Научная статья на тему 'TUPROQQA ISHLOV BERUVCHI ROTATSION BORONA BOʻYICHA OʻTKAZILGAN TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI'

TUPROQQA ISHLOV BERUVCHI ROTATSION BORONA BOʻYICHA OʻTKAZILGAN TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
11
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tish uzunligi / tish shakli / tortishga qarshilik / quvvat / ish unumi / tenzobarmoqlar / ishlov berish chuqurligi / agregat tezligi. / tooth length / tooth shape / traction resistance / power / productivity / strain gauge / tillage depth / unit speed.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Muxamedov Jobirxon, Ismatullayev Kaxramon, Abduvaxobov Dilmurod

Ushbu maqolada rotatsion boronaning tajribaviy tadqiqot natijalari keltirilgan. Unda rotatsion boronaning seksiyasining aylanishlar soni, tish uzunligi va agregat harakat tezligini tortishga qarshiligi hamda sarflanadigan quvvatning uning ish koʻrsatkichlariga taʼsiri aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESULTS OF EXPERIMENTAL RESEARCH ON ROTARY SOIL TILLERS

This article presents the results of experiments with a rotary harrow. It determines the number of revolutions, the length of the teeth and the speed of movement of the unit of the rotary harrow section, as well as the influence of power consumption on its performance.

Текст научной работы на тему «TUPROQQA ISHLOV BERUVCHI ROTATSION BORONA BOʻYICHA OʻTKAZILGAN TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI»

УДК 631.311.5

TUPROQQA ISHLOV BERUVCHI ROTATSION BORONA BO'YICHA O'TKAZILGAN TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI

Muxamedov Jobirxon t.f.n., prof., [email protected]

Ismatullayev Kaxramon-doktorant, [email protected]

Abduvaxobov Dilmurod-magistrant Namangan muhandislik-qurilish instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada rotatsion boronaning tajribaviy tadqiqot natijalari keltirilgan. Unda rotatsion boronaning seksiyasining aylanishlar soni, tish uzunligi va agregat harakat tezligini tortishga qarshiligi hamda sarflanadigan quvvatning uning ish ko'rsatkichlariga ta'siri aniqlangan.

Аннотация. В данной статье приведены результаты экспериментов с ротационной бороны. В нем определяются число оборотов, длина зубьев и скорость движения агрегата секции ротационной бороны, а также влияние расхода мощность на ее производительность.

Abstract. This article presents the results of experiments with a rotary harrow. It determines the number of revolutions, the length of the teeth and the speed of movement of the unit of the rotary harrow section, as well as the influence of power consumption on its performance.

Kalit so'zlar. tish uzunligi, tish shakli, tortishga qarshilik, quvvat, ish unumi, tenzobarmoqlar, ishlov berish chuqurligi, agregat tezligi.

Ключевые слова: длина зуба, форма зуба, тяговое сопротивление, мощность, производительность, тензопальец, глубина обработки почвы, скорость агрегата.

Keywords: tooth length, tooth shape, traction resistance, power, productivity, strain gauge, tillage depth, unit speed.

Kirish: Qishloq xo'jaligida ekish oldidan va ekinlar urug'i unib chiqqan paytdan boshlab tuproq yuzasiga ishlov beruvchi turli xil frezalar va boronalar yordamida bajariladi. Boronalar va frezalar turli xillari mavjud bo'lib, asosan tishli borona hamda gorizontal frezalardan foydalaniladi. Tishli borona hamda gorizontal frezalarni maqbul o'lchamlarini aniqlash maqsadida olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Hozirgi kunga kelib, ushbu agregatlarni ishchi organlarini tuproq yuzasiga ishlov berishda ta'sir etadigan energetik ish ko'rsatkichlarini aniqlash orqali ish unumi yuqori va mehnat sarfi kam bo'lgan agregatlar ishlab chiqarishga e'tibor qaratilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona ishchi organlarini energetik ish ko'rsatkichlarini aniqlash maqsadida, laboratoriya-dala sharoitida eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi. Bunda tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona seksiyasining aylanishlar soni, tish uzunligi va agregat harakat tezligini tortishga qarshiligi hamda sarflanadigan quvvat ko'rsatkichlari tadqiq etildi.

Tajribalar O'zDSt 3412:2019 "Qishloq xo'jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari", O'zDSt 3193:2017 "Qishloq xo'jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli" [1, 2, 3] asosida tortishga qarshilik hamda sarflanadigan quvvat aniqlandi.

