Научная статья на тему 'PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
5516
281
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik texnologiya metodi / fikrlash (tafakkur) / “sanab kо‘rsating / ayting / eslang / nomoyish eting / bajarib kо‘rsating / tanlang / hisoblab chiqing” / pedagogik tizim / texnologik yondashuv. / pedagogical technology method / thinking / "list / say / remember / demonstrate / perform / choose / calculate" / pedagogical system / technological approach.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Ximmataliyev Dostnazar Omonovich, Iskandarova Gulruh Pirmamatovna

Ushbu maqolada pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar beradi. Shuningdek, ta’lim ishiga texnologik yondashuv borasida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF FORMATION OF PEDAGOGICAL TECHNIQUES AND ITS PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS

This article provides information on the methods of formation of pedagogical techniques and its psychological features. There is also talk of a technological approach to education.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ximmataliyev Do'stnazar Omonovich, ped.f. D. (DSc), professor v.b. Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini

mexanizasiyalash muhandislari instituti Iskandarova Gulruh Pirmamatovna,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magstranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari haqida ma 'lumotlar beradi. Shuningdek, ta 'lim ishiga texnologikyondashuv borasida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Pedagogik texnologiya metodi, fikrlash (tafakkur), "sanab ko'rsating, ayting, eslang, nomoyish eting, bajarib ko'rsating, tanlang, hisoblab chiqing", pedagogik tizim, texnologik yondashuv.

METHODS OF FORMATION OF PEDAGOGICAL TECHNIQUES AND ITS PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS

Khimmataliev Dustnazar Omonovich (DSc), Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers

Iskandarova Gulruh Pirmamatovna, Master of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Abstract: This article provides information on the methods of formation of pedagogical techniques and its psychological features. There is also talk of a technological approach to education.

Keywords: pedagogical technology method, thinking, "list, say, remember, demonstrate, perform, choose, calculate", pedagogical system, technological approach.

Pedagogik texnologiya usulining o'ziga xos xususiyati shundaki, unda ta'limning rejalashtirilgan maqsadiga erishishni kafolatlaydigan о'qib - bilish (o'zlashtirish) jarayoni loyhalashtiriladi.

Maqsadni ko'zlash, joriy natijalarni tekshirib borish, o'quv materialini ayrim bo'laklarga ajratib - o'quv jarayonini tashkil etishning bu belgilari - qayta ishlab chiqiladigan (takrorlanadigan) ta'lim sikliga xos xususiyatlaridir.

Boshqacha aytganda, takrorlanadigan ta'lim siklining asosiy qismlari quyidagilar:

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

- ta'lim maqsadlarini umumiy belgalash;

- umumiy maqsadni oydinlashtirib o'quv maqsadlariga aylantirish;

- о'quv amallari majmui;

- ta'lim natijasini baholash.

O'quv jarayoni bunday takrorlanadigan shaklga ega bo'lgani uchun modul xarakterini kasb etadi, alohida blok (qism)larga ajratiladi, ular turli mazmunga, lekin umumiy tuzilishga ega bo'ladi.

Ta'lim jarayonini pedagogik texnologiyaga binoan tashkil etish uchun loyihalashtirish bosqichida yuqori malaka talab etiladi, yetakchi metodist -pedagoglar guruhi pedagogik texnologiya qoidalari va prinsiplari asosida metodik materiallarni ishlab chiqadi. Bunday materiallar mavjud bo'lsa, o'qituvchining vazifasi asosan tashkiliy ishlar va maslahat berishdan iborat (ayrim ijodiy o'zgarishlar kiritish imkoniyati saqlangan holda) bo'ladi.

O'quv jarayonining hamma bosqichlarida asosiy e'tibor ta'lim natijasiga erishishga qaratiladi.

Pedagogik texnologiya usuli tarkibiga umumlashtirib aytganda quyidagilar kiradi:

1. Ta'limning umumiy maqsadlari, muhim masalalari tasnifi.

2.Oddiylashtirilgan maqsad (o'quv vazifa)larini ishlab chiqish.

3. Ta'limning maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish.

4. maqsadlarga erishish usullari.

Ta'lim maqsadining aniq ifodalanishi, o'qish davomida o'quvchi bilimni qanchalik o'zlashtirganidan xabardorlik, o'quvchi (talaba) ning harakatlari (faoliyati)ga asoslanib o'qitish - pedagogik texnologiyaning muhim jihatidir.

