi xisobiga iste'mol liajmi ortadi.

Mahalliy aholi:

- aholining ma'lum qismi bandligi ta'minlanadi;

- daromadlari oshadi;

- sifatli infratuzilmadan foydalanadi.

1-rasm. Turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishning afzalligi2

Hozirgi kunda DXSH tomonidan yangilangan mexanizmlar dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida qo'llanilmoqda va rivojlanishda davom etmoqda. Keng doiradagi biznes aloqalar va modellarga asoslangan DXSH ning maqsadi turli mamalakatlarda xilma-xil bo'lib, hamkorlar (hukumat va tadbirkorlar) o'rtasida aloqalar turli tuzilmalar doirasida turli vazifalar va vakolatlarga ega bo'lishi mumkin.

COVID-19 davrida mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun DXSH dan foydalanish iqtisodiyotning turli tarmoqlarini tiklashga yordam berish uchun har qachongidan ham muhimroq ekanligi yaqqol ko'rinib qoldi.

1 Calugareanu I., Bulat V. World Practice in the Evolution of Public Private Partnership of Infrastructure Projects / International Journal of Economics, Business and Management Studies Vol. 9, No. 1, 1-12, 2022

2 Mualliflar tomonida ishlab chiqilgan.

Research BIB / Index Copernicus

COVID-19 pandemiyasi dunyoning ko'plab mamlakatlarini uyqudan uyg'onib, hukumatlararo kooperatsiyani rivojlantirish uchun davlat-xususiy sherikligi kabi muayyan yondashuvlardan foydalanish lozimligini anglab etishuga majbur qildi, chunki ularning hech biri yakka holda harakat qila olmasligini tushunishdi. COVID-19 ning halokatli oqibatlarini tezkor engish uchun davlatlar birinchi navbatda o'zlarining xalqaro chegaralarini yopish va ma'lum muddatlarga karantin joriy etish kabi qat'iy choralarni qo'llashga majbur bo'lishdi3. Mutaxassislar o'z fuqarolariga xizmat ko'rsatishni yaxshilash uchun yaxshi jismoniy va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali COVID-19 dan keyingi davrda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun turli mamlakatlardagi davlat va xususiy sektor o'rtasida kuchli hamkorlikka chaqirishdi. Shuning uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini sog'liqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligi loyihalaridan foydalanilmoqda.

Xorijda davlat-xususiy sheriklikning tipik yo'nalishlari transport, uy-joy, kommunal xizmat ko'rsatish, telekommunikatsiya, ekologik loyihalar, moliya va ijtimoiy sohadir. Yigirmanchi asrning oxiri - XXI asr boshlarida rivojlangan davlatlarda loyihalarni moliyalashtirish rivojlanishining eng muhim omillari jahon moliya bozori va investisiya bozorining xalqarolashuvi, shuningdek, davlat infratuzilmasi korxonalarini (ayniqsa, uy-joy kommunal xo'jaligini) xususiylashtirish bo'ldi. Rivojlangan mamlakatlarga davlat sarmoya kiritayotgan asosiy vazifa loyiha va investisiyalar uchun barqaror makroiqtisodiy, qonunchilik va fiskal muhitni ta'minlashdan iborat xisoblanadi. Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda davlat-xususiy sheriklik ko'lami juda xilma-xil: moliya sektori, jamoat tartibi, xavfsizlik, ko'chmas mulk, ta'lim, tibbiyot, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, kommunal xizmat ko'rsatish, telekommunikatsiya, transport va boshqalar.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan samarali foydalanayotgan yetakchilar AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya bo'lib, Qo'shma Shtatlarda davlat va xususiy kompaniyalar o'rtasidagi hamkorlik aloqalari turli shtatlarda bir biridan farq qiladi. AQSH shaharlarida 65 asosiy turdagi DXSH ning 23 turidan foydalanadi. Mahalliy hokimiyat organlarining eng keng tarqalgan faoliyati suv ta'mi noti, drenaj, chiqindi yig'ish, maktab ta'limi, mashinalar turargohlari va boshqalar bilan bog'liq. Masalan, transport infratuzilmasi sohasidagi DXSH loyihalari bozori 1990-yillarda rivojlana boshlagan bo'lsada, ushbu loyihalar moliyaviy qiyinchiliklar sababli bir necha yil davomida muzlab qoldi. Faqat 2000-yillarning o'rtalariga kelib, AQSHning DXSH transport bozori jadal rivojlana boshladi. 2022 yilgacha bo'lgan turizm va sayohat milliy strategiyasida davlat- xususiy sherikligini rivojlantirish orqali kelgusi

3 Alliance for Multilateralism (2021). The need for strong global cooperation and solidarity to fight COVID-19.

Research BIB / Index Copernicus

besh yilda turistlar sonini 90 million kishiga etkazish va turizm xizmatlari hajmini 279 mlrd AQSH dollariga etkazish nazarda tutilgan4.

