Научная статья на тему 'QURILISHNING MILLIY IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI'

QURILISHNING MILLIY IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1132
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QURILISH TARMOG‘I / QURILISH MAHSULOTI / BINO / INSHOOT / QURILISHNING XO‘JALIK USULI / QURILISHNING PUDRAT USULI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tashimov A.X.

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizning milliy iqtisodiyotida qurilish sohasining o’rni va ahamiyati, Prezidentimiz tomonidan ko’zlangan yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarni saqlab qolish ham qurilish sohasidagi olib borilayotgan islohotlar bilan chambarchasi bog’liqligi, hamda statistika boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlari bajarilish bo’yicha ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF CONSTRUCTION IN THE NATIONAL ECONOMY

In this article, the role and importance of the construction industry in the national economy of our country today, maintaining the high economic growth rate envisioned by the President is closely related to the reforms being carried out in the construction industry, and the statistical office of Information on construction works in the Republic of Uzbekistan is given.

Текст научной работы на тему «QURILISHNING MILLIY IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI»

Tashimov A.X.

Samarqand Davlat arxitekektura qurilish universitet doktaranti

QURILISHNING MILLIY IQTISODIYOTDA TUTGAN O'RNI VA

AHAMIYATI

Anotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizning milliy iqtisodiyotida qurilish sohasining o 'rni va ahamiyati, Prezidentimiz tomonidan ko'zlangan yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarni saqlab qolish ham qurilish sohasidagi olib borilayotgan islohotlar bilan chambarchasi bog'liqligi, hamda statistika boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasida qurilish ishlari bajarilish bo'yicha ma 'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Qurilish tarmog'i, qurilish mahsuloti, bino, inshoot, qurilishning xojalik usuli, qurilishningpudrat usuli.

Tashimov A.Kh. doctoral student

Samarkand State University of Architecture and Construction

THE ROLE AND IMPORTANCE OF CONSTRUCTION IN THE

NATIONAL ECONOMY

Annotation. In this article, the role and importance of the construction industry in the national economy of our country today, maintaining the high economic growth rate envisioned by the President is closely related to the reforms being carried out in the construction industry, and the statistical office of Information on construction works in the Republic of Uzbekistan is given.

Key words: Construction network, construction product, building, structure, economic method of construction, contract method of construction.

Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyoti ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishning yangi bosqichiga chiqib bormoqda, chunki olib borilayotgan islohatlarning bosh maqsadi, O'zbekiston Respublikasini har tomonlama, yani ham iqtisodiy ham ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta'minlash, jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan joy olish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiy islohatlar bilan bir qatorda qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiayati muhim rol o'ynaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son "O'zbekiston Respublikasi qurilish tarmog'ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 - 2025-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni76 milliy qurilish tarmog'ini yangi darajaga

76 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son "O'zbekiston Respublikasi qurilish tarmog'ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga

ko'tarilishiga asos bo'ldi. Bunda qurilish tarmog'ini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta'minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni ilg'or joriy etish maqsadida quyidagilar O'zbekiston Respublikasi qurilish tarmog'ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari etib belgilandi:

- hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta'minlash;

- shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish;

- shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma'muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek, qurilish tarmog'i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish;

- shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

- shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.

Qurilish milliy iqtisodiyotning mustaqil alohida tarmog'i bo'lib, yangi asosiy fondlarni yaratish hamda faoliyat yurgizayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob'yektlarini qayta qurish, kengaytirish, ta'mirlash va texnik qayta jihozlash uchun mo'ljallangan. Qurilish tarmog' ining ahamiyati shundaki, mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beradi.

Qurilishning iqtisodiy jihatlarini o'rganishning murakkabligi qurilish ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-iqtisodiy shakllarining xilma-xilligi, turli funksional maqsad va vazifalarga ega bo'lgan ishtirokchilarning ko'pligi va qurilish ishlab chiqarish jarayonining tabiiy sharoitlarga sezilarli darajada bog'liqligidadir. Qurilish ishlab chiqarish jarayonida investor, buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari ishtirok etadilar. Qurilish jarayonining bevosita ishtirokchilaridan tashqari, qurilish mahsulotlarini yaratishda texnologik asbob-uskunalar, qurilish mashinalari va materiallari ishlab chiqaruvchi o'nlab zavodlar ham ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning bunday ko'pligi tufayli qurilish ishlab chiqarish jarayoni juda ko'p miqdordagi tashkiliy omillar ta'sirida shakllanadi, deb ta'kidlash mumkin. Boshqaruv tizimini o'zgartirish, uni takomillashtirish, eng avvalo, tashkiliy munosabatlarni va shunga mos ravishda boshqaruvning tashkiliy shakllarini o'zgartirishni anglatadi.