Tortishga qarshilikni aniqlashda agregatning osish mexanizmiga tenzometrik barmoqlar

o'rnatildi (1-rasm). Tajribalarni o'tkazishdan oldin va o'tkazib bo'lingandan keyin tenzobarmoqlar tarirovka qilindi (2-rasm). Bunda pastki o'ng va chap tenzobarmoqlarga 0-20 kN oraliqda 4,0 kN interval bilan, yuqorigi tenzobarmoqqa 0-10 kN oraliqda 2,0 kN interval bilan yuklanishlar berildi.Tarirovkadagi xatolik 1,8 % ni tashkil etdi.

a ) 6)

1- rasm. Yuqorigi (a) hamda pastki o'ng va chap (b) tenzobarmoqlar

1- arirovka stendi; 2-dinamometr; 3-IP-264BS o'lchash apparaturasi;

4-tenzobarmoq 2- rasm. Tenzobarmoqlarni tarirovka qilish jarayoni

Tarirovkada olingan ma'lumot bo'yicha tarirovka koeffitsiyenti aniqlandi. So'ngra tajribalarda olingan ma'lumotlar tarirovka koeffitsiyentiga ko'paytirildi va tortishga qarshilik kuchining

haqiqiy qiymati aniqlandi.

a) 6)

1- tiska; 2-toko'syomnik bilan jihozlangan momentomer; 3-uzunligi bir metrli richag; 4-yuk 3- rasm. Toko'syomnik bilan jihozlangan momentomer (a) va uni tarirovka qilish jarayoni

(b)

Burovchi moment maxsus ishlab chiqilgan tokosyemnik bilan jihozlangan momentomer yordamida aniqlandi (3-rasm, a). U traktorning QOV ga o'rnatiladi va unga kardanli val ulanadi.

Kardanli valdagi burovchi momentni o'lchashdan oldin tarirovka o'tkazildi. Tarirovkani o'tkazish uchun momentomer tiskaga mahkamlanib, uning valiga uzunligi 1 m bo'lgan richag mahkamlandi. Unga tartib bilan 50 N interval bilan 50 N dan 500 N gacha bo'lgan yuk osildi (3-rasm, b).

Tarirovkada olingan ma'lumot bo'yicha tarirovka koeffitsiyenti aniqlandi. So'ngra tajribalarda olingan ma'lumotlar tarirovka koeffitsiyentiga ko'paytirildi va burovchi momentning haqiqiy qiymati aniqlandi. Olingan burovchi moment asosida sarflanayotgan quvvat quyidagi ifoda orqali aniqlandi

= MKMlK

K 30 '

Bu yerda MK - kardanli valdagi burovchi moment, Nm;

nK - kardanli valning aylanishlar soni, r/min.

Tenzometriya o'tkazishda tenzometrik barmoqlardan va momentomerdan chiqayotgan signallarni qayd etish uchun IP-264BS o'lchash apparaturasidan foydalanildi.

Tajribalarni o'tkazishda laboratoriya-dala qurilmasi MTZ-80.10 traktoriga qo'shib ishlatildi (4-rasm).

Tajribalarni o'tkazishda nazariy tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona seksiyasining aylanishlar soni 50 r/min interval bilan 250 r/min dan 400 r/min gacha, uning plankasiga o'rnatilgan tishlar soni 2 dona, rotatsion boronaga o'rnatiladigan tishlarining uzunligini o'zgartirish yo'li bilan amalga oshirildi. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona seksiyasining aylanishlar soni harakatni traktorning QOV vali orqali reduktorga uzatilib, tasmali uzatma shkivni almashtirish yo'li bilan o'zgartirildi.

Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion boronaning ish rejimi va parametrlarini maqbullashtirishda eksperimentlarni rejalashtirishning matematik usulidan foydalanildi. Bunda tajribalar uch omilli reja asosida o'tkazildi [4, 5, 7].

4-rasm. Qurilmani tenzometrik barmoq va momentomerni o'rnatilgan holati

Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona seksiyasining tish shakli va aylanishlar soni uning energetik ish ko'rsatkichlariga ta'siri aniqlandi. Bunda tishlarning uzunligi 160; 180; 200; 220 mm etib tayyorlandi. Rotatsion borona tishining ko'ndalang kesimi shakli uchburchak, rom shaklida bo'lgan hamda rom shaklida bo'lgan tishning ishchi yuzasini, ya'ni yuqorigi qirg'og'iga nisbatan pastgi qirg'og'ini 180° va 360° buralgan shakllardagi ish organlarini uning aylanishlar soni nazariy tadqiqotlarga asosan 50 r/min interval bilan 250 r/min dan 400 r/min gacha o'zgartirib tajribalar o'tkazildi. Bunda o'zgarmas parametrlar tishlarning aylanish diametri 40 sm, ikkita seksiyaning tishlarni aylanishlar diametri orasidagi masofa 3 sm ga teng hamda

QISQA XABARLAR

agregatning harakat tezligi 6 km/s etib belgilandi.

