Научная статья на тему 'TURAR-JOY MAJMUASI QURILISHINING TASHKIL ETISHNING MODELI'

TURAR-JOY MAJMUASI QURILISHINING TASHKIL ETISHNING MODELI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kam qavatli turar-joy / kalendar rejalashtirish / qurilishni oqim uslubi / graf-analitik model. / low-rise housing construction / scheduling / flow-building method / graphic-analytical model.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Yusupova Lobar Sidiqovna

Kam-qavatli turar joy majmualari tashkiliy-texnologik sxemalaridan hamda bir bosqichli loyihalashdan kelib chiqib, resurslardan foydalanishda uzluksizlikni ta’minlash hamda me’yor talablarini to‘la qoniqtirish natijasida qurilishni kalendar rejasi ishonchliligini oshirish, qayd etilgan shartlarga mos va optimal echimini tanlash maqsadida qurilishni tashkiliy modeli yaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODEL OF THE ORGANIZATION OF RESIDENTIAL COMPLEX CONSTRUCTION

Based on organizational and technological diagrams of low-rise residential complexes and one-stage design in order to ensure continuity of resource use and full satisfaction of the requirements of the standard, increase the reliability of the construction schedule. To select the optimal solution according to the noted conditions, an organizational construction model was created.

Текст научной работы на тему «TURAR-JOY MAJMUASI QURILISHINING TASHKIL ETISHNING MODELI»

UDK 69.05

TURAR-JOY MAJMUASI QURILISHINING TASHKIL ETISHNING MODELI

Yusupova Lobar Sidiqovna, Toshkent arxitektura qurilish universiteti, email: lobarxon88@mail.ru

Annotatsiya. Kam-qavatli turar joy majmualari tashkiliy-texnologik sxemalaridan hamda bir bosqichli loyihalashdan kelib chiqib, resurslardan foydalanishda uzluksizlikni ta'minlash hamda me'yor talablarini to'la qoniqtirish natijasida qurilishni kalendar rejasi ishonchliligini oshirish, qayd etilgan shartlarga mos va optimal echimini tanlash maqsadida qurilishni tashkiliy modeli yaratilgan.

Аннотация. На основе организационно-технологических схем малоэтажных жилых комплексов и одноэтапного проектирования в целях обеспечения непрерывности использования ресурсов и полного удовлетворения требований стандарта повысить достоверность календарного плана строительства. Для выбора оптимального решения согласно отмеченным условиям была создана организационная модель строительства.

Annotation. Based on organizational and technological diagrams of low-rise residential complexes and one-stage design in order to ensure continuity of resource use and full satisfaction of the requirements of the standard, increase the reliability of the construction schedule. To select the optimal solution according to the noted conditions, an organizational construction model was created.

Kalit so'zlar. kam qavatli turar-joy, kalendar rejalashtirish, qurilishni oqim uslubi, graf-analitik model.

Ключевые слова. малоэтажное жилищное строительство, календарное планирование, потокостроительный метод, графоаналитическая модель.

Key words. low-rise housing construction, scheduling, flow-building method, graphic-analytical model.

Kirish. O'zbekiston va Rossiyada chop etilgan o'quv darsliklar va boshqa axborot manbalarida kalendar rejalashtirish masalasi keng yoritilgan, xujjatni ishlab chiqishda me'yorlar talablariga mos yechim bo'lishi, qurilishni tashkil qilish uslubidan kelib chiqish takidlangan va kalendar rejaning shaklini keltirish bilan chegaralangan. Kalendar reja qanday tuzilishi kerakligi, ya'ni uslubiyoti yoritilmagan.

Kalendar rejada kapital mablag'lar qurilish davrlari bo'yicha taqsimlanishini e'tiborga olsak mazkur uslubiyot hisob-kitoblarga asoslanishi ravshan bo'lib chiqadi va ularning algoritmini ishlab chiqilishi uchun qurilishni tashkil qilish modeli yaratiladi. Shunda kalendar rejaning tuzilishi mavhum bo'lmay aniq isbotli tashkiliy-texnologik jarayonning natijasi sifatida shakillanadi [Miraxmedov M.M, Kosbergenov N.N]. Bu holda loyihani ekspertizadan qanday o'tkazish kerakligiga ham aniqlik kiradi.

Qurilishni tashkil qilishda moddiy-texnik resurslar va ish kuchidan izchil va minimal hajmlarda foydalanish, shu hisobiga, kerak bo'lganda, qurilish davomiyligini qisqartirishga ham erishiladigan uslub - bu oqim uslubi. Oqim uslubining xos grafik ifodasi - siklogramma. Bino va inshootlar majmuasini qurilishida - kompleks siklogrammadir.

