Научная статья на тему '“TUHFATUL-AHROR” DOSTONI TARKIBIDAGI IZOFIY BIRIKMA VA IZOFIY ZANJIR MODELIDAGI FRAZEMALARNING DISTRIBUTIV TAHLILI'

“TUHFATUL-AHROR” DOSTONI TARKIBIDAGI IZOFIY BIRIKMA VA IZOFIY ZANJIR MODELIDAGI FRAZEMALARNING DISTRIBUTIV TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
120
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / chog’ishtirma tahlil / frazema / frazeologizm / ot frazemalar / fe’liy frazemalar / sintaktik munosabat shakllari / izofiy birikma / izofiy zanjir / izofa. / Navoi / distributional analysis / phrasema / phraseology / noun phrases / verb phrases / forms of syntactic relations / izafet / izafe / izafat / izāfa / ezafe / and izofa / the phrases in the model of izafet.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djalilova, Kamola Erkin Qizi

Ushbu maqolada “Tuhfatul-ahror” dostoni tarkibidagi ot frazemalar distrubutiv tahlil etilgan bo’lib, doston tarkibidagi izofiy birikma modelidagi frazemalar tarkibiy va ma’noviy jihatdan o’rganilgan. Jomiyning asar tarkibida izofiy birikma shaklidagi frazemalardan foydalanish chastotasi o’rganilib, muallifning frazemalarni qo’llashdagi o’ziga xos uslubini ochib berish ko’zda tutilgan. Izofiy birikma va izofiy zanjir sintaktik munosabat shakli doston tarkibida qo’llanish chastotasi hisoblangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTRIBUTIONAL ANALYSIS OF IZAFET MODEL PHRASEOLOGICAL UNITS IN THE POEM OF “TUHFAT UL-AHROR”

This article examines the noun phrases in the epic of Tuhfat ul-ahror, and studies the phrases in the izafet combination model in epic, both structurally and semantically, and makes a distributional analysis. The frequency of the use of the noun phrasas in the model of izafet, revealing the unique style of author in the use of phrases is explored.

Текст научной работы на тему «“TUHFATUL-AHROR” DOSTONI TARKIBIDAGI IZOFIY BIRIKMA VA IZOFIY ZANJIR MODELIDAGI FRAZEMALARNING DISTRIBUTIV TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

"TUHFATUL-AHROR" DOSTONI TARKIBIDAGI IZOFIY BIRIKMA VA IZOFIY ZANJIR MODELIDAGI FRAZEMALARNING DISTRIBUTIV

TAHLILI

Djalilova Kamola Erkin qizi

Toshkent Davlat Transport Universiteti Chet tillari kafedrasi assistenti [email protected]

Ushbu maqolada "Tuhfatul-ahror" dostoni tarkibidagi ot frazemalar distrubutiv tahlil etilgan bo 'lib, doston tarkibidagi izofiy birikma modelidagi frazemalar tarkibiy va ma 'noviy jihatdan o 'rganilgan. Jomiyning asar tarkibida izofiy birikma shaklidagi frazemalardan foydalanish chastotasi o'rganilib, muallifning frazemalarni qo 'llashdagi o 'ziga xos uslubini ochib berish ko 'zda tutilgan. Izofiy birikma va izofiy zanjir sintaktik munosabat shakli doston tarkibida qo 'llanish chastotasi hisoblangan.

Kalit so'zlar: Navoiy, chog'ishtirma tahlil, frazema, frazeologizm, ot frazemalar, fe'liy frazemalar, sintaktik munosabat shakllari, izofiy birikma, izofiy zanjir, izofa.

DISTRIBUTIONAL ANALYSIS OF IZAFET MODEL PHRASEOLOGICAL UNITS IN THE POEM OF "TUHFAT UL-AHROR"

This article examines the noun phrases in the epic of Tuhfat ul-ahror, and studies the phrases in the izafet combination model in epic, both structurally and semantically, and makes a distributional analysis. The frequency of the use of the noun phrasas in the model of izafet, revealing the unique style of author in the use of phrases is explored.

