Научная статья на тему 'TRANSPORT VOSITALARI DVIGATELLARIDA DIMETILEFIR YOQILG’ISIDAN FOYDALANISH'

TRANSPORT VOSITALARI DVIGATELLARIDA DIMETILEFIR YOQILG’ISIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
217
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport vositalari / texnik ekspluatatsiya / texnik holat / ishonchlilik / an’anaviy yoqilg’ilar / noan’anaviy yoqilg’ilar / dimetilefir. / vehicles / technical operation / technical condition / reliability / conventional fuels / non-conventional fuels / dimethyl ether.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — S. Xodjayev, A. Xusanjonov, B. Botirov

Ushbu maqolada zamonaviy avtomobillarning ichki yonuv dvigattellarida ishlatiladigan an’anaviy yoqilg’i manbalarining o’rnini bosuvchi istiqbolli yoqilg’i turlaridan biri – dimetilefir yoqilg’isidan foydalanishga katta e’tibor berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF DIMETILEFIR FUEL IN VEHICLE ENGINES

This article focuses on the use of dimethyl ether, one of the most promising types of fuel to replace the traditional fuel sources used in the internal combustion engines of modern cars.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT VOSITALARI DVIGATELLARIDA DIMETILEFIR YOQILG’ISIDAN FOYDALANISH»

TRANSPORT VOSITALARI DVIGATELLARIDA DIMETILEFIR YOQILG'ISIDAN FOYDALANISH

S. Xodjayev A. Xusanjonov B. Botirov

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy avtomobillarning ichki yonuv dvigattellarida ishlatiladigan an'anaviy yoqilg'i manbalarining o'rnini bosuvchi istiqbolli yoqilg'i turlaridan biri - dimetilefir yoqilg'isidan foydalanishga katta e'tibor berilgan.

Tayanch so'zlar: transport vositalari, texnik ekspluatatsiya, texnik holat, ishonchlilik, an'anaviy yoqilg'ilar, noan'anaviy yoqilg'ilar, dimetilefir.

USE OF DIMETILEFIR FUEL IN VEHICLE ENGINES

S. Khodjaev A. Khusanjonov B. Botirov

Fergana polytechnic insitute

ABSTRACT

This article focuses on the use of dimethyl ether, one of the most promising types of fuel to replace the traditional fuel sources used in the internal combustion engines of modern cars.

Keywords: vehicles, technical operation, technical condition, reliability, conventional fuels, non-conventional fuels, dimethyl ether.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoati keng ko'lamda rivojlanib bormoqda. O'zbek avtomobillarining safi yangi zamonaviy va sifatli avtomobillar bilan to'lib bordi. Xalq xo'jaligi talablarini qondirish maqsadida qo'shimcha tarzda boshqa turdagi xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillar keltirilib, ekspluatatsiya qilina boshlandi. Avtomobil sanoatining rivojlanib borish bilan birgalikda, ularga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar va avtomobillar servis stansiyalari rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash hamda yangilarini loyihalash, avtombil saroylarini texnik soz holatini ta'minlash, ishlab chiqarish texnik negizini yanada takomillashtirishni talab etmoqda. Natijada respublikamizda zamonaviy avatomobillarga texnik xizmat ko'rsatuvchi servis korxonalari paydo bo'lmoqda, bu esa mavjud avtokorxonalarni harakatlanuvchi tarkibini yangilash, xizmat ko'rsatish va ta'mirlash jarayonlarini rivojlantirib, ularni takomillashtirish kerakligini ko'rsatadi. Hozirgi kunda mavjud yuk va yo'lovchi tashishga mo'ljallangan avtotransport korxonalarini texnik bazalariga o'rniga yengil va

yuk avtomobillariga xizmat ko'rsatish korxonalari, ya'ni avtoservislar keng ko'lamda foydalanilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda avtomobil sanoati va transport ishini samaradorligini yanada oshirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu sohada ishlab chiqarilgan va hayotga tadbiq etilayotgan bir qancha yangi o'zgartirish va tuzatishlar kiritilgan qonun -qoidalar, huquqiy me'yorlar, ko'plab prezident qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi va transport tizimi bilan bog'liq bo'lgan barcha maxsus vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qarorlar va ular tomonidan tavsiya etilayotgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir.

Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining 2017 yil dekabrda bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan majlisidagi ma'ruzasida "Transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish" bo'yicha loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan mablag'lar, investitsiyalar umumiy hajmida muhim o'rin egalladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsan o'z tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi"da ham aynan transport ishi va kommunikatsiyasi tizimidan oqilona strukturaviy foydalanishga alohida e'tibor qaratilgani bejiz emas. Chunki, yo'lovchilar va yuklarni tashishda eng ko'p hissa avtotransport sektoriga to'g'ri keladi. 2016 yili transportning hamma turlari tashigan yo'lovchilar umumiy sonining (5575,4 mln. kishi bo'lgan) 98,0 % ni avtotransport tashigan, yo'lovchi aylanmasining (62833,6 mln. yo'lovchi) 89,0% yo'lovchi avtotransportga to'g'ri keladi [1].