O'qituvchi o'z oldiga, odatda, o'quvchi (talaba) o'quv materialining mazmunini tushunishi, o'zlashtirib olishi va amalda qo'llay olishni unga o'rgatish maqsadini qo'yadi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari haqida tahlil olib borildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma'naviy merosini o'rganishga oid bergan uslubiy ko'rsatmalari hamda, N.N. Azizxo'jaevaning "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat" nomli kitobi tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Jamiyatning ta'lim sohasidagi buyurtmasi (maqsadi) umumiy tarzda davlat hujjatlarida, davlat boshlig'ining asarlari, nutqlarida ifodalanadi. Hatto o'quv dasturlarida ko'rsatilgan maqsadlar ham umumiy tarzda bir - ikki jumlada ifodalanadi, ulardan aniq bir narsani anglash qiyin. Agar jamiyat - davlat buyutmasidan - ta'lim tizimining maqsad - vazifalariga, undan shu o'quv yurtining, o'quv predmetining, uning bo'limlari, mavzulari, ayrim o'quv masalalarining maqsadi, vazifasiga qarab berilsa, o'ziga xos maqsadlar tizimi hosil bo'ladi.

Yangi pedagogik texnologiyaga binoan o'quv jarayonidagi muhim o'zgarishlarning yo'nalishlari quyidagilar: diagnostik maqsadlar asosida o'quv maqsadlarini oydinlashtirish; joriy va yakuniy baholashlarni aniq ajratish; rejalashtirilgan ta'lim natijasiga erishishni kafolatlash; o'quv faoliyati ko'rinishlarini hamda o'qituvchi va talabaning o'zaro ta'siri vositalarini sharoitga qarab tanlash; o'quv materialini reproduktiv topshiriqlarni bajarish orqali ishlab chiqish; etalon -natijani o'zlashtirish uchun o'z - o'zini tekshirib boruvchi kichik - kichik guruhlarda ishlash kabilar.

O'quvchi oldiga qo'yiladigan vazifa ta'limning natijasi hisoblanadi. Demak, tekshiriladigan va baholanadigan narsa, bu - ta'limning natijasidir.

O'quv vazifalarini aniqroq ifodalash uchun quyidagilarga amal qilish lozim.

- har bir muhim masala - vazifalar guruhini ifodalashni: "mashg'ulot ohirigacha talabalar ... ni bilishi kerak" iborasi bilan boshlash;

- har bir vazifani tartib raqami bilan belgilash;

- har bir vazifani "sanab ko'rsating, ayting, eslang, nomoyish eting, bajarib ko'rsating, tanlang, hisoblab chiqing" fe'llari vositasida ifodalash;

- har bir vazifani o'quvchining faoliyati atamasi bilan qo'yish;

- har bir vazifa ta'limning aynan bir natijasini ko'zda tutsin (bir savolga ikki -uchta javob berish mumkin bo'lmasin);

- har bir vazifani o'zlashtirish natijasini, maqsadga erishilganini o'lchash mumkin bo'lsin.

O'quv vazifalari biror o'quv masalasini: mavzu bilim yoki pretmetni o'rganib chiqilgach, talabaning bilam va ko'nikmalarini obyektiv baholash (og'ziki; yozma yoki test usulida) ga imkon yaratishi lozim.

Chet ellik pedagog olimlar pedagogik texnologiya masalasida ta'limning yuqoriroq darajalari uchun ham o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullarini ishlab chiqmoqdalar.

Scientific Journal Impact Factor

Amerikalik olimlar: R.Ganye va L.Briggslar pedagogik texnologiya usulida dars o'tishning quyidagi shaklini taklif etganlar. Dars o'tishning bu usuli xususiy o'quv maqsadlariga erishishga hamda fikrlash (tafakkur)ning maxsuldorligi darajasini rag'batlantirishga qaratilgan:

1. O'quvchilar diqqatini jamlash.

2. Talabalarga dars maqsadini yetkazish.

3. Kerakli bilimlarni esda qoldirish va ko'nikmalarni egallash zarurligini uqdirish.

4. O'quvchida qiziqish uyg'otib, harakat qilishga undaydigan o'quv materiallarni taqdim etish.

5. O'quvchilarning javob xarakatlarini ma'qullab rag'batlantirish.

6. Talaba o'zlashtirganidan xabardor bo'lib borish.

7. Talabaning fikrlash (tafakkur) faoliyatini boshqarish, bilim va malakalarni mustahkamlashni rag'batlantirib borish.

8. Talabalarning harakatlarini baholash.

Ingliz olimi A.Romishevskiy pedagogik texnologiya metodining quyidagi variantlarini tavsiya etadi:

1. Kerakli bilimlarnigina yetkazish.

2.Dastlabki reproduktiv darajada ko'nikmalarni shakllantirish.