Sarflanayotgan quvvatning aylanishlar soni ortishi bilan barcha tishning ko'ndalang kesimining shaklda kamaygan, ya'ni rotatsion borona tishining ko'ndalang kesimi uchburchak bo'lganda, 27,46 kW dan 21,52 kW ga, ko'ndalang kesimi to'rtburchak bo'lganda 28,19 kW dan 22,65 ga, tishining ko'ndalang kesimi to'rtburchak yuqorigi qirg'og'iga nisbatan pastgi qirg'og'ini 180° va 360° buralganda mos ravishda 29,15 kW dan 23,51 kW ga va 30,86 kW dan 24,18 kW kamaydi (5-rasm).

Tortishga qarshiligi rotatsion boronaning seksiyalarining aylanish soni ortishi bilan kamaygan, buni xam aylanishlar soni ortishi bilan tish tomonidan kesilayotgan tuproq palaxsasining kichiklashishi hamda ish rejimini (y) yuqori bo'lishi bilan izohlanadi.

1, 2, 3 va 4-mos ravishda tishning ko'ndalang kesimining shakli uchburchak, to'rtburchak, to'rtburchak ishchi yuzasini 180° buralgan, to'rtburchak ishchi yuzasini 360°

buralgan

5-rasm. Rotatsion boronaning tishini ko'ndalang kesimining shakli va uning seksiyasini aylanishlar sonini energetik ko'rsatkichlariga bog'liqligi

Tajribalarda uzunligi 160, 180, 200 va 220 mm bo'lgan rotatsion borona tishlari tayyorlandi va qurilmaning plankalariga o'rnatilib eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi. Bunda borona seksiyasining aylanishlar soni 350 r/min, tish shakli ko'ndalang kesimi to'rtburchak yuqorigi qirg'og'iga nisbatan pastgi qirg'og'ini 360° buralgan, tajribalarni o'tkazishda agregatning harakat tezligi 5 va 7 km/h etib belgilandi [6].

Tajribalar natijalari 1-jadval va 6-7-rasmlarda grafik ko'rinishida keltirilgan.

Rotatsion borona tish uzunligi ortishi bilan u sarflanayotgan quvvat kamayuvchan, tortishga qarshiligi esa kamayuvchanlik bilan ortgan. Rotatsion borona sarflanayotgan quvvat va tortishga qarshiligi tish uzunligi ortishi bilan, mos ravishda harakat tezligi 5 km/h bo'lganda 23,36 kW dan 29,93 kW ga va 520,0 N dan 680 N ga, 7 km/h bo'lganda 25,07 kW dan 30,33 kW ga va 615 N dan 803 N ga ortgan. Quvvatni ortishini tish uzunligi ortishi tish uchidan xarakatlanturivchi shkiv orasidagi masofani ortishi va u tomonidan kesib olinayotgan tuproq xajmi ortishi va uni mayinlashga sarflanayotgan kuchni ortishi bilan izohlanadi. Tortishga qarshiligi ortishini ishlov berish chuqurligini ortishi bilan izohlash mumkin.

1-jadval

Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona seksiyasining tishi uzunligini

Ko'rsatkichlar nomi Rotatsion borona tishining uzunligi, mm

160 180 200 220

Агрегат тезлиги^т/h

5 7 5 7 5 7 5 7

Ishlov berish chuqurligi, cm МУР, ±o 11,7 1,04 11,4 1,06 13,6 0,97 13,2 1,03 14,5 1,04 14,1 1,08 15,3 1,14 14,8 1,15

Quyidagi o'lchamli (mm) fraksiyalarning miqdori, % 100-50 0 0 0 0 0 0 0 0

50-25 17,9 5 20,5 15,90 18,45 17,90 20,36 21,30 23,66

<25 82,0 5 79,50 84,10 81,55 82,10 79,64 78,70 76,34

Sarflanayotgan quvvat kW 23,3 6 25,07 25,93 27,58 29,34 29,90 29,93 30,33

Tortishga umumiy qarshilik, N 520, 0 615,0 605,0 735,0 660,0 785,0 680,0 803,0

16,0

14,5

13,0

11,5

i

* 2 \ y

/ \

1,19

±i7, cm

1,13

1,07

1,01

0,95

16,0 /;, cm

14,4

12,8 11,2

1 ^ 2 , [

/ < )

