Научная статья на тему 'TRANSPORT SOXASIDAGI MUTAXASSISLARNI EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISH VA TABIATGA YETQAZAYOTGAN ZARARLARINI OLDINI OLISH OMILLARI'

TRANSPORT SOXASIDAGI MUTAXASSISLARNI EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISH VA TABIATGA YETQAZAYOTGAN ZARARLARINI OLDINI OLISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

102
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT SOXASIDAGI MUTAXASSISLARNI EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISH VA TABIATGA YETQAZAYOTGAN ZARARLARINI OLDINI OLISH OMILLARI»

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

TRANSPORT SOHASIDAGI MUTAXASSISLARNI EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISH VA TABIATGA YETKAZAYOTGAN ZARARLARINI OLDINI OLISH OMILLARI

Salimjon Samedjanovich Buriev Obidjon Gapporovich Ergashev Shohruh Feruzjon o'g'li Hamdamov

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

[email protected]

Asosiy tushunchalar

ekologik tarbiya - insonlarning atrof muhit bilan o'zaro munosabatlarini kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;

ekologik bilim - insonlarning tabiat bilan o'zaro munosabatlari, atrof-muhit va ekologiya xaqidagi ma'lumotlar;

ekologik ta'lim - ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirishda ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, mustaqil ta'lim olishlariga va qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;

ekologik ma'rifat - ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirishga qaratilgan ekologik bilim, ko'nikma va ma'lumotlarni tarqatish;

ekologik axborot - atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik ta'minlash, ekologik madaniyatni shakllantirish uchun muhim bo'lgan ma'lumotlar.

ekologik madaniyat - bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo'llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko'rsatkichi, ongli va ma'suliyatli yondashuvdir.

Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga bo'lgan ta'siri o'sib boradi. Inson tabiat bilan, ya'ni o'simliklar hamda hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti boyliklari bilan o'zaro muloqotda bo'ladi. Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo'lib qolgan hozirgi davrda bu muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o'rni beqiyosdir. Tabiat va inson o'rtasidagi munosabat ma'lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o'zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo'lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

April 21-22

408

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022

Google Scholar indexed Prospects for Training International

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-12-16 Specialists in the Field of Transport

Albatta, ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarining taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo'lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi. Hozirgi davrda insoniyat, u qanday xavf qarshisida kelib qolganligini tushunib yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etdi. Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo'lgan ekologik xavfsizlik klassifikatsiyasida bo'lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o'tmadi. Bu xavflardan ozon qatlami muammolari, ya'ni yemirilishi, iqlimning o'zgarishi, cho'llanish, toza ichimlik suvi tanqisligi, Orol dengizi muammosi, hayvonot va o'simlik dunyosi turlarining qisqarib borishi, o'simlik dunyosining noqonuniy kesilib borishi, yer degradatsiyasi, suv resurslari tanqisligi, atmosfera ifloslanishi shular jumlasidandir. Ekologik fojialarning bu darajadagi jadallashib borishida ekologik ong va ekologik madaniyat alohida o'rin tutadi.

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International

^^pecialists^n^heFieidofmÊamÊpaam

2-rasm. Shahar yo'l chetidagi chiqindilar.

Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik madaniyatini oshirish orqali huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillari asosida tabiatdan foydalanishni yo'lga qo'yish, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqimiz ongi va madaniyatida ona Vatanimiz tabiatiga bo'lgan mehr-muhabbatini oshirish, uni asrab-avaylash va kelgusi avlod uchun zarur hayotiy sharoitlar qoldirishimiz kerakligini ko'rsatishdir. Davlatimiz bozor iqtisodiyotiga o'tish davrini boshdan kechirayotgan hozirgi kunda ko'p sarmoya talab qiladigan ekologik tadbirlarni o'tkazish qiyindir. Lekin xalqimiz eng avvalo yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, xalqiga sodiqlik, ongida millatimiz va davlatimiz rivojiga xavf solib turgan xodisalarga, shu jumladan, ekologik xavfga ham, faqat ularni bilishi va sodiqligi, tadbirkorligi va mas'uliyatliligi bilan javob bera olishi hamda xavfni bartaraf etish mumkinligini singdira olishimiz, shu jumladan, ekologik ong va madaniyatni yo'lga qo'yish orqali kelajakda sodir bo'lishi mumkin bo'ladigan ko'p ofatlarning oldini olish mumkin bo'ladi. Inson tabiatning bir bo'lagi bo'lgan holda u bilan bo'lgan munosabat orqali ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini kashf qilib kelgan. Ammo inson o'zining tabiatga ta'siri orqali undagi muvozanatni buzdi va tabiat hodisalarining davriy muvozanatini izdan chiqardi. Xalqimizda bir maqol bor: «Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi». Darhaqiqat, necha asrlar davomida inson o'zining taraqqiyoti jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi. Bir so'z bilan aytganda, ekologik muammolar aksariyat hollarda insoniyat ta'siri ostida vujudga kelar ekan.