3. Bola bajaradigan ish - harakatini yaxlit holda va qismlari bo'yicha namoyish

etish.

4. Malaka hosil qilishni soddalashtirish (topshiriqni qismlarga ajratib bajarish).

5. Talaba mustaqil bajarayotganidan doimiy xabardor bo'lib, maqullab, uni rag'batlantirib borish.

6. Maxsuldor, tadqiqiy bosqichga o'tish.

7. Xilma - xil muammoli vaziyatlarni tashkil etish - nostandart vazifalarni bajarish.

8. o'quvchi o'z faoliyatini tahlil etib, o'qituvchi (guruh) bilan qanday bajarganini muxokama etib borish.

Amerikalik olim F.S.Keller oliy o'quv yurtlari uchun pedagogik texnologiya usulining individuallashtirilgan tizimini ishlab chiqdi.

Keller rejasining muhim belgilari quyidagilar:

1. O'quv materiali mazmunini (oldin o'tilgan bo'limning mazmunini ham) talaba to'liq o'zlashtirib olishga erishish.

2. Har bir talaba o'z o'zlashtirish tezligiga binoan alohida ishlashi.

Scientific Journal Impact Factor

3. Ma'ruzadan talabalarda motiv hosil qilish va umumiy yo'naltirish uchungina foydalanish.

4. O'quv axborotlarini bayon qilish uchun nashr etilgan o'quv qo'llanmalaridan foydalanish.

5. O'quv materialining bo'limlarini o'zlashtirganini aniqlashda yordamchi -assistent (aspirant, a'lochi student) lar kuchidan foydalanish.

Pedagogik texnologiya metodining bu shaklida o'qituvchi kursni bir necha bo'lim (modul)larga ajratadi, odatda ularning soni 15 - 20 ta bo'ladi; ular darslikdagi boblarga teng, mos bo'lishi mumkin. Har bir talabaga qanday o'qish uchun qo'lanma beriladi, unda bo'lim (mavzu)ni o'rganish maqsadi ko'rsatilgan, o'quv ishining ma'lum shakllari tavsiya etilgan, nazorat va o'z - o'zini nazorat etish uchun savollar majmui keltirilgan bo'ladi. Ishlash tartibini o'qish shaklini talabaning o'zi tanlaydi. O'zlashtirilgan bo'lim bo'yicha imtihondan oldin har bir talabani yordamchi -assistent o'qituvchi ishlab chiqqan aniq talab - mezonlarga binoan "o'tadi", "o'tmaydi" shaklida sinovdan o'tkazadi. Sinovdan o'tmagan talaba yordamchining tavsiyasiga binoan o'quv materialini qo'shimcha ishlab chiqadi. Sinovdan o'tish keyingi bo'limni o'rganish uchun o'ziga xos ruxsatnoma hisoblanadi. Ma'ruzalar soni juda kam (bir semestrda 6 tadan oshmaydi), ularga qatnashish majburiy emas.

Keller rejasi AQShdagi oliy o'quv yurtlarida tabiiy - ilmiy fanlarni, shuningdek ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda qo'llaniladi. 70-80 yillarda pedagogik eksperimentlar Keller rejasi an'aanviy ta'lim usuliga nisbatan samarali ekanligini ko'rsatadi.

Rossiya Federatsiyasida V.Guzeyev integral pedagogik texnologiya metodini ishlab chiqdi, uning asosiy qismlari, umumlashgan holda quyidagilardan iborat:

1. Har bir ixtisosolik bo'yicha ta'limning rejalashtirilgan natijalari ko'p darajali diagnostik va amallar bo'yicha bajariladigan o'quv vazifalari shaklida taqdim etiladi.

2. Ta'lim jarayonining yirik tuzilmasi darslar bloki shaklida birlashtirilib, ta'lim mazmunining katta birligini tashkil etadi.