Key words:Navoi, distributional analysis, phrasema, phraseology, noun phrases, verb phrases, forms of syntactic relations, izafet, izafe, izafat, izafa, ezafe, and izofa, the phrases in the model of izafet.

РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ МОДЕЛИ ИЗАФЕТА В ПОЭМЕ «ТУФАТ УЛЬ-АХРОР»

ANNOTATSIYA

Djalilova Kamola Erkin kizi

Tashkent State Transport University, lecturer mirzaxmedova! [email protected]

ABSTRACT

Джалилова Камола Эркин кизи

Ташкентский государственный университет путей сообщения,

преподаватель [email protected]

АННОТАЦИЯ

В данной статье исследуются словосочетания существительных в эпосе «Тухфат уль-ахрор», а также изучаются структурно и семантически фразы в модели сочетаний изафет в эпосе, а также проводится распределительный анализ. Исследована частота употребления существительных фраз в модели изафет, раскрывающая уникальный авторский стиль в использовании фраз.

Ключевые слова: Навои, дистрибутивный анализ, фразема, фразеология, именные словосочетания, глагольные фразы, формы синтаксических отношений, изафет, изафе, изафат, изафа, эзафе, изофа, фразы в модели изафет.

KIRISH

Izofiy birikmalar predikativlik kasb etmaydi va shu sababli ham eronshunoslikka oid asarlarda - har bir so'z o'zidan oldingi so'z ma'nosini to'ldirib keluvchi birikma, ya'ni atributiv so'z birikmasi deb ham nomlanadi1.

L.S. Peysikov frazeologik so'z birikmalari anglatuvchi ma'no tarkibi sintaksis doirasidan chiqib ketadi va ularni leksikologiya va frazeologiya doirasida o'rganish kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha: "Frazeologik izofiy so'z birikmalari mazmun jihatidan va shakliy jihatdan tafovutga ega. Barcha frazeologik birliklar kabi ular ham nutqda tayyor holda qo'llaniladi. Ularning mazmuni tarkibiy miqdoridan anglanmaydi, balki idiomatik hisoblanadi. Shuning uchun ularda erkin so'z birikmalariga xos bo'lgan jonli sintaktik munosabatni uchratish mumkin emas. Ularda izofa qo'shimchasi eskidan bor bo'lgan, uni so'z birikmasini bog'lovchi munosabat shaklining ifodasi deb bo'lmaydi. Bunday so'z birikmalari uchun shakl tushunchasi o'z ahamiyatini yo'qotadi, chunki "qotib qolganlik" va ma'noning ideomatik qayta tuzilganligi sabab so'zlar orasidagi birikuv usuli o'z ahamiyatini yo'qotadi2".

Demak, frazema tarkibidagi izofa ko'rsatkichini alohida ajratib bo'lmaydi va frazeologik izofiy birikma bir butun lug'aviy ma'no ifodalab keladi. Ular bir butunlikda turli tushuncha va hodisalarni, shaxs va predmetlarni, belgi va xususiyatlarni hamda boshqa tushunchalarini nomlab kelishi mumkin.

1Пейсиков Л.С. Вопросы синтаксиса персидского языка-М.,1959. - C.42.

2O'shaasar -C.108.

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Tuhfat ul-ahrar" dostonidagi frazemalarni tahlil qilish jarayonida izofiy modeldagi frazemalar to'plangan materialning asosiy qismini tashkil etishi ma'lum bo'ldi. Masalan quyidagi misollarga e'tiboringizni qarating: OT+OT tarkibli izofiy birikma modelidagi frazemalar

O'simliklardan keyin hayvon junbushga keldi Tomog'idan tiriklik suvi qo'yib yuborildi Ushbu baytda "^h^ M" [abe hayat] frazemasining "tiriklik suvi" ma'nosidan foydalanilganligini ko'rishimiz mumkin. Ot turkumiga mansub ikki so'z izofa yordamida bog'lanib, yangi ma'no hosil qildi deb aytish mumkin.

