Научная статья на тему '“OLTIN HALQA” TURISTIK MARSHRUTI XORIJ TAJRIBASINI O‘ZBEKISTONNING TURISTIK HUDUDLARIDA QO‘LLASHNING NAZARIY MASALALARI'

“OLTIN HALQA” TURISTIK MARSHRUTI XORIJ TAJRIBASINI O‘ZBEKISTONNING TURISTIK HUDUDLARIDA QO‘LLASHNING NAZARIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turistik marshrut / Rossiya tajribasi / “Oltin halqa” / “Oltin halqa” konsepsiyasi / turistik oqim / turizm statistikasi. / tourist route / Russian experience / “Golden Ring” / concept of the “Golden Ring” / tourist flow / tourism statistics.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Tursunova G.R.

Maqolada “Oltin halqa” turistik marshruti tushunchasi, Rossiya tajribasi, uning imkoniyatlari va uni O‘zbekistonning turistik hududlarida qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy va rossiyalik turistlar haqidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL ISSUES OF APPLYING FOREIGN EXPERIENCE OF THE “GOLDEN RING” TOURIST ROUTE IN TOURIST REGIONS OF UZBEKISTAN

The article discusses the concept of the “Golden Ring” tourist route, the experience of Russia, its capabilities and application in the tourism sectors of Uzbekistan. Information about foreign and Russian tourists who visited Uzbekistan was also mentioned

Текст научной работы на тему «“OLTIN HALQA” TURISTIK MARSHRUTI XORIJ TAJRIBASINI O‘ZBEKISTONNING TURISTIK HUDUDLARIDA QO‘LLASHNING NAZARIY MASALALARI»

Tursunova G.R.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Turizm" kafedrasi dots.v.b.

"OLTIN HALQA" TURISTIK MARSHRUTI XORIJ TAJRIBASINI O'ZBEKISTONNING TURISTIK HUDUDLARIDA QO'LLASHNING

NAZARIY MASALALARI

Annotatsiya. Maqolada "Oltin halqa" turistik marshruti tushunchasi, Rossiya tajribasi, uning imkoniyatlari va uni O'zbekistonning turistik hududlarida qo'llash masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, O'zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy va rossiyalik turistlar haqidagi ma 'lumotlar ham keltirib o 'tilgan.

Kalit so 'zlar: turistik marshrut, Rossiya tajribasi, "Oltin halqa ", "Oltin halqa " konsepsiyasi, turistik oqim, turizm statistikasi.

Tursunova G.R. associate professor Department of Tourism Samarkand Institute of Economics and Service

SamIES

THEORETICAL ISSUES OF APPLYING FOREIGN EXPERIENCE OF THE "GOLDEN RING" TOURIST ROUTE IN TOURIST REGIONS OF

UZBEKISTAN

Abstract. The article discusses the concept of the "Golden Ring" tourist route, the experience of Russia, its capabilities and application in the tourism sectors of Uzbekistan. Information about foreign and Russian tourists who visited Uzbekistan was also mentioned.

Key words: tourist route, Russian experience, "Golden Ring", concept of the "Golden Ring", tourist flow, tourism statistics.

Kirish. Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, marshrutlarning xilma-xil va jozibador bo'lishi turli omillarga bog'liq bo'ladi. Bunda marshrutlarni ishlab chiqishda mamalakatning geografik joylashuvi, iqlim-tabiati, flova va faunasi, turistik shaharlarning o'zaro bir-biriga bog'liqligi, ular o'rtasidagi masofa, yo'l infratuzilmasi, turistik resurs va ob'ektlarning turlari, turistik shaharlar va destinatsiyalarda joylashuvi, ularni bog'lab turuvchi asosiy yo'llarning infratuzilmasi, turistik resurslarning turistlarni qabul qilish imkoniyati, moddiy va nomoddiy qiymatga egaligi kabilarni inobatga olgan holda ularni turlarga va shakllarga bo'lish mumkin.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O'zbekiston bo'ylab turistik hududlar uchun turli xildagi va mavzudagi turIstik marshrutlarni yaratish masalalari ko'proq amaliyotda bajarilsada, lekin mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ilmiy izlanish va tadqiqotlar o'tkazilishi davomida ko'plab adabiyotlar tahlilida, olimlardan: M.B.Birjakov, A.S.Kuskov, Yu.A.Djaladyan, V.S.Senin, N.M.Biritskaya, T.M.Sergeeva, I.S.Tuxliyev, B.Sh.Safarovlar, R.Xaitboyev, Z.O.Raximov, N.E.Ibadullayev va boshqalar tomonidan olib berilgan tadqiqotlari tahlil qilindi hamda o'rganildi.