Shu sababli, kapital qurilishni to'g'ri boshqarish - uning samaradorligini oshirish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish va tarmoqda mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va shu bilan qurilish tarmog'ining dinamik, rejali va mutanosib rivojlanishi davlat tomonidan uni ongli ravishda tartibga solish masalasini dolzarb qilib qo'ymoqda.

mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni [Elektron resurs]. URL: https://lex.uz/docs/-5130468

2023 yil 1-fevral holatiga qurilish tarmog'ida 45541 ta qurilish korxona va tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, bu oldingi yilga nisbatan 1552 taga oshgan. 2023- yilning yanvar oyida, O'zbekiston Respublikasida jami 5 011,9 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 65,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida O'zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi quyidagicha: - binolar va inshootlar qurish yo'nalishi 67,1 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 66,5 % ni tashkil etdi; - fuqarolik obyektlarini qurish yo'nalishi 19,9 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 70,9 % ni tashkil etdi; - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo'nalishi 13,0 % ulushni va 2022-yilning mos davriga nisbatan 56,1 % ni tashkil etdi.

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so'm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa jtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Yirik qurilish tashkilotlari bo'yicha yangi qurilish hisobidan 302,7 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 9,2 % ni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar bo'yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so'm yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 60,3 % ni tashkil etdi.

Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1 005,4 mlrd. so'm yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 30,5 % ni tashkil etdi.

Bino va inshootlarni qurish bo'yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,2 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davridagi ko'rsatkichga nisbatan 0,1 % punktga ko'paydi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to'g'ri kelgan ulush 2022-yilning mos davriga nisbatan 8,0 % punktga kamayib, 59,0 % ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 7,9 % punktga ko'payib, 33,8 % ni tashkil etdi. 240,9 mlrd. so'm 1984,6 mlrd. so'm 1138,0 mlrd. so'm Jami bino va inshootlarni qurish - 3363,5 mlrd. so'm Yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar, norasmiy sektorning ulushi esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 7,9 % punktga ko'payib, 33,8 % ni tashkil etdi

Qurilish tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmining milliy iqtisodiyot yalpi daromadidagi ulushi doimiy ravishda ortib bormoqda, bu tarmoqda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda mamlakat iqtisodiyotining jadal taraqqiyoti natijasidir. Shuni qayd etish kerakki, qurilish tarmog'i barcha tadbirkorlik tuzilmasining ko'pchilik qismiga to'g'ri keladigan xususiy korxonalar sonining o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son

"O'zbekiston Respublikasi qurilish tarmog'ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni [Elektron resurs]. URL: https: //lex.uz/docs/-5130468

2. Буриев Х.Т. Организационные основы повышения качества строительно -монтажных работ // Экономика и менеджмент. 2011. №1. С. 46-51.

3. Буриев Х.Т., Усманов И.А. Пути совершенствования организационно -экономического механизма повышения качества строительства: монография // Ташкент. 2020. 210 с.

4. Shavkatovna, K. M., & Tulkinovich, S. T. (2023). Improvement of activities of housing and utilities in the republic of Uzbekistan. World Bulletin of Management and Law, 22, 25-27.

5. Shavkatovna, K. M., & Abdixalilovich, A. J. (2022). The role of employees in ensuring the labor potential of enterprises. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 2(12), 135-137.

6. Musakulovna, Rakhmonova Feruza, Komilova Mukammal Shavkatovna, and Shernazarov Temurbek Tulkinovich. "USE OF MARKETING CONCEPTS IN THE ACTIVITY OF ORGANIZATIONS IN THE CONDITIONS OF FORMING AN INNOVATIVE ECONOMY." World Economics and Finance Bulletin 17 (2022): 55-56.

7. Komilova, M. S. (2022). O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYA SALOHIYATINI OSHIRISH YO'LLARI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 575-584.

8. Shavkatovna, Komilova Mukammal, and Olimova Lola Erkinovna. "WAYS OF EFFICIENT USE OF LABOR RESOURCES IN THE COUNTRY." World Economics and Finance Bulletin 7 (2022): 85-90.

9. Komilova, M. S., & Abdikholikov, J. A. (2022). THE ROLE OF EMPLOYEES IN ENSURING THE LABOR POTENTIAL OF ENTERPRISES. Academic research in educational sciences, 3(11), 481- 484.

10. Buriyev Х.Т., Komilova M.Sh. Qurilishda menejment // Darslik. Toshkent. 2022. 276.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.