Azal dengizida karam mavji ko'tarildi Hamma sohil bo'yi gavharga to'ldirildi Ushbu bayt orqali "shoir dunyoning karami keng, uning sohili gavhar bilan to'la deb aytmoqchi". » Jjl j^» [bahre azal] azali dengiz ma'nosini ifodalab kelmoqda.

Ushbu baytda ikkita frazema ishlatilganini ko'rishimiz mumkin. Birinchi frazema OT+OT modeliga muvofiq bo'lib, » <>:jj»[parde-ye sab] "tun zulmati" ma'nosini beradi. Shoir "parda" va "zulmat" so'zlarini bir-biriga sinonim tarzida qo'llagan deyish mumkin. Chunki, kech kirganda olam uzra hech qanday parda yopilmaydi, aksincha quyosh yorug'ligi bo'lmagani tufayli atrof zulmat ichida qoladi. Huddi shunday inson qalbiga shubha oralasa, iymon nuri o'rnini zulmat egallaydi.

Ikkinchi frazemani » jjj»[nur-e yayin] "iymon nuri" ma'nosini beradi. uÄ» »[yayin] so'zi tasavvufiy ma'noda "g'ayb olamiga hech qanday shubhasiz ishonish" ma'nosini beradi. Baytning mazmunidan ham aynan shu ma'noni ilg'ab olish mumkin.

3/50 ^ibû jl aJ^ jlj^ J".'?

^lÉ jj jljj

58/1

19/1 ^â^j Ij u^xj ^JJ ÔJJJ

I j ¿JL jjj ^l^ Tun zulmati zamin yuzini yashirdi Shak zulmati iymon nurini yashirdi

3A6gyppaxMâH ^3mï: Tyx$aT a^-axpap, Cy6^aT y^-a6pâp, XnpagHâMa-e HcKaHgapnn. / KpHTHHecKHHTeKCTHnpegHCTOBHer.A.TapÖHaTa. - M.: «HayKa», 1984. - 474 c.Bundankeyingimisollarshukitobmatnidanolingan. Birinchiraqamfasl, ikkinchibayt.

Scientific Journal Impact Factor

j^LJ ^uhij J^.1 jjj

Tun sening soching rangini sahardek qildi Haqiqiy ajal kunidagi ilksahar jilvalarini[berdi]

Ushbu bayt asarning 15 - maqolasidan olingan bo'lib, unda shoir yoshlik yillarini behuda sarflab yuborganlar haqida yozgan. Baytni quyidagicha tushunish mumkin: "Tundek qora sochlaring rangi huddi tongning rangi kabi oqara boshladi", keyingi baytda esa yanada kinoya yanada kuchaytirilib shunday deyilmoqda: "sochingdagi bu oqlik ajalingni keltirguvchi haqiqiy oppoq tongning daragini berdi" deb aytmoqchi nazarimizda. Demak bu baytdagi frazema » ^^ j^1£>«[tabäslr-e sobh] "ilk sahar jilvalari" frazemasini tarkibidagi » [tabäsir] so'zi Dexxudo lug'atida quyidagicha izohlangan:

^jAji) .Jjïjj ^jjj^ J^jj J <jljlj 4£ (^JjA ylj^ jl ^jâ'" J^b ^jj^, (l) ] ] .jA^ibj»

^xjJ ^JdA QjjJ jl Ijj! J Aj^j^i jlj^J^l Jjjl^ ^jjJji^i J^lj ^jja. .( ^Jj^ij ^jAji) ( ^jj^'l

»....( ^jjj^ A^LÜJ^i) .JjJj^ l^kji^jj ^Jj^j Ijj! ^Ij^jj^i ^JJIJ .( ÙIAJJ) .J^lj Jfjj Jjjj! » jplfi» [tabäsir] bobons va banbuk deb ataluvchi hind qamishining orasidan chiqadigan oq narsaga aytiladi. (Jahongiri lug'ati) (Rashidiy lug'ati). Qurigan suyakka o'xshagan va bambuk deb nomlanuvchi hind qamishining ichidan chiqadigan oq narsaga aytiladi. (Muniriy Sharafnomasi).

