Научная статья на тему 'ICHKI BO‘SHLIG‘IGA PASSIV PICHOQLAR O‘RNATILGAN FREZALI BARABANNING PARAMETRLARINI ASOSLASH'

ICHKI BO‘SHLIG‘IGA PASSIV PICHOQLAR O‘RNATILGAN FREZALI BARABANNING PARAMETRLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frezali baraban / baraban radiusi / aylanma tezlik / pichoq qadami / ish rejimi / o‘rnatilish burchagi / disklari orasidagi masofa / o‘tkirlanish burchagi / qanotning uzunligi / aylanishlar soni / egilish burchagi. / фрезерный барабан / радиус барабана / частота вращения / шаг ножей / режим работы / угол установки / расстояние между дисками / угол заточки / длина крыла / количество оборотов / угол наклона.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Qidirov Adxam Rustamovich

Maqolada rotatsion mashinaning freza barabani parametrlari asoslangan bo‘lib, unda frezali baraban diskining bir tomoniga o‘rnatilgan pichoqlar soni, radiusi, aylanma tezligi, pichoqning qadami kinematik ish rejimi, agregatning ilgarilanma harakatdagi tezligi, frezali baraban pichoqlari qanotlarining o‘rnatilish burchagi, pichoqlar o‘rnatiladigan disklari orasidagi masofa, pichoq tig‘ining o‘tkirlanish burchagi, pichoq qanotining uzunligi, barabanning aylanishlar soni va pichoq qanotining egilish burchagi aniqlash ifodalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

On the main parameters of a milling drum with passive knives in the inner cavity

В стати представлены положены параметры фрезерного барабана роторной машины, к которым относятся количество ножей, установленных с одной стороны диска фрезерного барабана, радиус, частоты вращения, шаговых лопаток, кинематический режим работы, скорость агрегата в поступательное движение, угол установки лопастей фрезерного барабана, расстояние между дисками, на которых установлены ножи, угла заточки ножевого полотна, длины крыла лопасти, числа оборотов барабана, и угол наклона лопастного крыла.

Текст научной работы на тему «ICHKI BO‘SHLIG‘IGA PASSIV PICHOQLAR O‘RNATILGAN FREZALI BARABANNING PARAMETRLARINI ASOSLASH»

УДК 631.316.022.2

ICHKI BO'SHLIG'IGA PASSIV PICHOQLAR O'RNATILGAN FREZALI BARABANNING PARAMETRLARINI ASOSLASH

Qidirov Adxam Rustamovich NamMQI, PhD., katta o'qituvchisi, +998972177611, aqidirov@mail.com

Аннотация: Maqolada rotatsion mashinaning freza barabani parametrlari asoslangan bo'lib, unda frezali baraban diskining bir tomoniga o'rnatilgan pichoqlar soni, radiusi, aylanma tezligi, pichoqning qadami kinematik ish rejimi, agregatning ilgarilanma harakatdagi tezligi, frezali baraban pichoqlari qanotlarining o'rnatilish burchagi, pichoqlar o'rnatiladigan disklari orasidagi masofa, pichoq tig'ining o'tkirlanish burchagi, pichoq qanotining uzunligi, barabanning aylanishlar soni va pichoq qanotining egilish burchagi aniqlash ifodalari keltirilgan.

Аннотация: В стати представлены положены параметры фрезерного барабана роторной машины, к которым относятся количество ножей, установленных с одной стороны диска фрезерного барабана, радиус, частоты вращения, шаговых лопаток, кинематический режим работы, скорость агрегата в поступательное движение, угол установки лопастей фрезерного барабана, расстояние между дисками, на которых установлены ножи, угла заточки ножевого полотна, длины крыла лопасти, числа оборотов барабана, и угол наклона лопастного крыла.

Annotation: The article lays out the parameters of the milling drum of a rotary machine, which include the number of knives installed on one side of the milling drum disk, radius, rotation speed, blade pitch, kinematic mode of operation, forward speed of the unit, installation angle of the milling drum blades, distance between the disks on which the knives are installed, the sharpening angle of the blade, the length of the blade wing, the number of revolutions of the drum, and the angle of inclination of the blade wing.

