Научная статья на тему 'TURFA MAMLAKATDAGI O'XSHASH TAQDIRLAR'

TURFA MAMLAKATDAGI O'XSHASH TAQDIRLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
roman / ingliz / o’zbek / adabiyot / qahramon / tasvir / mavzu. / novel / Uzbek / English / literature / protagonist / description / theme.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shoirabonu Islomova

Maqolada o‘zbek va ingliz adabiyotida o’xshash mavzuda yaratilgan asarlar tahlil qilingan. Ikki xil davlatning jamiyatidagi qaltis vaziyatlar, turmush tarzining og‘irligi va yosh bolalarning achinarli taqdirlari tasvirlangan. Har ikki asarning bosh qahramonlari yoshligidan qiyinchilikda yashab, o‘zining tirishqoqligi, halol va mehnatsevarligi uchun baxtli va to‘kis hayotini qurishga muyassar bo’lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes two novels written in Uzbek and English literature that share similar topic. It describes the precarious conditions in the countries, the challenges of life and the pathetic life of young children. The main characters of both works faced challenges from their youth and built their happy life due to their diligence, honesty and hardwork.

Текст научной работы на тему «TURFA MAMLAKATDAGI O'XSHASH TAQDIRLAR»

TURFA MAMLAKATDAGI O'XSHASH TAQDIRLAR Shoirabonu ISLOMOVA

O'zDJTU Ingliz tili 2-fakultet 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: N. MUXAMMEDOVA, PhD., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11109056

Annotatsiya. Maqolada o'zbek va ingliz adabiyotida o'xshash mavzuda yaratilgan asarlar tahlil qilingan. Ikki xil davlatning jamiyatidagi qaltis vaziyatlar, turmush tarzining og'irligi va yosh bolalarning achinarli taqdirlari tasvirlangan. Har ikki asarning bosh qahramonlari yoshligidan qiyinchilikda yashab, o'zining tirishqoqligi, halol va mehnatsevarligi uchun baxtli va to'kis hayotini qurishga muyassar bo'lgan.

Kalitso'zlar: roman, ingliz, o'zbek, adabiyot, qahramon, tasvir, mavzu.

Abstract. This article analyzes two novels written in Uzbek and English literature that share similar topic. It describes the precarious conditions in the countries, the challenges of life and the pathetic life of young children. The main characters of both works faced challenges from their youth and built their happy life due to their diligence, honesty and hardwork.

Key words: novel, Uzbek, English, literature, protagonist, description, theme.

XIX asr ingliz adabiyotining sevimli yozuvchisi, hali tirikligidayoq kitobxonlar sevgisini qozongan Ch.Dikkens (1812-1870) jahon adabiyoti klassikasi orasida yetakchi o'rin egallaydi. U o'z davrida Angliyadagi eng jo'shqin, ilhombaxsh maqsadlari sari intiluvchi yetuk shaxs bo'lgan. U nafaqat Angliyaga, balki butun dunyoga taniqli yozuvchidir. Oradan 200 yil vaqt o'tgan bo'lsa-da, uning asarlari kitobxonlar tomonidan sevib o'qilmoqda. [1]. Ch.Dikkens (1812-1870) asarlari juda katta salohiyat va o'zgacha mahorat bilan yozilganki, uni o'qigan kitobxon qahramonlar taqdiriga befarq qarab tura olmaydi, asardagi qahramonlar bilan birga shodlik kunlarida quvonadi, tunlari asar og'ushida uxlolmay chiqadi. Uning mana shunaqa hissiyotlarni junbushga keltiradigan, kitobxonlarni uxlolmay to'lg'onishiga sabab bo'lgan yana bir asari "Great Expectations", ya'ni "Katta Umidlar"dir. Bu asar bir qancha maqsadlar uchun yozilgan: Viktoriya jamiyatini tanqid qilish, Ch.Dikkens o'zi uchun asar yozishni mashq qilish, biroq bundagi asosiy maqsad, ehtimol, haqiqiy shaxsni qidirish yoxud komil inson bo'lishni o'rganishdir. [2] Asarning bosh qahramoni Pip ota-onasidan erta yetim qolgan bola. Uning boshini silaydigan, maktabdan kelishini intizorlik bilan kutib turadigan, kelganida "Bolam, qo'zim" deb suyadigan hech bir insoni yo'q. Pipning faqatgina bir opasi bor, ammo uni biz bu insonlar qatoriga kirita olmaymiz. Uning opasi kasbi temirchi bo'lgan bir inson bilan turmush qurgan. Opasidagi Pipga nisbatan bo'lgan qahr-g'azab, adolatsizlik, unga mehr ko'rsatish o'rniga beradigan ta'na-dashnomlari, hech bo'lmaganda, pochchasining vijdonini qiynaydi. Pochchasi opasidan farqli o'laroq, rahmdil va mehribon inson. U o'zidagi mehr-muruvvatni, qo'lidan keladigan yordamni Pipdan ayamaydi. Pip ham pochchasining ishxonasida ishlay boshlaydi. Ayni o'ynab kuladigan, boshqa tengdoshlari qatori maktabda o'qishi kerak bo'lgan bola hayotini ishga, pul topishga bag'ishlashi qanchalik achinarli holat. Hayotida qanaqa qiyinchilik bo'lmasin, neki kulfatlarni boshidan kechirmasin,, bir zum bo'lsa-da, u o'qish istagidan voz kechmadi, hayoti bir kun yaxshiliklarga to'la bo'lishiga, albatta, bir kun o'qishni davom ettirib, o'qimishli inson bo'lishiga chin dildan ishondi. Pipning ulg'aygan muhiti qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, u hech qachon vijdoniga xiyonat qilmadi, boshqalarga yaxshilik qilishdan to'xtamadi. Bu esa uning pok qalbli, go'zal xulqli insonligining dalilidir. Uning atrofi faqat yomon insonlarga to'la deyish noto'g'ri, albatta. Pip unga yordam

