Научная статья на тему 'ЦЕЛЬ ТРЕНИРОВОЧНОГО ПРОЦЕССА БОРЬБЫ И ЕГО ТЕХНОЛОГИЯ'

ЦЕЛЬ ТРЕНИРОВОЧНОГО ПРОЦЕССА БОРЬБЫ И ЕГО ТЕХНОЛОГИЯ Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Борьба / методы / тренировки / техника / тактика / действия. / Wrestling / methods / training / technology / technique / tactics / actions.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Газиев Нуритдин Рухиддинович, Хайитов Жахонгир

Целенаправленное рассмотрение текущих результатов, разделение борцовских приемов и тактика на отдельные части-особенности организации спортивной подготовки, переработанного учебного цикла.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PURPOSE OF THE WRESTLING TRAINING PROCESS AND ITS TECHNOLOGY.

Purposeful,to check the current results, to divide the wrestling techniques and tactics into separate parts are the peculiarities of the organization of wrestling lessons, the revised educational cycle, because wrestling lessons are of a reproductive nature, is more effective in possessing the necessary minimum of niche and skill. Applying a technological approach ensures that the set learning objectives are achieved.

Текст научной работы на тему «ЦЕЛЬ ТРЕНИРОВОЧНОГО ПРОЦЕССА БОРЬБЫ И ЕГО ТЕХНОЛОГИЯ»

ЦЕЛЬ ТРЕНИРОВОЧНОГО ПРОЦЕССА БОРЬБЫ И ЕГО ТЕХНОЛОГИЯ

Газиев Нуритдин Рухиддинович

Наманганский государственный университет, факультет физический культура, Кафедра физический культура, Наманган Хайитов Жахонгир Наманганский государственный университет, Спартивной диятолности 3 курс https://doi.org/10.5281/zenodo.8007758

Аннотация. Целенаправленное рассмотрение текущих результатов, разделение борцовских приемов и тактика на отдельные части-особенности организации спортивной подготовки, переработанного учебного цикла.

Ключевыеслова: Борьба,методы,тренировки,техника,тактика,действия.

THE PURPOSE OF THE WRESTLING TRAINING PROCESS AND ITS

TECHNOLOGY.

Abstract. Purposeful,to check the current results, to divide the wrestling techniques and tactics into separate parts are the peculiarities of the organization of wrestling lessons, the revised educational cycle, because wrestling lessons are of a reproductive nature, is more effective in possessing the necessary minimum of niche and skill. Applying a technological approach ensures that the set learning objectives are achieved.

Keywords: Wrestling, methods, training, technology, technique, tactics, actions.

KURASH MASHG'ULOTI JARAYONINING MAQSADI VA UNING

TEXNOLOGIYASI.

Annotasiya. Maqsadni ko'zlash, joriy natijalarni tekshirib borish, kurash texnik-taktik usullarini ayrim bo'laklarga ajratish kurash mashg'ulotini tashkil etishni, qayta ishlab chiqiladigan ta'lim sikliga xos xususiyatlaridir, kurash darsi reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko'nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko'proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo'llash qo'yilgan o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi

Kalit so'zlar: kurash, usullar, mashg'ulot, texnologiya, texnika, taktika, harakatlar.

Pedagogik jarayonda ayrim darslarni modellashtirish, loyihalash jarayoni tajribasi mavjud. Ammo butun pedagogik jarayonni modellashtirish, har bir vositani o'z o'rnida qo'llash keng joriy etilmagan. Kurash mashg'ulotlarida pedagogik texnologiyani qo'llash ana shu bo'shliqni hal etishda katta samara beradi. Prezidentimiz boshchiligida mamlakati-mizda bolalar sportiga katta e'tibor berilayotgani, ulkan mablag' ajratilgani, yoshlarga milliy kurash texnik-taktik harakatlariga o'rgatishda yaxshi natijaga erishish uchun pedagogik texnologiyadan foydalanishni taqozo etadi.

Pedagogik texnologiya kafolati ta'limiy-tarbiyaviy maqsadga erishish bilan ahamiyatli va dolzarbdir. Shuning uchun kurashda maqsadning aniqligi, unga xos mazmun, natijaga bosqichma-bosqich erishishda kurashchining va murab-biy faoliyatining uyg'unligi pedagogik texnologiyaning talabidir.

An'anaviy ta'lim tizimida ham maqsad pedagogning asosiy muammosi bo'lib kelgan. Chunki usta oldindan nima yasayotganini bilgandek, murabbiy ham kimni tarbiyalamoqchi, nimani shakllantirmoqchi ekanini bilishi shart. Ammo pedagog texnologiyada maqsad va unga erishish kafolati butun pedagogik jarayon, texnologik jarayonning mezoni, kalitidir. Bunda avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan kelib chiqadigan ta'lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga

asoslanadi. Bugungi kunda O'zbekistonda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishdek tashkiliy tadbirlarda bevosita ta'lim-tarbiya vazifalarini qo'ydi.