Калит сузлар: frezali baraban, baraban radiusi, aylanma tezlik, pichoq qadami, ish rejimi, o'rnatilish burchagi, disklari orasidagi masofa, o'tkirlanish burchagi, qanotning uzunligi, aylanishlar soni, egilish burchagi.

Ключевые слова: фрезерный барабан, радиус барабана, частота вращения, шаг ножей, режим работы, угол установки, расстояние между дисками, угол заточки, длина крыла, количество оборотов, угол наклона.

Keywords: milling drum, drum radius, rotation speed, blade pitch, operating mode, installation angle, distance between disks, sharpening angle, wing length, number of revolutions, tilt angle.

Bugungi kunda frezali mashinalar katta energiya talab qilishiga qaramasdan o'tloqlar holatini yaxshilash, ekishdan avval ishlov berish, bog' va tomorqalarda ishlov berishda almashtirib bo'lmaydigan dehqonchilik vositasiga aylanmoqda. Mashinalarni energiya hajmdorligi uning konstruktsiyasidan kelibchiqadi. Ish bajarish jarayonida freza katta tezlikda aylanishi va tuproqni intensiv yumshatib, o'lchami katta bo'lgan kesak va palaxsalarni maydalashi kerak. Taklif qilinayotgan tuproqqa ishlov berish vositasida freza barabani ichiga passiv pichoqlar joylangan. Bundan maqsad freza tezligini kamaytirish va o'lchami katta yirik kesak va palaxsalarni ortiqcha energiya sarf qilmasdan eguvchi kuchlanish hisobiga maydalashdir.

Tuproqqa ekish oldidan ishlov berishda energiya sarfini kamaytirish uchun yangi innovatsion usullar yaratilmoqda va ularni amalga oshirish uchun yangi texnik vositalar taklif etiladi. Yanigi texnik vositalar yaratishda rivojlanish yo'nalishlarining biri rotatsion

mashinalarning rotorni optimal parametrlarini tanlashdir. Energiya sarfini minimallashtirish uchun uning aylanish o'qini jihoz bo'ylab oldinga burish tavsiya etiladi. Kuchlanishni o'lchash natijalari shuni ko'rsatadiki, vertikal aylanish o'qi va doimiy chuqurlashtirilgan pichoqlar bilan solishtirganda, rotorning aylanish o'qini pichoqlar nisbiy harakat trektoriyasining orqa yarmiga chuqurroq tushguncha egish jarayonining energiya intensivligini 2,4-2,6 marta kamaytirishga imkon beradi. Shu bilan birga, ishlov berish chuqurligi ish kengligi jihatidan beqaror bo'lib qoladi, ammo bu pichoqlarda ijobiy hodisa sifatida qabul qilinishi kerak. Bu ularning ramaga maxkamlanishning o'ziga xos jihatiga bog'liq [1].

Frezaning konstruktsiyasini takomillashtirishning muhim yo'nalishi -pichoq turini tanlash va uning parametrlarini optimallashtirish. V.B.Mostovkiy o'z ishida egilgan G-shaklli pichoq eng kam energiya sarflashini keltirgan [2].

Jarayonning matematik modellashtirish natijasida shartli nomi "qaldirg'och qanoti" kombinatsiyalashgan pichoqning konstruktsiyasini tahlil qilindi. Uning pastki kesuvchi pichog'i po'lat tasmaning pastki qismini uzunasiga kesish va shu tarzda olingan yarmini turli yo'nalishlarda egish orqali hosil qilingan. Vertikal o'q rotorining kuchlanishini o'lchash natijalari yangi konstruktsiyasining sezilarli afzalligini ko'rsatdi, ammo uni to'liq optimallashtirish tugallanmagan. SHu munosabat bilan oldingi tadqiqotlarda hisobga olinmagan qo'shimcha parametrlarni baholash dolzarb vazifadir [3].