beradigan, o'qishi, ilm olishi uchun qayg'uradigan, unga o'z farzandidek munosabat qiladigan insonlarni ham hayotida uchratadi. Shu insonlardan biri bu Abel Magvitchdir. Magvitch Pipga o'z otasidek g'amxo'rlik qiladi, har doim uning yonida turib, mehr-muruvvat ko'rsatadi. Borabora esa bu inson bolaning ta'lim olishi, barcha niyatlarini amalga oshirishi, yaxshi hayotda yashashi uchun imkoniyat yaratib beradi. "My name is Jaggers, I'm lawyer, he said. Joe Gargery, I'm sent by someone who suggests cancelling this boy's apprenticeship to you. Now, what I have to say, and remember, I'm only an agent, I don't speak for myself, is that this young man has great expectations." Joe and I gasped and looked at each other. "I have been told to say that he will be rich when he is older. In addition, the person who sent me wants the young man to be removed from his home and educated as a gentleman who expects to inherit a fortune". My dream had come true. [3] "Mening ismim Jagger, men advokatman. Joe Gargery, meni sizga bu bolaning shogirdligidan voz kechishni taklif qilgan kishi yubordi. Endi shuni aytishim kerakki, men faqat agentman, men o'zim uchun gapirmayman, bu yigitdan kata umidlar bor". Joe va men nafas oldik va bir-birimizga qaradik. "Menga aytishdiki, u kattaroq bo'lganda boy bo'lishi mumkin. Qolaversa, meni yuborgan odam yigitni uyidan olib ketishni va merosxo'r bo'lishini kutgan janob sifatida tarbiyalashni xohladi". Mening orzum amalga oshdi.

Pip bu ishlarni qilgan odam Magvitch emas, boshqa kishi deb o'ylaydi, ammo keyinchalik, baribir haqiqat qaror topganda, Magvitch Pip uchun eng aziz va oliyjanob insonligiga yana bir bor amin bo'lad. Oxir-oqibatda, Pip o'z niyatiga yetdi, yillar bo'yi chekilgan zahmat qilingan mehnat, uning pok qalbi munosib mukofotlandi. Yosh bolalarning yillar davomida qiyin hayot kechirishi, kulfatlar, o'sha davrdagi qaltisli vaziyatlar va shu kabi muammolar nafaqat ingliz adabiyotida, balki o'zbek adiblarining ijodida ham uchratamiz.