MUHOKAMA

Yuqorida keltirilgan raqamlardan ko'rinib turibdiki, sanoat va ishlab chiqarish sohasida yo'lovchi va yuklarni tashishda avtomobil transporti yetakchi o'rinni egallab turibdi. Ana shunday katta hajmdagi yuklar va yo'lovchilarni tashish zarurati avtomobillarni ko'plab ishlab chiqarilishiga olib keldi. Bunday an'ana hozirgi paytda ham o'z mavqeini saqlab turibdi. Avtomobillar deyarli 100 yillik rivojlanishi natijasida yaqin kelajakdagi yuqori darajada takomillashgan asosiy transport vositasi bo'lib qoldi. Shu sohadagi iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari - bu yengil va yuk avtomobillarining yonilg'i tejamkorligi va effektiv quvvatini oshirishdir.

Bulardan tashqari avtomobil hamda uning dvigatelining konstruktsiyasi va ish jarayonlariga me'yoriy cheklovlar va texnologik talablar qo'yilgan. Chunki, hayot farovonligini va darajasini oshirish dunyo aholisining iste'mol qiladigan energiyaga

bo'lgan talabining o'sishishiga olib kelmoqda. Ushbu holat bugungi kunda va yaqin kelajakda muqobil yonilg'i va energiya turlari orasida tanlov o'tkazishga majbur qilmoqda.

Avtomobil va uning dvigatelining ishlab chiqarilishida ularning rivojlanish an'anasi murakkabroq yechimlarni ishlatish yo'li bilan foydali ish koeffiitsiyenti (FIK) dan yuqori samara olishda namoyon bo'lmoqda. Yonilg'i sifatining pasayishi, foydalanish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarni chetlab o'tishga imkon beradigan yechimlarni izlashga majbur qiladi. Bu esa avtomobil va uning dvigatelining konstruktsiyasini murakkab bo'lishiga olib keladi va foydalanishda mehnat sarfining yuqori bo'lishini talab qiladi. Amaliyotning ko'rsatishicha, avtomobil va uning agregatlarini rivojlanish jarayoni hali tugagani yo'q. Avtomobil va uning agregatlarini konstruktsiyalashda fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlarini, konstruktsion xom-ashyolarni ishlatishni ko'zda tutish lozim.

NATIJA

Hozirgi vaqtda zamonaviy avtomobilsozlikda avtomobillar dvigatelining samaradorligini iloji boricha oshirib borishga harakat qilinmoqda. Chunki bir tomondan neftning narxi to'xtovsiz o'sib bormoqda va bu ichki yonuv dvigatelining quvvatini jadal sur'atlar bilan oshirilishiga to'sqinlik qilmoqda, ikkinchi tomondan elektr energiyasini uzoq vaqt yoki uzoq masofalargacha ta'minlab turish muammosi elektr energiyasi bilan harakatlanadigan elektromobillarni rivojlanishini sekinlashtirmoqda.

Transport vositalari dvigatellarida an'anaviy motor yoqilg'ilaridan foydalanish bilan bog'liq ekologik muammolar nafaqat O'zbekiston va O'rta Osiyo hududi balki, dunyoning boshqa mamlakatlari uchun ham dolzarbdir. Hozirgi vaqtda ko'pgina xorijiy mashinasozlik fírmalari ishlab chiqarilgan gazlarni mutlaq zararsizlantirishni o'z oldilariga ustuvor vazifa etib belgilaganlar. Ko'p yillik tajribalar shuni ko'rsatadiki, muqobil (neftdan olinmaydigan) yonilg'i turlaridan foydalanish orqali bunga erishish mumkin. Har bir ishlab chiqaruvchi va ilmiy tashkilotlarning eng yuqori samaradorlikka erishish yo'lidagi izlanishlari ishlab chiqarishda kam xarajatlar bilan yangi turdagi yoqilg'i manbalari zaxirasini yaratish zaruriyatini tug'dirmoqda.

An'anaviy yoqilg'i manbalarining o'rnini bosuvchi istiqbolli yoqilg'i turlaridan biri - dimetilefir (DME) bo'lishi mumkin - CH3OCH3 [2].

Dimetil efirni ishlab chiqarish ancha sodda bo'lib, uni hozirda mavud texnologiyalar bazasida uncha sezilarsiz bo'lgan o'zgartirishlar orqali amalga oshirish mum kin.