Rotatsion mashina frezali barabanining konstruktiv, texnologik va ish rejimlarini belgilaydigan asosiy parametrlar quyidagilar hisoblanadi (1-rasm)

Frezali baraban diskining bir tomoniga o'rnatiladigan pichoqlar soni. Frezali baraban pichoqlar o'rnatiladigan disklarga ega. Ularga pichoqlar ikki tomondan o'rnatiladi. Ilmiy-texnik adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar bo'yicha [4; 276-b.] har bir diskka bir tomondan 2 dona dan 4 dona gacha pichoqlar o'rnatilishi maqsadga muvofiq. Bunda disklarga pichoqlarni 3 dona dan o'rnatilishi tuproqni yetarli darajada maydalash hamda nisbatan yuqori tezlikda ishlash va ish unumini oshirish imkonini beradi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir diskni bir tomoniga o'rnatiladigan pichoqlar sonini 3 dona qabul qilamiz.

Frezali barabanning radiusini quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz [5; 77-b.]

R > Rd +Ah + h , (1)

bunda R-freza pichoqlari mahkamlanadigan diskning radiusi, m; Jh-freza pichoqlari mahkamlangan disk va dala yuzasi orasidagi tirqish, m; h-ishlov berish chuqurligi, m.

Freza pichoqlari mahkamlanadigan diskning radiusi freza valining radiusi, pichoqlar soni, pichoq ustunining eniga bog'liq bo'lib, uni quyidagi ifoda bo'yicha aniqlash mumkin [6; 108-b.]

R-R (2)

bunda Rv-frezali baraban valining radiusi, m; z/-frezali baraban diskining bir tomoniga o'rnatilgan pichoqlar soni, dona; bu - pichoq ustunining eni, m.

zf-frezali baraban diskining bir tomoniga o'rnatilgan pichoqlar soni, dona; R-frezali baraban radiusi, m; ^-baraban pichoqlarining aylanma tezligi, m/s; ^-pichoqning qadami (pichoqqa uzatish) m; Ä- kinematik ish rejimi; F-frezali baraban (agregat)ning ilgarilanma harakatdagi tezligi, km/h; frezali baraban pichoqlari qanotlarining o'rnatilish burchagi, ¿-frezali barabanning pichoqlar o'rnatiladigan disklari orasidagi masofa, m; '-pichoq tig'ining o'tkirlanish burchagi, €-pichoq qanotining uzunligi, m; «f-barabanning aylanishlar soni, r/min;

Re-pichoq qanotining egilish burchagi, 1-rasm. Frezali barabanning asosiy parametrlari

(2) ifodani hisobga olganda (1) ifoda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi [6; 108-b.]

zb

R > R +

2n

+ Ah + h

(3)

Rv=0,05 m, zf=3, ¿y=0,04 m, Ah=0,010 m [35; 108-b.] va h=0,10 m qabul qilinib, (3) ifoda bo'yicha o'tkazilgan hisoblar frezali barabanning radiusi kamida 0,179 m bo'lishi lozimligini ko'rsatdi. Olingan natijani yaxlitlab, R=0,180 m qabul qilamiz.

Baraban pichoqlarining aylanma tezligini quyidagi ifodalardan foydalanib aniqlanadi.

V V2Rh - h 2 >[a\ 0 R 1 ^

(J + mR2)

3EJp(1 - k2)

(4)

Bundan

Vo >k R

(J + mR2)

3EJpm3(1 -k12)(2R h -h 2)

(5)

ekanligi kelib chiqadi.

(5) ifodadan ko'rinib turibdiki, baraban pichoqlarining aylanma tezligi uning radiusi, inersiya momenti, ishlov berish chuqurligi hamda kesaklarning mustahkamligi, massasi,

elastiklik moduli, zichligi va tiklanish koeffitsiyentiga bog'liq.

Ilgari bajarilgan tadqiqotlarga asosan, [ctca]=3,5-105 Pa, E=1,9406 Pa, ptz=1200 kg/m3, m=1,02 kg, kj=0,3, J=0,11 kgm2 hamda R=0,18 m qabul qilib, (5) ifoda bo'yicha o'tkazilgan hisoblar kesaklarni sifatli maydalanishini ta'minlash uchun frezali baraban pichoqlarining aylanma tezligi kamida 6 m/s bo'lishi lozimligini ko'rsatdi. V ni ortishi frezali barabanni aylantirish uchun talab etiladigan quvvatni ortishiga olib kelishini hisobga olib, pichoqlarning aylanma tezligini 6 m/s deb qabul qilish maqsadga muvofiq.