Pedagogik texnologiya usulining o'ziga xos xususiyati shundaki, unda kurash mashg'ulotining rejalashtirilgan maqsa-diga erishishni kafolatlaydigan o'quv-bilish (o'zlashtirish) jarayonini loyihalashtiriladi.

Maqsadni ko'zlash, joriy natijalarni tekshirib borish, kurash texnik-taktik usullarini ayrim bo'laklarga ajratish kurash mashg'ulotini tashkil etishni bu belgilari, qayta ishlab chiqiladigan (takrorlanadigan) ta'lim sikliga xos xususiyatlaridir. Boshqacha qilib aytganda, takrorlanadigan mashg'ulot siklining asosiy qismlari quyidagilar:

- milliy kurash maqsadlarini umumiy belgilash;

- umumiy maqsadni oydinlashtirib, kurash mashg'uloti maqsadlariga aylantirish;

- kurash texnik-taktik usullarini o'rganish amallari majmui;

- kurash mashg'uloti natijasini baholash.

Mashg'ulot jarayoni bunday takrorlanadigan shaklga ega bo'lgani uchun modul xarakterini kasb etadi, alohida blok (qism) larga ajratiladi, ular turli mazmunga, lekin umumiy tuzilishga ega bo'ladi.

Xatoni tuzatish

Kurashning umumiy maqsadi va mazmuni Kurash mashg'uloti maqsadlari Kurash usullarini o'rganish, o'rgatish Baholash

Xatoni tuzatish

Aslida bu, pedagogik faoliyatning sikli algoritmi bo'lib, uni kurash mashg'uloti mazmunini yangi-yangi bo'lim-lariga, mavzulariga qo'llash mumkin. Bunday algoritm aniq va samarali ishlashining sababi kurash maqsadlari standart-lashgan tipga o'tkazilganidir. Bu, reproduktiv ta'limga taalluqlidir.

Kurash mashg'uloti jarayonini pedagogik texnologiyaga binoan tashkil etish uchun loyihalashtirish bosqichida yuqori malaka talab etiladi, yetakchi metodist-pedagog murabbiylar guruhi pedagogik texnologiya qoidlari va prinsiplari asosida, uslubiy materiallarni ishlab chiqadi. Bunday materiallar mavjud bo'lsa, murabbiyning vazifasi asosan tashkiliy ishlar va maslahat berishdan iborat (ayrim ijodiy o'zgarishlar kiritish imkoniyati saqlangan holda) bo'ladi.

Kurash mashg'uloti jarayonining hamma bosqichlarida asosiy e'tibor ta'lim natijasiga erishishga qaratiladi.

Texnologiya yunoncha so'z bo'lib, texnik - mahorat, logos - ta'limot ma'nolarini anglatadi.

Texnologiya tushunchasi - milliy kurash mashg'ulotlarida kurashchilardan yuqori natija olish uchun qo'llaniladigan usul va metodlar majmuidir.

Milliy kurash mashg'ulotlariga texnologik yondashuv:

- o'qish-o'qitish jarayonini o'zaro uzviy bog'liq davrlari, fazalari, amallarga ajratish, bo'lishni;

- ta'limdan mo'ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

- loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.

Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta'limga xosdir. Reproduktiv ta'lim tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.

Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida milliy kurash mashg'uloti -takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham muvofasal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O'quv materiali aniq ifodalagan o'quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo'lak (qism, modul) larga ajratiladi, o'quv materialini o'rgatishning alternativ yo'llari nazarda tutiladi, har bir bo'lakni o'rganish test yordamida nazorat etilib, hatto kamchiliklar tuzatilib, to'g'irlab boriladi. O'quv ishi etalonda ko'rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu bolalarni qiziqtirish, musobaqa va o'zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Milliy kurash darsi reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko'nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko'proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo'llash qo'yilgan o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.

A D A B I YO T L A R

1. Korolev G. I. Upravleniye sistemoy podgotovki v sporte .- M.: Miratletov, 2005.

2. Mirzaqulov Sh.A. Belbog'li kurash nazariyasi va uslublari //O'quv qo'llanma T.:

2014.

3. Nikityuk B.A Adaptatsiya, konstitutsiya, motorika //Teoriya i praktika fizicheskoy kulturi.- Moskva, 1989. №1. - S. 40-42

4. Nikityuk B.A.,Chtetsov VP. Morfologiya cheloveka.-M.: MGU,1990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.