Tadqiqot metodologiyasi. Izlanishlarimiz natijasida turizm marshrutlarning faqatgina amaliyotda ko'proq foydalanilganligi sababli nazariy jihatdan o'rganishlar va tahlillarda tadqiqotchilar tomonidan kam o'rganilgan. Tadqiqotni olib borish jarayonida ilmiy abstrakt fikrlash, mantiqiy yondashuv kabi usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Bugungi kunda butundunyoda eng keng tarqalgan turistik marshrutlardan biri "Oltin halqa" nomli turistik marshruti bo'lib, juda mashhur marshrut shakli sanaladi. O'zbekistonda asosan yagona "Oltin halqa" nomli marshruti an'anaviy mashrut sifatida turistlar orasida tanilgan.

Ushbu atamaning o'zi 1967-yilda rossiyalik jurnalist Yuriy Bichkov tomonidan ixtiro qilgan va "Sovet madaniyati" nomli gazetada marshrut atamasi, "Rossiyaning oltin halqasi" umumiy sarlavhasi ostida qadimgi rus shaharlari haqida bir qator insholarni yozib qoldirgan51. Turistlar bilan aylana marshrut bo'yicha ilk parvoz 1971-yil 17-yanvarda bo'lib o'tgan.

Bugungi kunda ushbu atama MDH ning ko'plab mamlakatlarida mintaqaning asosiy joylariga turistik yo'nalishlarni belgilash uchun keng qo'llanilmoqda.

2018-yilda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi "Rossiyaning oltin halqasi" turistik marshrutiga kirishni xohlagan va da'vogar yangi shaharlar uchun talablarni ishlab chiqdi hamda ularlar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra shaharlar tarixiy va madaniy, dam olish va ko'ngilochar, infratuzilma, turistik axborot, transport va logistika tarkibiy qismlariga tegishli 5 ta bo'limdan iborat. Ya'ni tarixiy shahar XV asrdan kech tashkil etilgan bo'lishi kerak emas. Shaharda kamida 10 ta ko'rgazma ob'ekti, yaxlit tarixiy arxitektura va rejalashtirish shahar muhiti saqlanib qolgan bo'lishi kerak.

Shuningdek, shaharda kamida 15 ta madaniy meros ob'ektlari, yodgorliklari, ansambllar va diqqatga sazovor joylar bo'lishi, ularning kamida 50% qoniqarli holatda bo'lishi shart. Shaharning qulayliklari (piyodalar hududlarining mavjudligi, ko'kalamzorlashtirilganligi, asosiy madaniy meros ob'ektlarining yoritilganligi), bog'larning mavjudligi, rekreatsion marshrutlar (kamida 5 ta)ning bo'lishi ham muhim mezon hisoblanadi. Ko'ngilochar joylardan teatr va kino zallari bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu mezonga yana 4-5 yulduzli mehmonxonalarda kamida 80 o'rin, 2-3 yulduzli

51https://welcome.mosreg.ru/news/zapusku-turisticeskogo-marsruta-zolotoe-kolco-ispolnilos-50-let-197

mehmonxonalarda kamida 250 o'rin va boshqa joylashtirish ob'ektlarida kamida 250 o'rin, kamida 20 ta milliy oshxonaga ega ovqatlantirish shaxobchalari (jami 800 o'rindan kam bo'lmagan)nig bo'lishi nazarda tutilgan.

Turistik axborot ta'minotida shaharning o'z veb-sayti, turli xil ekskursiya dasturlari, ziyoratgohlar va yuqori sifatli yo'l navigatsiyasiga ega bo'lishi kerak. Shuningdek, ushbu mezonga ko'ra, turistlar uchun barcha mavsumiy transport vositalarining qulayligi ta'minlangan bo'lishi, muntazam jamoat transport marshrutlari tashkil etilganligi va avtoturargohlarning jihozlanishi kabilar belgilanadi52.

Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiyning bergan ma'lumotiga ko'ra "Oltin halqa" turistik marshrutiga yiliga bittadan ortiq shahar kiritilmaydi. Bugungi kunda Tula, Borovsk, Tarusa va Kaluga kabi shaharlar da'vogar bo'lib turibdi. Shuni ta'kidlash lozimki, "Rossiya oltin halqasi" turistik marshruti dastlab beshta mintaqadagi sakkizta shaharlarni-Sergiyev Posad, Pereslavl-Zalesskiy, Rostov, Yaroslavl, Kostroma, Ivanovo, Suzdal, Vladimir va 2018-yilda Uglich marshrutga kiritilgan. Har bir shaharda 30 ga yaqin turistik va rekreatsion klaster va rivojlanish nuqtalari mavjud. Bugungi kunda yana 18 ta rekreatsion klasterni joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangilangan Rossiyaning "Oltin halqa" turizm brendi Markaziy federal okrugining to'qqizta hududiga kengaytiriladi. Bular Kaluga, Yaroslavl, Tula, Vladimir, Kostroma, Tver, Moskva, Ryazan va Ivanovo viloyatlari hududlarini o'z ichiga oladi. Oltin halqa marshruti rossiyalik turistlar uchun Rossiya junibidan keyin, xorijliklar uchun esa Moskva va Sankt-Peterburgdan keyin ikkinchi eng mashhur yo'nalish hisoblanadi.

2021-yilda hududga tashrif buyurgan turistlar 20, 6 mln.ni tashkil etdi. Yirik Oltin halqa hududiga 12, 3 mln xorijliklar va 15, 9 mln ekskursantlar tashrif buyurishgan. Shu bilan birga turistik oqimining yarmining manbai Moskvadir.

2035-yilga kelib, yangilangan Rossiyaning "Oltin halqa" marshruti bo'yicha sayohatlar soni 1, 5 baravar-30 mlngacha ko'payishi rejalashtirilmoqda. 2035-yilgacha turizmni rivojlantirish bashoratiga ko'ra, hududga turistlarning oqimi 30% ga oshib, yiliga qariyb 30 mln turistni tashkil etadi, bu esa mamlakat turizmni rivojlantirish strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlari bo'yicha ichki turistik oqimining 1/5 qismini egallaydi53.

Yirik Oltin halqa hududiga hozirda ichki turizm uchun ikkinchi eng mashhur yo'nalish bo'lib turibdi, biroq ko'pincha turistlar bir kunlik yo'nalishdagi shaharlardan biriga tashrif buyurishadi. Hammasi bo'lib, u federal ahamiyatga ega bo'lgan 45 ta tarixiy aholi punktlaridan 19 tasini, Rossiyaning barcha madaniy meros ob'ektlarining 20% ni va 1, 9 mingdan ortiq alohida muhofaza qilinadigan hududlarni o'z ichiga oladi54.

52https://www.atorus.ru/news/press-centre/new/41986.html

53https://tourism.interfax.ru/ru/news/articles/90204/

54https://tourism.interfax.ru/ru/analytics/market_overview/90946/

Turoperator mutaxassislarning ta'kidlashicha, turistlar deyarli hech qachon "Oltin halqa" marshrutida ko'rsatilgan barcha shaharlariga bir vaqtning o'zida tashrif buyurish uchun turga bormaydilar. Ko'pincha 2 kundan 10 kungacha davom etadigan turlar taklif etiladi. Lekin marshrutning davomiyligi ba'zida shaharlar bo'ylab 10-20 kun ham davom etishi mumkin. Ammo turistlar ushbu marshrutdagi shaharlarni bir necha turlar orqali ko'rishga sazovor bo'lishadi. O'rta hisobda "Oltin halqa" turistik marshrutning o'rtacha davomiyligi 3 kunni tashkil etadi, bu vaqt ichida turistlar faqatgina 2-4 tagacha shaharni o'zlari uchun kashf qilishga ulgurishadi, xolos.

Xorijiy turistlar uchun ham xuddi shunday tajribani guvohi bo'lishi mumkin. Bunda ichki turistlar "Oltin halqa" marshruti bo'ylab kichik-kichik sayohatlarni amalga oshirib bo'lgandan so'ng qaytib kelib, keyingi safar qolgan shaharlarni yana ko'rish imkoniga ega bo'lishlari mumkin, lekin xorijiy turistlar ko'pincha ikkinchi marotaba bu yo'nalishdagi shaharlarni tanlashmaydi. Sayohat uchun aniq bir shaharni tanlashda xorijiy turistlar ularning "milliy ko'rki, serjilo mavjudligiga" ya'ni koloritga ko'proq etibor berishadi.