160

ISO

200

220

160

L, mm

a)

1 - F (h) = f (L);

1,20

±cr, cm 1,15

- 1,10

- 1,05

1,00

ISO

200 220 L, mm

6)

2 - F (h) = f (a);

a va b - mos ravishda agregat tezligi 5 va 7 km/h bo'lganda 6-rasm. Rotatsion borona tishining uzunligini sarflangan quvvati va tortishga qarshilik

ta'siri

32

N, kW

30 28 26 24 22

2 \ / /

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

S /k L i

860 R, N

760

660

560

160

180

200 220 L, mm

460

____

- 2

r^l

160

180

200 i „„ 220 L, mm

a) 6)

1,2-mos ravishda agregat harakat tezligi 5 va 7 km/h bo'lganda 7-rasm. Rotatsion borona seksiyasini aylanishlar sonini sarflangan quvvat (a) va tortishga qarshiligi (b)ga ta'siri

Demak, kam energiya sarflagan holda energetik ish ko'rsatkichlari talab darajasida ishlashi uchun tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona tishining uzunligi 180-200 mm bo'lishi lozim.

ADABIYOTLAR

1. O'zDSt 3412:2019 «^Hm^o; xy^a^HrH TexHHKacHHH CHHam. Tynpo; W3acHra Hm^OB 6epyBHH MamHHa^ap Ba Kyponnap. CHHOB gacTypH Ba ycyraapH». - TomKeHT, 2019. -53 6.

2. O'zDSt 3193:2017. «^Hm^o; xy^a^HK TexHHKacHHH CHHam. MamuHa^apHH

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 3-son https://iurnal.qurilishtalim.uz

энергетик бах,олаш усули». - Ташкент, 2017. - 21 б.

3. РД Уз 63.03-98 «Испытания сельскохозяйственной техники. Методы расчета экономической эффективности испытываемой сельскохозяйственной техники». -Ташкент, 1998. - 49 с.

4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. - Москва: Колос, 1979. - 416 с.

5. Кобзарь А.И. Прикладная математическая статистика. Для инженеров и научных работников. - Москва: Физматлит, 2006. - 816 с.

6. Ж.Мухамедов, Д.Абдувахобов, К.Исматуллаев, Б.Мухаммадалиев Тупрокка ишлов берувчи ротацион борона тишининг улчамлари ва кинематик параметрларини агротехник иш курсаткичларига таъсири. Наманган мухдндислик-курилиш института// Механика ва технология илмий журнали, № 3 (12), 2023, Наманган 113-119-б.

7. Джонсон Н., Лион Ф. Статистика и планирование эксперимента в технике и науке. Методы обработки данных / Пер. с англиского. - Москва: Мир, 1990. - 610 с.

8. Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-исследовательского эксперимента. - Ташкент: Укитувчи, 1993.-336с.

9. Ж.Мухамедов, ^.Исматуллаев, А.Рахимжонов, С.Улмасов. Тупрок юзасига ишлов бериш ва пушта олиш агрегат. "Машинасозликда инновациялар энергиятежамкор технологиялар ва ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш" мавзусидаги Халкаро илмий-амалий конференция материаллари туплами. Наманган шахри 29 май 2021-Б. 280-283

10. № 1АР 2021 0106 Ихтиро учун талабнома "Тупрок ишлов бериш ва пушта олиш агрегати". А.Джураев., Ж.Мухамедов., Д.Абдувахобов., ^.Исматуллаев., Узбекистон Интеллектуал мулк агентлиги 2021 йил 8-сонли ахборотномаси

11. Тухтакузиев А., Мухамедов Ж., Умурзаков А., Абдувахобов Д.А., Тебранма-тишли борона улчамларини асослаш // Механика муаммолари. -Тошкент, 2016.-№3-4.-Б. 104-108. (05.00.00; № 6).

12. Тухтакузиев А., Абдувахобов Д.А., Шарнирли-тебранма тишли борона тишининг уткирланиш бурчагини асослаш // ТДТУ ХАБАРЛАРИ. -Тошкент, 2016.-№ 4.-Б. 126-130.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.