Ushbu maqolada » jj^»[tabäsir] so'zi batafsil tahlil qilingan bo'lib, biz faqat tadqiqotimiz uchun kerakli joyini mazmuni oldik. Ushbu so'z bugungi kunda "doskaga yoziladigan mel" ga nisbatan ham ishlatilmoqda. Ammo, asar yaratilgan davr nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda "oq narsa" ma'nosini olish to'g'ri bo'ladi nazarimizda. Demak, bu frazemani ham OT+OT izofiy birikma modeliga kiritishimiz mumkin.

Ushbu baytdagi » [cäsni-ye 'esy] "ishq ta'mi" frazemasini tahlil

qiladigan bo'lsak, frazema ikki so'zdan tashkil topganini ko'rishimiz mumkin. 3^» »[ 'esy] - so'zi o'z ma'nosini saqlagan holda "ishq", "muxabbat" ma'nolarini ifodalab kelayotgan bo'lsa, » ^j^»[cäsm] so'zi esa "ta'omga qo'shiladigan ziravorlar", "ta'm" ma'nolarini beradi. Ushbu frazemaning ma'nosini to'liqroq ochib berish uchun bayt tahliliga e'tiborimizni qarataylik. Oldingi baytlarga ishora qilingan holda "bularni hammasini aytib bo'ldik va lekin bir narsa yodimizdan ko'tarilganga

17/22 üü Jj fjJâÉ A^A jjl

jl£ <J^l j jj ^I^IA

Borini aytdik vali shu bilan birga Asl maqsadimiz edi ishq ta'mi bizga

o'xshaydi, asosiy ishimiz, asosiy maqsadimiz ishq ta'mi erur." deyilmoqda nazarimizda.

OT+SIFAT tarkibli izofiy birikma modelidagi frazemalar

17/4 jUiyî ^ J

Ularning jon chekish-u kon chekish ravishlari

Ularning yulduz terilgan osmon uzra sayrlari Ushbu bayt shoirlar va ularning qofiya tanlash mahorati haqidagi maqolaning bir qismi bo'lib, uni quyidagicha tavsiflash mumkin: "ularning jon chekishlari-yu kon chekishlari" deganda she'rning materiali hisoblangan so'zlarni tanlash zahmati nazarda tutilmoqda. Shoirlarning kon kavlab jon chekishlari ma'nolar olamidan she'r uchun madan ya'ni noyob so'zlarni izlashlariga o'xshatilmoqda. "Ularning yulduzlar bilan to'lgan osmonga sayrlari" misralari bilan shoir ilhom manbasi aslida osmonda ekanligiga ishora qilmoqda. She'r yozish hayolot olamiga sayr qilish kabi ko'ringani bilan, so'zlarni va qofiyani to'g'ri tanlash kon qazish-u jon kuydurish bilan tenglasha oladi deb aytish mumkin.

»ùot J^É ¿Jt»[carx-e goharcm] "yulduzlarga terilgan osmon" frazemasi so'zma-so'z "gavhar terilgan charx" deb tarjima qilinadi. Ammo frazema tarkibidagi so'zlar o'z ma'nosini butunlay yo'qotganini ko'rishimiz mumkin. »¿jt»[carx] so'zi majoziy ma'noda "osmon"ni, »Uot J*É »[goharcm] so'zi «j$É »[gohar] "gavhar" so'ziga »Uot » [cm] "terilgan" ma'nosini anglatuvchi poluaffiksi qo'shilgan "gavhar terilgan" degan ma'noni anglatmoqda. Tunda osmonga qaraganda osmondagi yulduzlar ham huddi gavhar misol jilva qilishini ko'rishimiz mumkin. Demak, j$É » »Uot[goharcTn] so'zi "yulduzlar terilgan" ma'nosini ifodalamoqda. Ushbu frazema komponentlari OT+SIFAT tuzilishiga ega.