Turistlar qaysi mamlakat va hududga bormasin albatta, ularni shaharning qandaydir "fishkasi" bo'lishini yoqtirishadi. Bu o'ziga xos takrorlanmas eksponatlariga ega muzey, antiqa xizmatlarni ko'rsatuvchi joylashtirish vositasi yoki gastronik turlardagi o'zgacha ta'mga ega taom va ichimliklar bo'lishi mumkin. Shuningdek, turistlar tanlovini tahlil qilganimizda ular zamonaviy transport imkoniyatlari yuqori bo'lgan shaharlarni tanlashadi. Bundan tashqari turistlar sayr qilishlari uchun tarixiy joylar bo'lishi ham muhim hisoblanadi. Imkon qadar, turistik ob'ektlar bir-biriga yaqin bo'lishi maqsadga muvofiq.

Shunisi qiziq-ki, turistlar tashrifi uchun shaharlarni tanlash "Oltin halqa" brendiga mansubligi bilan belgilanmaydi. Aksincha shahar qanchalik jozibador va dam olish uchun yetarli taassurotlarga boy bo'lishi muhim hisoblanadi.

"Oltin halqa" turistik marshrutdan tashqari turlarni tanlaydigan turistlar ham mavjud. Ular uchun hali oldin ma'lum bo'lmagan joylardagi diqqatga sazovor joylarni ko'rishi va shaharlar orasidagi masofalar 2-3 soatdan oshmasligi muhim omil deb aytish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to'g'risida"gi 1053-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori hududlarning o'zaro bog'liqligini ta'minlash orqali turistlar sayyohati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, viloyatning o'ziga xos tabiiy hududlarida yangi turizm yo'nalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada ko'paytirish, zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, turizm yo'nalishlaridagi tadbirkorlik sohasiga ushbu hududlar aholisini keng jalb qilish maqsad qilingan. Shuningdek, qarorda Toshkent viloyatning Bo'stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo'ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida zarur infratuzilmani shakllantirish orqali ular o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ta'minlash asosida turistlarning uzluksiz sayohatlari

uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu hududlarni «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi asosida rivojlantirish aytib o'tilgan.

Toshkent viloyatida turizm «Oltin xalqa» konsepsiyasini amalga oshirish istiqbolli hududlarning yangi turizm yo'nalishlari bo'yicha o'zaro bog'liqlikda rivojlantirish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, taklif etiladigan turizm mahsulotlari turlarini kengaytirish, turizm sohasida aholi bandligini oshirish va daromadlarini ko'paytirishga qaratilgan.

Konsepsiya doirasida dastlab turizm salohiyati yuqori bo'lgan Bo'stonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Bo'ka, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi va u keyinchalik viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi.

Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish uchun juda qulay hudud hisoblanadi. Viloyat turizmning barcha yo'nalishlari, logistika va tabiiy iqlim xususiyatlari bo'yicha ko'plab imkoniyatlarga ega, xususan:

Bo'stonliq tumani-«Chorvoq» erkin turistik zonasi, Ugam-Chotqol milliy bog'i, «Chorvoq» suv omboriga ega, shuningdek, turizm yo'nalishlarining barcha turlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud;

Parkent tumani-tog'oldi hududi hisoblanadi, tabiati go'zal, ziyoratgohlari, agroturizm maskanlari, mazali ovqatlanish shoxobchalari mavjud;

Zangiota tumani-tarixiy hudud hisoblanadi, ziyorat turizmi ob'ekti bo'lgan «Zangiota» majmuasi, hunarmadchilik markazlari, savdo majmualariga ega;

Ohangaron tumani-tarixiy manzilgohlar, madaniy meros ob'ektlariga boy, sanoat turizmi yo'nalishi bo'yicha turizm namoyishi ob'ektlariga ega;

Bo'ka tumani-gastronomik turizm yo'nalishida o'ziga xos turizm namoyishi ob'ektlari mavjud;

Chinoz tumani-Toshkent va vohani bog'lovchi asosiy magistral yo'l bo'yida joylashgan, agroturizm, gastranomik turizm va turizmning boshqa yo'nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega;

Angren shahri-sanoat shahri hisoblanadi, Yangiobod va Lashkarak hududlarining tabiati go'zal, turistlarga xizmat ko'rsatuvchi yo'lbo'yi ovqatlanish shoxobchalariga ega.

