Научная статья на тему 'TURISTIK YURISHLARDA MARSHRUTNING TOIFALARI VA TASNIFLANISHI'

TURISTIK YURISHLARDA MARSHRUTNING TOIFALARI VA TASNIFLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turistik marshrut / turistik yurish / marshrutning murakkablik darajasi / yurish o‘lchovlari / tourist route / tourist walking / level of complexity of the route / walking measurements.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Tursunova G.R.

Maqolada turistik marshrutni ishlab chiqishning ahamiyati, turistik yurishlarda marshrutning murakkablik darajasi, toifalari va uning tasniflanishi, turistik hududlarda yurishda turistlarga qo‘yiladigan talablar haqidagi ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CATEGORIES AND CLASSIFICATION OF ROUTES IN TOURIST TRIPS

The article provides information on the importance of developing a tourist route, the level of complexity of the route in tourist walks, its categories and classification, requirements for tourists when walking in tourist areas.

Текст научной работы на тему «TURISTIK YURISHLARDA MARSHRUTNING TOIFALARI VA TASNIFLANISHI»

Tursunova G.R.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Turizm" kafedrasi dots.v.b.

TURISTIK YURISHLARDA MARSHRUTNING TOIFALARI VA

TASNIFLANISHI

Annotatsiya. Maqolada turistik marshrutni ishlab chiqishning ahamiyati, turistik yurishlarda marshrutning murakkablik darajasi, toifalari va uning tasniflanishi, turistik hududlarda yurishda turistlarga qo'yiladigan talablar haqidagi ma 'lumotlar keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: turistik marshrut, turistikyurish, marshrutning murakkablik darajasi, yurish o 'lchovlari

Tursunova G.R. associate professor Department of Tourism SamIES

CATEGORIES AND CLASSIFICATION OF ROUTES IN TOURIST

TRIPS

Abstract. The article provides information on the importance of developing a tourist route, the level of complexity of the route in tourist walks, its categories and classification, requirements for tourists when walking in tourist areas.

Key words: tourist route, tourist walking, level of complexity of the route, walking measurements.

Kirish. Turizmni rivojlantirishning muhim asoslaridan biri turistik resurslarga marshrutlar ishlab chiqish hisoblanadi. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishning turizm rivojiga ta'siri nazariy jihatdan olib qaralganda yana bir imkoniyatga to'xtalish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu imkoniyatlar turizm ob'ektida va turizm marshruti davomida turistlarga xizmat qiladigan infratuzilmaning paydo bo'lishidir. Turistik hududlarga yoki ob'ektlarga turistlar qatnovi boshlanganidan so'ng mahalliy aholida turistlarga xizmatlar ko'rsatish istagi paydo bo'ladi, natijada turistlarning nimalarga qiziqishi, ularning talab va ehtiyojlarini o'rgana boshlaydi. Shu tariqa turistik ob'ektlarda turistik marshrut bo'ylab o'ziga xos bo'lgan turistik infratuzilma shakllanish bosqichiga o'tadi.

Turizm marshrutlarini ishlab chiqishning turizm iqtisodiyotidagi o'rnini belgilaganimizda yoki belgilanishining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, birinchi navbatda, yangi ish o'rinlari paydo bo'ladi va aholining ko'pchiligi ayniqsa, yosh kadrlar hamda mutaxassislar ish bilan ta'minlanadi.

Turistik marshrutlar yaratishning yana bir muhim tomoni shundaki, turistik marshrutda turistik oqimning ko'payishi ichki turizmda ham xalqaro turizmda ham elatlar, xalqlar va millatlar o'rtasida munosabat, do'stlik va o'zaro hamkorlik rishtalari paydo bo'ladi. Hozircha bunday do'stona aloqalar asosan shaharlar aholisi bilan chet elliklar o'rtasida yuz bermoqda. Bu holatning asosiy sabablari chet ellik turistlarning hanuzgacha turistik shaharlardan tashqaridagi tabiiy mintaqalarga, landshaft va hushmanzara joylarga, tabiat qo'riqxonalari va milliy bog'larga, suv havzalari hamda shifobaxsh davolash maskanlariga jalb qila olmaganimizdadir.