XX asr o'zbek adabiyotining yorqin vakili bo'lgan Nurillo Abbosxon (1909-1973) o'z uslubiga ega bo'lgan shoir, san'atkor va ijodkordir. Uning o'ziga xos ijodiy tadqiqotlari, mahorati va milliy tafakkuri o'z asarlarida aniq aks etadi. N. Abbosxonning ijodi o'zbek xalqining ruhini ifodalovchi, uning istiqbollari, muammolari va xalq hayotini yaratuvchi bo'lib kelgan. [4]. Adibning she'rlari xalqimizning tarixiy, milliy madaniyatini sezilarli e'tirof etuvchisi hisoblanadi. U o'zbek adabiyoti va madaniyatida katta rol o'ynagan, ayniqsa, adabiyot olamiga qo'shgan hissasi beqiyos.N. Abbosxonning she'r va hikoyalarida ko'pincha o'zbek xalqining madaniy noz-ne'matlari, urf-odatlari va kechinmalari chuqur o'rganilgan. Adib asarlari universalligi va hikoyachiligining teranligini yorqin namoyon etadi. Uning ortda qoldirgan boy asarlar to'plami har bir kitobxonni ilhomlantirib, bugungi kungacha o'quvchilarni hayratga solmoqda. N.Abbosxonning yoshlar uchun katta hayot maktabi bo'la oladigan, nafaqat yoshlar, yoshi kattalar ham ibrat olishi mumkin bo'lgan asarlaridan biri bu "Dilmurod" asaridir. [1] Asarning bosh qahramoni Dilmurod ismli boladir. U garchi ota-onasidan yetim qolmagan bo'lsa-da, ammo ro'zg'orning butun tashvishi uning yelkasiga tushadi. Dilmurodning otasi oilasini tashlab ketadi, onasi esa og'ir xastalikka chalingan edi. Dilmurod oilada katta farzand bo'lgani uchun oilasini o'zi boqishga majbur bo'ladi. Bu moliyaviy qiyinchiliklar sabab u o'qishni tashlaydi, uyidagi eski va shaldiroq arava bilan bozorda aravakashlik qilib kun ko'radi. Asarni o'qish davomida har bir kitobxon uning otasidan nafratlanadi, unga la'natlar o'qiydi, aslida biz yashayotgan bugungi kunda ham bunaqa otalar juda ko'p topiladi. Adib qaysidir ma'noda barcha davrlarda dolzarb bo'ladigan muammoni o'z asari orqali anglatmoqchi bo'lgan. Dilmurod oilada uch farzand, uning bir singlisi va bir ukasi bor. Oiladagi vaziyat tufayli singlisini xolasiga qiz qilib berib yuborishadi. Dilmurodning bozorda boshidan kechirmagan kulfati qolmaydi. Katta yoshdagilar tomonidan

tahqirlanadi, shaldiroq arava og'ir yuklarni ko'tarolmay uni qiynardi, qorli, yomg'irli havolarda aravasi botib qolsa, uni ming mashaqqat bilan chiqazishga to'g'ri kelardi. Buni o'qiyotgan har bir kitobxon "Qaniydi men ham shu asar qahramoni bo'lib qolsam-da, Dilmurodga yordam bersam, mushkulini oson qilsam" deya o'ylaydi. Dilmurod qanaqa vaziyatda bo'lishidan qat'iy nazar, ukaini o'qishini doim nazorat qiladi, uni o'qitadi, o'qishi uchun barcha sharoitlarni qo'lidan kelguncha yaratib berishga harakat qiladi, onasining dorilari olish va uni yaxshi ovqatlantirish uchun bor kuchi bilan mehnat qiladi. Asarni o'qish davomida, Dilmurodning haqiqiy sabr-matonatli, yaxshilik ulashuvchi, halol bir inson ramzi ekanini osongina anglaymiz. Yosh boshiga tushgan qiyinchiliklar, azoblar uni qiynasa-da, u hech qachon xiyonat va yomonlik ko'chasidan yurmadi. Oxirida esa albatta, o'zining baxtli va kam-u ko'stsiz hayotini qurdi. Ukasini o'qitdi, o'zi ham o'qib, yaxshi mutaxassis bo'lib yetishdi, onasini davolatdi, u oilasiga shunqa yaxshi hayot qurib berdiki, asar so'ngidagi bu so'zlar uning isbotidir: "ular katta va hashamatli uyga ko'chib o'tishdi, onasining avvalgi kasal va solg'in yuzidan asar ham yo'q, qimmatbaho liboslarda va tilla taqinchoqlarda yanayam ochilib ketgan, uning onasi shunaqa holatga yetdiki, hatto agarda tilla taqmasa, kasal bo'lib qoladigan bo'ldi". Bundan bilishimiz mumkinki, inson halolligi, mehnatkashligi va tirishqoqligi uchun Alloh tomonidan go'zal taqdirlanadi.

Bu ikki adib ikki xil davrda, turli mamlakatda yashagan, turli taqdirlarni boshidan kechirgan, ammo ular yaratgan timsollar bir-biriga juda yaqin, his-tuyg'ulari, ichki kechinmalari, dardlari bir xil. Har bir inson shunday aslida, biri dunyoning u chetida, biri bu chekkasida bo'lganda ham, agar ulardagi dard va qiyinchiliklar o'xshash bo'lsa, ular doimo qalban birga bo'ladi va ular qilgan ezgulik, yaxshilik har bir yoshdagi inson uchun o'rnak bo'lishiga hech shubha yo'q.

Foydalanilgan adabiyotlar ro 'yxati:

1. https://kitobxon.com

2. Britannica.com

3. Charles Dikkens "Great Expectations".35-bet

4. www.xabardor.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.