Toshkent viloyatining «Oltin xalqa» turizm konsepsiyasi turistlarni tizimli jalb qilish maqsadida barcha turizm xizmatlarini ko'rsatishni tartibga solish, hududning jozibadorligini oshirish, turistlar logistikasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ularning uzoq muddat viloyat hududida bo'lishlarini ta'minlashga qaratilgan.

Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilangan:

hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadlarini oshirish;

turistlar vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish;

turizm infratuzilmasi ob'ektlariga xizmat ko'rsatishni tashkil etish, madaniy dam olish, turli xil sport turlari, eko, agro va ekstremal turizm bilan bog'liq xizmatlar tashkil etish55.

Konsepsiyada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

1. Zangiota-Chinoz-Bo 'ka-Ohangaron-Angren-Parkent-Bo' stonliq yo'nalishida turizm marshrutlari va yo'l ko'rsatkich haritalarini ishlab chiqish.

2. Hududlardagi turistik ob'ektlarni xatlovdan o'tkazish, ob'ektlarning barcha ma'lumotlarini o'z ichiga olgan pasportlarini tayyorlash, har bir turizm ob'ektida xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash bo'yicha yo'l haritalarini ishlab chiqish.

3. Turizm marshrutlaridagi mavjud yo'lbo'yi infratuzilmalarini xatlovdan o'tkazish, ularda xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash choralarini ko'rish, yangi tashkil etish zarur bo'lgan yo'lbo'yi infratuzilmalarini joylashtirish manzillarini belgilash va namunaviy loyihalarini tayyorlash.

4. Turizm marshrutlarida yangi turizm ob'ektlarini tashkil etish yuzasidan jahon tajribasini o'rganish, yangi turizm ob'ektlarini barpo etish manzillarini aniqlash, namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

5. Turizm marshrutlarida alohida «Oltin halqa» yo'nalishli taksilar, zamonaviy yengil avtomashinalar, mikroavtobuslar va avtobuslarning qatnovini tashkil qilish.

6. Konsepsiya doirasida hududlarning yo'l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko'rish.

7. Hududlarda turistlar uchun milliy urf-odatlarni namoyish etuvchi madaniy-ko'ngilochar tadbirlar tashkil qilish dasturini ishlab chiqish va doimiy ravishda tashkil etish.

8. Har bir hududning milliy choyxonalarini tashkil etish.

9. Hunarmandchilikni rivojlantirish, turistlar uchun esdalik sovg'alari tayyorlashni yo'lga qo'yish, hunarmandlarning uy muzeylarini tashkil etish.

10. Oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish.

11. «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi doirasida Toshkent viloyatining turizm salohiyatini targ'ib qilish bo'yicha videoroliklar, qo'llanmalar, yo'l ko'rsatkichlar, reklama-targ'ibot materiallari tayyorlash va tarqatish.

12. Turizm ob'ektlarida xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash bo'yicha sohada faoliyat yuritayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar xodimlari uchun maxsus o'quv kurslarini tashkil qilish.

Ushbu marshrutni tashkil etish natijasida mehmonxonalar soni 4 baravardan ortiq, mehmon uylari esa 4 baravar va turistlar soni 2 baravar ortishiga erishish mumkin.

O'zbekistonga 10-12 yil oldin kelgan turistlar va bu yil yana tashrif buyurganlar mamlakat turistlar uchun ancha ochiq bo'lganini ta'kidlashmoqda.

55 Узбекистан Республикаси Вазирлар Мадкамасининг "2019-2021 йилларда Тошкент вилоятида туризм содасини жадал ривожлантириш тугрисида"ги 1053-сонли Кдрори

Shuningdek, Butunjahon Turizm tashkilotining baholashicha, respublika turizm sohasi jadal rivojlanayotgan davlatto oгasida to'гtinchi o'гinni egallagan. Agar 2016-yilda respublikaga 2, 2 mln tuгist tashrif buyuгgan bo'lsa, 2019-yilda ularning soni 6, 7 mln kishiga yetgan. 2022-yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga oshib, 5, 2 millionga yetdi. Bu ko^satkich 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3, 4 mln nafarga yoki 2, 8 barava^a oshganini statistik ma'lumotlaгdan ko'гishimiz mumkin.