Evropada davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalari neft quvurlari loyihasi kabi davlat infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritish uchun Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Rossiya hukumatlari o'rtasida kooperatsiyani rivojlantirishda foydalanilmoqda. Kooperatsiya aloqalarinin rivojlantirishda DXSH loyihalari muvaffaqiyatli qo'llanilayotgan boshqa mamlakatlar qatoriga Fransiya, Turkiya, Ispaniya, Italiya va Portugaliya davlatlari hamda Niderlandiya, Portugaliya va Ispaniyani kiritish mumkin, ushbu davlatlarda COVID-19 pandemiyasi vaqtida infratuzilmani rivojlantirish, ayniqsa energetika sohasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantiirshda hamkorlik qilishmoqda5.

Yevropa Ittifoqining DXSH bozori asosan Fransiya, Turkiya, Germaniyada to'plangan bo'lib, Fransiya Yevropadagi eng yirik xususiy sheriklik bozori sifatida, nafaqat qiymati bo'yicha, jami 4,2 milliard yevro, balki loyihalar soni bo'yicha ham 21 ta bitim bilan etakchilik qilmoqda (2-rasm).

Lotin Amerikasida DXSH loyihalari Chili va Meksika, Braziliya, Kolumbiya va Peru kabi davlatlar tomonidan infratuzilmani, ayniqsa transport sektorini rivojlantirishda korporativ hamkorlik qilish uchun foydalanilmoqda6.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 2010-yildan beri davlat-xususiy sheriklik loyihalariga 43 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag' yo'naltirilgan bo'lib, uning yarmidan ko'pi Vetnam, Bangladesh, Laos, Filippin, Papua-Yangi Gvineya, Tailand, Mo'g'uliston va Indoneziya kabi Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi kooperatsiyani rivojlantirishga yo'naltirilgan7. DXSH loyihalaridan foydalanish Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Malaziya va Singapurda keng tarqalgan yondashuv hisoblanadi. Xitoy DXSH loyihalari Osiyoning bir qator mamlakatlari, Rossiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlikda bir belbog' va bir yo'l strategiyasini amalga oshirish, temir yo'llarni rivojlantirish uchun foydalanilgan8.

Xitoy ko'pchilik mamlakatlar uchun savdo hamkori, sanoat maxsulotlarining muhim ta'minlovchisi bo'lganligi bois COVID-19 inqirozidan chiqib ketish,

4 https://www.commerce.gov/sites/default/files/2022-06/National-Travel-Tourism-Strategy.pdf

5 Mouraviev, N. & Kakabadse, N. (2017). Public-private partnerships in transitional nations: policy, governance and praxis: Cambridge Scholars Publishing.

6 Lee, M., Han, X., Quising, P. & Villaruel, M.L. (2018). Hazard Analysis on Public-Private Partnership Projects in Developing Asia; Asian Development Bank Economics Working Paper July, 23, 2018).

7 Asian Development Bank (ADB), (Internal Arab, Development Bank (IADB) & World Bank (WB), (2014). Public Private Partnerships Reference Guide. Vol. 2.

8 Muthoni, N. G. & Wang, B. (2019). Belt and Road Initiative in Africa: The Impact of Standard Gauge Railway in Kenya, August 12, 2019 Research Article.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

infratuzilmani rivojlantirishda DXSH loyihalaridan samarali foydalanish orqali davlatlar orasida kooperatsiyani rag'batlantirishga asosiy e'tiborni qaratdi9.

COVID-19 pandemiyasi bilan kurashishda hamkorlikning yaxshiroq yo'llarini izlash, infratuzilmani rivojlantirish uchun DXSH loyihalarini amalga oshirishda Xitoy ko'plab mamlakatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Xitoy tomonidan moliyalashtiriladigan DXSH loyihalari Xitoyning "Bir belbog' va yo'l" tashabbusining bir qismidir.