Turistik marshrutlarni yaratish va ularni tanlash turning maqsadi, transporti, to'xtash nuqtalari, turistlar soni va qolish kunlari, shuningdek, ayrim mamlakatlarda mehmonxonalarni band qilish tartibiga bog'liq bo'ladi. Biroq, sayohatning maqsadiga qarab, turistik marshrutlarni yaratish uchun umumiy talablarni shakllantirish lozim. Masalan, tibbiy, sog'lomlashtirish, dam olish, ziyorat, ishbilarmonlik va boshqa turlarini tashkillashtirishda to'g'ridan-to'g'ri va bir turdagi transportdan foydalanadigan marshrutni ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sargo'zasht, ekstremal, sport, o'quv turlarini tashkillashtirishda esa transport vositalarining aralash turi hamda marshrutning har bir to'xtash nuqtasida bo'lish vaqti inobatga olinishi lozim.

Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizdagi barcha turistik resurslarga turistik marshrutlarni ishlab chiqishni boshlash turizmni rivojlantirishda eng muhim iqtisodiy omili hisoblanadi. Turistik resurslarga turistik marshrutlar ishlab chiqishning nazariy asoslarini o'rganish turizm resurslaridan foydalanishning davlat dasturini ham ishlab chiqishni kun tartibiga qo'yadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O'zbekiston bo'ylab turistik hududlar uchun turli xildagi va mavzudagi turIstik marshrutlarni yaratish masalalari ko'proq amaliyotda bajarilsada, lekin mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ilmiy izlanish va tadqiqotlar o'tkazilishi davomida ko'plab adabiyotlar tahlilida, olimlardan: M.B.Birjakov, A.S.Kuskov, Yu.A.Djaladyan, V.S.Senin, N.M.Biritskaya, T.M.Sergeeva, I.S.Tuxliyev, B.Sh.Safarovlar, R.Xaitboyev, Z.O.Raximov, N.E.Ibadullayev va boshqalar tomonidan olib berilgan tadqiqotlari tahlil qilindi hamda o'rganildi.

Tadqiqot metodologiyasi. Izlanishlarimiz natijasida turizm marshrutlarning faqatgina amaliyotda ko'proq foydalanilganligi sababli nazariy jihatdan o'rganishlar va tahlillarda tadqiqotchilar tomonidan kam o'rganilgan. Tadqiqotni olib borish jarayonida ilmiy abstrakt fikrlash, mantiqiy yondashuv kabi usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Turizm marshrutlarini ishlab chiqish mamlakat hayotidagi o'rni va ahamiyatini belgilashda juda katta imkoniyatlar borligini hisobga olishimiz zarur. Jumladan, sayohat paytida turistlarning xavfsizligini ta'minlash, tashrif buyuriladigan hududlarning aniq marshrutlarini ishilab chiqish va marshrutlarning xavflilik darajalarini tahlil qilishni talab qilmoqda. Bunda tur

boshlanishidan oldin har bir gid boshlovchi yo'riqchi nazorati ostida kelgan turistlarni kichik guruhlarga bo'lgan holda marshrut va boriladigan hudud haqida qisqacha tavsif berib o'tiladi. Tashrif buyuriladigan hududlar marshruti ma'lum tartibda yoritiladi, oldingi va keyingi nuqtalar aniqlanadi va kerak bo'lsa murakkablik darajalariga qarab marshrutga o'zgartirishlar kiritadi. Marshrutda xavfsizlikni ta'minlashda mintaqaning ob-havosiga (shamol, yomg'ir, qor) ham e'tibor beriladi. Mabodo, ob-havo yomonligi tufayli sayohat qilishning iloji bo'lmasa, rejadan tashqari sayohat vaqtinchalik to'xtatilishi ham mumkin bo'ladi. To'xtash hududi uning xavfsizligi, qulayliligi va suv manbasiga yaqinligini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Masalan, marshrut bo'ylab belgilangan to'xtash joylari bo'lmasa, yong'in va ekologik xavfsizlikni hisobga olgan holda belgilangan qoidalarga muvofiq tashkil etiladi. Gid boshlovchi yo'riqchida marshrutning batafsil haritasi, kompas, aloqa vositalari bo'lishi kerak (ob-havo ma'lumotlarini muntazam ravishda olishi kerak).