2013-ннл 2019-йил 2020-нил 2021-ннл 2022-ннл 2023 -зал

■ Хорнжий туристпар ■ Россиятшк турнстлар

1-rasm. 2018-2023 yillapda O'zbekiktonga tashpif buyupgan xorijiy va

rossiyalik tupiktlap soni

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 6, 6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlaráa O'zbekistonga tashrif buyuгgan. Statistika agentligi xabaгiga ko'ra, ushbu ko'гsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1, 4 mln nafarga yoki 26, 6 foizga oshgan56.

Pandemiyadan oldingi davrda turistlar soni sezilarli darajada oshdi. Rossiya biz uchun yetarlicha katta bozor, 2018-yilda O'zbekistonga tashrif buywgan turistlar soni 2017-yilga nisbatan 2 baravarga oshib, 5 mln 347 ming kishiga yetdi. Jumladan, Ma^aziy Osiyoning qo'shni davlatlaridan 4, 6 mln kishi tashrif buyurib, birgina Rossiyadan kelgan turistlar soni qariyb 3 baravar oshib, 460166 nafarga yetdi. 2019-yilda rossiyaliklaming ulushi deyarii 30% ya'ni 455470 nafarga oshdi. 2020-yilda 600 ming kishi kutilgan bo'lsa, afsuski 81600 nafar tashrif buyurdi. 2021-yilda esa O'zbekistonga 110 mingga yaqin rossiyalik turistlarni kelishi rejalashtirilgan edi. 2022 yilda 567725 nafar, 2023 yilda esa 714282 nafar Rossiya fuqarolari turistik maqsadda O'zbekistonga tashrif buyurgan.

56 https://kun.uz/kr/news/2024

Xulova va takliflar. Qayd qilinganlardan xulosa qilsak, turizmni rivojlantirishning muhim asoslaridan biri turistik resurslarga marshrutlar ishlab chiqish hisoblanadi. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishning turizm rivojiga ta'siгi nazariy jihatdan olib qaгalganda yana Ыг imkoniyatga to'xtalish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu imkoniyatlaг turizm ob'ektida va tuгizm maгshгuti davomida turist^ga xizmat qiladigan infгatuzilmaning paydo bo'lishidir. Tuгistik hududlaгga yoki ob^tla^a tuгistlaг qatnovi boshlanganidan so'ng mahalliy aholida tuгistlaгga xizmatlaг ko'гsatish istagi paydo bo'ladi, natijada turistlarning nimalarga qiziqishini, ulaming talab va ehtiyojlarini o'гgana boshlaydi. Shu tariqa tuгistik ob'ektlaгda tuгistik maгshrut bo'ylab o'ziga xos bo'lgan tuгistik infratuzilma shakllanish bosqichiga o'tadi.

Tuгizm marehratlarini ishlab chiqishning tuгizm iqtisodiyotidagi o'mini belgilaganimizda yoki belgilanishining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, birinchi navbatda, yangi ish o'rinlari paydo bo'ladi va aholining ko'pchiligi ayniqsa, yosh kadriaT hamda mutaxassis^ ish bilan ta'minlanadi.

Yuqoridagi statistik ma'lumotla^an ko'гinib tuгibdiki, "Oltin halqa" turistik marshmtini Rossiya tajгibasi asosida o^ganib, uni O'zbekistonda qo'llash yaxshi samara beradi deb hisoblaymiz. Chunki O'zbekistonda turistik marshrutlarning mavzuli, maqsadli va majmuali yo'nalishini tashkil qilish uchun yetarli salohiyat mavjud. Buning natijasida O'zbekistonga tashгiflaг soni yanada ortishiga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Узбeкиcтон Рecпyбликacи Вaзиpлap Мaxкaмacининг "2019-2021 йиллapдa Тош^нт вилоятидa тypизм ш^шни жaдaл pивожлaнтиpиш тyFpиcидa"ги 1053-cонли Kapоpи

2. https://welcome.mosreg.ru/news/zapusku-turisticeskogo-marsruta-zolotoe-kolco-ispolnilos-50-let-197

3. https://www.atorus.ru/news/press-centre/new/41986.html

4. https://tourism.interfax.ru/ru/news/articles/90204/

5. https://tourism.interfax.ru/ru/analytics/market_overview/90946/

6. https://kun.uz/kr/news/2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.