Kipr Irlandiya Germaniya Italiya Gretsiya Polsha Belgiya Buyuk britaniya Litva Daniya Xorvatiya

2-rasm. 2022-yilda davlat-xususiy sheriklik loyihalari qiymati va soni bo'yicha mamlakatlar taqsimoti 10

21-asr Ipak yo'li sifatida e'tirof etilgan ushbu infratuzilma loyihasi 60 dan ortiq mamlakatlarni bog'laydigan quruqlik va dengiz yo'nalishlaridan iborat bo'lib, uning qiymati 1 trillion dollardan oshadi. G'arb mamalakatlari tahlilchilari buni iqtisodiy imperializmning bir shakli deb hisoblashdi, chunki Xitoy firmalari ko'pincha mahalliy kompaniyalarga qaraganda ko'proq qurilish shartnomalarga ega bo'lishayotganligi, yirik qurilish loyihalarini moliyalashtirish uchun Xitoy banklari kreditlaridan foydalanilayotganligini e'tirof etgan holda Global Taraqqiyot Markazining 2018 yilgi hisobotida Keniya va Efiopiya kabi sakkizta davlat o'z kreditlarini to'lay olmaslik xavfi borligi, bundan Xitoyning strategik imtiyozlarga ega bo'lish uchun qarz tuzog'i diplomatiyasidan foydalanishi mumkinligi haqidagi xavotirlar bildirilmoqda.

9 Baldwin, R. and Tomiura, E. (2020). 'Thinking ahead about the trade impact of COVID-19', Economics in the Time of COVID-19, p.59.

10 Market Update - Review of the European PPP Market in 2022. // www.eib.org/epec

Research BIB / Index Copernicus

Yaponiyada 1999 yilda xususiy moliyalashtirish tashabbusini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun qabul qilingan vaqtdan beri umumiy qiymati taxminan 4,9 trillion dollar bo'lgan 527 ta DXSH loyihalari amalga oshirildi11.

Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda davlat va xususiy investisiyalar faol ko'magida turizm infratuzilmasi rivojlanib bormoqda12.

Turizm sohasiga investisiyalar nafaqat mehmonxonalar, restoranlar, savdo va ko'ngilochar markazlar barpo etishni, balki transport bilan bog'liq loyihalarni, jumladan ayeroportlar, temir yo'llar, portlar va aloqa liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishni ham nazarda tutadi. Bu, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat byudjeti cheklovlari ko'p hollarda ushbu sanoatga katta miqdorda investisiyalar kiritishga to'sqinlik qilmoqda13. Hukumatlar tomonidan loyihalarni amalga oshirishning davomiyligi hukumatning iqtisodiy rejalarini iqtisodiy jihatdan asoslashni jiddiy shubha ostiga qo'yadigan yana bir muammodir. Odatda, davlat boshqaruvida rejaning belgilangan muddatda bajarilishi haqida qayg'urish shart emas va ko'pchilik loyihalar byudjeti kamligi, texnik va ma'muriy va qaror qabul qilish vaqtining uzoqligi kabi turli muammolarni vujudga keltirmoqda. Bu muammolar turizm sohasida aniqroq namoyon bo'lmoqda.

Hukumat tomonidan qurilish ishlarini tashkil etishning raqobatbardosh emasligi, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moliyaviy va boshqaruv erkinligining yo'qligi, xizmatlar ko'rsatish tariflarida inflyasiya hisobga olinmasligi, davlat tashkilotlarining xizmatlar ko'rsatishda javobgarlik talab qilinmasligi, tegishli baholash tartibining yo'qligi kabi omillar hukumatlarni yuqori samaradorlikka va kamroq xarajatlarni amalga oshirishga erishishning yagona yechimi xususiy sektorning moliyaviy va boshqaruv kuchidan foydalanish degan xulosaga kelishiga olib keldi.