Marshrutni tanlash tayyorgarlikning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu qoida tariqasida, guruh o'z oldiga qo'ygan maqsadiga, turizm turiga, ishtirokchilarining manfaatlari doirasiga bog'liq bo'ladi. Maqsadlari qanchalik xilma-xil bo'lishidan qat'i nazar, ularni quyidagicha guruhlash mumkin: tarixiy yoki tabiiy yodgorliklarni ziyorat qilish, dam olish hududlariga tashrif buyurish, uzoq masofalar bilan bog'liq jismoniy harakatlar. Amalda ular tabiiy ravishda birlashtirilishi mumkin. Marshrutlarning ba'zi qismlari juda qulay hududlar va yo'llar bo'ylab o'tadi. Shuning uchun tabiiy to'siqlarni yengib o'tishni o'z ichiga olmaydi, hatto ular kartografik materialni ham talab qilmaydi. Buning uchun ommaviy dam olish joylarida joylashgan yo'l belgilari va hududlarning umumiy haritalari yetarli bo'ladi. Bunday yurishlar paytida uzoq dam olishni tashkillashtirish shart emas, chunki faol harakat vaqti qisqa bo'ladi. Ayrim marshrutlar nafaqat katta yo'llar bo'ylab, balki o'rmon yo'llari, daryolar va ko'llar qirg'oqlari yoqalari, botqoqliklar, so'qmoqli tog'li hududlar va dovonlar bo'ylab davom etadi. Bunda ba'zi tabiiy to'siqlar yuzaga kelishi mumkin. (shamol to'siqlari, yomg'ir, toshloq joylar, suv oqimlar, ariqlar). Shu sababdan bunday marshrutlarni tanlashda va tashkillashtirishda albatta, hudud haritasi yoki turistik harita talab qilinadi. Majburiy shart sifatida uzoq dam olish va bir kecha qolishni talab qiladi.

Murakkablik va uzunlik nuqtai nazaridan, kunlik sayohat marshrutining qismi barcha turistlarning imkoniyatlari doirasida bo'lishi kerak. Marshrutni rejalashtirishda yo'lda kutilmagan kechikishlar yuzaga kelganda vaqt zaxirasi hisobga olinadi. Marshrutdagi tabiiy to'siqlarni yengib o'tishda ehtiyot choralari sifatida tartib-intizomning ahamiyati, o'z kuchi va qobiliyatlarini to'g'ri baholay olish, turistlarning o'rmonda, suvda, botqoqli joylarda, tog' yon bag'irlarida, chaqmoq va momaqaldiroq paytida aholi yashash punktlarida turistik yurish qoidalari kabi omillarni hisobga olish zarur bo'ladi.

Turli xil murakkablik toifalaridagi turistik yurishla^a qo'yiladigan talablaг standart jadvaliga muvofiq belgilanadi. Quyida har xil murakkablik toifalaridagi sport yurishlariga mos keladigan miqdoriy o'lchovlaг 1-jadvalda keltiгib o'tilgan.

1-jadval

Turli xil murakkablik toifalaridagi turistik yurishlarga mos keladigan

miqdoriy o'lchovlar

Yurishlar o'lchovi Yurishlar turi Yurishning qiyinchilik toifalari

I II III IV V VI

Yurishning minimum davomiyligi (kunlar kesimida) Piyoda 6 8 10 13 16 20

Tog'da - - - - - -

Marshrut masofasi Piyoda 130 160 190 220 250 300

(km) Tog'da 100 120 140 150 160 160

Yoshi katta turistlar uchun sayohatning eng kam murakkablik darajasidagi toifada gumhdagi tuгistlaг soni 4 kishidan iboгat bo'lishi mumkin. Ishtirokchilarning maksimal soni yurish tezligi va marshrutning murakkabliligiga bog'liq bo'ladi. Masalan:

S yurishlar (1 yoki 2 kunlik), ekspeditsiyalar, ekskursiyalar-30 kishigacha;

S 1, 2, 3 toifali murakkablik darajasidagi yurishlar-20 kishigacha;

S 1 toifali murakkablik darajasidagi yurishlar-15 kishigacha;

S 2, 3 toifali murakkablik darajasidagi yurishlar-12 kishigacha bo'lishi mumkin.

2-jadval

Turli xil murakkablik toifalaridagi turistik yurishlarga qo'yiladigan

talablar

Yurishlarning murakkablik darajasi (toifada) Minimal yosh, yil Gid boshlovchi yo'riqchining turistik tajribasi va amaliy ko'nikmalari

1-toifali murakkablik darajasi 18 1-toifali murakkablik darajasidagi yurishda qatnashish, 3-toifali murakkablik darajasida yurish piyoda sayohat shaklida amalga oshiriladi. Turizmning barcha turlari uchun esa 2-toifali murakkablik darajasidagi sayohatda qatnashish, 3-toifali murakkablik darajasidagi sayohatga rahbarlik qilish mumkin.