2/13 ùAj^ jjjc Là. JAJ ojjx

jl ^ixt J^b ^Ix^j

Xush xabar keldiki arab yozuvida Bismillah behesht chamani bo'lajak Bu bayt dostonning kirish qismidan olingan bo'lib, unda arab yozuvidagi "Bismillah" so'zi jannatdan chaman xabarini bergani aytilmoqda. Qur'oni karimda jonli mavjudotlar suratini aks ettirishga ijozat berilmagani sababli, uni yozuvni yanada go'zallashtirish bilan boyitishgan. Dastlab ollohning kalomi yod olingan bo'lib, xalifa Usmon davriga kelibgina kitob shakliga keltirilgan. Buning sababi, islom dini tarqalgan dastlabki davrlarda musulmonlar qur'oni yodlab o'rganganlar. Keyinchalik esa, qur'on oyatlariga o'zgartirish kiritish va ularning tartibini buzilib

ketishini oldini olish maqsadida qur'oni karimni kitob shakliga keltirganlar. Qur'oni karim islom dinining mo'jizasi hisoblanadi. Zero, u nozil bo'lguniga qadar arablar eng johil qavmlardan bo'lganlar. Ammo, yaratganning inoyati bilan islom ularni dunyo tamaddunini o'zgarishiga sababchi bo'lgan xalqlardan biriga aylantirdi. Jumladan, yurtimizda saqlanayotgan Usmon musxafiga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, arab yozuvining eng sodda shaklida ko'chirilganini ko'rishimiz mumkin. Jomiy "Tuhfat ul-ahror" dostonini yozgan davrga kelib esa arab xatining 100 dan ortiq turlari paydo bo'lgan edi. Agar qaysidir xat jannat hidini taratadigan bo'lsa, u faqatgina qur'oni karim yozilgan arab xati bo'lishi mumkin. demak bayt tarkibidagi «^j^i jfic ^«[xat-e ambar serist] "anbar hidli xat" yoki "arab yozuvi" ma'nosini ifodalab kelmoqda.

53/5 fUi JU^ AJ <jü

fi ijjjjfl jl ¿AI^ Shundayin nodir kaklikki bor xusnicha Feruzarang ravza shohiddur unga Ushbu o'rinda kaklikning jamoli maqatalib, shoir uning xusnini ta'riflar ekan "Feruzarang bog'dagina bunday qush bo'lishi mumkin" deb vasf qilmoqda. Bu baytda «^ Ojj^ a^jj «[rouze-ye firüzefim] "feruzarang ravza" frazemasi "jannat bog'i" ma'nosini ifodalab kelmoqda. Zero, osmon feruzarangda bo'lib, osmondagi bog' deganda, faqat jannat tushunilishi mumkin.

55/14 ^jj j^ji jjjl i^ja. J A£ AJ Jjl^j A^. jA

Ey Jomiy bu oynarang gunbazdan Nima ko'rinsa ham yaxshi goh sulh yo jang «^jj Aiyl [gonbad-e ayinerang] "oynarang gumbaz" ya'ni "osmon". Ushbu baytda ajoyib so'z o'yinini ko'rishimiz mumkin. Jomiy san'atkorona tarzda osmon rangini ifoda etmoqda. Agar osmonning rangi oynarang bo'lsa, u holda hamma bu oynarang gumbazda o'z aksini ko'radi. Bu baytda inson tabiati o'zgaruvchanligiga ham urg'u berilgan deb aytsa bo'ladi. Chunki unda holatga ishora qilinib gohida sulh, gohida jang deb aytilmoqda. Bu frazemani ham OT+SIFAT modelidagi frazemalar qatoriga kiritishimiz mumkin.

Yuqorida izofiy birikma modelidagi frazemalarni ko'rib chiqdik. Bunday modeldagi frazemalar yig'ilgan misollarimizning asosiy qismini tashkil qiladi. Izofiy zanjir modelidagi frazemalar nisbatan kam uchraganini hisobga olgan holda, ularning tarkibiy modellari tahlilini har bir frazema uchun alohida ko'rib chiqishga qaror qildik.