April 21-22

410

Volume 3 j TSTU Conference 1 j 2022 Prospects for Training International

^^pecialists^n^heFieidofmramspmem

Bunga tirik o^anizm va usimlik dunesi, avvalo, inson sog'ligi uchun nixoyatda xavfli yonilg'i chikindilaridagi zaxaгli moddaalaming Atгof-muxitga zarami oldini olish muammosi kiгadi.Avtomobillaг dvigateli yonilg'ichikindilari tarkibida xavoni ifloslantiruvchi zaxarli moddalar bulib, unga karbon oksidi (SO), yonib bulmagan uglevodorod (SN-karbonat va vodorod kimyoviy birlashmasi), azot oksidlari (NOx) kiradi.

Xozirgi kunda xaydovchilarni (1-2- rasm) ekologik madaniyatini oshirish juda muxim sanaladi. Xaydovchilarnin malakasini oshirish va avtomaktoablarda ekologik madaniyatni shakllantirish bo'yicha dare soatlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Шадиметов Ю.Ш., T-2021. Атмосфера хавосини химоя килиш технологияси. (26-27)

2. Ergashev, O.G., Kadirov, S.M., Aripjanov, M.M., Assessment of factors affecting the workflow of high-speed diesel engines. Journal of Critical Reviews, 2020, 7(14), стр. 283-288

3. Boris Wawrik., Djumaniyaz Kutliev., Uralova A. Abdivasievna., Jerome J. Kukor., Gerben J. Zylstra., and Lee Kerkhof. Biogeography of Actinomycete Communities and Type II Polyketide Synthase Genes in Soils Collected in New Jersey and Centrial Asia. Appled and environmental microbiology, may 2007, p. 2982-2989.

4. Adolat Abduvasievna Urinova., G'iyos Sadriddinov Rustamovich., Jamoliddin Jalgashevich Musirmonov., Salimjon Samedjanovich Buriev., Luqmon Nayimovich Samiyev. The role of Microorganisms in the treatment of wastewater from oil and gas companies. Academicia An international multidisciplinary Research Journal 10(10)2020 200-207.

5. Rustamov G.S., O'rinova A.A., Bo'riev S.S., Samiev L., Madaminov R., Ismoilova I., Annamuratova D., Jumanazarova N. The effectiveness of biological treatment of domestic wastewater on the example of treatment facilities in the city of Bekabad, Tashkent region. European Journal of Molecular - Clinical Medicine 7(11)2020 267-276.

6. Kadirov, S., Aripdjanov, M., Ergashev, O., Iskandarov, R. Features of the working process of high-speed diesel engines. E3S Web of Conferences, 2021, 264, 04021

7. https://www.google.com/search?q=O%27rmon+yo%27llari&rl z=1C1 GCEA_enUZ923UZ923&source=lnms&tbm=isch&sa=X& ved=2ahUKEwjMlqOexfz2AhWRzosKHYzKDEgQ_AUoAnoEC

April 21-22

411

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022

Google Scholar indexed Prospects for Training International

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-12-16 Specialists in the Field of Transport

AEQBA&biw=1920&bih=969&dpr= 1#imgrc=hepWCo2tGk5FAM

8. Ismatov, J., Ergashev, O., Processes of mixture formation, ignition and combustion of a diesel engine. E3S Web of Conferences, 2021, 264, 04062

9. https://www.google.com/imgres7imgurHhttps%3A%2F%2Fwww.gazeta.uz%2Fm edia%2Fimg%2F2018%2F04%2FsQluwq15240569999895 l.jpg&imgrefurl=https% 3A%2F%2Fwww.gazeta.uz%2Fru%2F2018%2F08%2F13%2Ffine%

10. http://ipb.uz/ru/post/ikvivfvhiihvghc

April 21-22

412

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.