2-toifali murakkablik darajasi 19 3-toifali murakkablik darajasidagi yurishda qatnashish, 1-toifali murakkablik darajasidagi sayohatga rahbarlik qilish mumkin.

3-toifali murakkablik darajasi 20 4-toifali murakkablik darajasidagi yurishda qatnashish, 2-toifali murakkablik darajasidagi sayohatga rahbarlik qilish mumkin.

4-toifali murakkablik darajasi 21 5-toifali murakkablik darajasidagi yurishda qatnashish, 3-toifali murakkablik darajasidagi sayohatga rahbarlik qilish mumkin.

5-toifali murakkablik darajasi 22 5-toifali murakkablik darajasidagi yurishda qatnashish, 4-toifali murakkablik darajasidagi sayohatga rahbarlik qilish mumkin.

Gid boshlovchi yo'riqchi yetarli darajada turizm sohasi va maxsus (turizm tuñari bo'yicha) tajгibaga ega bo'lishi ke^. Undan 1-toifali murakkablik daгajasidagi sayohatlaráa ekstгemal tuгizm bo'yicha mutaxassislar uchun seminar-trening shaklida, 2-toifa uchun o'rtacha tuгistik tayyoгgaгlik shaklida mashg'ulotlar talab qilinadi.

Gid boshlovchi yo'гiqchi ishtirokchilarning xavfsizligi, sog'lig'i va hayoti uchun, shuningdek, marshrut va turistik dasturga muvofiq sayohatni o'tkazishda javobgar shaxs hisoblanadi.

3-jadval

Piyodalar marshruti va toifalarining tasniflanishi

Marshrutning murakkabligi Marshrutning masofasi (km) Marshrut davomiyligi (kunlar kesimida)

1-murakkablik darajasi 30 3-4

2-murakkablik darajasi 50 5-7

3-murakkablik darajasi 75 7-10

I-murakkablik toifasi 130 7-14

II-murakkablik toifasi 180 10-14

III-murakkablik toifasi 220 12-16

IV-murakkablik toifasi 280 14-20

V-murakkablik toifasi 340 20-26

VI-murakkablik toifasi 400 30-45

Shuningdek, turistik marshrutlarni tahlil qilishimizda uning muгakkabligidan kelib chiqib tasniflasak bo'ladi. Bunda biz yuqoridagilarni umumlashtirib, гuscha tasniflashni misol taгiqasida keltiгib o'tamiz. Tuгistik ma^ht-ut^ qoida taгiqasida A va B toifalari bo'yicha 1 dan 6 gacha gumMa^a ajratilishi quyidagi jadvalda aks etgan.

Xulova va takliflar. Bugungi kunda ushbu sohada olib borilayotgan davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini majmuali jadal rivojlantirish, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish, ish o'rinlarini ko'paytirish, hududlar va turistik marshrutlarni diversifikatsiya qilish hamda rivojlanishini ta'minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning turistik jozibadorligi hamda imidjini yaxshilashga qaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг "2019-2021 йилларда Тошкент вилоятида туризм сохдсини жадал ривожлантириш тугрисида"ги 1053-сонли ^арори

2. Биржаков М.Б. Введение в Туризм. -СПб.: Издательский Торговий дом Герда, 2000. -с 26.

3. Бирицкая, Н.М., Сергеева, Т.М. Туроперейтинг: Учебно-методическое пособие. - Мн.: БГЕУ, 2010. - с 27.

4. Кусков А.С., Джаладян Ю.А. Основы туризма: учебник / - 4-е изд., перераб. - М.: КНОРУС, 2015. -с 126.

5. Сенин В.С. Организация международного туризма. Учебник. -2-е изд., перераб. И доп. -М.:Финансы и статистика, 2014. - с 28.

6. Tursunova G.R. Milliy turizm xizmatlar bozorida «turizm marshruti» tushunchasining mohiyati va ta'rifi. Iqtisodiyot va ta'lim. Tom 24 soni (2023).

7. https://xn--07-9kc9a5a.xn--p1ai/archives/3996

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.