3. Jamoaviy o'qitishni guruh faoliyatining monitoringi asosida tashkil etiladi: ta'limning har bir qadami oldingisining natijasiga binoan rejalashtiriladi.

4. Ta'lim jarayonini boshqarish va o'qitish kompyuterlarda amalga oshiriladi.

Yuqorida bayon etilgan ta'limga texnologik yondashuvning shakl va

ko'rinishlari xilma - xilligidan dalolat beradi. Rossiya Federatsiyasida "Shkolniye texnologii" nomli yangi pedagogik jurnal ham chiqarilmoqda. O'zbekiston Respublikasida ham pedagogik texnologiya sohasida chet el tajribalarini o'rganish,

Scientific Journal Impact Factor

milliy - madaniy an'analarimizni, ta'lim sohasida erishilgan darajani inobatga olib, pedagogik texnologiya usulini o'zlashtirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Pedagogik tizim - inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy - pedagogik hodisa bo'lib, uning tarkibi pedagogik jarayonning obyektlari va subyektlari, shakl - usullari, ular o'rtasidagi munosabatlar, o'zaro ta'sirlar, ulardan boshqarishdan iborat. Pedagogika keng va tor (jins va tur) tushunchalarni o'z ichiga oladi: pedagogika - fan; pedagogika - o'quv predmeti; pedagoglik - inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ular har biri ma'lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim belgilarga ko'ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimga -pedagogika nazariyasi va tarixi; o'qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus pedagogika; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; madaniy - ma'rifiy ishlar pedagogikasi, ijtimoiy pedagoika kabilar kiradi.

Shuningdek, ta'lim - tarbiyaning maqsadi, shakl - usllari tizimi; ta'lim -tarbiyaning yo'nalishlari, turlari tizimi; uzliksiz ta'lim tizimi; ta'im muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; o'quv vazifalari, o'quv axborotlari tizimi kabilar ham pedagogik tizim tarkibiga kiradi.

Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so'z bo'lib, texne - mahorat, san'at, logos - tushuncha, ta'limot ma'nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi -tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqrish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta'riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo'lgan amallar - materiallarni qazib olish, tanishish, taxlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo'yicha qo'llanmalar, texnik qoidalar va talabalar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi sohasida yuzlab texnologik loyhalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qayerda bajaradigan qat'iy nazar. Mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.

Ta'lim ishiga texnologik yondashuv:

- o'qish - o'qitish jarayonini o'zaro uzviy bog'liq etaplar, farazlar, amallarga ajratish, bo'lishni;

- ta'limdan mo'ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni mufoviqlashtirish, ketma - ket, bosqichma - bosqich amalga oshirishni;

- loyhalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.

Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta'limga xosdir. Reproduktiv ta'lim tipik

vaziyatlarda biror ish - harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.

Scientific Journal Impact Factor

Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta'lim - takror ishlab chiqiladigan konveyrerli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutilgan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O'quv materiali aniq ifodalangan o'quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo'lak (qism. modul)larga ajratiladi, o'quv materialini o'rgatishning alternativ yo'lari nazarda tutiladi, har bir bo'lakni o'rganish test yordamida nazorat etilib, hato, kamchiliklar tuzatilib, to'g'irlab boriladi. O'quv ishi etalonda ko'rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu, bolalarni qiziqtirish, musobaqa va o'zaro yordamlashtirishni inkor etmaydi. Ta'lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko'nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko'proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo'llash qo'yilgan o'quv maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.

Pedagogik texnologiya - ta'lim usuli, ma'lum ma'noda ta'lim - tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui. O'quv materiallarini tanlash, qayta ishlash o'quvchilarning kuchiga, o'zlashtirish xususiyatlariga moslab shakli, hajmini o'zlashtirish ham ta'lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya ta'lim -tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o'quv jarayonlari, ta'lim - tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir.

1. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: Nizomiy, 2003.

2. Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. (O'quv qo'llanma). Toshkent, "Iqtisodiy moliya", 2007 y, 214 b.

3. Ishmuhammedov R.Abduqodirov A.Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar.Toshkent -2008.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Abdullaev X.A. O'quvchi yoshlar ma'naviy tarbiyasining ilmiy -uslubiy muammolari bo'yicha tavsiyalar. Farg'ona, 2009y, 116 b.

5. E.G'oziev. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997.

6. Do'stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 - 343 b.

XULOSA

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.