Педагогические науки
УДК 378
PEDAGOGIK INNOVATSIYALARNI TURLI XIL DARAJALARDA TADBIQ QILISH
S.S. Hasanov1
Annotatsiya
Avvalambor ta'kidlash joizki, pedagogika o'rganilishni va tadbiq qilishni talab etadigan katta bir sohadir. Shuning uchun ham an'anaviy, eski metodlardan voz kechib, zamonaviy, innovatsion loyihalarni hayotga tadbiq etish eng asosiy ko'riladigan masalalardandir. Aynan, dars jarayoniga olib kiriladigan turli xildagi ped texnologiyalar hamda o'qituvchi metodikasi zamonaviy ta'lim tizimining asosiy, ajralmas bo'lagi ekanligi diqqatga sazovordir. Bunda interfaol usullarning roli o'quvchilar ommasi tomonidan qay tarzda qabul qilinishi ham birinchi galdagi vazifalardan.
Tayanch so'zlar: didaktik mashina, texnologik yondashuv, pedagogik texnologiya, innovatsiya, interfaol usullar.
O'qitishni texnologiyalashtirish g'oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta'limni texnologiyalashtirish g'oyasini ilgari surgan. U ta'limni "texnikaviy" qilishga undagan, ya'ni hamma narsa qaysi sohaga o'qitilishidan qat'iy nazar muvaffaqiyatga ega bo'lishi lozim deb tushungan. Natijali o'quv jarayonini, u "didaktik mashina" deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun aniq qo'yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalardan qanday foydalanish uchun aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan.
Ta'lim nazariyasi va amaliyotida o'quv jarayoniga texnologik yondashuv o'tgan asrning 50-yillarda birinchi marotaba tajribadan o'tkazilgan. An'anaviy o'qitishda majmuali texnik vositalardan qo'llash amalga oshirilgan.
Hozirgi vaqtda "pedagogik texnologiya o'qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo'llash, shuningdek qo'llanilayotgan usullarni baholash yo'li orqali ta'lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo'llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir".
Barcha ta'lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiyalashtirish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishda keskin burilish quyidagilarda o'z aksini topadi:
-ta'limning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta'lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ma'lum tartibdan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruv vositalarini bo'lish orqali rasmiylashtirish);
-yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo'naltirilganligi;
-ta'lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo'yilgan ta'limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta'minlaydigan ishlab chiqarish texnologik jarayonining mukammal, aniq yo'lga qo'yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish;
-uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta'lim jarayonini boshqaruvchanligi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, pedagogik innovatsiyalar va ularni turli xil darajalarda tadbiq qilish o'z-o'zidan katta ma'suliyatni talab qiladi va avvalambor,,Pedagogik texnologiya'' atamasini chuqur o'rganish va tadbiq etish muhim jarayondir.
1Хасанов Сухроб Шавкатович - магистр, Самаркандский институт иностранних языков, Узбекистан.
YneHbiH XXI BeKa • 2017 • № 1-1 (26)
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo'lib, asosan quyidagilar:
Pedagogik texnologiya - o'quvchini mustaqil o'qishga, bilim olishga, fikrlashga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Metodika - o'qituvchining bilimi, ko'nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog'liq bo'lib, ma'lum shaxs o'qituvchi uchun qulay bo'lgan o'qitish usullari va yo'llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Pedagogika fani ma'lum o'quv fanlarini o'qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab etiladi.
Pedagogik innovatsiyalar to'g'risida bildirilgan fikrlarni bir tahlil qilaylik:
Ta'lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya'ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo'lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta'lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi1.
Pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig'indisini va ularning amal qilish tartibini bildiradi2.
Pedagogik texnologiya- o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yo'llari, tarbiyaviy vositalarining maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka) majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat3.
Pedagogik texnologiya- o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan, o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir4.
YUNESKO ta'rifi: Pedagogik texnologiya - ta'lim berish va o'zlashtirish usullarini yaratish, qo'llash ularni yagona tizimga keltirish yo'li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o'zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir.
Pedagogik texnologiyalar darajalari.
"Pedagogik texnologiya" tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi mumkin:
1)Ilmiy pedagogik texnologiya - o'qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarini o'rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi pedagogik fanning bir qismidir.
2)prosessual- ta'rifiy: jarayonni tasvirlash o'qitishning ko'zda tutilgan natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to'plami.
3)prosessual-amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shaxsiy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga solinishi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya o'qitishning eng samarali yo'llarini izlovchi fan sifatida ham, o'qitishda qo'llaniladigan usullar, prinsiplar va boshqaruvlar sistemasi sifatida ham, o'qitishning haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.