Boshqa tomondan, investisiyalar, xususan, ayrim sohalarda xususiy sektorning o'zi taqdim eta olmaydigan maxsus imkoniyatlar, xizmatlar va lisenziyalarni talab qiladi. Ushbu loyihalarning ba'zilarini amalga oshirish hukumat uchun alohida ahamiyatga ega va uning xususiy sektorga to'liq topshirilishi, xususiy sektorning narxlarni asossiz oshirib yuborishi yoki ba'zi xavf-xatarlarning mavjudligi kabi omillar tufayli loyihani kechiktirishi yoki bekor qilishi mumkin. Shunga ko'ra, rejani to'liq xususiy sektorga topshirish ham mumkin emas va hukumatlarning o'zlari bunday loyihalarda ishtirok etishni, siyosiy xavflar yuzaga kelgan taqdirda loyiha

11 PPPJ. (2017). Public-private partnership in Japan. Law Review, 128-142. Retrieved from: https://www.mhmjapan.com/content/files/00027116/Japan.pdf.

12 Тураев З.Н. Сурхондарё вилоятида туризм со^асини ривожлантиришнинг устувор йуналишлари. PhD диссертацияси - Тошкент. 2022. -36 б.

13 Teker, S. & Dilek, T. (2012). Tourism Projects Financing: A Public Private Model, Business Management Dynamics, Vol 2(5), 5-11

Research BIB / Index Copernicus

ustidan bevosita nazoratni o'rnatish, uni yaxshiroq boshqarish uchun amalda qatnashishni afzal ko'radilar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yangi innovatsiyalar va moliyalashtirishning yangi usullariga murojaat qilish xususiy investorlarni davlat xizmatlari bilan bog'liq loyihalarga, juml adan, turizm sohasiga qo'shma sarmoya kiritishga jalb etishning munosib usuli sifatida qaraladi.

Mamlakatimizda davlat-xususiy sherikligi mexanizmidan iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish dastaklaridan biri sifatida foydalanish 2018 yildan boshlangan bo'lib, bu borada bir qator me'yoriy xujjatlar, jumladan, Prezident qarorlar, Vazirlar Mahkamasi qarorolar hamda davlat-xususiy sherikligi to'g'risidagi Qonunlarning qabul qilinishi orqali amaliyotga joriy qilinmoqda14.

2019-yildan boshlab mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti tomonidan pppda.uz sayti orqali turli sohalarda davlat bilan sherikchilik asosida tadbirkorlikni yo'lga qo'ygan tadbirkorlik sub'ektlari va amalga oshirilgan loyihalar to'g'risida ma'lumotlar berib kelinmoqda.

2024-yil iyun oyigacha amalga oshirilgan DXSH asosida amamliyotga joriy qilingan loyihalar sohalar kesimida quyidagicha: kommunal sohada - 3 ta loyiha (1500,99 mln dollar), ta'lim sohasida - 91 ta loyiha (146,7 mln dollar), isitish tizimlari sohasida - 220 ta loyiha (125,6 mln dollar), ekologiya sohasida - 67 ta loyiha (123,9 mln dollar), transport sohasida - 2 ta loyiha (94,2 mln dollar), sog'liqni saqlash sohasida - 52 ta loyiha (54,4 mln dollar), suv xo'jaligi sohasida - 463 ta loyiha (37,2 mln dollar), soliq sohasida - 2 ta loyiha (20,3 mln dollar), madaniyat sohasida - 38 ta loyiha (15,1 mln dollar), agrosanoat sohasida - 2 ta (13,02 mln dollar), huquqni muhofaza qilish sohasida - 9 ta (8,03, mln dollar), yoshlar siyosati va sport sohasida - 4 ta (1,76 mln dollar), Qurilish sohasida - 1 ta (10 mln dollar), hunarmandchilik sohasida - 18 ta (0,74 mln dollar) va bandlik sohasida - 1 ta (0,07 mln dollar) loyiha davlat ro'yxatidan o'tkazilib reyestrga kiritilgan.