9/3jl 4SjL

jl j^ ûl^l jil Dur sochuvchi lutf chaqini undandir Gavhar sochuvchi inoyat buluti undandir Ushbu bayt dostondagi ikkinchi na'tdan olingan bo'lib, unda me'roj kechasi tavsiflanmoqda. » jl^ij ^Lî Aâjb» [bâreye-ye lotf-e dorafsan] "durafshon lutf chaqini" frazemasi me'roj kechasida bo'lgan voqelardan biriga ishora qilib kelmoqda. » UlLJ »[latafa] so'zi araba tilidan olingan bo'lib, "muruvvat ko'rsatish", " yengilatish" ma'nolarini anglatadi. "Lutf" so'zi ma'nosini "durafshon" ya'ni "dur sochuvchi" so'zi yanada ochib bermoqda. Dur donalari sochilib ketsa, ularni sanog'iga yetishning imkoni bo'lmaganidek, me'roj kechasida ko'rsatilgan muruvatning ham sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Demak, jl^ilj^ ^^ Aâjb» »[bareye-ye lataf-e dorafsan] "durafshon lutf chaqini" frazemasini "yaratganing cheksiz lutfi" deb tushunish mumkin. Bayt davomida » jt^il j«É 'jl-e jjI» [abr-e 'enayat-e goharafsan ] "gavharafshon inoyat buluti" frazemasini ko'rishimiz mumkin. Bu frazemani avvalgi frazema bilan ma'nodosh tarzda talqin qilish mumkin. Oldingi misrada yaratganning lutfi dur sochuvchi lutf chaqmog'iga qiyoslangan bo'lsa, bu misrada yaratganing inoyati gavhar sochuvchi inoyat bulutiga o'xshatilmoqda.

8/1 ^j^ ^jj jS^l

Koinot yulduzlar burjining sharafi Koyinot gavharlar durjining sadafi » ^j^ ^jj jsâ.I» [axtar-e borj-e saraf-e kayenat ] "koyinot yulduzlar

burjining sharafi" va » j*jÉ» [gohar-e dorj-e sadaf-e kayenat ]

"koyinot yulduzlar burjining sharafi" frazemalari "payg'ambar" ma'nosini ifodalab keladi. Bu bayt payg'ambarimiz (s.a.v) sharafiga atalgan birinchi na't tarkibida ekanligi fikrimiz to'g'ri ekanligini yana bir karra isbotlaydi.

30/6 jlJ °jjj ^ j °jjj 'Sj

jIjj Asti jl JjJ Aj

Ro'zador og'zidan chiqayotgan ifor Tatar mushki nofesidan yaxshiroqdir »jlSj Ailj»[nafe-ye moske tatar ] "tatar mushki nofesi" ro'zador og'zidan chiqadigan ifor bilan solishtirilmoqda. "Nafe" so'zi mushkin ohuning kindigidan olinadigan xushbo'y is taratib turuvchi tuxum shaklidagi qopchani anglatadi. Demak, tatar mushki nofesini o'ta noyob, topilishi qiyin bo'lgan ifor deb aytsak, ro'zador og'zidan chiqadigan ifor undan yaxshiligi aytilmoqda. Ushbu baytda shoir tashbeh

san'atidan foydalangan holda o'z fikrini yanada teranroq ifoda etmoqda. Bayt OT+OT+OT tarkibli izofa zanjiri modelida ekanligini ko'rishimiz mumkin.

48/4 ^Ij^lj ^âj jji^ aj JÔ^

uUûJt ^JJ j2âJ jl jS ij Daftaringda qancha yoziq nosavob Yavmul hisob daftaridan olgin yod » ^UaJl ^ jji^« [daftar-e yavm ul-hisab ] "amal daftari", "hisob kuni daftari" » ^UaJl ^jj«[yavm ul-hisab ] hisob kuni ya'ni qiyomat. Qiyomat kuni har bir bandaning amallari hisob qilinadi. Shuni nazarda tutgan holda j^»

»[daftar-e yavm ul-hisab] dan maqsad har bir bandaning savob va gunoh ishlari yozib boriladigan "amal daftari" deb bildik. Ushbu frazema OT+OT+OT tarkibida bo'lib, uni izofiy zanjir modelidagi frazemalar qatoriga kirgizishimiz mumkin.