Ta'lim texnologiyasi aniq pedagogik g'oya asosida ishlab chiqilib, uning negizini quyidagilar tashkil etadi: (1) muallifning aniqlangan metodologik, falsafiy yo'nalishi; (2) pedagogik, psixologik va ijtimoiy fanlar hamda pedagogik amaliyot-konseptual asoslari.
Ta'lim tizimi boshqa barcha xorijiy mamlakatlar singari falsafa, psixologiya va pedagogikada insonparvarlik yo'nalishidagi tamoyillar asosida tuziladi. Pedagogikada bu yo'nalishning asosiy farq qiladigan jihati shundaki, ta'lim oluvchining o'zligi, uning shaxsi, mustaqil tanqidiy fikrlashini ongli rivojlanishiga aniq yo'naltirilgan, ularning xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olgan har bir ta'lim oluvchining mustaqil bili sh faoliyatiga bog'liq hisoblanadi.
Jumladan, zinama-zina, bumerang, baliq skeleti, uch haqiqat bir yolg'on, fikriy hujum, dumaloq stol, sinkveyn, akvarium, beshinchisi ortiqcha, qizil va yashil
1 O'. Tolipov
2 M.V. Klarin
3 B.T. Lixachyov
4 V.P. Bespalko
kartochkalar bilan ishlash, mozaika, 3/3, yangi fikriy hujum, veer (yelpig'ich), insert, videotopishmoq, yumoloqlangan qor o'yini, rasmlarni to'gri joylashtir, qora quti, qarorlar shajarasi, pochta qutisi, kim oshdi savdosi, sinov, zakovat, musobaqa, to'g'ri top, kim ko'p biladi, davra suhbati, hayoliy sayohat kabi texnologiyalarini taqdim etish birinchi galda o'quvchilar ommasi tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va ularni vaziyatidan kelib chiqib qo'llash pedagog tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan eng asosiy va muhim bosqichdir.
Ta'limning interfaol usullarini dars amaliyotida qo'llash, o'quvchiga har bir fandan o'rganiladigan ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni shunchaki o'rganib qolmasdan, balki uni keltirib chiqaruvchi sabablarini ham aniqlashtirishga yordam beradi. O'quvchida ilmiy dunyoqarashni shakllanuvida, o'zligini tanishtirishda, murakkab vaziyatlarda o'zini erkin tutib mustaqil ravishda to'g'ri yo'l tanlay bilishida noan'anaviy darslar va ta'limning interfaol usullarining ahamiyati katta ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Ko'pgina adabiyotlarda ta'lim samaradorligiga erishishning bir qancha yo'llari haqida ma'lumot berilgan. Bu usullarni qo'llash o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Yuqorida sanab o'tilgan interfaol usullar innovatsion texnologiyalarning ayrim turlari xolos. Ularni to'ldirish, izlab topish, dars jarayonida qo'llash albatta barchamizdan izlanishni talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Bespalko V.P. Slagaembie pedagogicheskoy texnologii. - M.: Pedagogika, 1989.
2.Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. Analiz zarubejnogo opita.- M.: Znanie, 1989 / Novoe v jizni, nauke, texnike. Ser. "Pedagogika i psixologiya". № 6.
3.Til va adabiyot ta'limi.-T.:2015. 6 - son
4.Til va adabiyot ta'limi.-T.:2015. 8 - son
5.Til va adabiyot.uz
© S.S. Hasanov, 2017
УДК 378
МЕТОДЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИННОВАЦИЙ
С.Ш. Хасанов
Аннотация. В первую очередь следует отметить, что педагогика - это огромная сфера, которая должна быть детально изучена и исследована. Таким образом, очевидно, что устаревшие и традиционные методы должны быть устранены, а вместо них должны быть внедрены современные инновационные методы и именно, этот вопрос является одним из наиболее актуальной темой современной педагогики. Достойное внимание занимает внедрение педтехнологий во время урока, а также методология учителя тоже играет присущую роль. В то же время, отношение студентов к этим инновациям является, несомненно, еще одним из ключевых моментов этого вопроса.
Ключевые слова: дидактическая машина, технологический подход, педагогические технологии, инновация, интерактивные методы.
© С.Ш. Хасанов, 2017
UDC378
THE EMBEDMENT OF PEDAGOGICAL INNOVATION AT DIFFERENT LEVEL OF EDUCATIONAL SYSTEM
S.S. Hasanov
Abstract. First and foremost it should be noted that pedagogy is a big sphere which should be studied and analyzed in detail. Thus, obviuously both obsolete and traditional methods should be removed and instead of them innovations should be accepted and precisely this issue is the most important one to analyze. And another significant matter of this issue is exactly new innovations through the lessons as well as professor's methodology plays an inherent role. At the same time, students' attitude towards these innovations is another pivotal side of the issue, undoubtedly.
Keywords: didactic machine, technological approach, pedagogical technology, innovation, interractive styles.
© S.S. Hasanov, 2017