Energosig'im, narx va alangalanish harorati bo'yicha DME an'anaviy dizel yoq'ilg'isi (DY) ga bas kela olmaydi: — energosig'imi dizelga nisbatan 1,6 marta pastroq;

— DME narxi hozirgi vaqtda yoqilg'ining boshqa turlarinikiga qaraganda deyarli bir yarim barobarga qimmatroq;

— sof holdagi DME alangalanish harorati ruxsat etilganidan pastligi sabali uni hozircha faqatgina qo'shimcha sifatida keng ishlatiladi.

Biroq, yuqoridagilarga qaramay DME quyidagi ko'rsatkichlarga ega:

— DME tsetan soni - 50-60, dizel uchun esa 45-55;

— yonish harorati DME uchun 235 oC, dizel uchun esa 250 oC;

— to'yingan bug' bosimi - 0,61 MPa;

— atrof-muhit himoyasi uchun muhim bo'lgan jihat - ishlab chiqarilgan gazlardagi azot oksidi va qorakuyaning kamligi [3, 4].

Fizik xuxusiyatlariga va infrastrukturasiga ko'ra DME an'anaviy propan-butan aralashmasiga yaqinligi uni ekspluatatsiya qilish va foydalanishga imkon yaratadi.

Ko'rsatkichlar DME Metan Propan Metanol Dizel yoqilg'isi

Kimyoviy formulasi CH3OCH3 CH4 C3H8 CH3OH -

Qaynash harorati, °C -25,1 -161,5 -42,0 64,6 180-370

20 °C dagi zichligi, r/cM3 0,69 0,42 0,49 0,79 0,84

25 °C, Mna 0,61 24,6 0,93 - -

20 °C dagi kinematic qovushqoqligi, mm2/c 0,15 - 0,17 - 3-5

Alangalanish harorati, °C 235 650 504 470 250

Portlash oralig'i, % 3,4-17 5-15 2,1-9,4 5,5-26 0,6-7,5

Tsetan soni 55-60 0 5 5 40-55

Yongnda ajraladigan issiqlik, k^^/kt 28 900 50 300 46 500 21 100 42 500

Chaqnash harorati, °C -70 -188 - 15,6 °C +70

Siqilish harorati, °C 20 -161 - - -

* Metanning zichligi -161,5 °C haroratda aniqlangan

DME deyarli zararsiz bo'lib (allaqachon aerozol qadoqlarda to'ldiruvchi sifatida foydalanilib kelinadi), atmosferani tez pasaytiradi va uni xladagent sifatida ya'ni freon o'rniga ishlatish mumkin.

DME ni ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi xarajatlar huddi shunday ko'rsatkichli siqilgan tabiiy gaz (STG) ga qaraganda 10 barobar kamroq [3, 5].

Farg'ona politexnika instituti "Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" kafedrasida dizel yoqilg'si o'rniga DME ni ishlatish borasida izlanishlar va tajribalar o'tkazilmoqda. Bunda muqobil yoqilg'ilarning xususiyatlarini o'rgangan holda avtomobilsozlikda qo'llanishi uchun optimal bo'lgan yoqilg'i aralashmasini topish maqsad qilib olingan.

XULOSA

Eksperiment uchun ГОСТ 305-82 ga ko'ra "L" (летнее) markali dizel yoqilg'isi tanlangan. Quruq va toza kolbaga dizel quyib ustiga DME qo'shiladi; aralashtirilib birjinsli aralashma hosil qilinadi. Besh soat oralig'ida qizil qon rangiga oxshash rangga kirib qoladi, 7 soatcha o'tgandan so'ng esa xira yoki yorqin sariq rang bo'lib qoladi. Eksperiment o'tkazishda: 9; 7; 5; 2,8; 1; 0,63; 0,5 % li DME ning turli konsentratsiyasidagi aralashmalarni qo'llanilib ko'rildi.

Dizelga DME ning kichik miqdorlari (0,5 dan 0,7 % gacha) qo'shilganda, aralashmaning chaqnash harorati sezilarli o'zgarmadi. 0,9 dan 1,1 % gacha konsentratsiyali aralashma chaqnash haroratini pasaytirishi mumkin deb hisoblamoqdamiz va bu ustida keyingi eksperimentlarni o'tkazishni rejalashtirilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 11 martdagi 10(562)-sonli «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 213 yil, WWW.LEX.UZ.

2. Кириллов Н. Г. Состояние топливно-энергетического комплекса России и энергосберегающий путь

развития энергетики // Энергетика и промышленность России. - 2002. - № 1. - С. 6-7.

3. Елисеев В. Г., Кунис И. Д. Экологические аспекты применения сжиженного природного газа как альтернативного топлива // Конверсия в машиностроении. - 2001. - № 2. - С. 21-23.

4. Леонард Р. Истощение нефтяных запасов и грядущая эпоха природного газа // Нефтегазовая вертикаль. - 2001. - № 9. - С. 50-59.

5. http: //www.rambler.ru. 6

6. http: //neft.tatcenter.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.