XULOSA

Shu bilan "Tuhfat ul-ahrar" dostoni tarkibidagi izofiy modeldagi frazemalarning tarkibiy tahlilini yakunlaymiz. Umumiy hisobda 120 ta izofiy birikma hamda 8 ta izofiy zanjir modelidagi frazemalar aniqlandi. Bundan ko'rinib turibdiki, doston tarkibida ikki so'zdan tashkil topgan izofiy birikma modelidagi ot frazemalar boshqa modeldagi frazemalarga nisbatan ko'proq uchragan.

REFERENCES

1. Aripov, M., Sharipbay, A., Abdurakhmonova, N., Razakhova B.: Ontology of grammar rules as example of noun of Uzbek and Kazakh languages. In: Abstract of the VI International Conference "Modern Problems of Applied Mathematics and Information Technology - Al-Khorezmiy 2018", pp. 37-38, Tashkent, Uzbekistan (2018)

2. Abduraxmonova, N. Z. "Linguistic support of the program for translating English texts into Uzbek (on the example of simple sentences): Doctor of Philosophy (PhD) il dis. aftoref." (2018).

3. Abdurakhmonova N. The bases of automatic morphological analysis for machine translation. Izvestiya Kyrgyzskogo gosudarstvennogo tekhnicheskogo universiteta. 2016;2 (38):12-7.

4. Abdurakhmonova N, Tuliyev U. Morphological analysis by finite state transducer for Uzbek-English machine translation/Foreign Philology: Language. Literature, Education. 2018(3):68.

Scientific Journal Impact Factor

5. Abdurakhmonova N, Urdishev K. Corpus based teaching Uzbek as a foreign language. Journal of Foreign Language Teaching and Applied Linguistics (J-FLTAL). 2019;6(1-2019): 131-7.

6. Abdurakhmonov N. Modeling Analytic Forms of Verb in Uzbek as Stage of Morphological Analysis in Machine Translation. Journal of Social Sciences and Humanities Research. 2017;5(03):89-100.

7. Kubedinova L. Khusainov A., Suleymanov D., Gilmullin R., Abdurakhmonova N. First Results of the TurkLang-7 Project: Creating Russian-Turkic Parallel Corpora and MT Systems. Proceedings of the Computational Models in Language and Speech Workshop (CMLS 2020) co-located with 16th International Conference on Computational and Cognitive Linguistics (TEL 2020) .2020/11: 90-101

8. Abdurakhmonova N. Dependency parsing based on Uzbek Corpus. InProceedings of the International Conference on Language Technologies for All (LT4All) 2019.

9. Абдуррахман ЖамТ: Тухфат ал-ахрар, Субхат ул-абрар, Хираднама-е Искандарий. / Критический текст и предисловие Г.А.Тарбията. - М.: «Наука», 1984. - 461 b.

10. Imomnazarov M. X-XV asrlar fors mumtoz she'riyati. - Toshkent: Format poligraf, 2013. - 400 b.

11. Majitova S. J. Jomiy g'azallaridagi ramziy istilohlarning lug'aviy va majoziy ma'nolarini talqin qilish usullari filologiya fanlari bo'yicha falsafa dktori (PhD) dissertasiyasi.- Samarqand: SamDU. 2018.-178 b.

12. Mamatov A. E. O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari: filol. fanlari doktori dissertatsiyasi. - T.,1999. - 316 b.

13. Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. - T.: TDShI, 2009. - 109 b.

14. Quronbekov A., Mannonov A., Immomnazarov M. Alisher Navoiy asarlari bo'yicha konkordans tuzish qo'llanmasi. - T.: "Fan va texnologiya", 2015.- 96 b.

15. Sodiqov Q. Turkiy til tarixi. - Toshkent: TDSHI, 2009. -54 b.

16. Голева Г.С. Фразеологическая система современного персидского языка (фарси) и принципы составления фарси-русского фразеологического словаря. Дис. ...док. филол. наук. - М., 2005, -520 c.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17. Пейсиков Л.С. Вопросы синтаксиса персидского языка. -М.,1959. -410 c.

18. Рубинчик Ю.А. Основы фразеологии персидского языка. - М.,1981. -400 c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.