Ushbu loyihalar orasida turizm xizmatlarini ko'rsatishi mumkin bo'lgan ob'ektlar bo'lsada, turistik xizmatlar majmuasi yoki bevosita turistik faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar yo'qligini ko'rishimiz mumkin. Biroq turizm sohasi rivojiga katta hissa qo'shadigan transport, madaniyat, sport, ta'lim sohasidagi

14 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgeHTHHHHr 2018 hhïï 20 OKTa6pgarH ",3,aBïïaT-xycycHH mepuKiHKHH pHBO^^aHTHpHmHHHr xy^y^un Ba ннстнтyцнонaïï 6a3acHHH apaTum 6yÖHHa 6hphhhh HaB6aTgaru Hopa-Tag6Hpnap TyrpHCHga"rH nK-3980-coH Rapopu//lex.uz; Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu Ba3up^ap MaxKaMacuHHHr 2018 hh^ 13 geKa6pgagi "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu Mooth Ba3HpnurH xy3ypugarH ^aB^aT-xycycHH mepuKiHKHH pHBO^^aHTHpum areHrauru ^aoOTATHHH TamKra этнm TyrpHCHga"rH 1009-coh rçapopu//lex.uz; Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr 2019 hhïï 10 Mangaru "^aB^aT-xycycHH mepuKiHK TyrpHCHga"rH ypk-537-cohïïh KoHyHu// lex.uz; Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2020 hhïï 26 anpeggaru "^aB^aT-xycycHH mepuK^HK ^OHHxa^apHHH aMa^ra omupum TapTu6uHH TaKOMH^amTupum TyrpHCHga"rH 259-coh rçapopu//lex.uz; Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH npe3ugeHTHHHHr 2021 hhïï 7 HMHgaru "^aB^aT-xycycuH mepuK^HK acocuga xygyg^apga 3aMOHaBHH HCCH^xoHa xy^a^HK^apHHH TamKH^ ^u^um Hopa-Tag6upnapH TyrpHCHga"rH rçapopu//lex.uz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

loyihalarni amalga oshayotganini ko'rishimiz mumkin. Transport sohasida Samarqand xalqaro ayeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi 2022-yilda reyestrga kiritilgan bo'lib, uning maqsadi "yo'lovchilar va aviatashuvchilarga yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish", shuningdek, ayeroportni boshqarish uchun xalqaro kompaniyalarni jalb qilishdir. Loyiha qiymati 1006821 mln so'm bo'lib, bitim muddati 10 yilni tashkil etadi.

XULOSA

Infratuzilma loyihalarida davlat-xususiy sheriklik bo'yicha mamlakatlar evolyusiyasi va tajribasini o'rganish asosida davlat va xususiy sektor o'rtasida ma'lum darajada hamkorlik doimo mavjud bo'lganligi va DXSH mexanizmlari aholi turmush darajasini oshirishi aniqlandi. DXSH mexanizmi davlat infratuzilmasini yanada rivojlantirish va boshqarish uchun xususiy kapitalni jalb qilish xalqaro miqyosda keng qo'llaniladi va umuman olganda, zamonaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga bog'liq. Turli mamlakatlarda sheriklar (davlat organlari va ishbilarmonlik muhiti) o'rtasidagi hamkorlik turli tuzilmalar doirasida, turli vazifalar va vakolatlarga ega, mahalliy va Hamjamiyat qonunlariga (Yevropa Ittifoqi mamlakatlari misolida) yoki federal va shtat qonunlariga (AQSH) rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, xalqaro amaliyotda DXSH ning rivojlanishi turli darajalarda amalga oshiriladi: agar Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Ispaniyada bozor etarli darajada shakllangan bo'lsa, boshqa davlatlar bunday dasturlarni endigina amalga oshirishni boshladilar.

Mamlakatimizda ham turizm sohasi rivojlanishini jadallashtiradigan infratuzilma loyihalarida DXSH mexanizmini keng qo'llash quyidagi yo'nalishlarda:

1. Mamlakatimizdagi asosiy turistik markazlarda xalqaro ayeroportlar faoliyatini xalqaro talablar darajasida xizmat qilishini yo'lga qo'yishni jadallashtirishda;

2. Asosy turistik tashrif manzillariga olib boradigan avtomobil yo'llarini qurish va undan foydalanishda;

3. Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida va Farg'ona vodiysi viloyatlarida davolash-sog'lomlashtirish turizmiga ixtisoslashgan turistik klasterlarni tashkil etishda;

4. Boy tarixiy-madaniy resurslarga ega bo'lgan tashrif manzillarida turizm ob'ektlaridan foydalanishda;

5. Erkin turistik zonalar, kichik turizm zonalarini dastlabki faoliyatni tashkil etishni yo'lga qo'yishda xalqaro boshqaruv kompaniyalarini jalb qilishda amalga oshirilishi zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.