Qurilish oqim uslubida tashkil qilinishiga izn bo'lganda modelni qurilishni tashkil qilish [4,6] va qurib bitirilgan ob'yektlarni foydalanishga topshirish SHNQlari [1] va ob'yektlarni qurilish davomiyligi hamda zadellariga muvofiq bo'lishi SNiP [2] kerak bo'ladi. Davlat boshqaruv xokimligi qarorlaridan bosh qurilish-loyiha institutlarining rahbarlariga — arzon ko'p kvartirali uylar qurilishi bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarining eng muhim parametrlari bosh loyiha institutlari tomonidan etarli darajada ishlab chiqilmayatganligi, bu esa ularga tuzatish

kiritish zaruratini taqozo etilishi, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan arxitektura-qurilish va mualliflik nazorati tegishli darajada olib borilmaganligi qat'iyan ko'rsatib o'tilgan [3]. Bu e'tiroz qurilishni tashkil qilishga oid me'yorlarga ham taalluqli, chunki loyiha va qurilish tashkilotlarining solidar javobgarligini ta'minlashga qaratilib konsorsium tuzilishi ko'rsatib o'tilgan [5].

Amaliyot qurilish boshlanishidan avval tuziladigan loyiha tarkibiga loyihaning ko'lamiga muvofiq qo'shimcha ravishda ba'zi hujjatlar kiritilishi lozimligi ko'rsatmoqda. Shuning uchun, keyingi o'rinlarda qurilish tartibli o'tishi uchun kapital mablag'larni taqsimlanishi nafaqat bino va inshootlar narxi balki tashkiliy-texnologik sxema va qurilishni tashkil qilish uslubiga ham bog'liq ravishda tuzilishi, jumladan, qurilishning asosiy hujjatlaridan biri bo'lgan kalendar rejani ishlab chiqish kerakligini talab qilmoqda. Bunda bir bosqichli loyihalash jarayonida loyiha tarkibida bino va inshootlar majmui qurilishini tashkil qilish (keyingi o'rinlarda MQTQL) loyihasi ishlab chiqilishini taqazo qilmoqda. Bu loyiha ishchi xujjatlar tarkibiga kiradi va uning parametrlari keyincha bosh pudratchi ishlab chiqadigan "Ishlarni bajarish (IBL, ruscha PPR) loyiha"sida asos sifatida olinib, rioya qilinishi (amaldagi me'yor talablariga muvofiq) talab qilinadi. Buning uchun avvalombor qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTL)da tuzilgandek loyiha ob'yektlarining tashkiliy-texnologik sxemalari aniqlab olinadi hamda qurilishni tashkil qilish uslubi tanlanadi keyingi o'rinda qurilishning kalendar rejasi tuziladi. Ya'ni kalendar reja tashkiliy-texnologik sxemalar va qurilishni tashkil etish uslubiga tayanadi. Bundan ko'rinib turibdiki me'yorlarda qayd etilgan loyihalardan tashqari loyiha taklif qilinmayapti.

Yuqorida qayd etilganidan bunday uslubiyot ishlab chiqilyatgan loyihaning bosqichiga qarab DTIA va TIAlarda qurilishni tashkil qilish (QTL) yoxud ishchi hujjatlar (IX) tarkibida ishlarni tashkil qilish (ITL) loyihalarida tuzilishi kerakligi uslubiyotni quriladigan ob'yektlarning turi (sanoat, ijtimoiy, alohida bino va inshoot yoxud ularning majmuasi) ga ham bog'lash ehtiyoji kelib chiqadi. Bundan o'laroq, kalendar rejani ishlab chiqish uslub sifatida aniq hisob-kitoblarga asoslanganligidan uni avtomatlashtirishni, shu bilan uni ishla chiquvchisining avtomatlashtirilgan ish joyini yaratishni ham talab qiladi. Maqsadni bunday belgilanishi yuqoridagilarga bog'lab tadqiqot vazifasi sifatida rejalashtirish modelini ishlab chiqishdan boshlanadi. Model parametrlari qurilishga mo'ljallangan mablag'larni me'yor talablariga javob beradigan taqsimlanishini talab qiladi.

Modelning yana bir jixati qo'llanishi rejalashtirilyatgan qurilishni tashkil qilish (ketma-ket, parallel, oqim) uslubiga bog'liq. Albatta, istiqbolli uslub sifatida ishlatilyatgan moddiy resurslar va ish kuchidan uzluksiz foydalanish va ishlab chiqarishni mo'tadillashtirish imkonini yaratishga yo'naltirgan oqim uslubi model asosi qilib belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Unga xos grafik model sifatida siklogrammaligi ma'lum.