Pichoqning qadami. Frezali barabanning ikkita qo'shni pichoqlari harakat trayektoriyalarining bir xil nuqtalari dala yuzasida gorizontal bo'yicha bir-biridan S masofaga siljigan bo'ladi (2-rasm) va bu masofa pichoq qadami deyiladi. Uni quyidagi ifodalar bo'yicha aniqlash mumkin.

2xV 2nR

çf _ ' ^ гч _

S - yoki S - ~ ■ (6)

zf ю zf Л

2-rasm. Pichoqning qadamini aniqlashga doir sxema

Bu parametr frezali barabanning kesaklarni maydalash darajasi va uning energiyahajmdorligini belgilaydigan eng muhim parametrlardan hisoblanadi.

Uni ortishi kesaklarni maydalanish darajasi va energiyahajmdorlikni kamayishiga, kamayishi esa ularni ortishiga olib keladi.

Ilgari bajarilgan tadqiqotlarga asoslangan holda pichoq qadamini 0,0942 m deb qabul qilamiz. Pichoq qadamini bundan katta bo'lishi kesaklarni maydalanish darajasini yomonlashuviga, kichik bo'lishi esa energiya hajmdorlikni ortishiga olib keladi.

Frezali barabanning ish rejimini (6) ifodadan foydalanib aniqlaymiz. Bu ifodani Л ga nisbatan yechib, quyidagiga ega bo'lamiz:

2nR

Л-

z/S

(7)

Bu ifodaga R, z/ va S larning yuqorida aniqlangan va qabul qilingan qiymatlarini qo'ysak, Л ning qiymati 4 bo'lishi lozimligi kelib chiqadi.

Frezali baraban(agregat)ning ilgarilanma harakatdagi tezligini œ va À larning ma'lum qiymatlari bo'yicha quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz:

ю

V (8>

rn va Я ning yuqorida keltirilgan qiymatlarini ushbu ifodaga qo'yib, frezali baraban(agregat)ning ilgarilanma harakatdagi tezligi 1,5 m/s (5-7 km/h) oralig'ida bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Frezali baraban aktiv pichoqlari qanotlarining o'rnatilish burchagi. Bu burchak pichoq qanotining orqa tomoni AB ish jarayonida uning tig'i, ya'ni 3-rasmdagi A nuqta hosil qilgan MK trayektoriyaga tegib qolmasligi shartidan aniqlanadi. Chunki aks holda pichoqning orqa tomoni u tomonidan ishlov berilgan tuproqqa tegib ishlashi natijasida frezali barabanning botishi yomonlashadi hamda energiya sarfi ortadi (pichoq orqa tomonini ishlov berilmagan tuproqqa botishi natijasida). Pichoqlar qanotlarining o'rnatilish burchagining yuqorida ta'kidlangan shart bajarilishini ta'minlaydigan qiymati pichoq qanotining enini hisobga olgan holda quyidagi ifoda bo'yicha aniqlanadi.

A i к ч

у = arccos(- + ), (9)

bunda £ к - pichoq qanotining kengligi, m.

3-rasm. Frezali baraban pichoqlari qanotlarining o'rnatilish burchagini aniqlashga

doir sxema

bp=0,40 m [7; 108-b.] qabul qilib, hamda Я ning yuqorida aniqlangan qiymatlarini qo'yib, (9) ifoda bo'yicha у burchak 68o oralig'ida bo'lishi lozimligini aniqlaymiz. у burchakni ushbu olingan natijadan katta bo'lishi yuqorida ta'kidlangandek pichoq orqa tomonini ishlov berilmagan tuproqqa tegishiga, kichik bo'lishi esa energiya sarfini ortishiga olib keladi.