Model sifatida bino va inshootlar majmuasi qurilishining kompleks siklogrammasidan kelib chiqib tuzish mumkin. Modelni shakillantirishda asosiy tanlash prinsipi bo'lib oqimni rivojlanishi va maqsadi hizmat qiladi, masalan, asosiy va yordamchi binolar, inshootlar hamda muxandislik kommunikatsiyalari, bundan tashqari ularning ekspluatatsiyaga tayyorligi.

Asosiy ob'yektlarning parametrlari sifatida: qurilishning davomiyligi, tayyorgarlik davri va kechikish darajasi, asosiy ob'yektlar uchun normativlar bo'yicha qurilish-montaj ishlari umumiy qiymati.

Shuni ta'kidlash kerakki, modelning shakllanishi qurilishni tashkil etishning tashkiliy va texnologik sxemalari va usullariga bog'liq, shuning uchun model qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlarning komplekslariga qarab tuziladi.

Quyida misol tariqasida 109 ta bir qavatli va 64 ta ikki qavatli turar-joy majmuasi qalendar rejasiga asos bo'ladigan kompleks siklogramma keltirilgan (rasm 1).

Scientific Journal Construction and Education

ISSN2181-3779, Volume 3, issue 4 2024

QURILISH

1-rasm. Turar-joy majmuasini qurish kompleks siklogrammasi

Parametrlar bir-biri bilan bogliq, shuning uchun ularni bog'liqliklar bilan analitik ravishda ifodalash mumkin.

Oqim parametrlari, asosiy parametrlarga qo'shimcha ravishda, jadvalni optimallashtirish vaqtida oldindan tayinlanadi va aniqlanadi. Oqimning asosiy monetar (narx) parametrlari o'zgarishsiz qoladi, ammo ularni o'zlashtirish jadalligi taqvimiy reja normalarining talablariga muvofiq kelgunga qadar o'zgaradi.

Xulosalar

1. O'zbekistonda uy-joy qurilishi dasturining cheksiz yutuqlari va istiqbollari muhitida qurilishni tashkil etish bilan bog'liq qator kamchiliklar mavjud. Jumladan, QTL (POC) va IBL (PPR)larning izchilligini ta'minlash uchun kalendar reja va kalendar grafiklari bir-biri bilan bog'langan bo'lishi, keyingisi birinchisidan kelib chiqib ishlangan bo'lishi kerak. Bu hol qurilishni tashkiliy-texnologik tayyorlash tizimining loyihalash ishlarida, ayniqsa, arxitektura va konstruksiyalarga oid qismlarida kuzatiladi. Ammo, afsuski, qurilishni tashkil etish masalalari bu talabga javob bermaydi va muammo bo'lib kelmoqda.

2. Tahlil shuni ko'rsatadiki, bu muammoni bartaraf etish uchun ob'yektlarni loyihalanishining har bir bosqichida, ayniqsa bir bosqichli loyihalashda qurilishning kalendar rejasini ishlab chiqish uslubi belgilab berilmayatganligi to'sqin bo'lmoqda. Bundan tashqari, kalendar reja ham boshqa loyiha yechimlari qatorida ekspertizadan o'tkazilishi kerak. Demak, arxivda qabul qilingan yechimlarning dalil bazasi saqlanishi kerakligini anglatadi. Mazkur usulning yo'qligi loyihaning asosiy hujjatlaridan biri bo'lgan va shartnomaviy bitimlar uchun asos bo'lib xizmat qiladigan, kalendar rejaning ishonchliligini tasdiqlay olmaydi. Shu dalillar qurilishning kalendar rejasini tuzish uslubiyatini yaratish dolzarbligini isbotlaydi.

3. Qurilish davomiyligi va kapital mablag'larni o'zlashtirishini ifodalovchi zadellarni inobatga olgan holda qurilishni oqim uslubida tashkil etish asosida arzon uy-joy komplekslari qurilishining kalendar rejasini ishlab chiqish uslubini yaratish asosi sifatida kompleks siklogramma ko'rinishidagi graf-analitik modeli taklif etiladi.

ADABIYOTLAR

1. SHNQ 3.01.01-22. Qurilishni tashkil qilish.

2. СНиП 4.01.04-85* Нормы продолжительности строительства и заделы в строительстве предприятий, зданий и сооружений. Част 1 и 2/ Переиздание с изменениями на 1 июня 1990 г. М.: РОССТРОЙ, 1990.

3. O'zR Prezidentining 23.10.2017 y.dagi PQ 3350-sonli "2017 — 2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.

4. O'zR VM 18.05.2018 y. 370-son qarori "Qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning Ma'muriy reglamenti".

5. O'zR Prezidentining 14.11.2018 y.dagi PF-5577-sonli "Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmon.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.