Frezali barabanning bitta seksiyasidagi disklar orasidagi masofani quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz:

b = 2lq +1+ Д, (10)

bunda /q-pichoq qanotlarining uzunligi, m; t-diskning qalinligi, m; Д -qarama-qarshi joylashgan Г-simon pichoq uchlari oralig'idagi masofasi, m [8; 388-391-b.].

/q=0,128 m, ¿=0,004 m va Д =0,04 m qabul qilib, (10) ifoda bo'yicha frezali barabanning disklari orasidagi masofa 0,30 m bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Pichoq tig'ining o'tkirlanish burchagini tig' tezda o'tmaslanib qolmaslik shartidan kelib chiqqan holda 30o qabul qilamiz.

Frezali barabanning aylanishlar sonini uning aylanma tezligi Vo va radiusi R ning yuqorida aniqlangan qiymatlari asosida quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz.

30^

^^ • (11)

Bu ifodaga œ ning va R ning yuqorida keltirilgan qiymatlarini qo'yib, barabanning aylanishlar soni 318 r/min bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Pichoq qanotining egilish burchagini frezali baraban butun qamrash kengligi bo'yicha bir xil chuqurlikka ishlov berishni ta'minlashi shartidan 90o qabul qilamiz.

Demak, o'tkazgan tadqiqotlarimizning natijalariga bo'yicha frezali baraban diskning bir tomoniga 3 dona pichoq o'rnatilishi, uning radiusi 0,180 m, aylanma tezligi 6 m/s, pichoqning qadami 0,0942 m, frezali barabanning ish rejimi 4, agregatning ish tezligi 1,5 m/s, pichoqlar qanotlarining o'rnatilish burchagi 68°, frezali baraban bitta seksiyasi uzunligi 0,30 m, pichoq tig'ining o'tkirlanish burchagi 30°, qanotining uzunligi 0,128 m, barabanning aylanishlar soni 318 r/min, pichoq qanotining egilish burchagi 90° bo'lishi lozim [9; 10].

АДАБИЁТЛАР

1. Основы повышения энергоэффективности технологических процессов и технических средств обработки почвы/ Н.И. Джабборов, А.В. Добринов, В.А. Эвиев, Д.С. Федькин. - Элиста, 2016. - 168 с.

2. Otahanov, B. Milling speed optimization/ В. Otahanov, А. Qidirov, В. Nuriddinov // Innovative Technologica : Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. -№. 08. - С. 15-27.

3. Мелибаев, М. Разработка агрегатов для основной и предпосевной обработки посвы для посева промежуточных культур/М.Мелибаев, А.Дедаходжаев, А.Кидиров//ФарПИ илмий техника журнали.-2014.-№. 2.

4. Синеков Г.Н., Панов И.М. Теория и расчет почвообрабатывающих машин. -Москва: Машиностроение, 1977. - 328 с.

5. Джураев А.Д., Тухтакузиев А., Мухамедов Ж., Турдалиев В. Тупрокка экиш олдидан ишлов берувчи ва майда уругли сабзавот экинларини экувчи комбинациялашган агрегат. Монография. - Тошкент: Фан ва технологиялар, 2016, - 180 б.

6. Канарев Ф.М. Ротационные почвообрабатывающие машины и орудия. - Москва: Машиностроение, 1983, -142 с.

7. Худайбердиев Р. Исследование рабочих органов и обоснование параметров ротационного культиватора в условиях тяжелых поливных почв Азербайджанской Республики: Автореф. дис. ... кан. тех. наук. - Ереван, 1968, - 25 с.

8. Khudoyorov A.N., Yuldasheva М.А. Justification of parameters of the active working body of the combined unitInternational // Journal of discourse on innovation integration and education. - Tashkent, 2021. -№02 - рр. 2181-1067.

9. Qidirov A.R. Tuproqqa yuza ishlov beradigan frezaning passiv pichoqlari parametrlarini asoslash: texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ... diss. - Namangan, 202023. - 150 b.

10. Рустамович К. А. Ички бушлигига пассив пичоклар урнатилган фрезали барабаннинг конструктив схемаси ва унинг технологик иш жараёни //Механика и технология. - 2022. - №. Спецвыпуск 1. - С. 89-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.